Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Uch xonali toq sonning o'nliklar xonasidagi raqam yuzliklar xonasidagi raqamdan 2 marta, birliklar xonasidagi raqamdan 6 marta katta. Shu sonni toping.
Anonymous Quiz
34%
361
18%
481
20%
243
20%
126
7%
163
😱6👍2🎉2
#Statistika_qabul

🔰Prezident maktablariga qabul yuzasidan portal.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Ushbu arizalarning 22 - iyun soat 11:30 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

✔️ Mazkur statistika orqali siz sinflar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ham ma'lumotga ega bo'lasiz. (Manba: @piimauz)

👉👉 @pmtests
Barcha ikki xonali toq sonlar o'sish tartibida yozib chiqildi. Ushbu sonlar qatorida 25-o'rinda turgan sonni toping.
Anonymous Quiz
22%
51
13%
53
17%
57
37%
59
10%
61
👍6🎉3
#Qabul_2021

❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar 1-20 iyul kunlari portal.piima.uz sayti orqali topshiriladi.

🔹Nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
▶️ Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 7- va 8- sinflarga
▶️ Mirzo Ulug‘bek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 7- va 8- sinflarga
▶️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan axborot texnologiyalari maktabiga esa 5-sinf hamda 10- sinfga o'quvchilar qabul qiladi.

Hujjatlar:
- elektron ariza;
- tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi elektron nusxasi;
- 3x4 o‘lchamdagi rasm (oxirgi 2 oy davomida tushirilgan);
- 2020-2021 o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan elektron nusxasi;
- ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (qonuniy vakillari) fuqarolik pasporti ma’lumotlari (qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi notarial hujjat); telefon raqamlari.

👉👉@pmtests
Quyidagi faktlarni ko'rib chiqing.
• Qoplon kalta va sariq rangli jonzot.
• Rahim itlarni yaxshi ko'radi. • Hamma itlar hurishadi. • Sariq jonzotlar itlardir. Yuqoridagi ma'lumotlarga asoslanib, qaysi biri to'g'ri bo'lishi kerak?
Anonymous Quiz
45%
Rahimning Qoplon ismli sariq iti bor
10%
Barcha itlar baland bo'yli
38%
Qoplon - kalta it va u huradi
7%
Qoplon yaxshi it va u hurmaydi
👍6🎉4🤩2
#Statistika_qabul

🔰Prezident maktablariga qabul yuzasidan portal.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Ushbu arizalarning 23 - iyun soat 11:30 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

✔️ Mazkur statistika orqali siz sinflar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ham ma'lumotga ega bo'lasiz. (@piimauz)

👉👉 @pmtests
10 km ga yugurish musobaqasida Suxrob eng oxirgi o’rinni egalladi. U butun masofani 1 m/s o’zgarmas tezlik bilan yugurdi. U qancha vaqt yugurgan?
Anonymous Quiz
18%
3 soat 33 minut
18%
2 soat 45 minut 40 sekund
27%
3 soat 40 minut 40 sekund
19%
2 soat 36 minut 40 sekund
18%
2 soat 46 minut 40 sekund
👍6😱5🔥1🤩1
#Statistika_qabul

☝️☝️Prezident maktablariga hujjat topshirgan o'quvchilar soni 100mingdan ortdi. 24 - iyun soat 12:00 holatiga ko'ra 102943 ta a'riza kelib tushgan, shulardan hozirgacha qabul qilinganlari 93591 tani tashkil etmoqda. (Manba: @piimauz)

👉👉 @pmtests
🎉2👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videobayonot #Qabul_2021

Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga ham hududiy mansublik asosida hujjat topshiriladimi? Masalan, men Andijonda o'qiyman, Toshkentdagi ijod maktabiga ariza topshira olamanmi?
Ha, topshira olasiz. Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda hududiy mansublik e'tiborga olinmaydi.

Prezident maktablariga kirish pullik, o'rinlar oldindan band qilingan, degan gaplar yuribdi. Bu to'g'rimi?
Bunday gaplarning bari asossiz. Prezident maktablariga kirish uchun pul talab qilinmaydi. Eslatib o'tamiz, noto'g'ri ma'lumot tarqatganlik uchun qonuniy javobgarlik mavjud.

Prezident maktabiga ariza topshirgandan keyin xatolik aniqlansa va ariza berilgan 2 kun vaqt ichida to'g'rilanmasa, rad etiladimi?
Ha, bunday holatda talabgorning arizasi rad etiladi. Shuning uchun tahrirga berilgan arizani 48 soat ichida to'g'rilab, qayta jo'natish lozim. (@piimauz)

👉👉 @pmtests
Karim Elyorga qaraganda ko'proq mushuklarga va Botirga qaraganda ko'proq itlarga ega. Elyor Karimdan ko'ra ko'proq itlarga va Botirdan kamroq mushuklarga ega.
Qaysi gap to'g'ri bo'lishi kerak?
Anonymous Quiz
15%
Botir eng kam mushuklarga egalik qiladi.
24%
Botir eng ko'p mushuklarga egalik qiladi.
28%
Karim eng ko'p mushuklarga egalik qiladi.
27%
Elyor eng ko'p itlarga egalik qiladi.
7%
Karim eng kam itlarga egalik qiladi.
🤩6🎉4👍3🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

✔️ Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul boshlanmoqda.

🔸Sizga qulaylik yaratish maqsadida ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati haqida ma'lumot berishni boshlaymiz.

🎥 "Dunyo bo'ylab" telekanalining "Intelektual dunyo" ko'rsatuvida Mirzo Ulug‘bek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati keng yoritildi. (@piimauz)

👉👉 @pmtests
Samuston shahrida o’tkazilgan olimpiada 10 ta o’quvchi 60-69%, 20 ta o’quvchi 70-79%, 15 tasi 80-89%, 30 tasi 90-99% natija ko’rsatishdi. Faqat Mirojalo ismli o’quvchi 100% natija ko’rsatdi. Nechta o’quvchi kamida 80% natija ko’rsatgan?
Anonymous Quiz
12%
45
36%
15
20%
50
24%
46
9%
35
🔥7😱5👍4🎉2🤩2
#Statistika_qabul

🔰Prezident maktablariga qabul yuzasidan portal.piima.uz saytiga kelib tushgan arizalar soni 25 - iyun soat 13:00 holatiga ko'ra 108549 taga yetdi.

🔴 Eslatib o'tamiz, BUGUN ARIZA TOPSHIRISHNING OXIRGI KUNI!

👉👉 @pmtests
Sarvar hozir 12 yoshda, Sardor 4 yoshda. Sarvar necha yoshga kirganida uning yoshi Sardorning yoshidan ikki marta katta bo'ladi?
Anonymous Quiz
8%
14
56%
16
8%
15
21%
8
7%
12
👍5😱4🔥2🤩2🎉1
☝️☝️ Endi ortga yo’l yo’q! Imtihon vaqtigacha faqat o'qish kerak!

⚪️ Prezident maktabiga hujjat topshirgan o’quvchilar, sizlar uchun katta imkoniyat! Ozgina vaqt qoldi, yaxshi tayyorgarlik ko’rib prezident maktabiga kirsangiz hayotingizda katta o’zgarish bo’ladi. Ota-onangizni Siz bilan faxrlanadi.

🔸Agar prezident maktabiga kira olmasangiz ham shu maktabga kirish darajasida tayyorlangan bo’lsangiz, Sizning bilimingiz o’zingiz bilan qoladi va kelajakdan bundan ham katta yutuqlarga erishish imkoniyatini beradi.

🔶 Faqat olg’a yuradigan, har bir daqiqa qimmatli bo’lgan vaqtga keldingiz. @pmtests jamoasi hamma tayyorlanayotgan o’quvchilarga ilm olishda muvaffaqiyat tilaydi!!
👍2🔥1
#Qabul_2021

📣Diqqat, e'lon!

Hurmatli ota-onalar va o'quvchilar! Prezident va ijod maktablariga hujjatlarni qabul qilish jarayoni joriy yilning 25-iyun kuni soat 23:59 da o'z yakuniga yetganini ma'lum qilamiz.

Hujjatlari tahrirga yuborilgan talabgorlar uchun qabul tugagandan keyin 48 soat ichida hujjatlaridagi kamchiliklarni tuzatish imkoni mavjud.

🖥 Buning uchun portal.piima.uz saytidagi Shaxsiy kabinetga kirib talabgorning ID raqamini terish lozim, shundan so'ng operator tomonidan ko'rsatilgan hujjatlardagi kamchilikni tuzatib, qayta yuklash kerak bo'ladi.

Tahrirlash muddati tugagandan so'ng, hujjatlarni muvaffaqiyatli topshirgan barcha talabgorlarga
test sinoviga qatnashish uchun RUXSATNOMAni qayerdan olish haqidagi sms xabarnoma yuboriladi.
(@piimauz)

👉👉 @pmtests
🔥2😱2👍1🤩1
Vaqt 6:00 bo’lganida osma soat bong urishni boshlaydi va 6 marta bong uradi. Agar 1-bongdan 6-bonggacha 30 sekund o`tgan bo`lsa, soat 12:00 dan boshlab osma soatning 12 marta bong urishi uchun (1-bongdan 12-bonggacha) qancha vaqt ketadi?
Anonymous Quiz
43%
1 minut
16%
45 sekund
19%
55 sekund
21%
66 sekund
👍4😱4🔥2🎉1
#Videobayonot_savol_javoblari

Prezident maktabida o‘quvchining o‘zlashtirish bahosi past bo‘lsa, u sinfdan-sinfga qoldiriladimi yoki boshqa maktabga ko‘chiriladimi?
Agar o‘quvchining o‘zlashtirish ko‘rsatgichi pasaysa, o‘quvchi bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib boriladi. Shunga qaramay, ko‘rsatgichlar yaxshilanmasa, o‘quvchi o‘zi avval o‘qigan maktabiga qaytarib yuboriladi.

Prezident maktabining saralash va asosiy imtihonlarida o‘quvchilarga qancha vaqt beriladi?
Saralash bosqichida talabgorga matematikadan 30 ta savolga 90 daqiqa, asosiy bosqichda esa mantiqiy fikrlash, muommoni hal qilish va ingliz tili savollari uchun 150 daqiqa vaqt beriladi.

Prezident maktablariga har bir tumandan nechta o'quvchiga o'rin ajratilgan?
Prezident maktablarida tumanlar kesimida kvotalar ko'zda tutilmagan. Viloyat bo'yicha eng iqtidorli 24 nafar o'quvchi tanlab olinadi. (@piimauz)

👉👉 @pmtests
👍3
Anvar, Botir, Hakim va Doniyor bir yilda tug’ilishgan. Tug’ilgan kunlari 20-Fevral, 12-April, 12-May va 25-May, tartib turli bo’lishi mumkin. Botir va Anvar bir oyda tug’ilishgan. Anvar va Hakim bir xil kunda ammo har xil oyda tug’ilishgan. Kim eng katta?
Anonymous Quiz
20%
Anvar
16%
Botir
16%
Hakim
48%
Doniyor
👍7🔥4😱3🎉2🤩1