Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
68.8K subscribers
2.24K photos
1.46K videos
492 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
#Tanqidiy_fikrlash: Jum'a namozida imom - "Ushbu namozni o'qish uchun faqat erkaklar keladi. Hurmatli erkaklar, sizlarga aytamanki chin erkak bo'linglar! Kuchli, mehnatkash, ilmli va izlanuvchan bo'linglar! Uddalay olmaydigan ishingiz bo'lmasin. Shunday bo'linglarki, sizlar bilan onayiz, opa-singliz va ayolingiz faxrlansin, doim sizga suyansin!" - dedi.
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
👍6🔥3
#3_savolga_3_javob

Ariza holati degan joyda ko‘rib chiqilmoqda, degan yozuv turibdi. Bu arizaning qabul qilinganini bildiradimi?
🔰Yo‘q, ariza ko‘rib chiqilmoqda degani talabgorning arizasi operatorlar tomonidan o‘rganilayotganini bildiradi.

Prezident maktabida STEM fanlardan dars beradigan pedagog ingliz tilini kuchli bilishi talab qilinadimi?
🔰STEM fanlardan dars beradigan pedagoglar darslarni ingliz tilida olib borishadi. Shu sabab Prezident maktabida dars beruvchi o'qituvchi ingliz tilini B1 darajasida bilishi lozim.

Ijod maktabiga hujjat topshirishda anketa, ya'ni ma'lumotnomani qayerdan olishimiz mumkin?
🔰Ijod maktablariga hujjat topshirishda anketa, ya'ni ma'lumotnoma talab etilmaydi. Bunda o'quvchining baholar tabeli, 3x4 fotosurat va tug'ilganlik haqidagi guvohnomani saytga yuklash kerak bo'ladi. (@piimauz)

👉👉 @pmtests
#Statistika_qabul

🔰Prezident maktablariga qabul yuzasidan portal.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Ushbu arizalarning 18 - iyun soat 11:30 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

✔️ Mazkur statistika orqali siz sinflar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ham ma'lumotga ega bo'lasiz. (@piimauz)

👉👉 @pmtests
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videobayonot_18_iyun

Prezident maktabidagi biror sinfdan o‘quvchi muayyan sababga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirilsa, bo‘sh o‘rin uchun tanlov uyushtiriladimi?
Yo‘q, bunday holatda tanlov uyushtirilmaydi. Bo‘sh o‘rin uchun kirish imtihonlaridan o‘tolmaganlar orasida eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchi chaqiriladi.

Men Prezident maktabiga hujjat topshirmoqchi edim. 9-sinfni bitirdim. Kirish imtihonlaridagi savollar faqatgina 9-sinf darsligidan bo‘ladimi yoki barcha sinflardanmi?
Kirish imtihonlarida talabgorga imtihongacha egallagan bilimlari bo‘yicha, ya'ni u nechanchi sinfni bitirgan bo‘lsa o‘sha sinfga qadar o‘qigan dasrliklari asosida savollar beriladi.

Prezident va ijod maktablariga kirish imtihonlarini ingliz tilida topshirsa, talabgorga ball qo‘shib beriladimi?
Yo‘q, imtihonni ingliz tilida topshirgani uchun talabgorga ball qo‘shib berilmaydi. (@piimauz)

👉👉 @pmtests
👍1
A va B bir ota-onaning farzandlari. Agar C inson A ning otasi bo’lsayu, lekin B inson Cning o'g'li bo'lmasa, u holda B va C lar bir-biri bilan qanday bog'liq?
Anonymous Quiz
19%
jiyan va amaki
49%
qiz va ota
19%
jiyan va amaki
13%
qizi va onasi
👍8🔥2😱2🎉2
#hadis
Buyuk bobobiz, imom al-Buxoriyninng “Al-jome' as-sahih” asarida Ilmu hikmatni orzu qilmoq nomli 16-bobida quyidagi hadis keltirilgan:

«Ikki narsadan o‘zgasiga hasad qilmoq joiz emas, biri — kishiga Alloh taolo halol mol-dunyo bersa-yu, uni Haq yo‘lida sarflayotgan bo‘lsa, ikkinchisi:— kishiga Alloh taolo ilmu hikmat ato etsa-yu, u shu tufayli oliy maqomga erishib, odamlarga bilganini o‘rgatayotgan bo‘lsa».

👉👉 @pmtests
Nima uchun men(biz) boshqalardan oldinda bo'lmasligim(iz) kerak?!

Biror xayrli ishni amalga oshirish uchun kishida yoki mablag’ yoki ilm bo’lishi talab etiladi. Tasavvur qilaylik, siz jamiyatimiz uchun, O’zbekiston xalqi uchun nimadir arzigulik ish qilmoqchisiz!

100 lab muhtoj oilalarga yordam bermoqchisiz yoki ularning iqtidorli farzandlari o’qishini ta’minlash niyatidasiz. Ammo sizda o’zingizdan ortadigan mablag’ yo’q. Siz hech qachon ularga yordam bera olmaysiz. Yoki siz kimyogar va fizik olimsiz. Siz kashfiyot qilmoqchisiz. Siz nimadir o’ylab topdingiz. Lekin, keyinchalik bu narsa oddiy narsa ekanligi, sizdan oldinroq qaysidir mamlakatda kashf qilinganligi ayon bo’ldi. Demak, siz boshqa olimlardan kashfiyotni o’g’irlagansiz yoki dunyodagi o’zgarishlardan bexabarsiz. Agar siz o’z sohangizda raqobat qilmasangiz, barcha yangiliklardan boxabar bo’lmasangiz siz ham maqsadga erisha olmaysiz!

Maqsadga qanday erishiladi!?

Maqsadga erishishning eng yaxshi yo’li niyatni to’g’ri qilgan holda o’zingizni rivojlantirishdir. Aytaylik siz o’quvchisiz. Siz bilimli bolalar bilan raqobat qiling. Nima uchun do’stingiz testlardan yuqori natija qilayapdi, sizda natijalar yomon. Demak, siz yanada ko’proq o’z ustingizda ishlashingiz kerak. Nima uchun do’stingiz ingliz tilida ravon gapiradi, siz gapira olmaysiz? Bu raqobatda siz hatto yutkizgan taqdiringizda ham katta yutuq(bilim)ga erishasiz.

Yoki siz o’qituvchisiz, nima uchun boshqa o’qituvchining o’quvchilari siznikidan faol va o’zlashtirishi yaxshiroq. Demak, siz kamroq mehnat qilayapsiz. Yoki, sizning bilimingizni oshirish kerak, yoki dars berish mahoratini. Dunyoda shunday o’qituvchilar borki, 1 soatlik ma’ruzasi 100 ming dollar turadi. Nima uchun SIZ yoki O’zbekistondagi o’qituvchilar shunday darajaga chiqmasligi kerak. Nima uchun bizning dars berish metodlarimiz boshqa xalqlarnikidan yaxshi emas. Ota-bobolarimiz butun dunyoga dars bergan. Nima uchun biz unday bo’la olmaymiz?!

Yoki, siz tadbirkorsiz. Sizning sohangizdagi boshqa tadbirkor sizdan 10 barobar ko’p insonni ish bilan ta’minlayapdi. Sizdan 20 barobar ko’proq davlatga soliq to’lamoqda, o'zi uchun ham sizdan ko’proq foyda olmoqda. Uning xalqimiz uchun manfaati sizdan yaxshiroq bo’lmoqda. Chunki, uning to’lagan soliqlari ta’limga, ijtimoiy himoya va boshqa sohalar rivojiga sarflanadi. Ko’plab odamlar uning tadbirkorligi tufayli ishli bo’lib, oilasini moddiy ta’minlab kelmoqda. Nima uchun siz o’sha tadbirkorchalik bo’la olmaysiz. Demak, siz sohada orqada qolgansiz, siz iste’molchilarni o’rganmayapsiz. Menejment va marketing faoliyatini yaxshi yo’lga qo’ymagansiz.

Nima uchun O’zbekiston birorta ham Transmilliy korporatsiyasiga ega emas? (Kompaniyaning yillik aylanmasi 1 mlrd $ dan oshsa Transmilliy hisoblanadi). Nima uchun juda ko’p sohalarda qoloqligimizcha qolmoqdamiz.

Buning asosiy sabablaridan biri biz musobaqalashmaymiz, yoki musobaqani erta yakunlab qo’yamiz. Agar siz jamiyatga foyda keltirmoqchi bo’lsangiz sohangizning eng zo’ri bo’ling. Hatto, faqat o’zini o’ylaydigan boshqalar bilan ishi yo’q, sohasini eng zo’ri bo’lganlar ham o’zi bilmagan holda jamiyatga shunday foyda keltiradiki, jamiyat haqida tunu-kun o’ylaydigan minglab insonlar qila olmaydigan ishni qiladilar. Misol uchun bir xasis boy zavod ochsa, u dehqonlarimizdan hom-ashyo oladi, yuzlab ishchilarni ish bilan ta’minlaydi vahk.

Hammamiz o’z sohamizda yetakchi bo’lishga urinishimiz kerak. Haqiqiy vatanparvar insonlar o’z sohasidagi eng yaxshi mutaxassislardir. Raqobat qilmaydigan, yangilikka intilmaydiganlar har doim sohasida qoloq bo’lib qolaveradi. Bunday insonlar na o’ziga va na jamiyatga katta manfaat bera oladi. Hurmatli o’quvchi, qaysi sohada bo’lsangiz ham sohangizda eng yaxshi mutaxassis bo’ling!

Bir-birimiz bilan ilmda, bilimda musobaqa qilaylik. Fan doktori Imom al Buxoriyning falon kitobi falon bandini tashviq qilsa, qanday yaxshi bo‘lar edi. Buni kim qiladi? O‘zimiz qilamiz”.

Prezident Sh.Mirziyoyev


👉👉 @pmtests
👍1
Xaltadagi yashil sharlar va sariq sharlarning nisbati 3:7. Har bir rangning 9 tadan to'p olib tashlanganda, yashil sharlarning sariq sharlarga nisbati 1:3 ga teng bo'ldi. Dastlab sumkada nechta shar bo'lgan?
Anonymous Quiz
20%
60
35%
90
26%
100
14%
70
5%
80
🎉7👍4🔥3😱3🤩21
Pirojnoe tayyorlashga yordamchilar kerak. Bitta yordamchi soatiga 2ta katta yoki soatiga 35 ta kichik pirojniy tayyorlashi mumkin. Oshxona 3 soat davomida ishlaydi. Shu vaqt ichida 20 ta katta va 700 ta kichik pirojnoe tayyorlashga qancha yordamchi kerak?
Anonymous Quiz
27%
10 ta
19%
15 ta
25%
20 ta
12%
25 ta
17%
30 ta
👍6😱5🔥4🤩4🎉1
#Statistika_qabul

🔰Prezident maktablariga qabul yuzasidan portal.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Ushbu arizalarning 21 - iyun soat 12:30 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

✔️ Mazkur statistika orqali siz sinflar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ham ma'lumotga ega bo'lasiz. (@piimauz)

👉👉 @pmtests
Statistik ma’lumotlarga ko’ra, 24 yoshdan kichik ayollarning 58%, 24-30 yoshdagi ayollarning 68%, va barcha yoshdagi erkak va ayollarning 71%i saylovlarda ovoz berishni niyat qilgani aytilgan.
Berilgan ma'lumotlardan qaysi bayonot to'g'ri ekanini toping?
Anonymous Quiz
17%
Ayollar yoshi ulg'aygan sayin ko'proq ovoz berishadi.
16%
Ayollar erkaklarnikiga qaraganda kamroq ovoz berishadi.
13%
Ayollar so'nggi saylovlarga qaraganda kamroq ovoz berishadi.
37%
24-30 yoshdagi ayollar saylovlarda ishtirok etish foizi boshqa yoshdagi ayollarnikidan ko’proq
17%
Hech bir bayonot to’g’ri emas
😱6🔥3🤩3👍2🎉1
#Eslatma

PRЕZIDЕNT MAKTABLARI IMTIHONLARI UCHUN O‘QUVCHILAR HUJJATLARINI QABUL QILISH MUDDATI TUGASHIGA 4 KUN QOLDI.

Prezident maktablariga 2021/2022 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 25 IYUNga qadar ONLAYN shaklda portal.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
• tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma yoki kinder pasport nusxasi;
• ma’lumotnoma shakli (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

Prezident maktablariga nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
🔸Toshkent, Nukus, Xiva, Namangan shahridagi Prezident maktablariga 5 va 6 sinflarga;
🔸 Guliston, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Qarshi, Navoiy, Nurafshon va Termiz shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-6-7-8-9-10 sinflarga qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari qachon va qaysi fanlardan bo‘lib o‘tadi?
1️⃣-bosqich (saralash)
2021 yil 20-25 iyul (matematika fanidan 30 ta test topshiriq)
2️⃣-bosqich (asosiy)
2021 yil 20-23 avgust kunlariga rejalashtirilgan ( tanqidiy fikrlash, muammoni yechish, ingliz tilidan test savollari).

🔴Ota-onalar uchun imtihon jarayonini onlayn translyatsiyasi: test2021.uz

Qabul jarayoni va tartibi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot:
☎️“Call-markaz” qisqa raqami: 1206; 71 207-72-22 (@piimauz)

👉👉 @pmtests
🎉2👍1
Uch xonali toq sonning o'nliklar xonasidagi raqam yuzliklar xonasidagi raqamdan 2 marta, birliklar xonasidagi raqamdan 6 marta katta. Shu sonni toping.
Anonymous Quiz
34%
361
18%
481
20%
243
20%
126
7%
163
😱6👍2🎉2
#Statistika_qabul

🔰Prezident maktablariga qabul yuzasidan portal.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Ushbu arizalarning 22 - iyun soat 11:30 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

✔️ Mazkur statistika orqali siz sinflar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ham ma'lumotga ega bo'lasiz. (Manba: @piimauz)

👉👉 @pmtests
Barcha ikki xonali toq sonlar o'sish tartibida yozib chiqildi. Ushbu sonlar qatorida 25-o'rinda turgan sonni toping.
Anonymous Quiz
22%
51
13%
53
17%
57
37%
59
10%
61
👍6🎉3
#Qabul_2021

❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar 1-20 iyul kunlari portal.piima.uz sayti orqali topshiriladi.

🔹Nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
▶️ Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 7- va 8- sinflarga
▶️ Mirzo Ulug‘bek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 7- va 8- sinflarga
▶️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan axborot texnologiyalari maktabiga esa 5-sinf hamda 10- sinfga o'quvchilar qabul qiladi.

Hujjatlar:
- elektron ariza;
- tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi elektron nusxasi;
- 3x4 o‘lchamdagi rasm (oxirgi 2 oy davomida tushirilgan);
- 2020-2021 o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan elektron nusxasi;
- ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (qonuniy vakillari) fuqarolik pasporti ma’lumotlari (qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi notarial hujjat); telefon raqamlari.

👉👉@pmtests
Quyidagi faktlarni ko'rib chiqing.
• Qoplon kalta va sariq rangli jonzot.
• Rahim itlarni yaxshi ko'radi. • Hamma itlar hurishadi. • Sariq jonzotlar itlardir. Yuqoridagi ma'lumotlarga asoslanib, qaysi biri to'g'ri bo'lishi kerak?
Anonymous Quiz
45%
Rahimning Qoplon ismli sariq iti bor
10%
Barcha itlar baland bo'yli
38%
Qoplon - kalta it va u huradi
7%
Qoplon yaxshi it va u hurmaydi
👍6🎉4🤩2
#Statistika_qabul

🔰Prezident maktablariga qabul yuzasidan portal.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Ushbu arizalarning 23 - iyun soat 11:30 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

✔️ Mazkur statistika orqali siz sinflar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ham ma'lumotga ega bo'lasiz. (@piimauz)

👉👉 @pmtests