Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
70.4K subscribers
2.25K photos
1.47K videos
494 files
2.58K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Beshta 3 yordamida 37 ni quyidagicha chiqarish mumkin: 33+3+3:3=37, ushbu amallardan turli, qo’shiluvchilar o’rnini almashtirmasdan 5 ta uchdan 37 ni chiqarishda qaysi amallardan foydalanish mumkin?
Anonymous Quiz
17%
2 ta qo’shish
21%
2 ta bo’lish
44%
1 ta ko’paytirish va 2 ta qo’shish
18%
1 ta qo’shish va 1 ta bo’lish
🔥4🎉4👍2😱2
#Eslatma

✔️Prezident va ijod maktablariga hujjatlaringizni topshiring. Savollar bo'yicha esa 1206 qisqa raqamlariga qo'ng'iroq qiling.
——
✔️Submit your documents to the Presidential and Creativity Schools. If you have any questions, call 1206 short number. (@piimauz)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videobayonot_10_iyun

Direktorimiz tabelda rus tili va geografiyadan 4 baho borligi uchun Prezident maktabiga hujjat topshirishimga ma'lumotnoma bermayabdi. Nima qilsam bo‘ladi?
Rus tili va geografiya fanlaridagi yillik 4 baholar Prezident maktabiga hujjat topshirish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Agar STEM fanlardan yillik baho 5 bo‘lsa, direktor sizga ma'lumotnomani tasdiqlab berishi kerak.

Agar talabgor hujjatlarini xato yuborgan bo‘lsa, u hujjatlarini darhol tahrir qilsa bo‘ladimi yoki operator tomonidan hujjatlarning tahrirga jo‘natilishini kutish kerakmi?
Hujjatlar xato yuborilgan bo‘lsa, operator javobini kutish kerak.

Bola otasining ikkinchi oilasi bilan yashaydi. Bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasida o‘gay onasining ismi yozilmagan bo'lsa-da, uning hujjatlarini o‘gay onasi topshirishi mumkinmi?
Bunday holatda ariza ota nomidan berilishi kerak. (@piimauz)

👉👉 @pmtests
👍2
#kun_savoli: n(n + 1)(n + 2) ko'paytmaning 5 ga karrali qiladigan eng kichik n butun son n = 3 ga teng. Ushbu n(n + 1) (n + 2) ko'paytmani 5ga karrali qiladigan barcha n butun musbat sonlar tartib bilan yozib chiqildi: 3, 4, 5, 8,…; Ro'yxatdagi 2021-chi son nimaga teng.

Javoblarni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi! Yechim tushuntirilmagan javoblar inobatga olinmaydi.

👉👉 @pmtests
👍1😱1
Agar guruhdagi bolalarning 12 nafarining har birining bo'yi 10 sm dan balandroq bo'lganda edi, bolalar guruhining o'rtacha bo'yi 8 sm ga oshgan bo’lar edi. Guruhda nechta bola bor?
Anonymous Quiz
20%
15
20%
14
27%
18
20%
24
12%
20
🔥6👍3😱2🎉2🤩1
#kun_savoli_javobi: Ushbu ro’yxatdagi sonlarning tartibi va sonning o’zi bo’yicha quyidagi jadvalni tuzamiz:
1 2 3 4 5 6 7 …
3 4 5 8 9 10 13 …
Sonning tartib raqamini 3 ga bo’lganimizdagi bo’linma bilan sonning o’zini 5 ga bo’lganimizdagi bo’linmalar teng va qoldiqlar bir-birdan 2 ga farq qiladi. Misol uchun 7=3*2+1, 13=5*2+3. Bundan quyidagi xulosani chiqarish mumkin, 2021=3*673+2, demak 2021-o’rinda turgan sonni 5 ga bo’lganimizda bo’linma 673 ga va qoldiq 2+2=4 ga teng bo’ladi. a=5*673+4=3369

Kun savoliga to'g'ri javob yuborgan ishtirokchilar 101-online testda bepul ishtirok etadi. Bundan keyingi yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi!

👉👉 @pmtests
#Eslatma

PRЕZIDЕNT MAKTABLARI IQTIDORLI O‘QUVCHILARNI QABUL QILISHGA TAYYOR

Prezident maktablariga 2021/2022 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 25 IYUNga qadar ONLAYN shaklda portal.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
• tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma yoki kinder pasport nusxasi;
• ma’lumotnoma shakli (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

Prezident maktablariga nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
🔸Toshkent, Nukus, Xiva, Namangan shahridagi Prezident maktablariga 5 va 6 sinflarga;
🔸 Guliston, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Qarshi, Navoiy, Nurafshon va Termiz shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-6-7-8-9-10 sinflarga qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari qachon va qaysi fanlardan bo‘lib o‘tadi?
1️⃣-bosqich (saralash)
2021 yil 20-25 iyul (matematika fanidan 30 ta test topshiriq)
2️⃣-bosqich (asosiy)
2021 yil 20-23 avgust kunlariga rejalashtirilgan ( tanqidiy fikrlash, muammoni yechish, ingliz tilidan test savollari).

🔴Ota-onalar uchun imtihon jarayonini onlayn translyatsiyasi: test2021.uz

Qabul jarayoni va tartibi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot:
☎️“Call-markaz” qisqa raqami: 1206; 71 207-72-22
Internet: portal.piima.uz
Telegram: @piimauz
Facebook: piima.uz
👍2
Kamol juma kuni kunduzi soat 14:00 da kompyuterini yoqdi. Keyin esa ish bilan ko’chaga chiqib ketdi va 30 soatdan keyin kompyuterini o’chirdi. U qaysi vaqtda kompyuterini o'chirgan?
Anonymous Quiz
9%
Shanba kuni soat 4:00
15%
Shanba kuni soat 6:00
23%
Yakshanba kuni soat 8:00
11%
Yakshanba kuni soat 6:00
42%
Shanba kuni soat 8:00
🎉8🔥3😱3👍1
#Statistika_qabul

🔰Prezident maktablariga qabul yuzasidan portal.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Ushbu arizalarning 14 - iyun soat 11:30 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

✔️ Mazkur statistika orqali siz sinflar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ham ma'lumotga ega bo'lasiz. (@piimauz)

👉 @pmtests
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videobayonot_14_iyun

Prezident maktabiga imtihon topshirgan o‘quvchi kirish imtihonlarida yetarli ball to'play olmasa, uning ijodiy ishlari yoki erishgan yutuqlari inobatga olinadimi?
Yo‘q. Prezident maktabiga kirish imtihonlarida talabgorning yutuqlarini inobatga olish ko‘zda tutilmagan.

Agar Prezident maktabida o‘qiydigan o‘quvchining uyi uzoq bo‘lsa, u shanba-yakshanba kunlari uyiga bormay, chorak so‘ngiga qadar maktab hududida qoladimi?
Prezident maktabi o‘quvchilari shanba-yakshanba kunlari uylariga borib-kelishlari lozim.

Prezident maktabi bitiruvchilariga qanday imtiyozlar beriladi? Ularga oliy o‘quv yurtlariga imtihonsiz kirish huquqi beriladimi?
Yo‘q, Prezident maktabi bitiruvchilariga hech qanday qo‘shimcha imtiyozlar taqdim qilinmaydi. (@piimauz)

👉👉 @pmtests
👍1
Usmonning bo'yi Saydullodan balandroq. Po`lat Usmondan balandroq. G`ulom Usmondan pastroq.

Ushbu ma'lumotlardan quyidagilardan qaysi biri to'g'ri?
Anonymous Quiz
18%
G`ulom Saydullodan pastroq
22%
Saydullo G`ulomdan pastroq
52%
Po`lat Saydullodan balandroq
8%
Saydullo Po`latdan balandroq
👍8🎉6🔥3😱1
#savol_javoblar

Prezident maktabida o‘quvchilarning qo‘shimcha shug‘ullanishlari uchun sport to‘garaklari ham bo‘ladimi?
Ha, Prezident maktablarida sport to‘garaklari mavjud.

Prezident maktabiga ariza to‘ldirayotgan vaqtda, talabgor arizasidagi onasining ismi pasportdagidan boshqacharoq yozilib qolibdi. Bunday holatda nima qilish kerak?
Bunday holatda siz 1206 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, operatorlarga vaziyatni tushuntirishingiz kerak bo'ladi. Operatorlar murojaatingizni ishchi guruhga yetqazishadi. Ishchi guruh masalani o'rganib chiqib, siz bilan bog'lanadi va hujjat tahrir qilinadi.

Agar talabgor imtihon tili sifatida ingliz tilini tanlagan bo‘lsa, u o‘qishga kirgandan keyin ham ingliz tilida o‘qiydimi?
Yo‘q, bunday holatda faqatgina imtihon tili ingliz tilida bo‘ladi. Darslar esa tegishli dastur asosida olib boriladi. (@piimauz)

👉👉 @pmtests
👍1
#Statistika_qabul

🔰Prezident maktablariga qabul yuzasidan portal.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Ushbu arizalarning 16 - iyun soat 11:30 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

✔️ Mazkur statistika orqali siz sinflar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ham ma'lumotga ega bo'lasiz. (@piimauz)

👉👉 @pmtests
👍1
Texnologiyalar 2,5 million yil avval dastlabki tosh qurollardan rivojlangan. Boshida rivojlanish darajasi sust edi. Yuz minglab yillar o'zgarishsiz o'tdi. Bugun, har kuni televizorda yangi texnologiyalar haqida xabar beriladi.
Fikrning xulosasini toping.
Anonymous Quiz
13%
Tosh qurollar aslida texnologiya emas edi
18%
Tosh qurollar ikki yarim million yil davomida ishlatilgan
17%
Toshdan yasalgan qurollar qachon ishga tushirilganligini bilishning imkoni yo'q
53%
Zamonaviy dunyoda doimiy ravishda yangi texnologiyalar ishlab chiqilmoqda
👍9🔥5🎉4🤩4😱1
#Statistika_qabul

🔰Prezident maktablariga qabul yuzasidan portal.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Ushbu arizalarning 17 - iyun soat 11:30 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

✔️ Mazkur statistika orqali siz sinflar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ham ma'lumotga ega bo'lasiz. (@piimauz)

👉👉 @pmtests
👍2
#Tanqidiy_fikrlash: Jum'a namozida imom - "Ushbu namozni o'qish uchun faqat erkaklar keladi. Hurmatli erkaklar, sizlarga aytamanki chin erkak bo'linglar! Kuchli, mehnatkash, ilmli va izlanuvchan bo'linglar! Uddalay olmaydigan ishingiz bo'lmasin. Shunday bo'linglarki, sizlar bilan onayiz, opa-singliz va ayolingiz faxrlansin, doim sizga suyansin!" - dedi.
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
👍6🔥3