Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
70.9K subscribers
2.25K photos
1.47K videos
495 files
2.58K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
• Sivilizatsiya - televizor tomosha qilish emas, balki uni yasashdir, ingliz matosi orqasidan chopish emas, balki uni toʻqishni oʻrganishdir.
• Sivilizatsiya bugun ilm, texnologiya, iqtisodiy qudrat va rivojlanishda boʻlib qoldi.
• Nonimizni, qurolimizni va kiyimimizni ajnabiy qoʻl yasab berar ekan, ozodlik ham, mustaqillik ham bekordir.

©Doktor Mustafo Mahmud (@biznes_talim)

👉👉 @pmtests
👍3
Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi. Jamiyatni rivojlantirish uchun ilm-ma’rifat va yuksak ma’naviyat kerak. Eng yaxshi meros bu yaxshi tarbiya. Eng katta boylik bu aql-zakovat va ilm. Eng katta qashshoqlik bu ilmsizlikdir.

Sh.M.Mirziyoyev

👉👉 @pmtests
🔥4👍2😱1🤩1
Sizda 3 ta 200so’mlik, 7 ta 500so’mlik, 3 ta 1000 so’mlik pullar bor. Quyidagilardan alohida qaysilarini qaytim qaytmaydigan qilib olishingiz mumkin. Sumka–7000 so’m; Qalam–4900 so’m; Kley–2600so’m; Kitob–3700 so’m; Qog’oz–4800 so’m; Plamastor–6600 so’m
Anonymous Quiz
18%
Sumka, qog'oz
29%
Kitob, Plamastor, qog'oz
42%
Kitob, qalam, Kley
11%
Sumka, plamastor
👍6🎉6🔥2🤩1
#Hujjat_namunalari #Qabul

📧 Prezident maktablariga qabul yuzasidan hujjatlarning qanday ko'rinish va shaklda bo'lishi haqida kelib tushayotgan ko'plab murojaatlarni inobatga olgan holda PIIMA hujjat namunalarini taqdim etdi. (@piimauz)

👉👉 @pmtests
🔥4👍3🤩1
#Savol_javoblar

🔰Farzandim aqlan sog‘lom, lekin eshitish qobiliyati sustroq. U Prezident maktabiga hujjat topshira oladimi?

Ha, topshira oladi. Aqlan sog‘lom har qanday o‘quvchi hujjat topshirishi mumkin.

🔰Ma'lumotnomaga direktor qo‘l qo‘yishi kerakmi yoki ota-onalar?

-Ma'lumotnomaning tepasiga maktab direktori imzosi va maktab muhri qo‘yiladi. Ma'lumotnomaning pastki qismiga esa ota-ona yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs imzosi qo‘yilishi kerak. Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, ma'lumotnomaning “Maktabning bo‘ysinuvi” degan qismiga “Xalq ta'limi vazirligi” deb yozilishi kerak. (@piimauz)

👉👉 @pmtests
👍1
#kun_savoli: Bir to'g'ri chiziqda uchta A1, A2, A3 nuqta bo'lsin. Unga parallel bo’lgan boshqa to’g’ri chiziqda beshta nuqta B1, B2, B3, B4, B5 berilgan bo'lsin. Birinchi chiziqdagi uchta nuqtaning har biri ikkinchi to'g'ri chiziqdagi beshta nuqtaning har biriga to'g'ri chiziq bilan tutashtirildi. Bundan tashqari, ikki parallel to’g’ri chiziq orasida hech bir uchta to’g’ri chiziq bir nuqtada kesishmaydi. U holda berilgan ikki to'g'ri chiziq orasida to’g’ri chiziqlarning kesishish nuqtalarining soni nechta?

Javoblarni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi! Yechim tushuntirilmagan javoblar inobatga olinmaydi.

👉👉 @pmtests
O`zbekistonga kelgan sayyohlar ikki qadimiy shahardan kamida bittasiga borishni xohlashadi. 30 nafar sayyohdan 22 tasi Samarqand shahriga, 17 tasi Buxoro shahriga borish istagini bildirdi. Nechta sayyoh faqat Buxoro shahriga bormoqchi?
Anonymous Quiz
26%
17 ta
27%
9 ta
35%
8 ta
11%
13 ta
🎉8👍5🤩2😱1
#kun_savoli_javobi: Bir nechta kesishishlarni alohida ko’rib chiqamiz: A1B2, A1B3, A1B4, A1B5 to’g’ri chiziqlar A2B1 bilan 4 ta va A3B1 bilan 4 ta nuqtada kesishadi, 4+4=8 ta. Xuddi shunday,
A2, A3 -> B2 to’g’ri chiziqlar A1 - B3, B4, B5 lar bilan 2 + 2 + 2 = 6 ta nuqtada,
A2, A3 -> B3 to’g’ri chiziqlar A1 - B4, B5 lar bilan 2 + 2 = 4 ta nuqtada,
A2, A3 -> B4 to’g’ri chiziqlar A1B5 to’g’ri chiziq bilan - 2 ta nuqtada kesishadi. Endi, uchi A1da bo’lmagan to’g’ri chiziqlarning ham keshish holatini ko’rib chiqamiz.
A2B5 to’g’ri chiziq A3 - B4, B3, B2, B1 to’g’ri chiziqlar bilan 4 ta nuqtada;
A2B4 to’g’ri chiziq A3 - B3, B2, B1 to’g’ri chiziqlar bilan 3 ta nuqtada;
A2B3 to’g’ri chiziq A3 - B2, B1 chiziqlar bilan 2 ta nuqtada;
A2B2 va A3B1 to’g’ri chiziqlar bitta nuqtada kesishadilar.
Shunday qilib, jami kesishishlar soni 8 + 6 + 4 + 2 + 4 + 3 + 2 + 1 = 30 ta.

Kun savoliga to'g'ri javob yuborgan ishtirokchilar 99-online testda bepul ishtirok etadi. Bundan keyingi yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi!

👉👉 @pmtests
👍4🔥1
#Qabul

Kecha 3-iyun bo'lib o'tgan ochiq muloqot davomida Agentlik matasaddilari barcha savollarga javob berishdi. Quyida yo'llangan bir nechta savollar va ularning javoblari:

Farzandim ingliz tili fan Olimpiadasida 1-o‘rinni egallagan. Lekin, biologiya fanidan yillik bahosi 4. Uning ingliz tili bo‘yicha erishgan yutug‘i inobatga olinadimi?
🔰Prezident maktabiga hujjat topshirayotgan talabgorning sinflar kesimida belgilangan fanlardan yillik baholari 5 bo‘lishi kerak. Olimpiada va boshqa qo‘shimcha sertifikatlar hech qanday imtiyoz bermaydi.

Prezident maktablariga imtihon topshirish uchun 400 ming so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirish kerak deb eshitdim, shu to‘g‘rimi?

🔰Bu ma'lumot noto‘g‘ri. Prezident maktablariga imtihon topshirish mutlaqo bepul.

Kirish imtihonlari 3 tilda olib boriladi deyilmoqda. Bu har ikkala bosqichga ham tegishlimi?
🔰Ha, imtihon tilini har ikki bosqichda ham talabgorning o‘zi tanlaydi. (@piimauz)

👉👉 @pmtests
👍1
To'rtta to'pning ogirligi 10 g, 20 g, 30 g va 40 grammni tashkil qiladi. Agar A va B to’plar birgalikda C va D to’plarning birgalikdagi massasidan og’ir hamda B va D to’plar birgalikda C to’pning massasiga teng bo’lsa, qaysi to’pning ogirligi 10 gramm?
Anonymous Quiz
26%
A to'p
30%
B to'p
24%
C to'p
21%
D to'p
👍7🎉4🔥2
📣📣 Bugun soat 20:00 da kanalimizda takrorlash test o'tkaziladi❗️

Obunachilardan kelgan takliflarga ko'ra har juma kuni soat 20:00 da kanalimizda oldin bo'lib o'tgan testlar ochiq tarzda takrorlash testi sifatida berib boriladi.

Test ishtirok eting! Takrorlash bu bilimni mustahkamlashdir.

👉👉 @pmtests
🔥3👍1
#Qabul_2021

📆 Prezident va ijod maktablariga hujjatlar qabuli bugundan boshlab, 5 - 25 IYUN kunlari bo'lib o'tadi.

👉 Hujjatlar portal.piima.uz sayti orqali ONLINE qabul qilinadi.

✔️Prezident maktablari uchun ma'lumotnoma (anketa)ni yuklab olish: portal.piima.uz ➡️ Maktabga qabul ➡️ Ma'lumotnoma (Anketa)

❗️portal.piima.uz ga yuklanadigan fayl (hujjat) formatlari : jpeg, jpg, png, gif

☎️ Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirish va qabul bo'yicha savollaringizga 1206, (71) 207-72-22 raqamlariga qo'ng'iroq qilib, javob olishingiz mumkin. (@piimauz)
🔥4
6ta natural son 10xil raqamdan tuzildi. Misol uchun: 5, 7, 16, 24, 39, 80. Mumkin bo'lgan shunday sonlarning eng kattasidan eng kichigi orasidagi farq kamida nechaga teng bo'ladi?
Anonymous Quiz
10%
31
18%
32
23%
35
13%
47
36%
75
😱6🎉5👍2🔥2
🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆
5-yutuqli olimpiada ishtirokchilari uchun pullik kanallarga chegirmalar beriladi!

🔶 Xabaringiz bor BUGUN 6-iyun soat 19:00da kanalimizda 5-yutuqli olimpiada bo'lib o'tadi.

Olimpiada g’oliblari har bir sinflar bo’yicha quyidagicha💰 rag’batlantiriladi:
🥇1-o’rin – 250 000 so’m
🥈2-o’rin – 150 000 so’m
🥉3-o’rin – 100 000 so’m
🏅4-o'rin – 50 000 so'm


Ushbu mukofotlardan tashqari, ishtirokchilarning natijasiga ko'ra repetitsion testlar, maxsus maktablarga tayyorlash pullik kanallariga ulanish bo'yicha quyidagi foizlarda chegirmalar beriladi:
18-20ta to'g'ri javob uchun - 50% lik chegirma;💯
16-17 ta to'g'ri javob uchun - 30% lik chegirma;💯
14-15 ta to'g'ri javob uchun - 20 % lik chegirma;💯
10-13 ta to'g'ri javob uchun - 10% lik chegirma.💯


Olimpiadada ishtirok eting, bilimingizni sinang, pul mukofotiga ega bo'ling va chegirmalarni qo'lga kiriting!!


Do'stlaringizni ham taklif qiling:
👉👉 @pmtests
👍4🔥3😱1🤩1
2019 sonini ketma-ket ikkita natural sonni kamayish tartibida joylashtirish orqali hosil qilish mumkin. Bu sonlar 20 va 19. 2019-dan katta shunday xususiyatga ega barcha to'rt xonali butun sonlar nechta?
Anonymous Quiz
15%
74 ta
21%
78 ta
33%
79 ta
18%
85 ta
13%
89 ta
👍8🔥7🎉5😱3