Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
70.8K subscribers
2.25K photos
1.47K videos
494 files
2.58K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Insoniyat tarixini bilish hamma uchun foydali. Bir nechta insonlar hayoti butun insoniyat tarixida muhim o'rin tutadi.

Ikki insonning hayotida bir-biridan keskin farq bor. Biri tug'ilmagan, ammo o'lgan. Ikkinchisi esa tug'ilgan, ammo o'lmagan.
Savol: Bu ikki insonlar kimlar?

👉👉 @pmtests
👍3
O, ota makonim.
Onajon o’lkam,
O’zbekiston, jonim to’shay soyangga.
Senday mehribon yo’q,
Seningdek ko’rkam.
Rimni alishmasman bedapoyangta.

Bir go’sha suv bo’lsa, bir go’sha qirlar,
Qancha yurtni ko’rdim, qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,
Tog’laring ortimdan ergashib yurar.

Ko’rdim suluvlarning eng faranglarin.
YO xudbinman men yo bir sodda kasman men –
Parijning eng go’zal restoranlarin,
Bitta tandiringga alishmasman men.

Na gapga ko’nayin,
Na til bilayin,
Ko’zdan uyqu qochdi, dildan halovat —
Uch kunda sog’insam nima qilayin,
Chala qolar bo’ldi hamma sayohat.

Bildimki, baridan ulug’im o’zing,
Bildimki, yaqini shu tuproq menga.
Bahorda Baxmalda tug’ilgan qo’zing,
Arab ohusidan azizroq menga.

Sen bilan o’tgan har kun bayram — bazm,
Sensiz bir on qolsam vahmim keladi.
Seni bilganlarga qilaman ta’zim,
Seni bilmaslarga rahmim keladi.

26-aprel - O'zbekiston xalq shoiri, Muhammad Yusufning tavallud topgan kuni.

👉👉 @pmtests
👍3
#Test_namunalari

📌Angliyaning Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan Prezident maktablariga kirish imtihonlari savollari namunasi taqdim etilmoqda.

🔹Saralash bosqichi test sinovi namunalari:
▶️ 7-sinf - matematika fanidan
▶️ 8-sinf-matematika fanidan

🔸Fikrlash qobiliyatini baholash test sinovi namunalari:
▶️ 7-8-sinflar-o'zbek tilida
▶️ 7-8-sinflar- ingliz tilida

💡Ingliz tilidan test sinovi namunalari

📝 Davomi bor...

👇👇👇
👍4
#Test_namunalari

📌Angliyaning Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan Prezident maktablariga kirish imtihonlari savollari namunasi taqdim etilmoqda.

🔹Saralash bosqichi test sinovi namunalari:
▶️ 9-sinf - matematika fanidan
▶️ 10-sinf-matematika fanidan

🔸Fikrlash qobiliyatini baholash test sinovi namunalari:
▶️ 9-10-sinflar-o'zbek tilida
▶️ 9-10-sinflar- ingliz tilida

💡Ingliz tilidan test sinovi namunalari

👇👇👇
👍1
Aziz, Bobur, Karim va Dilshod bir sport jamoasida. Murabbiy ularga dedi: “Agar Aziz ertaga o‘ynamasa, Bobur o‘ynaydi. Agar Aziz o‘ynasa, unda Karim Dilshodning o‘rniga o‘ynaydi.” Agar Bobur ertaga o‘ynamasa, qolgan uch o‘yinchidan qaysilari o‘ynaydi?
Anonymous Quiz
18%
Faqat Aziz
24%
Faqat Dilshod
45%
Aziz va Karim
13%
Karim va Dilshod
🎉10👍3😱3🤩1
#kun_savoli: Bizga n = 51! + 1 soni berilgan bo'lsin. U holda n + 1, n + 2, …., n + 50 sonlari orasidan nechtasi tub son bo'ladi. (n!=1*2*3*..*n)

Javoblarni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi!

👉👉 @pmtests
#kun_savoli_javobi: Ma’lumki, qo’shiluvchilarning har biri ma’lum songa bo’linsa, yig’indi ham o’sha songa bo’linadi. Dastlabki son n+1=51!+1+1=51!+2 bo’lib, ikki qo’shiluvchi ham 2 ga bo’linadi. 2-son 51!+3 soni 3 ga, …, 51!+51 soni 51 ga karrali bo’ladi. Demak, bu sonlar ichida birorta ham tub son yo’q.

Kun savoliga to'g'ri javob yuborgan ishtirokchilar 94-online testda bepul ishtirok etadi. Bundan keyingi yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi!

👉👉 @pmtests
👍2
Ramazonning 1-kuni iftorlik vaqti 19:03da edi. Qizig'i shundagi ketma-ket kunlardagi iftorliklar vaqti doim 1minutga farq qilgan. Ya'ni 1minut vaqt kechikib borgan. Faqat 10-kun 2minutga kechikish bo'lgan xolos. 17-kungi iftorlik vaqti qachon bo'ladi?
Anonymous Quiz
15%
19:19
36%
19:20
35%
19:21
15%
19:22
🤩6😱5👍3🎉2