Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
70.3K subscribers
2.25K photos
1.47K videos
494 files
2.58K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
#hadis #ramazon

Жобир ибн Самура розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:

"Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам:
"Киши фарзандини ёки бирингиз фарзандини одобли этиб тарбиялаши унинг учун ҳар куни ярим соъ* садақа қилишдан яхшироқдир", дедилар".

Имом Термизий ва Аҳмад ривоят қилган.

*соъ - ўлчов бирлиги, бир соъ 2,5-3 кг буғдойга тенг.

Яна бошқа бир ҳадис:

Анас ибн Молик розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:

"Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам:
Фарзандларингизни ҳурматланг ва уларнинг одобини гўзал қилинг", дедилар".


Ибн Можа ривоят қилган.

Фарзанд ота-она ҳузуридаги омонат бўлиб, унинг қалби покиза бир гавҳардир. У ҳар қандай нақшни қабул қилаверади. Агар яхшиликка ўргатилса, яхши, одобли бўлиб ўсади. Бунинг савобига эса, ота-онаси ва устозлари шерик бўлади.
Агар ёмонликка ўргатилса, ёмон, бадхулқ бўлиб ўсади. Бунинг гуноҳига эса, ота-онаси ва мураббийлари ҳам шерик бўлади.

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуфнинг «Ижтимоий одоблар» китобидан. (@xushnudbek)

👉👉 @pmtests
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Farzandlarimiz kamolini ko'rish menga ham sizlarga ham nasib qilsin.
Biz bu maktablarni ochib adashmadik, hali bu maktablardan buyuk Xorazmiylar, Beruniylar chiqadi!"
Shavkat Mirziyoyev

👉👉 @pmtests
🎉4👍2😱1
O'zidan oldingi barcha natural sonlar yig'indisiga teng bo'lgan natural son nechta?
Anonymous Quiz
39%
1 ta
15%
2 ta
22%
3 ta
14%
4 ta
10%
5 ta
👍5😱4🤩2🔥1
40x30 sm o'lchamdagi rasm ramkaga solindi. Rasm chetlaridan ramkaning tepasigacha va yonlarigacha 6 sm, pastki qismigacha 9 sm masofa bor. Ramka uchun ishlatiladigan yog'ochning kengligi 2 sm. Ramkadagi rasmning umumiy balandligi qancha?
Anonymous Quiz
16%
46 sm
22%
49 sm
37%
56 sm
18%
59 sm
7%
62 sm
🤩6👍5🎉3🔥1😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakat taraqqiyotini malakali kadrlar ta'minlaydi

🔹Zamonaviy pedagog eng avvalo, o'quvchilarni bilimga qiziqtira olishi, o'z qobiliyatini namoyon qilishida o'quvchiga to'g'ri yo'l ko'rsata bilishi, bolalarda mantiqiy va erkin fikrlashni, o'zgalar fikrini anglash va o'z fikrini to'g'ri yetkazib berish qobiliyatini shakllantira olishi zarur.

Bir so'z bilan aytganda, ta'limning muvaffaqiyati ustoz salohiyatiga bog'liq. PIIMA ana shunday salohiyatli ustozlarni Agentlik tizimidagi maktablarga ishga taklif qilmoqda.

O'qituvchilar job.piima.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin.
Manba: piima.uz

👉👉 @pmtests
👍2🎉2
❗️PIIMА tizimidagi maktablarining telegramdagi rasmiy sahifalarini bilasizmi?

📋 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimida hozirgi kunda 4 ta Prezident maktabi, 3 ta Ixtisoslashtirilgan maktab, 9 ta Ijod maktabi faoliyat yuritadi.

💻 Hozirgi kunda barcha davlat organlari telegramda oʼz sahifalarini yuritmoqda. Jumladan, Аgentlik tizimidagi maktablar ham.

🔷Mazkur telegram kanallarida tizimdagi maktablar yangiliklaridan boxabar boʼlish, oʼzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati mavjud.

PREZIDENT MAKTABLARI:

▶️ Toshkent shahridagi Prezident maktabi
▶️ Namangan shahridagi Prezident maktabi
▶️ Nukus shahridagi Prezident maktabi
▶️ Xiva shahridagi Prezident maktabi

IJOD MAKTABLARI:

▶️ Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Erkin Vohidov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur oqitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Ibroyim Yusupov nomidagi qoraqalpoq tili va adabiyoti fanini chuqur órgatishga ixtisoslashtirilgan maktab-internat
▶️ Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o
qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Isxoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarni chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internat
▶️Ogahiy nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
▶️ Muxammad Yusuf nomidagi ijod maktabi

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR:

▶️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktab
▶️ Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Mirzo Ulug’bek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati
👍2🎉1
#tanqidiy_fikrlash
Bir otliq kishi daraxt soyasida dam olish uchun to’xtadi. Keyin otini bog’lash uchun yerga qoziq qoqdi. Ma’lum muddat dam olgach otini bo’shatdi. Ammo, “qoziqdan menga o’xshagan biror otliq foydalanishi mumkin. Qoziq topa olmay mashaqqatga uchramasin” – deb qoziqni o’rnida qoldirdi.
Bir piyoda ham shu daraxt oldidan o’tayotib dam olib ketishni maqsad qildi. Daraxtga yaqinlashgan vaqtida qoziqni ko’rmay qoqilib ketdi. U “menga o’xshagan biror odam bu qoziqga qoqilib aziyat chekmasin” – deb qoziqni sug’irib tashladi.
Piyoda va otliq voqeasini eshitgan donishmand: “Bu ikkisi bir biriga teskari ish qilgan bo’lsalar ham, bir xil savobga ega bo’lishibdi” – deya shogirtlariga xitob qildi.
👇👇👇👇👇👇👇
👍3
#kun_savoli: 7 ta bir xil oq to'p va 3 ta bir xil qora to’plar mavjud. To’plar bir qatorga joylanganda hech bir ikkata qora to’p bir-biri bilan yonma-yon bo’lmaydigan tartiblarning soni nechta bo'ladi?

Javoblarni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi!

👉👉 @pmtests
👍4
#Amaliy_matematika: Qarilik sababli umuman ro‘za tutishga yaramaydigan, kundan-kunga jismonan zaiflashib borayotgan keksalar va surunkali kasal bo‘lib, tuzalishiga umid bo‘lmagan bemorlar ro‘za tutmasliklari mumkin. Ular Ramazonning har bir kuni uchun fidya berishadi. Ma'lum vaqtlardan keyin tuzaladigan kasallikka chalingan shaxslarga ro‘za tutish zarar qilsa, bularning ham ro‘za tutmasliklariga ruxsat bor. Ammo ular fidya bermaydi, balki tuzalganlaridan keyin tutmagan kunlari ro‘zasini tutib beradilar.

Karimning ota-onasi juda qarib qolganligi sababli biror kun ham Ramazon ro’zasini tuta olmaydi. Karim ular uchun miskin va faqir kimsalarga ehson qilib fidya beradi. 30 kunlik ramazon oyida Karimning o’zi ham 10 kun kasal bo’lib qoldi va ro’za tuta olmadi. Qolgan 20 kunida tutdi. Kunlik fidya miqdori bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati qiymatida bo’lib o’rtacha 25 000 so’mni tashkil qiladi.
👇👇👇👇👇👇👇👇
👍6🔥3
Karim oy yakunida qancha fidya berishi kerak?
Anonymous Quiz
26%
750 000 so'm
28%
1 000 000 so'm
31%
1 500 000 so'm
15%
1 750 000 so'm
🎉6🤩6😱4👍3
#kun_savoli_javobi: Barcha turli tartiblar sonini topamiz. 1-qora to'p (shar) 10 ta o’rindan ixtiyoriy birida bo’ladi. 2-qora to'p qolgan 9 tasidan birida, 3-qora to'p qolgan 8 ta o’rindan birida joylashadi. Jami o’rinlashtirishlar soni 10*9*8=720 ta. Ammo to'plar bir xil bo’lganligi sababli ularning 6 xil ko’rinishi bitta hisoblanadi: (123=132=213=231=312=312 kabi). Shuning uchun jami tartiblar soni 720:6=120 ga teng.
Endi 3 ta qora to'p birga kelgan holni ko'ramiz. U holda ular 8 ta o’rindan birida kelishi mumkin.

2 ta qora shar birga kelganida esa 9 ta birlik paydo bo’ladi. Bu holda 2 ta oq va 1 ta oq to’plarning o’rinlashtirishlar sonini topamiz. Ularning biri 9 ta o’rindan birida, 2-si birinchisining o’rnidan boshqa 8 ta o’rindan birida kelishi mumkin. U holdagi jami tartiblar 9*8=72 ta. Biroq bu yerda uchta qora to’p birga kelgan 8 ta qism ikki martadan hisoblanmoqda. Shuning uchun kamida ikki qora to’p birga keladigan jami hollar 72-8=64 ta ekanligini topamiz. Hech bir ikki qora to’p yonma-yon kelmaydigan hollar 120-64=56 ta (javob 56ta)

Kun savoliga to'g'ri javob yuborgan ishtirokchilar 92-online testda bepul ishtirok etadi. Bundan keyingi yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi!

👉👉 @pmtests
👍4
Ilmli (olim) bo‘linglar,
loaqal ilmni izlovchi talaba yoki tinglab eshitadigan bo‘linglar,
yoki ilmni qo'llab-quvvatlovchi, ulamo va talabalarni sevuvchi bo'linglar,
ammo to‘rtinchisi bo‘lmang, chunki kasodga uchrab halok bo‘lasizlar, halok bo'lasizlar, halok bo'lasizlar!

Abulqosim az-Zamaxshariy

👉👉 @pmtests
👍2
Muzqaymoq do’konidagi tortmada ma’lum miqdordagi pul bor edi. 6 ta muzqaymoq sotilgandan so’ng, tortmadagi pul miqdori $70 ga yetdi. Jami 16 dona muzqaymoq sotilganidan so’ng, tortmadagi pul miqdori $120 ga yetdi. Dastlab tortmada qancha pul bor edi?
Anonymous Quiz
15%
20
17%
30
38%
40
23%
50
7%
60
🎉6👍4
#mantiqiy_savollar

Dunyoda turli kasbdagi odamlar bor. Ularning yoshlari ham turlicha. Qari, o'rta yosh yoki yosh bolalar. Yer yuzining bir qismida hozir kunduz bo'lsa, boshqa qismida tun hisoblanadi.
Savol: Dunyodagi barcha odamlar bir vaqtning o'zida nima qilishadi?

👉👉 @pmtests
👍3
#Test_namunalari

📌Angliyaning Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan Prezident maktablariga kirish imtihonlari savollari namunasi taqdim etilmoqda.

🔹Saralash bosqichi test sinovi namunalari:
▶️ 5-sinf - matematika fanidan
▶️ 6-sinf-matematika fanidan

🔸Fikrlash qobiliyatini baholash test sinovi namunalari:
▶️ 5-6-sinflar-o'zbek tilida

💡Ingliz tilidan test sinovi namunalari

Manba: @piimauz

📝 Davomi bor...

👇👇👇
👍3🤩2🔥1😱1