Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
68.8K subscribers
2.24K photos
1.46K videos
492 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Jahon velosiped sotib olish uchun 50 dollar yig’ishni xohlaydi. U birinchi oyda $2, ikkinchi oyda $4, uchinchi oyda $6 va to'rtinchi oyda $8 va shu tartibda yig’ishni rejalashtirdi. Agar Jahon shu tartibda davom etsa, qancha vaqtda 50 dollarni yig’adi?
Anonymous Quiz
15%
5 oyda
26%
6 oyda
42%
7 oyda
17%
13 oyda
👍6🎉5😱1
Biz kim – mulki Turon

Amiri Turkistonmiz

Biz – kim millatlarning

Eng qadimi va eng ulug’i

Turkning bosh bo’g’inimiz

9-aprel - buyuk sarkarda, ilm fan homiysi, Sohibqiron Amir Temur bobomizning tavallud topgan kuni!

👉👉 @pmtests
👍5😱1🤩1
«Bilagi zo‘r birni, bilimi zo‘r mingni yiqar»

Amur Temur bobomizning tuzuklarida «Bilagi zo‘r birni, bilimi zo‘r mingni yiqar», degan hikmat mujassamlangan.
Unda inson doimo aql-idrok, ilmu ma’rifat asosida yashashga da’vat etiladi.

«Saltanat ishlarining to‘qqiz ulushini mashvarat, tadbir va kengash, qolgan bir ulushini esa qilich bilan bajo keltirish zarur» deya hayotdagi ishlarni bajarishda asosan bilim zarurligi, bilak kuchi esa keyingi darajada ekanligi aytiladi.

Bolalarimizga ham ushbu hikmatni yaxshiroq o'rgatib borishimiz kerak. Shunda hayotda muvaffaqiyatga erishadilar.

👉👉 @pmtests
👍2
Ulug’bek aka do'konga bir nechta qutida jami 100 kg meva keltirdi: olma va nok. Har bir qutida 8kg olma yoki 9 kg nok bo’lib, olma solingan qutilar nokli qutilardan ikki barobar ko’p. Ulug’bek aka do'konga necha quti meva keltirgan?
Anonymous Quiz
12%
9
20%
10
46%
12
14%
13
9%
15
🤩4🔥2👍1😱1🎉1
#Кун_ҳикмати

Ўзинг бажармаган нарса билан фахрланишинг айбдир. Шундоқ экан, ҳусни-жамолинг билан фахрланмагин, чунки уни сен яратмагансан. Ва яна наслу-насабинг билан ҳам фахрланмагин, чунки уни сен танламагансан. Лекин одоб-ахлоқинг билан фахрланавер, чунки сен уни ўзинг безагансан
.

👉👉 @pmtests
👍2
1dan 100gacha sonlardan (1 va 100 ham kiradi) 6 soni bilan o'zaro tub bo'lgan sonlar nechta?
Anonymous Quiz
26%
24 ta
19%
30 ta
28%
33 ta
18%
36 ta
8%
43 ta
🤩9🎉4😱3👍1
Olimpiada g'oliblari aniqlandi!

4-5-sinflar
1. Shamsiddinov Akramjon
Fargʻoʻna, Bagʻdod, 38-maktab, 4-sinf
2. Ko'palov Shohjahon
Xorazm, Bog'at, 1-maktab, 4-sinf
3. Davronbekov Elkinur
Xorazm, Hazorasp, 32-maktab 4-sinf

6-7-sinflar
1. Muxtoraliyev Yorqinjon
Farg‘ona, Oltiariq, Tinchlik shaharchasi 1-IDUM 6-sinf o‘quvchisi
2. Islomov Murodillo
Toshkent, Chilonzor, 195-IDUM, 7-sinf
3.Xolmaxmatov Davron
Qashqadaryo, Shahrisabz, 7-IDUM, 6-sinf

8-9-sinflar
1. Azizbek Ozodov
Xorazm, Gurlan, 9-sinf
2. Erkinov Suxrobbek
Qashqadaryo, Qarshi, 1-IDUM, 9-sinf
3. A'zamjon Shermatov
Farg'ona 9-maktab 9-sinf

Hamma g'oliblarni tabriklaymiz! Tarbiyalagan ota-onalari va o'qitgan ustozlariga rahmat aytamiz!

👉👉 @pmtests
👍2🤩2
Ramazon oyining 1-kuni Aziz ertalab 4:25 da og'izni yopadi. U kechqurun shom namoziga azon chaqirilgan vaqtgacha hech narsa yemaydi va ichmaydi. Agar azon 19:03da chaqirilsa, Aziz qancha vaqt hech narsa yemay yuradi?
Anonymous Quiz
35%
14 soat 38 minut
24%
14 soat 28 minut
17%
13 soat 25 minut
25%
15 soat 22 minut
😱7🎉6
Raqamlari yig'indisi 6 ga teng bo'lgan nechta uch xonali son mavjud?
Anonymous Quiz
16%
17
30%
18
21%
19
19%
20
14%
21
🎉7👍5😱4🔥1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Юртнинг келажаги илм билангина порлоқ бўлади

Ҳар доим имконим етганича илмга оид лойиҳаларни қўллаб-қувватлашга ҳаракат қиламан. Чунки ватанимизнинг келажаги нурли ва порлоқ бўлиши фақат ва фақат илмга боғлиқ.

Ёшлар ишлари агентлиги томонидан ўтказилган "Ёш китобхон" танловининг ғолиби Муҳаммадфозил Исмоиловнинг интервьюсини кўриб жуда ҳам таъсирландим ва у эришган натижадан қувондим.

Юртимизда мана шундай илмга чанқоқ ва китобга меҳр қўйган фарзандлари кўпаяверсин.

Видеони охиригача кўришни тавсия қиламан. Бу ўзингиз ва яқинларингиз учун китобни севишга мотивация беришига умидворман.


👉 @xushnudbek 👈
👍2
Matematika va hayot

📝Har bir ilmning afzalligi uning insonlarga beradigan manfaatiga ko’ra o’lchanadi. 📖Matematika fani inson hayotining ajralmas qismi hisoblanadi. Bobolarimiz matematik bilimlardan quyidagi yo’nalishlarda ko’p foydalanishgan ekan:

Savdo-sotiq ishlari;

Boy insonlarning kambag’al insonlarga xayriya qilishi lozim bo’lgan mablag’lar (zakot) hisobi;

Biror mulkdor inson vafot etganida qolgan mulkni merosxo’rlarga taqsimlash;

Taqvimlar tuzish, tarixiy voqealarni aniqlikda belgilash, qurilish va boshqa sohalarda.

🔐Hammaga manfaatli bo’lishi uchun kanalimizda ba’zi hayotiy va amaliy matematik misollarni qviz savolllari ko’rinishida taqdim etib borishni rejalashtirdik.

Bizni kuzatib boring: @pmtests
#amaliy_masalalar: Ehtiyojidan tashqari 27 200 000 so’m (85 g tillo) va undan ortiq pulga ega inson bir yilda bir marotaba o'sha mablag’ning qirqdan birini faqirlarga xayriya (zakot) qilib berishi kerak. Agar o’z ehtiyoji uchun foydalanilayotgan narsalar bo’lsa, ular hisoblanmaydi. Mahmud akada ishga borib keladigan bitta mashinasi (60 mln so’m) bor, farzandlarining ta’lim olishi uchun sotib olgan 3 ta kompyuter va printerlari (jami 24 mln so'm) va yangi uchastka sotib olish uchun yig’ayotgan 80 mln so’m pul bor. Shuningdek, Mahmud aka ukasiga 20 mln so’m qarz bergan. O’zi esa shu hafta ijara va kommunal to’lovlar uchun 4 mln so’m qarzini to’lashi kerak.
👇👇👇👇👇👇
👍4
Mahmud aka qancha pulini faqirlarga xayriya qilishi kerak?
Anonymous Quiz
26%
4 500 000 so'm
17%
3 900 000 so'm
27%
3 200 000 so'm
16%
2 800 000 so'm
14%
2 400 000 so'm
👍5😱3🎉2🔥1
#kun_savoli: Bir sumkada kamida 90% ining rangi qizil bo’lgan to'plar mavjud. To'plar birma-bir sumkadan tortib olinadi va ularning rangi qayd etiladi. Birinchi tortilgan 50 ta to'pning 49 tasining qizil rang ekanligi aniqlandi. Keyinchalik har 8 ta to'pning 7 tasi qizil rangga ega bo'ldi. Xaltadagi koptoklar soni eng ko'pi bilan nechta bo'lishi mumkin?

Javoblarni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi!

👉👉 @pmtests
👍1🤩1
#kun_savoli_javobi: Dastlabki holatda 50tadan 49ta qizil, keyingi kaptok olishda 50+8n tadan 49+7n tasi qizil bo'ladi. Shart bo'yicha 49+7n≥90%(50+8n); 49+7n≥45+7,2n; 0,2n≤4, n≤20. Demak, sharlar ko'pi bilan 50+8*20=210ta bo'lishi mumkin.

Kun savoliga to'g'ri javob yuborgan ishtirokchilar 91-online testda bepul ishtirok etadi. Bundan keyingi yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi!

👉👉 @pmtests
👍2
#tan.fk. 5 futbol jamoasi:A, B, C, D, E boshqalari bilan bir marotaba o'yin o'tkazdi. (G'alaba:durrang:mag'lubiyatlar quyidagicha) Ada 4:0:0; Bda 2:1:1; Cda 1:2:1. Dda 1:0:3. B jamoa 2ta go'l urib 1ta o'tkazdi, uning C jamoa bilan o'yin natijasini toping.
Anonymous Quiz
20%
B 1:1 C
27%
B 1:0 C
28%
B 0:0 C
14%
B 0:1 C
11%
Aniqlab bo'lmaydi
🎉7👍4🔥3😱2
#Amaliy_matematika: (qoida) Biror inson vafot etsa, unga tegishli moddiy boyliklar uning farzandlariga taqsimlab beriladi. Inson hamma boyligini farzandlaridan boshqalar berib, ularni mahrum qila olmaydi. Hatto biror ish uchun boyligini ko’proq qismini vasiyat qilgan bo’lsa ham faqat uchdan bir qismigacha shu vasiyat uchun ishlatilishi mumkin. Qolgan qismi esa farzandlariga taqsimlanadi. O’g’il bolalar qizlardan 2 marta ko’p meros olishadi. Chunki, hayotda erkak kishining ko’proq mablag’ga ehtiyoji mavjud. Oila ta’minoti ham ularning zimmasida.

(vaziyat) Abduvohid aka tajribali shifokor edi. U infeksiyali kasalliklarga qarshi kurashib katta natijalarga erishdi va ko’plab insonlarni davolashga o’z hissasini qo’shdi. Ammo kasallik yuqishi natijasida bir qancha vaqt davolanishiga qaramay olamdan o’tdi. Uning voyaga yetgan 3 ta o’g’li va ikki qizi bor edi. Yaxshi mutaxassis bo’lganligi sababli bir qancha mablag’ jamg’arib ham qo’ygan. Uning bank hisob raqamida $120 000 mablag’i bor. Abduvohid aka vafotidan oldin mehribonlik uyiga $50 000 mablag’ o’tkazilishini vasiyat qildi. Mahalla raisi qoida asosida merosni farzandlariga taqsimlab berdi.
👇👇👇👇👇👇👇👇
🤩3👍1
Karima Abduvohid akaning kenja qizi. U qancha meros oladi?
Anonymous Quiz
15%
$24 000
21%
$30 000
23%
$20 000
18%
$15 000
22%
$10 000
😱5👍4🔥4🎉2
#hadis #ramazon

Жобир ибн Самура розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:

"Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам:
"Киши фарзандини ёки бирингиз фарзандини одобли этиб тарбиялаши унинг учун ҳар куни ярим соъ* садақа қилишдан яхшироқдир", дедилар".

Имом Термизий ва Аҳмад ривоят қилган.

*соъ - ўлчов бирлиги, бир соъ 2,5-3 кг буғдойга тенг.

Яна бошқа бир ҳадис:

Анас ибн Молик розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:

"Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам:
Фарзандларингизни ҳурматланг ва уларнинг одобини гўзал қилинг", дедилар".


Ибн Можа ривоят қилган.

Фарзанд ота-она ҳузуридаги омонат бўлиб, унинг қалби покиза бир гавҳардир. У ҳар қандай нақшни қабул қилаверади. Агар яхшиликка ўргатилса, яхши, одобли бўлиб ўсади. Бунинг савобига эса, ота-онаси ва устозлари шерик бўлади.
Агар ёмонликка ўргатилса, ёмон, бадхулқ бўлиб ўсади. Бунинг гуноҳига эса, ота-онаси ва мураббийлари ҳам шерик бўлади.

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуфнинг «Ижтимоий одоблар» китобидан. (@xushnudbek)

👉👉 @pmtests
👍2