Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Hokkey 70minutlik jamoadagi 16ta o'yinchidan maydonda 11tasi o'ynaydigan o'yin. O'yinchi almashish soni cheklanmaydi. Agar darvozabon va sardor doim o'yinda bo'lib, boshqa oyinchilar maydonda bir xil vaqt o'ynashgan bo'lsa, ular qancha vaqtdan o'ynashgan?
Anonymous Quiz
16%
39,125 minut
30%
45 minut
25%
46 minut
20%
48,125 minut
10%
55 minut
🔥4😱3👍1🎉1
#Сўраган_эдингиз

📩Prezident maktablariga 2021-2022-o‘quv yili uchun qancha o‘quvchi qabul qilish rejalashtirilgan?

Prezident maktablariga Respublika umumta’lim muassasalarining to‘rtinchi va beshinchi (birinchi o‘quv yilida — to‘rtinchi — to‘qqiz) sinf o'quvchilari 2021-2022-o'quv yilida yuqoridagi jadvalda keltirilgani bo‘yicha qabul qilish rejalashtirilgan.

☝️Jadvaldan ko'rish mumkinki, Respublikamizning barcha hududlarida qabul rejalashtirilgan.

Manba: @piimauz

👉 @pmtests
🔥2👍1
Talaba 5ta savoldan 3tasini tanlab javob berishi kerak. U 1-va 2- savollardan kamida bittasini, 4-va 5-savollardan ko'pi bilan bittasini tanlashi mumkin. Talabada necha xil savollar kombinatsiyasi tanlovi bor?
Anonymous Quiz
24%
4
25%
5
28%
6
15%
7
8%
8
😱3👍2🔥2🎉2
#Сўраган_эдингиз
Prezident maktablarida Imtihon jarayonlari ingliz tilida bo’ladimi?
❗️– Prezident maktablariga kirish imtohonlari talabgorlarning xohishiga ko’ra o’zbek, ingliz yoki qoraqalpoq tilida bo’lib o’tadi.

Manba: piima.uz

👉 @pmtests
👍3🔥3
Agar kasrning maxraji birga teng bo'lsa, u holda uning qiymati
Anonymous Quiz
19%
birdan katta bo'ladi
20%
birdan kichik bo'ladi
45%
suratidagi songa teng bo'ladi
16%
natural son bo'ladi
🎉6😱4👍1🔥1
Ushbu yig'indilardagi mantiqni topib, so'roq o'rnidagi sonni hisoblang!
1+2=12
2+4=24 3+5=32 4+8=48 5+6=?
Anonymous Quiz
48%
56
9%
42
19%
44
17%
51
6%
72
👍3🔥2😱2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Din ishlari bo'yicha qo'mita axborot xizmati tomonidan tayyorlangan "Farzandlarimiz kelajagiga befarq bo'lmaylik, ular tahsil olayotgan maktablarni obod qilaylik!" nomli targ'ibot roligi. (@DinQumita)

Ushbu rolikni ko'rib quyidagi fikrlar tug'ildi:

Maktab shunday ilm dargohiki, usiz hech bir soha rivojlana olmaydi. Chunki, bo'lgusi kadrlarni boshlang'ich ta'limi ushbu dargohda beriladi. Maktablar obodligiga hissa qo'shish asl vatanparvarlikdir.

O'z farzandining ilm olishini ta'minlash har bir ota-onaning burchi. Agar kimdir boshqalar ta'limi uchun ham mablag' sarflasa bu eng oliyjanob ish hisoblanadi.

Kimdir muhtojlarga muntazam yordam beradi. Ammo uning muhtojligini yo'q qila olmaydi. Agar biror muhtoj inson farzandi ta'limiga pul sarflansa, u ertaga o'zini, ota-onasini farovon hayotga olib chiqadi. Yaxshi mutaxassis bo'lsa, har bir ishida sahovat qilgan insonga savob borishi ham manbalarda keltiriladi.

☝️ Ta'limga mablag' sarflash xarajat emas, bu foydasi aniq sarmoyadir!

👉 @pmtests
🔥2🎉1
#mantiqiyfirklash
Akmal akaning 6 ta qizi bor. Har bir qizining bittadan ukasi bor. Akmal akaning nechta farzandi bor?
Anonymous Quiz
30%
12
9%
9
49%
7
11%
6
🔥3🎉3👍2😱2🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Matematikani bilgan bola maktabni yaxshi tugatsa, agar u traktorchi boʻlsa shudgor ham unumli boʻladi. Oʻsha joyda paxta 5 sentener koʻp boʻladi, gʻalla 10 sentener koʻp boʻladi, agar bitta matematikani bilsa”

Shavkat Mirziyoyev.
🔥3
#kun_savoli: Fotima quyidagi 2; 5; 7; 12; 19; 43 ro’yxatda keltirilgan sonlardan bitta, ikkita yoki uchtasini tanlaydi va bitta son tanlasa o’zini, ikki yoki uchta son tanlasa sonlar yig’indisini yozib chiqdi. U hosil qilishi mumkin bo’lgan 50 dan katta bo'lmagan nechta turli xil yig'indilar mavjud (agar u bitta sonni tanlasa, uni ham yig’indi deb qabul qilamiz)?

Javoblarni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi!

👉👉 @pmtests
🔥1
#kun_savoli_javobi: Masala shartidagi sonlarni topish uchun rasmda keltirilgan jadvaldan foydalanish tavsiya etiladi. Jadvalga yig'indilar yozib chiqiladi. Sonni o'zini o'ziga qo'shib bo'lmaydi. Shuning uchun, diognal qismning bir tomoni hisoblansa kifoya. Keyin ikki son yig'indisini 3-songa qo'shish kerak. Bunda 2+5, 5+7 yig'indilarni hisoblash befoyda. Chunki, 7 va 12 sonlari bo'yicha yig'indini hisoblab bo'lganmiz. Faqat 19o'ziga o'zi qo'shilmagani uchun 7+12ni 3-songa qo'shamiz. Masala sharti bo'yicha 20ta turli yig'indi hosil qilish mumkin.
(2, 5, 7, 9, 12, 14, 17, 19, 21, 24, 26, 28, 31, 33, 36, 38, 43, 45, 48, 50)

Kun savoliga to'g'ri javob yuborgan ishtirokchilar 85-online testda bepul ishtirok etadi.
Bundan keyingi yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi!

👉👉 @pmtests
👍2🔥1
Dokonda pleyer 155so'm, naushnik 86 so'm, kolonka 79so'm. Oydin kalkulyatorda pleyer, naushnik va kolonka narxini qo'shib 248so'm chiqardi. U qanday xato qilgan bo'lishi mumkin?
Anonymous Quiz
16%
U qaysidir mahsulot narxini 2 marta hisobladi.
25%
U bir mahsulot narxini qo'shmadi
46%
U biror anjom narxidagi oxirgi raqamni qo'shishni unutdi
13%
U bir mahsulot narxini qo'shish o'rniga ayirib yubordi.
🎉7👍5🔥3😱2
Muammoli masalalar: A 1dan 9gacha bo'lgan raqamlardan biri. Agar A,A+AA=A,A*AA o'rinli bo'lsa A raqam haqida quyidagilardan qaysi biri to'g'ri.
Anonymous Quiz
23%
A tub son
29%
A murakkab son
29%
A murakkab son emas
18%
A juft son
🎉4🔥3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Биласизми
Прага шаҳридаги кутубхонада «Китоб минораси» барпо этилган. Унинг қуйи ва юқори қисмига кўзгу ўрнатилган. Бу "минора" илмларнинг чексиз эканлигини ифодалайди.

Manba: @talim_obrazovaniye

👉👉 @pmtests
👍2🔥2😱2
Buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniy „Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar“ kitobida Quyosh yili hisobida yilning birinchi kuni Navroʻzdir, — deydi. Agar kalendar yili hisobida 21-mart yilning 1-kuni bo’lsa, 1-yanvar yilning nechanchi kuniga to’g’ri keladi.
Anonymous Quiz
20%
284-kuni
40%
286-kuni
29%
287-kuni
11%
288-kuni
🎉7😱4👍2🔥1
Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi 100 ta savol (1-qism)

Turli sohalar bo'yicha o'zingizdagi bilim darajangizdan kelib chiqib ushbu savollarga javob bering. Bu savollarning javobi turli bo'lishi mumkin. Boshqalar bilan fikr almashish orqali javoblarni mukammallashtiring.

Manba: @khanacademyuzbek

👉👉 @pmtests
🔥3
​​MAHORATNING NARXI

Motori buzilgan bir katta kema bor edi. Kemaning egalari motorni tuzatish uchun mutaxassislarni chaqira boshlashdi. Bir mutaxassis ortidan boshqasi kelardi. Lekin bari befoyda edi. Hech bir mutaxassis illat qayerdaligini bilolmasdi.

- Shunda umri kemasozlikda oʻtgan bir keksa ustani taklif qilishdi. U oʻzi bilan katta bir jomadon olib keldi. Jomadon asbob-uskunalar bilan toʻla edi. U kemaga yetib kelgach, motorning oldiga borib, uni diqqat bilan boshdan-oyoq kuzatdi. Uning ortidan kemaning egalaridan ikkitasi ham birga yurdi. Maqsadlari illat qayerdaligni bilib olish edi. Keksa usta motorni koʻzdan kechirib boʻlgach, sumkasini ochib, ichidan kichkina bolgʻani oldi. Keyin oʻsha bolgʻa bilan motorning ayrim joyini ohistalik bilan ura boshladi. Koʻp oʻtmay motor ishlay boshladi. Usta oʻrnidan turib, bolgʻachani sumkasiga soldi. Motor oldingiday yaxshi ishlay boshlagan edi.

- Oradan bir xafta oʻtgach, kema egalari xaligi keksa ustadan toʻlov qogʻozi oldilar. Unda xizmat haqi oʻn ming (10.000) riyol boʻlishi yozilgan edi. Kemaning egalari buni koʻrib “Bu qanday narx?! Axir bu qariya buncha pulga arziydigan ish qilgani yoʻq-ku!” deya qichqirib yuborishdi. Darhol unga xizmat narxlari alohida-alohida koʻrsatilgan toʻlov qogʻozi yuborishini soʻrab maktub yubordilar.

- Nima deb oʻylaysiz, hurmatli oʻquvchi? Keksa usta ularga nima deb javob yozdi ekan?
Usta ularga xizmatlarining narxlari quyidagicha bayon etilgan bir toʻlov qogʻozini yubordi:
- 1. Bolgʻa bilan urishning narxi ikki (2) riyol boʻladi.
- 2. Bolgʻani qayerga urishni bilishning narxi toʻqqiz ming toʻqqiz yuz toʻqson sakkiz (9998) riyol boʻladi.

🔹 Hikmat
Hayotdagi har bir narsaning bahosi – oʻsha sohani ilmini chuqur oʻrganib chinakam ustasi boʻlishimizdir. Ilmning narxi u ishni bajarishlikdan ancha qimmat turadi.


Hurmatli yoshlar yaxshi bilim olib, siz ham har bir harakatingiz 10 ming dollarlik mutaxassis bo'ling. O'z sohangizning ustasi bo'ling!

Tayyorladi: Mirjamol
Manba: @liderlar1

👉👉 @pmtests
👍4🔥2🎉2
Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi 100 ta savol (2-qism)


Turli sohalar bo'yicha o'zingizdagi bilim darajangizdan kelib chiqib ushbu savollarga javob bering. Bu savollarning javobi turli bo'lishi mumkin. Boshqalar bilan fikr almashish orqali javoblarni mukammallashtiring.

Manba: @khanacademyuzbek

👉👉 @pmtests