Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
74K subscribers
3.04K photos
1.86K videos
629 files
3.22K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
Kanal asoschisi — Asrorbek Jumanazarov
Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)
📩 Murojaat uchun: @pmustoz
Download Telegram
⚡️⚡️Bugun kanalimizda 2026-2027-o'quv yilidagi 1-MATEMATIKA testi bo'lib o'tadi‼️

Prezident, Al-Xorazmiy va Ixtisoslashtirilgan maktabiga tayyorlanayotgan o'quvchilar @PMTESTS kanalidagi testlar orqali doimiy tarzda bilimlarini oshirib borishlari mumkin!

‼️Bugungi test 19:00 da bo'lib o'tadi.

Boshlanayotgan yangi o'quv yilida kanalimizdagi testlar tartibi quyidagicha bo'lishi rejalashtirilmoqda:

Seshanba kunlari: Tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testlari (10 talik).

Payshanba va yakshanba kunlari: Prezident va al-Xorazmiy maktabi matematika testlari (30 talik).

Aksariyat testlar kanalimizda ochiq tarzda o'tkaziladi. Kanalimizni kuzatib boring!

👉👉 t.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🏆1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆19😢9🎉7🔥4
🔔🔔 Prezident va Al-Xorazmiy maktabiga tayyorlanayotganlar uchun 1-onlayn testimiz boshlanishiga 30 minut vaqt qoldi‼️

Eslatib o‘tamiz: tayyorgarlikni ertaroq boshlash — muvaffaqiyat kalitlaridan biri. Yil davomida muntazam test ishlab borish orqali bilimlaringizni mustahkamlab, tengdoshlaringizdan bir qadam oldinda bo‘lishingiz mumkin.

👉👉 t.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17
1-ONLINE TEST SAVOLLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Test kodi: 193044

Javob yuborish uchun
- @best_olimpiad_robot botining Javobni tekshirish tugmasini bosing.
- keyin test kodiga 193044 ni yuboring.
- keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.
🏆20👍9😱5🤩1
193044_natijalar.html
112 KB
💡 Test yakunlandi!
🔰 Test kodi: 193044
👨 Test qatnashchilari: 480 ta
📝 Kalitlar: 1-C  2-A  3-C  4-C  5-A  6-C  7-A  8-C  9-B  10-B  11-B  12-A  13-B  14-B  15-D  16-C  17-B  18-D  19-A  20-B  21-C  22-B  23-E  24-C  25-B  26-B  27-B  28-C  29-A  30-D
🏆12😱3🎉1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😱7🔥3👍2🏆1
O‘zbekiston yoshlari PISA natijalarida keskin o‘sish qayd etdi. 🇺🇿

91 ta mamlakatning 760 mingdan ortiq 15 yoshli o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan PISA sinovlarida O‘zbekiston yoshlari natijasi ancha yuqoriladi.

2022-yildagi sinovlarda O‘zbekiston yoshlari tabiiy fanlar yo‘nalishida 81 ta davlat orasida 80-o‘rinni egallab, bilim darajasi bo‘yicha ancha past natija ko‘rsatgan edi.

Nihoyat, 2025-yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlari 91 ta mamlakat orasida 48-o‘ringa ko‘tarildi. 2022-yilda 355 ball qayd etilgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 438 ballni tashkil etdi.

Bunday keskin o‘sishning sabablaridan biri sifatida Prezident maktablariga tayyorlovchi o‘quv markazlari, ustozlar va ta’lim kanallarining mehnatini ham aytish mumkin.

Chunki 2020–2021-yillarda biz ko‘plab ustozlar va ota-onalar bilan birgalikda ommaviy tayyorgarlikni boshladik. O‘sha vaqtda Prezident maktablariga tayyorlangan 3–4–5-sinf o‘quvchilari 2025-yilda 15 yoshga to‘lib, PISA kabi xalqaro sinovlarda qatnashishdi.

Albatta, bitta natijani faqat birgina sabab bilan izohlab bo‘lmaydi. Ammo bu natijada yillar davomida o‘quvchilarni tayyorlagan ustozlarning mehnatini inkor qilib bo‘lmaydi.

Biz faqat Prezident maktabiga tayyorlamaymiz.

Biz — butun O‘zbekistonning kelajagi bo‘lgan, kelajakda yurtimiz dovrug‘ini yuksaklarga olib chiqadigan yoshlarimizga zarur bilim va ko‘nikmalarni beramiz. Chunki ta’lim berish Vatanga eng katta xizmatlardan hisoblanadi.

👉 t.me/pmtests
👍31🔥5👏2😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sog‘lom raqobat — yuqori o‘sish

Ertaroq tayyorgarlikni boshlagan o‘quvchim Turg‘unboyev Mardon bir muddat bir nechta olimpiadalarda ketma-ket g‘olib bo‘la boshladi. Ba’zan butun Respublika bo‘yicha eng yuqori natijalarni qayd etdi.

Ammo ustoz sifatida menda xavotir yuqori edi. Chunki o‘quvchilar darajasi tez o‘zgaradi. Raqobatchi bo‘lmasa, ozgina izlanishdan to‘xtasa ham, bir necha haftaning o‘zida natijalari tushib ketishi mumkin.

Keyinchalik onlayn darslarimizga qo‘shilgan Ravshanov Rashid va Muhitdinova Mehrangiz ham o‘z o‘quv markazlarida hamda bizning onlayn darslarimizda yuqori o‘rinlarni egallashga intilishdi.

Guruhimizda raqobat kuchaydi. O‘quvchilar bir-biridan o‘zib ketish uchun emas, o‘z ustida ko‘proq ishlash uchun harakat qila boshlashdi. Natijada doimiy o‘sish yuzaga keldi.

Bugun esa bir guruhda birga o‘qigan ushbu uch nafar o‘quvchining barchasi bitta Prezident maktabida ta’lim olmoqda.
Endi ular Prezident maktabida ham sog‘lom raqobatni davom ettirib, bir-birlarini yanada yuqori natijalarga undashadi va eng yuqori marralarni zabt etishadi.

Sog‘lom raqobat — o‘sish uchun eng kuchli motivatsiyalardan biri.
(Onlayn darslarga yozilish @pmustoz)

👉👉 t.me/pmtests
👍22🔥11👏1😢1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥9🔥2🏆2
⚡️⚡️Ertaga kanalimizda 2026-2027-o'quv yilidagi 2-MATEMATIKA testi bo'lib o'tadi‼️

Prezident, Al-Xorazmiy va Ixtisoslashtirilgan maktabiga tayyorlanayotgan o'quvchilar @PMTESTS kanalidagi testlar orqali doimiy tarzda bilimlarini oshirib borishlari mumkin!

‼️Test ertaga 13-sentabr soat 19:00 da bo'lib o'tadi.

Boshlanayotgan yangi o'quv yilida kanalimizdagi testlar tartibi quyidagicha bo'lishi rejalashtirilmoqda:

Seshanba kunlari: Tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testlari (10 talik).

Payshanba va yakshanba kunlari: Prezident va al-Xorazmiy maktabi matematika testlari (30 talik).

Aksariyat testlar kanalimizda ochiq tarzda o'tkaziladi. Kanalimizni kuzatib boring!

👉👉 t.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident maktabiga kirishga to‘sqinlik qiluvchi sabablar

Tayyorgarlikni kech boshlash
Ko‘chirmachilikka odatlanish
E’tiborni jamlay olmaslik, shoshqaloqlik va savollarni oxirigacha o‘qimaslik

Hozir yilning boshi. Tayyorgarlikni aynan hozir boshlash uchun eng yaxshi vaqt.
Aks holda, vaqt o‘tib, «Nega ertaroq boshlamagan ekanman?» deb afsuslanishingiz mumkin.

Farzandingizni hozirdan tayyorlang:
📌 e’tibor bilan o‘qishga;
📌 shoshilmasdan ishlashga;
📌 savolni oxirigacha o‘qishga;
📌 eng muhimi, ko‘chirishga umuman odatlanmaslikka o‘rgating.

Bugungi to‘g‘ri odatlar — ertangi natijaning poydevori.

👉👉 t.me/pmtests
👍20🔥3❤‍🔥2