📚 2026–2027-o‘quv yilidagi ONLAYN DARSLAR haqida
PMTESTS jamoasi ustoz Asrorbek Jumanazarov boshchiligida 2020-yildan buyon onlayn darslar tashkil etib kelmoqda. Shu davr mobaynida 4000 ga yaqin o‘quvchi bizning darslarimizda ta’lim oldi.
Endilikda 6 yillik tajriba asosida 2026–2027-o‘quv yili uchun onlayn darslar dasturimiz yanada takomillashtirildi.
🚀 Bu yilgi darslarning asosiy farqi nimada?
🔹 Darslar maxsus platformada olib boriladi.
Bu orqali o‘quvchining darsdagi ishtiroki, natijalari va rivojlanish jarayonini yanada to‘liq nazorat qilish imkoniyati yaratiladi.
🔹 Har bir o‘quvchining individual natijasi kuzatib boriladi.
O‘quvchining kuchli va kuchsiz tomonlari, har bir mavzuni o‘zlashtirish darajasi hamda bajargan topshiriqlari tizimda qayd etib boriladi. Ota-onalar ham farzandining natijalari haqida muntazam ma’lumot olib boradilar.
🔹 Sun’iy intellekt yordamida individual tavsiyalar.
Tizim o‘quvchining xatolarini tahlil qilib, qaysi mavzularga ko‘proq e’tibor qaratish kerakligi bo‘yicha tavsiyalar beradi. Shu orqali o‘quvchi o‘zining aynan qaysi kamchiliklari ustida ishlashi kerakligini aniq bilib boradi.
Biroq texnologiya ustozning o‘rnini bosmaydi. Barcha jarayon kuchli ustoz va mentorlar tomonidan nazorat qilib boriladi.
📖 Qanday kurslar mavjud?
✅ Math-Up — matematika kursi
3–4-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Matematika fanini chuqur o‘rganish, asosiy tushunchalar, formulalar va ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha mustahkam bilim bazasini shakllantirishga qaratilgan.
✅ Turbo tayyorlov — tezkor matematika kursi
Matematikadan ma’lum darajada bilimga ega bo‘lgan 4-sinf o‘quvchilari uchun. Kurs Prezident maktabi imtihonidagi matematika savollarining asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi.
✅ Tanqidiy fikrlash
Prezident maktabiga tayyorlanayotgan 4-sinf o‘quvchilari uchun. Savollarni tahlil qilish, mantiqiy bog‘lanishlarni aniqlash va to‘g‘ri xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
✅ Muammoli masalalar
Prezident maktabi asosiy imtihonida uchraydigan mantiqiy, muammoli va matematika masalalarini yechish ko‘nikmalarini shakllantiruvchi muhim kurslardan biri.
🗓 Darslar qachondan boshlanadi?
Kurslar 15-sentabrdan boshlanadi.
Darslar ikki xil formatda tashkil etiladi:
💻 Jonli Zoom darslari
🎥 Tayyor yozib olingan videodarslar
Har bir mavzu bo‘yicha maxsus testlar va ularning yechimlari ham berib boriladi.
Videodarslar barcha kurslar bo‘yicha dekabr oyigacha platformaga joylab boriladi.
Jonli darslar esa yil davomida quyidagi tartibda tashkil etiladi:
📌 Sentabr – dekabr: Math-Up
📌 Dekabr – yanvar: Turbo tayyorlov
📌 Fevral – mart: Tanqidiy fikrlash
📌 Aprel – may: Muammoli masalalar
📌 Iyun – iyul: O‘tilgan mavzularni takrorlash, imtihon formatidagi blok testlar va kompleks tayyorgarlik.
🎯 Maqsadimiz — shunchaki dars o‘tish emas, balki har bir o‘quvchining natijasini kuzatib, uning kamchiliklarini aniqlash va bosqichma-bosqich rivojlantirish.
2026–2027-o‘quv yilidagi onlayn darslarimizga qabul boshlandi.
👉 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish:
t.me/pmustoz

Telegram
@PMTESTS | Online kurslar qabul bo‘limi
2026-yil natijalarimiz: 🇺🇿Prezident — 40+ 👨🏻🎓 🏫 Al-Xorazmiy — 110+👨🏻🎓 🏫 Ixtisoslashtirilgan maktablar — 250+👨🏻🎓 Keyingi natija — sizniki!
👍29🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bilimingizni sinab koʻring va ajoyib yutuqlarga ega boʻling! Shu yakshanba 6-sentabr kuni boʻlib oʻtadigan olimpiadamizda ishtirok eting va quyidagi yutuqlarni BEPUL qoʻlga kiriting:
🚴♂️ 4x Velosiped
🤩 4x Smart Soat
🤩 4x Planshet
🤩 Jami 100 million soʻmlik grantlar
Imkoniyatni boy bermang va hoziroq quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting! 👇
👉Ro'yhatdan o'tish👈
Biz bilan quyidagi raqamlar orqali bog'lanishingiz mumkin:
+998 88 175 70 77 (Chilonzor filiali)
+998 88 142 70 77 (Sergeli filiali)
+998 87 811 70 77 (Xadra filiali)
+998 90 947 97 66 (Qorasuv filiali)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
*Ta'lim reklamasi
👉👉@pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Ota-onamning “Prezident maktabiga aniq kirasan” degan gaplari menga motivatsiya bergan».
Rashid Ravshanov onlayn darslarimizga o‘tgan yil sentabr oyining oxirlarida qo‘shilgan edi. Unda men boshqa o‘quvchilarda kam kuzatiladigan bir jihatni ko‘rdim: doimiylik.
Ko‘pchilik o‘quvchilarning natijasi ba’zan ko‘tariladi, ba’zan pasayadi. O‘qishning ma’lum bir davrida zerikish, dars qoldirish yoki motivatsiyaning tushib ketishi kuzatilishi mumkin.
Ammo Rashidda buning aksi bo‘ldi. Tartib, intilish va natijada doimiy o‘sish kuzatildi. U doim yuqori marralar sari intildi. Kuchli o'quvchilar bilan raqobat qildi va o'z maqsadiga erishdi.
Bugun Prezident maktabiga kirgan Rashid o‘z tengdoshlariga quyidagi tavsiyalarni beradi:
🔹 Diqqatingizni faqat o‘qishga qarating va asosiy maqsadingizni hech qachon unutmang.
🔹 O‘yin-kulgiga berilib ketmang va aslo ko‘chirmang. O‘zingizni aldash orqali haqiqiy natijaga erishib bo‘lmaydi.
🔹 Viloyat bo‘yicha o‘z reytingingizni bilib boring. Buning uchun yakshanba kunlari o‘quv markazlarida o‘tkaziladigan testlarda muntazam qatnashing.
🔹 Onlayn darslarda faol ishtirok eting. Chunki bu darslarda matematika bilan birga muammoli masalalar va tanqidiy fikrlash savollarining turli ko‘rinishlari ham o‘rgatiladi.
Rashid o'quvchimizning ham kelgusi o'qishlarida muvaffaqiyat va zafarlar tilab qolamiz💪📚
Onlayn darslar haqida ma’lumot olish: t.me/pmustoz
👉👉 t.me/pmtests

👍34🔥7👏7🏆2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15👏8🔥6🏆6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hoshimonov Abdulloh va uning dadasini men 2026-yil qahramonlari sifatida bilaman. 🏆
Hammaga ma’lumki, Prezident, Al-Xorazmiy va 1-son ixtisoslashtirilgan maktablarning barchasiga kirishni uddalash — bugungi kunda haqiqiy qahramonlikdir.
Abdulloh va uning dadasi bilan so‘nggi bir yil davomida doimiy aloqada bo‘ldik. Ular Prezident maktabiga kirish imkoniyatini oshiruvchi barcha imkoniyatlardan foydalanishdi: offline darslar, online darslar, sinov testlari va olimpiadalarning birortasini ham qoldirishmadi.
Abdullohning dadasi shunday deydi:
Abdullohning otasidek farzandining ta’limi uchun vaqtini, e’tiborini va mehnatini ayamaydigan insonlar alohida hurmatga loyiq. Hamma ham farzandining yaxshi ta’lim olishini xohlaydi. Ammo buning uchun o‘z vaqtini sarflab, farzandi bilan birga harakat qiladigan ota-onalar juda kam.
Men ishonamanki, bugungi mehnatlar kelajakda farzandlaridan ming chandon ziyoda bo‘lib qaytadi.
Abdulloh ota-onasiga hurmat va izzat tojini kiydiradigan farzand bo‘ladi. 🤲
👉 👉 t.me/pmtests

“Online darslarda ota-ona farzandini kuzatish orqali uning haqiqiy bilim darajasini bilib oladi. Shunga ko‘ra aniq harakat qilasiz va bu natijaga erishishda yordam beradi.”
Abdullohning otasidek farzandining ta’limi uchun vaqtini, e’tiborini va mehnatini ayamaydigan insonlar alohida hurmatga loyiq. Hamma ham farzandining yaxshi ta’lim olishini xohlaydi. Ammo buning uchun o‘z vaqtini sarflab, farzandi bilan birga harakat qiladigan ota-onalar juda kam.
Men ishonamanki, bugungi mehnatlar kelajakda farzandlaridan ming chandon ziyoda bo‘lib qaytadi.
Abdulloh ota-onasiga hurmat va izzat tojini kiydiradigan farzand bo‘ladi. 🤲
👉 👉 t.me/pmtests
👍45🔥7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥35👍20👏9🏆4🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍50🔥12👏9❤🔥3🎉3
🏆 2026-YIL NATIJALARIMIZ:
🎖 Prezident maktabi — 2 nafar
🥈 Al-Xorazmiy — 15+ nafar
🏅 Mirzo Ulug‘bek / Ibn Sino — 1 nafar
🏅 Al-Beruniy — 1 nafar
🚀 Ixtisoslashtirilgan maktablar — 40+ nafar
Farzandingizning bilim darajasi va kelgusi tayyorgarligi haqida batafsil ma’lumot oling.
*Ta'lim reklamasi
👉👉@pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🏆2
Bo‘ylari har xil bo‘lgan 24 nafar o‘quvchidan iborat sinf eng balanddan pastgacha bir qatorda turibdi. Mansur boshidan 15-o'rinda, Jahon esa oxiridan 16-o'rinda. Ularning orasida qatorda nechta o’quvchi turibdi?
Anonymous Quiz
32%
5
30%
6
30%
7
9%
4
🏆9👍7🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir o‘quvchi olimpiadada qatnashib, o‘zi va onasi uchun Dubayga sayohat yutib olsa, keyin esa ustoziga shunday video yuborsa, yoshi kichik bo‘lsa-da, katta maqsadlar qo‘yayotganini ko‘rgan ustoz o‘z mehnatining samarasini his qiladi.
Insonning katta-kichikligi uning yoshiga emas, maqsadlariga qarab belgilanadi.
Katta maqsadlar qo‘ygan insonlar — katta insonlardir.
Maqsadsiz yashaydiganlar esa hayotda mayda narsalar bilan kifoyalanib qoladi.
O‘z o‘quvchilarim orasida katta maqsadli insonlarni ko‘rish — meni eng ko‘p quvontiradigan holatlardan biri.
Videoda: Turg‘unboyev Mardon
📅 16.11.2025-yil

👍41🔥13👏4🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ba’zi o‘quvchilar va ularning ota-onalari haqida kitob yozish mumkin.
16 yillik tajribam davomida eng uzoq vaqt tayyorlangan, intilishi va shijoati bilan mehrimni qozongan o‘quvchilarimdan biri — Turg‘unboyev Mardon 2026-yilda Prezident, Al-Xorazmiy va Ixtisoslashtirilgan maktablarga yuqori o‘rinlarda qabul qilindi.
2-sinfda yoshi kichikligi sababli guruhga qabul qilmaganimizda ham, u taslim bo‘lmadi. Onasi bilan birgalikda videodarslarni mustaqil o‘rganib, keyinchalik guruhga qo‘shilishga loyiq ekanini o‘z mehnati bilan isbotladi. 3-sinfda 4-sinflar darajasida tayyorlandi.
4-sinfga kelib esa Respublikadagi eng kuchli o‘quvchilar qatoridan joy oldi.
Shu yillar davomida Mardon qatnashgan ko‘plab olimpiadalarning natijalarini birgalikda, hayajon bilan kutardik. Quvonchli yangiliklar bilan birga, natijadan xafa bo‘lgan paytlarimiz ham ko‘p bo‘ldi.
Ammo eng muhimi — u hech qachon maqsadi sari intilishdan to‘xtamadi. Bugun esa o‘sha yillar davomida qilingan mehnat, sabr va intilish Mardonni Prezident maktabi o‘quvchisiga aylantirdi.
Mardonning oflayn ustozlariga va, ayniqsa, uning eng birinchi ustozi — onasiga katta minnatdorlik bildiraman. Uning bugungi yutuqlarida onasining mehnati va qo‘llab-quvvatlashi alohida o‘rin tutadi.
Barcha ota-onalarga farzandlarining mana shunday muvaffaqiyatlarini ko‘rib yurish nasib qilsin. 🤲
(Onlayn darslarga yozilish @pmustoz)

👍38🤩4🏆3🔥1🎉1
Kvadrat shaklidagi qog’oz qaychi yordamida to’g’ri chiziq bo’ylab ikki bo’lakga bo’lindi. Quyidagilarni qaysi biri hosil bo’lishi mumkin emas?
Anonymous Quiz
41%
kvadrat
20%
to’g’ri to’rtburchak
18%
to’g’ri burchakli uchburchak
14%
beshburchak
7%
teng yonli uchburchak
🏆10