Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
75.8K subscribers
3.07K photos
1.85K videos
631 files
3.25K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
Kanal asoschisi — Asrorbek Jumanazarov
Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)
📩 Murojaat uchun: @pmustoz
Download Telegram
🏆 YIL SARHISOBI — 2026

Bu yil Smart Academy uchun natijalarga boy yil bo‘ldi! 🔥

Bir yil davomida ko’plab o‘quvchilarimiz bilan birga katta maqsadlar sari intildik. Bugun esa mehnatlarimizning natijalarini faxr bilan e’tirof etamiz. 💜

🎓 Prezident maktabi yo‘nalishida:
🏆 Asaka tarixida ilk bor Asakalik o‘quvchi — Yusupjonov Iskandar Andijon viloyatidagi Prezident maktabiga qabul qilindi!
🌟 Soliyeva Zinnura bir vaqtning o‘zida 3 ta nufuzli maktabga tavsiya etildi!
🔥 Soyibjonov Hojiakbar esa 2 ta nufuzli maktabga tavsiya etildi!

Bundan tashqari:
🏫 14 nafar o‘quvchimiz Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilindi!
🎓 1 nafar o‘quvchimiz Jasorat maktabiga qabul qilindi!
📈 Prezident maktabi saralash bosqichida esa o‘quvchilarimiz yuqori natijalarni qayd etishdi — 77-o‘rin, 116-o‘rin, 127-o‘rin, 196-o‘rin, 238-o‘rin, 273-o‘rin, 408-o‘rin, 454-o‘rin, 480-o‘rin kabi natijalar shular jumlasidan.

Bu — shunchaki raqamlar emas.
Bu — o‘quvchilarimizning mehnati, ustozlarimizning fidoyiligi va ota-onalarimizning ishonchi natijasi. ❤️‍🔥

❤️ Smart Academy — Asakadagi eng kuchli Prezident maktabiga tayyorlov markazi.
Bizda faqat natijalar gapiradi!
Farzandingizning kelajagini bugundan boshlang.
Uni natijaga yo‘naltirilgan ta’lim maskaniga topshiring!

Murojaat uchun:
🤙 +998 88 926 77 88
🌐 Telegram: @smartacademy_admin

🔵Bizni kuzatishda davom eting
📱 Telegram | 📱 Instagram
@smartacademy_results

*Ta'lim reklamasi
👉👉
@pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8🏆2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🤩18😱8🏆5🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍2😱2🏆2🤩1
Qutida sakkizta ko'k qo’lqop va sakkizta qora qo’lqop bor. Lekin, svet yo’qligi sababli xona qorong'i va siz ikkita rangni ajrata olmaysiz.
Sizga mos keladigan juftlik borligiga ishonch hosil qilish uchun eng kamida nechta qo’lqopni olishingiz kerak?
Anonymous Quiz
17%
2
31%
3
30%
4
22%
9
👍8🏆4🔥3🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko'pchilik ota-onalarni qiziqtirayotgan savol.

🖌 Xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab qanday maktab?!

🎓 Toshkent shahrida Agentlik tizimidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan yangi maktabda STEM fanlari ingliz tilida, xitoy tili esa chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi. “Yinghua Academy Group” bilan hamkorlikda o‘quvchilar HSK xalqaro imtihonlariga tayyorlanadi. Shuningdek, robototexnika, sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili kabi zamonaviy yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratiladi. 🌐Manba

👉👉 t.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥2😱2😢1
Uchta farzandi prezident maktabiga kirgan ota-ona onlayn guruhimiz haqida: "Bu guruhda oʻrgangan bilimlari Abduvohidga katta yordam berdi. Rahmat sizga, ustoz!" beb yozadi.


2026-yil bitta kichik guruhimning o'zidan olti nafar o'quvchi prezident maktabiga qabul qilindi. Shulardan biri Azimboyev Abduvohid bo'lib, u bir yil davomida onlayn darslarimizda imtihonning so'ngi vaqtlarigacha faol ishtirok etgan edi.

Abduvohid onlayn tarzda ham, oflayn tarzda ham ta'lim olgan. Ammo, uning eng katta ustunligi oiladagi muhit, ota-onaning farzandlari ta'limiga yuksak darajada e'tibori bo'lgan. Qizig‘i shundaki, Abduvohidning ikki nafar akasi ham Prezident maktabiga qabul qilingan. Endi esa u ushbu oilaning Prezident maktabida tahsil olayotgan uchinchi vakili bo‘ldi. 👏 Bu juda kamyob holat.

O'quvchimiz haqida Nukus prezident maktabi telegram kanalida video e'lon qilinibdi. Abduvohidning keyingi o'qishlarida ham omad va zafarlar tilab qolamiz.

👉👉 t.me/pmtests
👍36🎉6😱2🏆1
📚 2026–2027-o‘quv yilidagi ONLAYN DARSLAR haqida

PMTESTS jamoasi ustoz Asrorbek Jumanazarov boshchiligida 2020-yildan buyon onlayn darslar tashkil etib kelmoqda. Shu davr mobaynida 4000 ga yaqin o‘quvchi bizning darslarimizda ta’lim oldi.

Endilikda 6 yillik tajriba asosida 2026–2027-o‘quv yili uchun onlayn darslar dasturimiz yanada takomillashtirildi.

🚀 Bu yilgi darslarning asosiy farqi nimada?
🔹 Darslar maxsus platformada olib boriladi.
Bu orqali o‘quvchining darsdagi ishtiroki, natijalari va rivojlanish jarayonini yanada to‘liq nazorat qilish imkoniyati yaratiladi.
🔹 Har bir o‘quvchining individual natijasi kuzatib boriladi.
O‘quvchining kuchli va kuchsiz tomonlari, har bir mavzuni o‘zlashtirish darajasi hamda bajargan topshiriqlari tizimda qayd etib boriladi. Ota-onalar ham farzandining natijalari haqida muntazam ma’lumot olib boradilar.
🔹 Sun’iy intellekt yordamida individual tavsiyalar.
Tizim o‘quvchining xatolarini tahlil qilib, qaysi mavzularga ko‘proq e’tibor qaratish kerakligi bo‘yicha tavsiyalar beradi. Shu orqali o‘quvchi o‘zining aynan qaysi kamchiliklari ustida ishlashi kerakligini aniq bilib boradi.
Biroq texnologiya ustozning o‘rnini bosmaydi. Barcha jarayon kuchli ustoz va mentorlar tomonidan nazorat qilib boriladi.

📖 Qanday kurslar mavjud?

Math-Up — matematika kursi
3–4-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Matematika fanini chuqur o‘rganish, asosiy tushunchalar, formulalar va ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha mustahkam bilim bazasini shakllantirishga qaratilgan.

Turbo tayyorlov — tezkor matematika kursi
Matematikadan ma’lum darajada bilimga ega bo‘lgan 4-sinf o‘quvchilari uchun. Kurs Prezident maktabi imtihonidagi matematika savollarining asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi.

Tanqidiy fikrlash
Prezident maktabiga tayyorlanayotgan 4-sinf o‘quvchilari uchun. Savollarni tahlil qilish, mantiqiy bog‘lanishlarni aniqlash va to‘g‘ri xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Muammoli masalalar
Prezident maktabi asosiy imtihonida uchraydigan mantiqiy, muammoli va matematika masalalarini yechish ko‘nikmalarini shakllantiruvchi muhim kurslardan biri.

🗓 Darslar qachondan boshlanadi?

Kurslar 15-sentabrdan boshlanadi.
Darslar ikki xil formatda tashkil etiladi:
💻 Jonli Zoom darslari
🎥 Tayyor yozib olingan videodarslar
Har bir mavzu bo‘yicha maxsus testlar va ularning yechimlari ham berib boriladi.

Videodarslar barcha kurslar bo‘yicha dekabr oyigacha platformaga joylab boriladi.
Jonli darslar esa yil davomida quyidagi tartibda tashkil etiladi:
📌 Sentabr – dekabr: Math-Up
📌 Dekabr – yanvar: Turbo tayyorlov
📌 Fevral – mart: Tanqidiy fikrlash
📌 Aprel – may: Muammoli masalalar
📌 Iyun – iyul: O‘tilgan mavzularni takrorlash, imtihon formatidagi blok testlar va kompleks tayyorgarlik.

🎯 Maqsadimiz — shunchaki dars o‘tish emas, balki har bir o‘quvchining natijasini kuzatib, uning kamchiliklarini aniqlash va bosqichma-bosqich rivojlantirish.

2026–2027-o‘quv yilidagi onlayn darslarimizga qabul boshlandi.
👉 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish:
t.me/pmustoz
👍24
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉100 MILLION SOʻMLIK GRANTLAR VA QIMMATBAHO SOVĞALAR! 🎁

​Bilimingizni sinab koʻring va ajoyib yutuqlarga ega boʻling! Shu yakshanba 6-sentabr kuni boʻlib oʻtadigan olimpiadamizda ishtirok eting va quyidagi yutuqlarni BEPUL qoʻlga kiriting:

🚴‍♂️ 4x Velosiped
🤩 4x Smart Soat
🤩 4x Planshet
🤩 Jami 100 million soʻmlik grantlar


⚠️ Shoshiling, joylar soni chegaralangan!
​Imkoniyatni boy bermang va hoziroq quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting! 👇
👉Ro'yhatdan o'tish👈

Biz bilan quyidagi raqamlar orqali bog'lanishingiz mumkin:
+998 88 175 70 77 (Chilonzor filiali)
+998 88 142 70 77 (Sergeli filiali)
+998 87 811 70 77 (Xadra filiali)
+998 90 947 97 66 (Qorasuv filiali)


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
😎Telegram 😎 Instagram

*Ta'lim reklamasi
👉👉
@pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Ota-onamning “Prezident maktabiga aniq kirasan” degan gaplari menga motivatsiya bergan».

Rashid Ravshanov onlayn darslarimizga o‘tgan yil sentabr oyining oxirlarida qo‘shilgan edi. Unda men boshqa o‘quvchilarda kam kuzatiladigan bir jihatni ko‘rdim: doimiylik.

Ko‘pchilik o‘quvchilarning natijasi ba’zan ko‘tariladi, ba’zan pasayadi. O‘qishning ma’lum bir davrida zerikish, dars qoldirish yoki motivatsiyaning tushib ketishi kuzatilishi mumkin.

Ammo Rashidda buning aksi bo‘ldi. Tartib, intilish va natijada doimiy o‘sish kuzatildi. U doim yuqori marralar sari intildi. Kuchli o'quvchilar bilan raqobat qildi va o'z maqsadiga erishdi.

Bugun Prezident maktabiga kirgan Rashid o‘z tengdoshlariga quyidagi tavsiyalarni beradi:
🔹 Diqqatingizni faqat o‘qishga qarating va asosiy maqsadingizni hech qachon unutmang.
🔹 O‘yin-kulgiga berilib ketmang va aslo ko‘chirmang. O‘zingizni aldash orqali haqiqiy natijaga erishib bo‘lmaydi.
🔹 Viloyat bo‘yicha o‘z reytingingizni bilib boring. Buning uchun yakshanba kunlari o‘quv markazlarida o‘tkaziladigan testlarda muntazam qatnashing.
🔹 Onlayn darslarda faol ishtirok eting. Chunki bu darslarda matematika bilan birga muammoli masalalar va tanqidiy fikrlash savollarining turli ko‘rinishlari ham o‘rgatiladi.

Rashid o'quvchimizning ham kelgusi o'qishlarida muvaffaqiyat va zafarlar tilab qolamiz💪📚

Onlayn darslar haqida ma’lumot olish: t.me/pmustoz

👉👉 t.me/pmtests
👍26🔥6👏6🏆2