This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥15🏆6🎉3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandlarimiz yo olim bo'lsin,
yo ilm o'rganuvchi bo'lsin,
yo eshituvchi bo'lsin,
yo yaxshi ko'ruvchi bo'lsin.
Ilmga beparvo bo'lmasin!!
👉👉 @PMTESTS
yo ilm o'rganuvchi bo'lsin,
yo eshituvchi bo'lsin,
yo yaxshi ko'ruvchi bo'lsin.
Ilmga beparvo bo'lmasin!!
👉👉 @PMTESTS
👍76🔥19❤🔥7👏4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg'oniyda to'g'ri....
Farg'onaga safar davomida ko'plab onlayn darslarimizda ishtirok etgan o'quvchilar bilan ko'rishib suhbatlashdik. O'quv markazidagi darslariga qo'shimcha onlayn darslarda ham faol ishtirok etgan Hoshimjonov Abdullohning dadasi o'tgan yilgi jonli darslardan olingan lavhani menga tashlab quyidagi xulosalarini o'rtoqlashdi:
✅ Ustoz men o'g'lim bilan offline ustozlari bergan vazifalarni ham birga bajarib bordim. Shuning uchun o'g'lim onlayndagi shunday vazifalarni qiyinchiliksiz bajarar edi. Videoda Abdulloh dadasiga qarab "YECHGANMIZ-A?!" degani bunga isbot.
✅ Abdullohning misolni to'g'ri yechganini tasdiqlovchi "FARG'ONIYDA TO'G'RI" degan gapiz o'g'limdan ko'ra meni ko'proq xursand qilar edi.
✅ Ustoz men shuncha vaqt sarflab onlayn ta'limga ham berib o'qitishim to'g'ri ekanligini o'sha vaqtda ham sezganman va bu hozir o'z isbotini topdi.
Maqsadga erishilgandan so'ng qiyinchiliklar yoqimli xotiralarga aylanadi. Men ota-onalarga manashunday mehnatlari rohatini ko'rib yurishlarini tilab qolaman.
Onlayn darslarga qabul sentabrdan boshlanadi. To'liq ma'lumotlar ushbu kanalimizda e'lon qilinadi.
👉👉 t.me/pmtests

👍31🔥7❤🔥2👏2🤩2🎉1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆30👍10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oflayn tayyorlanish imkoni bo'lmagani uchun FAQAT ONLAYN tayyorgarlik ko'rdim.
Agar sizda oflayn tayyorgarlik ko'rishga imkoniyat bo'lmasa, faqat onlayn tayyorlanib ham natija qilish mumkin. Bu yil 2 nafar o'quvchim faqat onlayn tayyorgarlik bilan Al-Xorazmiy maktablariga qabul qilindi.
Isomiddinova Zilola ota-onasi bilan Buyuk Britaniyada yashagani sababli bir yil davomida onlayn tayyorlandi.
Men doim o'quvchilarga o'quv markazi borib tayyorlanishi kerakligini aytganimda Zilola "bizda bunday imkoniyat yo'q" der edi. Ammo, darsga yaxshi e'tibor qaratish va vazifalarni to'liq bajarib borish orqali Zilola Al-Xorazmiy maktabiga qabul qilindi.
O'quvchimizning kelgusi o'qishlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz.

👍31🏆7🔥2🤩1
#katta_yutuqli_olimpiada_savoli
Birlar xonasidagi raqami o’nlar xonasidagi raqamidan katta ikki xonali son doskaga yozilgan. Agar ushbu son so’z bilan yozilsa, undagi ikkala so‘z bir xil harf bilan boshlanadi. Bu sonning raqamlari yig’indisini toping?

Anonymous Quiz
37%
9
16%
10
22%
11
12%
12
13%
13
👍25😱4🔥3🏆3
Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon” romanida 17 yoshli Ra’noning savodi haqida shunday yozadi:
"Ra’no Nigor oyimning to‘ng‘uchi, bu yil o‘n yetti yoshni to‘lduradir. Savodni otasidan o‘qub, o‘n to‘rt yoshida ibtidoiy maktab pro‘g‘ramida bo‘lg‘an barcha darslarni bitirgan, masalan: diniy qismdan – “Haftiyak”, “Qur’on”, “Chahor kitob”, “So‘fi Olloyor”, “Maslaki muttaqin”, adabiyotdan – Navoiyning barcha asarlari, devoni Fuzuliy, Layli Majnun; Amiriy, Fazliy va shulardek chig‘atoy-o‘zbek katta shoirlarining asarlari; forsiydan – Xoja Hofiz Sheroziy va Mirzo Bedil, xusni xat, insho va boshqalar. Bu kunlarda bo‘lsa bir tomondan qizlarg‘a saboq berib onasig‘a ko‘maklashsa, ikkinchi tarafdan otasida kofiya (arab nahv va sarfi) hamda Shayx Sa’diyning “Guliston”idan dars oladir va shuning qatorida o‘zi yaxshi ko‘rgan chig‘atoy-o‘zbek shoirlarining badi’a asarlaridan alohida bir majmu’a tuzib yuriydir." (Bu rus bosqinchilari kelishidan oldingi qizlarimizning holati)
___________________
Rus bosqinchilari yurtimizga bostirib kelganida g‘o‘yoki bizning xalq savodsiz va madaniyatsiz-u, ular bizga o‘qish-yozish va madaniyatni o‘rgatgani kelgandek edi. Aslida xalqimiz ilmiy ma’rifiy sohada hamda madaniyat borasida ulardan anchagina ustun edi. 17 yoshli Ra’noning o‘qib bitirgan nodir va qimmatbaho kitoblarini ziyolilikni da’vo qiluvchi bosqinchilar tushunishga ham ojiz edilar. Bosqinchilar xalqimizning eng ilmli va ziyoli qatlamini yo‘q qildi. Ilmga qiziqishni yo‘qotib, bizni imkon qadar savodsiz qilishga urinishdi. Ammo bugungi kunda xalqimizda ilmga e’tibor yana kuchaymoqda. Biz yakin kelajakda ilmga chanqoq yoshlarimiz bilan ilmda boshqa millatlardan ustun ekanligimizni yana ko‘rsatib ko‘yamiz!

Telegram
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
Kanal asoschisi — Asrorbek Jumanazarov
Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)
📩 Murojaat uchun: @pmustoz
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
Kanal asoschisi — Asrorbek Jumanazarov
Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)
📩 Murojaat uchun: @pmustoz
🔥36👍11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiyalar
Ko‘chirmachilik...
Bugungi ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt tobora kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ulardan to‘g‘ri foydalanish o‘quvchiga katta imkoniyatlar bersa, noto‘g‘ri foydalanish ta’lim sifatiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Ayniqsa, o‘quvchining haqiqiy bilim darajasini aniqlash ustozlar uchun tobora qiyinlashmoqda.
Buning asosiy sabablaridan biri — ayrim ota-onalarning farzandini boricha qabul qila olmasligidir. Farzanddan haddan tashqari yuqori natija talab qilish, uni boshqalar bilan taqqoslash o‘quvchini ko‘chirmachilikka, natijasini sun’iy ravishda oshirishga undashi mumkin.
Hurmatli ota-onalar, farzandingizni uning bugungi bilim darajasi qanday bo‘lsa, shunday qabul qiling. Uning natijasini sun’iy ravishda yuqori ko‘rsatishga emas, bilimini bosqichma-bosqich oshirishiga yordam bering. Eng muhimi — sabrli bo‘ling.
Ayniqsa, hozirgina tayyorgarlikni boshlagan o‘quvchilarga aytadigan eng muhim gapimiz: hech qachon ko‘chirmang!
Bugun yuqori natija ko‘rsatgandek bo‘lishingiz mumkin, ammo haqiqiy imtihonda sizning o‘rningizga hech kim ko‘chirib bermaydi. Imtihonda faqat o‘zingizning haqiqiy bilimingiz uchun ball olasiz.
Shuning uchun bugungi kichik natijadan ko‘ra, ertangi haqiqiy bilimni tanlang. Chunki ko‘chirmachilik bilan erishilgan natija vaqtinchalik, haqiqiy bilim esa umr bo‘yi siz bilan qoladi.
👉 👉 t.me/pmtests

👍20🔥4👏1😢1