Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
91.2K subscribers
2.99K photos
1.82K videos
637 files
3.2K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
Kanal asoschisi — Asrorbek Jumanazarov
Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)
Download Telegram
Xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktabning 0, 1-sinfga qabul imtihonlari 25-26-iyul kunlar bo'lib o'tadi.

🎓 25–26-iyul kunlari Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 0 (tayyorlov guruhi) va 1-sinfiga hujjat topshirgan nomzodlarning mantiqiy fikrlashi, xotirasi, diqqati va tasavvurini baholashga qaratilgan sinovlar (birinchi bosqich) bo‘lib o‘tadi.

➡️ 0 (tayyorlov guruhi) uchun:
25-iyul | soat 09:30 da

➡️ 1-sinf uchun:
26-iyul | soat 09:30 da

Ruxsatnomani ariza.piima.uz platformasidagi shaxsiy kabinet orqali yuklab olishingiz so‘raladi.

Imtihon manzili: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Mahtumquli ko‘chasi, 28-uy, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab binosi.
👍39🔥11🎉1
Biz kutayotgan natijalar hali e'lon qilinmadi.

Kecha “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi imtihon natijalari e‘lon qilingan edi.

Bugun IJOD MAKTABLARINING imtihon natijalari e'lon qilindi.

Ixtisoslashtirilgan maktablar, Al-Xorazmiy va Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab imtihoni natijalari hali e'lon qilinmadi.

Natijalar e'lon qilinishi bilan @pmtests kanalimizda ham e'lon qilamiz.

👉👉 t.me/pmtests
👍166🔥37😢19😱16🏆3
Maktabda Hazrat Navoiyning bir she'rini yodlagan edim. Kecha o'sha she'r yodimga tushdi..

Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,

Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.


Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo‘lida intizor,

Keldi jon og‘zimg‘a-yu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.


Biz ham kecha natija chiqadi deb rosa intizor bo'ldik, lahza-lahza saytlarni tekshirdik, lekin natijadan xabar kelmadi.😊

Bugun chiqarmikan....
🔥370🤩177👍94😢52👏32❤‍🔥21😱16🏆16🎉6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖌 DIQQAT, YO‘RIQNOMA!

Tayyorlov guruhi va 1-sinfga kirish sinovlari qanday o‘tkaziladi?

🎓 2026–2027-o‘quv yili uchun Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 0 (tayyorlov guruhi) hamda 1-sinfiga qabul jarayonlari ikki bosqichda tashkil etiladi.

Birinchi bosqich — bolajonlar uchun qiziqarli rasmli sinovlardan iborat.

Eng muhimi, ushbu bosqichda matn o‘qish yoki yozish talab etilmaydi.

Barcha topshiriqlar rangli rasmlar asosida tuzilgan bo‘lib, ular bolalarning mantiqiy fikrlashi, xotirasi, diqqati va tasavvurini baholashga qaratilgan.


Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ikkinchi bosqich — suhbat jarayonida ishtirok etadilar. Suhbatning o‘tkazilish tartibi haqida batafsil ma’lumot alohida e’lon qilinadi.

Bizni kuzating

💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23🎉4😱2🔥1😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 24-iyul yurtimizda ustozlar maqomini oshirgan, Prezident maktablari va boshqa nufuzli maktablar orqali ota-onalarning farzandlari ta'limiga e'tiborini kuchaytirgan, O'zbek yoshlariga 3-uyg'onish davrini boshlashi uchun zamin yaratayotgan yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning tavallud topgan kunlari.

“O‘zbek kelayotir, yo‘l bo‘shat jahon!”

Qo‘shiqni sifatli va to‘liq formatda bu yerda ko‘rishingiz mumkin.

https://youtu.be/Omsapx-IOrk

👉👉
t.me/pmtests
2👍161🎉54🔥23❤‍🔥18🤩13😢6😱5👏3🏆1
VAQT QADRI

Agar bir umrning qadrini bilmoqchi boʻlsang – kapalaklardan soʻra.

Agar 10 yilning qadrini bilmoqchi boʻlsang – 20 yoshida nogiron boʻlib qolgan 30 yoshli odamdan soʻra.

Agar 1 yilning qadrini bilmoqchi boʻlsang – imtihondan yiqilgan talabadan soʻra.

Agar 1 oyning qadrini bilmoqchi boʻlsang – farzandi 8 oyda tugʻilgan onadan soʻra.

Bir kunning qadrini bilmoqchi boʻlsang – hosili kuz yomgʻirida qolgan dehqondan soʻra.

Bir soatning qadrini bilmoqchi boʻlsang – uyiga bir soat kech kelgan tarbiyali farzanddan soʻra.

5 daqiqaning miqdorini bilmoqchi boʻlsang – poyezdga kech qolgan yoʻlovchidan soʻra.

Bir daqiqaning oʻndan bir qadr-miqdorini bilmoqchi boʻlsang – bemorni kasalxonaga olib kelayotgan shofyordan soʻra.

1 soniyaning miqdorini bilmoqchi boʻlsang – yugurish musobaqasida 2-o'rinni olgan insondan so'ra.

Natijalarni kutayotgan ota-onalar vaqti qadrining hisobini Agentlikdan so'rab ko'rish kerak.

👉👉
t.me/pmtests
1🤩313👍213😢75❤‍🔥31🔥27👏26🏆15😱8🎉2
Azizlar yangiliklar yaqinga o'xshaydi.
🤩354👍94🔥46😱29😢20🏆20👏16🎉14❤‍🔥6
Natijalar hali chiqmabdi. Sayt qotganida hamma natijalar yuklanayotganini taxmin qilgan edi.

Ammo, hali natijalar chiqmabdi.
😢339👍41😱38🔥14❤‍🔥13👏5🤩2🏆2🎉1
Natijasini bilganlar bormi?! Izohlarda yozing
👍102😢68🏆20❤‍🔥7🎉6
#imtihon_natijalari_2026

📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda!

Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin:

🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095

🟢 https://ariza.piima.uz

Bizni kuzating

💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍70😢67🎉17🏆17❤‍🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ixtisoslashtirilgan maktablar natijalari kirish ko'rsatgichini yakuniy hal qilmaydi.

Prezident maktabi Asosiy imtihondan yiqiladigan viloyatdagi eng kuchli 48 ta o'quvchi uchun har bir maktab kvatasining yarim joyi olib qo'yilgan. Eng qizig'i bu o'quvchilar shundoq ham kirgan o'quvchilar qatorida turadi.

Undan tashqari bitta o'quvchi ikki maktab natijasida ham turibdi. Ular ko'pi bilan bitta maktabda o'qishi yoki Prezident, Al-Xorazmiy maktablariga kirib ikki o'rnini ham bo'shatishi mumkin.

Shuning uchun hozirgi natija bo'yicha kira olmagan ko'plab o'quvchilar Ixtisoslashgan maktablarga chaqiriladi. Kvotalarni ko'rib kirish ehtimolini baholab oling.

👉👉 t.me/pmtests
👍161😢50🏆26🔥2🎉1
KEYINGI NATIJALARNI KUTISHDA DAVOM ETAMIZ...

Xabaringiz bor, 2026-yilda ayrim imtihon natijalarining e’lon qilinishi biroz kechikmoqda. Masalan:

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi va boshqa tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari 3–4-iyul kunlari bo‘lib o‘tdi. Imtihon o'tganiga 23 kun bo'lishiga qaramay, natijalar hali e'lon qilinmadi. Aslida 20 kun ichida e'lon qilinishi kerak edi.

Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga kirish imtihoni 26-iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Bu maktab imtihoni bo'lib o'tganiga 31 kun bo'ldi, ammo natijalar hali ham e'lon qilinmadi. Biz bilgan eng uzoq muddat 30 kun bo'lishi kerak edi.

Prezident maktablarining asosiy imtihoni 17-iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Natijalar imtihon o‘tkazilgan kundan keyin 30 kun ichida, ya’ni 16-avgustga qadar e’lon qilinishi kerak. (Bu natija kechikmasligiga umid qilamiz.)

Nima deb o'ylaysiz, bugun Al-Xorazmiy maktabi imtihon natijalari e'lon qilinadimi?!

👉👉 T.ME/PMTESTS
👍98❤‍🔥13🏆10🤩8