Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
90.9K subscribers
2.99K photos
1.82K videos
637 files
3.2K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
Kanal asoschisi — Asrorbek Jumanazarov
Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)
Download Telegram
#Imtihon_2026
#Prezident_maktablari_ikkinchi_bosqich

🖌 PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 2-BOSQICHI

Ayni damda respublikamiz bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

2026/2027-o‘quv yili uchun Prezident maktablariga hujjatlar qabuli yakunlariga ko‘ra 60 169 nafar talabgor ro‘yxatdan o‘tdi. Bu esa har bir o‘rin uchun o‘rtacha 179 nafar da’vogar to‘g‘ri kelayotganini ko‘rsatadi.



Bizni kuzating

💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32👍19😢16❤‍🔥4
Assalomu alaykum, hurmatli o'quvchilar!!

Barcha imtihonlar yakunlangani bilan sizlarni tabriklaymiz!!

Asosiy imtihon haqidagi taassurotlar qanday?
Qanday savollar tushdi? Eslab qolgan savollariz bo'lsa @PMustoz ga yozib yuboring. Siz bu ish orqali o'quvchilarga yaxshiroq bilim berilishiga sababchi bo'lasiz.

Barcha imtihon topshirgan o'quvchilarga yaxshi natijalarni tilab qolamiz.

Savollarni
👉 @PMustoz ga yuboring.
👍188🔥31😢13😱5
RASMIY MUNOSABAT

❗️Nukus shahridagi Prezident maktabiga kirish imtihonlari bo‘yicha rasmiy munosabat

🎓 Respublikamiz bo‘ylab Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi asosiy bosqichi o‘tkazildi. Jumladan, Nukus shahridagi Prezident maktabiga kirish imtihonlari ham belgilangan tartibda tashkil etildi.

Qabul jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish davomida o‘tgan yillardagi statistik tahlillar asosida Cambridge University Press & Assessment tomonidan test materiallari o‘zbek, qoraqalpoq va ingliz tillarida oldindan shakllantirilib, belgilangan tartibda mamlakatimizga yetkazilgan.


Imtihon o‘tkazilgan binolardan birida o‘zbek tilida topshiruvchi talabgorlar soni dastlabki prognozdan yuqori bo‘lgani sababli mavjud test materiallari yetarli bo‘lmadi. Shu bois, tasdiqlangan yo‘riqnoma talablariga muvofiq, yetishmagan test materiallari imtihon hududidan tashqariga olib chiqilmagan holda, Milliy gvardiya xodimlari kuzatuvida binodagi printer orqali ko‘paytirildi.

Mazkur jarayon davomida ayrim ota-onalar tomonidan test materiallari tashqariga olib chiqilgani yuzasidan e'tirozlar bildirildi.

Shu munosabat bilan ma'lum qilamizki, test materiallari imtihon hududidan tashqariga olib chiqilmagan, uchinchi shaxslarga berilmagan hamda ularning maxfiyligi to‘liq ta'minlangan. Nusxa olish jarayoni mas'ul xodimlar va Milliy gvardiya vakillari ishtirokida belgilangan tartib asosida amalga oshirilgan. Jarayonning barchasi videokuzatuv kameralari orqali qayd etilgan.

Mazkur texnik jarayon sababli imtihon belgilangan vaqtdan 54 daqiqa kechroq boshlandi. Bunda barcha talabgorlar uchun teng sharoit yaratildi va imtihon amaldagi tartib hamda belgilangan talablar asosida o‘tkazildi.

Bizni kuzating

💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏25👍20😱9🔥8🏆5😢4🎉1
⁉️ Imtihon natijalari qachon chiqadi⁉️

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qaroriga koʻra Prezident maktabi asosiy imtihon natijasi 30 kun, Al-Xorazmiy va ixtisoslashtirilgan maktablar imtihon natijalari 20 kun ichida e'lon qilinishi belgilangan.


Prezident maktabi Asosiy imtihoni 17-iyulda bo'lib o'tdi va natijalar kechi bilan 16-avgustda e'lon qilishi kerak.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari 29-iyun kunlari bo‘lib o‘tdi! Nizom bo'yicha natijalar 20 kun ichida e'lon qilinishi kerak. Demak, ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlari natijalari BUGUN 19-iyulda e'lon qilinishi kerak edi. (Ammo, oldingi yillarda Ixtisoslashgan va Al-Xorazmiy imtihon natijalari birin-ketin chiqqan edi. Shuning uchun bu imtihon natijalarini ham 24-iyulgacha kutishimiz mumkin.)

Al-Xorazmiy maktabi va boshqa tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonlari 4-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Nizom bo'yicha 20 kun ichida imtihon natijalari e'lon qilinadi. Demak, al-Xorazmiy maktabi imtihoni natijalari kechi bilan 24-iyulda e'lon qilinishi kerak.

Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab imtihoni 26-iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Ammo, bu maktab imtihon natijasi qachon e'lon qilinishi bo'yicha aniq ma'lumot yo'q.

Azizlar, xullas hozircha hech qanday yangilik yo'q.

👉👉 T.ME/PMTESTS
👍113😱30❤‍🔥20😢11🔥8🏆6🤩4🎉3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆132👍32🔥32😱17🤩17🎉12😢11👏10❤‍🔥9
❗️O‘zbekistonlik o‘quvchilar 58-Xalqaro kimyo olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi

Toshkentda bo’lib o’tgan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasida O‘zbekistondan ishtirok etgan o‘quvchilarning barchasi sovrinli o‘rinlarni egalladi. Xususan:

🥇 Rayhona Tuymurodova — oltin medal;
🥈 Jasur Mustafoyev — kumush medal;
🥈 Azizmuhammad Hafizov — kumush medal;
🥈 Mirjalol Homidjonov — kumush medalni qo‘lga kiritdi.

ℹ️ Ma’lumot o‘rnida, nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishgan medallar uchun oʻzbekistonlik o’quvchilarga quyidagi pul mukofotlari berilishi koʻzda tutilgan:

🥇 oltin medal uchun — 1 mlrd 30 mln soʻm, oʻqituvchisiga — 185,4 mln soʻm;
🥈 kumush medal uchun — 618 mln soʻm, oʻqituvchisiga — 103 mln soʻm;
🥉 bronza medal uchun — 412 mln soʻm, oʻqituvchisiga — 61,8 mln soʻm.


👉 @xushnudbek 👈
👍92🔥16👏12🤩9😢3🏆3
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
❗️O‘zbekistonlik o‘quvchilar 58-Xalqaro kimyo olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi Toshkentda bo’lib o’tgan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasida O‘zbekistondan ishtirok etgan o‘quvchilarning barchasi sovrinli o‘rinlarni egalladi. Xususan: 🥇 Rayhona Tuymurodova…
🏆 O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro matematika olimpiadasida 5 ta medalni qo‘lga kiritdi

🇨🇳Xitoyda bo‘lib o‘tgan 67-Xalqaro matematika olimpiadasida (IMO 2026) O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bular:

🥈Elshod Oʻralov — Termiz shahar 14-sonli maktab o‘quvchisi - kumush medal;
🥈Dostonbek Rahmonqulov — Yangiyer shahar IM o‘quvchisi - kumush medal;
🥉Azizbek Mamajonov — Al-Xorazmiy nomidagi IM Guliston filiali - bronza medal;
🥉Elbek Zohidjonov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi - bronza medal;
🥉 Rasulbek G‘afforov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi - bronza medal.


👉 @xushnudbek 👈
👍81🏆22🔥11👏5😱4😢2
3-4 sinfga o'tgan o’quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Farzandingiz 3- yoki 4-sinfga o'tdimi?
Unda uni Prezident maktabiga tayyorlash vaqti keldi!

Unday bo’lsa siz uchun ajoyib yangilik!

Kam sonli o’quvchi bilan yuqori natijalarga erishayotgan “CURIOSITY” o’quv markazi yangi 2026-2027-o’quv yiliga qabul e’lon qiladi.

📚Farzandingiz bizning o’quv dasturlarimiz orqali:
- matematika;
- tanqidiy fikrlash;
- muammoni hal qilish;
- ingliz tili fanlaridan nufuzli maktablarga mukammal tayyorlanadi.

Bolangiz uchun yangi imkoniyatlar, kuchli ustozlar va qulay muhit, barchasi shu yerda

Shoshiling!
Qabul soni chegaralangan.

☎️ Murojaat uchun:
983383434
@prtayyorlov

📌 Manzil:
Olmazor tumani, Tinchlik metro bekati yonida.
🏠 Mo’ljal:
Sobiq “G’uncha” kinoteatri ro’parasida
👍28🔥12🏆5
⁉️ NATIJALAR QAYSI KETMA-KETLIKDA E’LON QILINISHI KUTILMOQDA? ⁉️

Xabaringiz bor, 2026-yilda O‘zbekiston 58-Xalqaro kimyo olimpiadasiga mezbonlik qildi. Ushbu yirik xalqaro olimpiadani tashkil etish jarayonlarida Agentlik ham faol ishtirok etayotgani sababli ayrim imtihon natijalarining e’lon qilinishi biroz kechikayotgan bo‘lishi mumkin.

Quyidagi sanalar rasmiy bo'lmasa ham mavjud holatlar asosidagi taxminiy muddatlar hisoblanadi:

Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga kirish imtihoni 26-iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Natijalar ertagacha e’lon qilinishi kutilmoqda.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga kirish imtihonlari 28–30-iyun kunlari bo‘lib o‘tdi. Natijalar taxminan 24-iyulda e’lon qilinishi mumkin.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi va boshqa tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari 3–4-iyul kunlari bo‘lib o‘tdi. Natijalar taxminan 27-iyulga qadar e’lon qilinishi kutilmoqda.

Prezident maktablarining asosiy imtihoni 17-iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Natijalar imtihon o‘tkazilgan kundan keyin 30 kun ichida, ya’ni 16-avgustga qadar e’lon qilinishi kerak.

Azizlar, xullas, uzoq kutilgan yangiliklarga ham oz qoldi. Natijalar e’lon qilinishi bilan kanalimizda tezkor xabar beramiz!

👉👉 T.ME/PMTESTS
👍168🔥26😢14🎉14🤩10❤‍🔥9👏9😱9
Natijalarni e'lon qilish Agentlikka bog'liq emas ekan!!

Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktablar imtihoni natijalari ham Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan e'lon qilinadi.

Agar ushbu tashkilot natijalarni bugun taqdim qilsa, natijalar bugunning o'zida e'lon qilinadi. Ammo, aniq bugun taqdim etadimi degan savolga, javob yo'q ekan. Aniq ma'lumot bo'lsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Natijalar chiqishini kutamiz.

👉👉 t.me/pmtests
😱108👍78😢16🔥14❤‍🔥8🏆8👏7🤩4🎉2
Xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktabning 0, 1-sinfga qabul imtihonlari 25-26-iyul kunlar bo'lib o'tadi.

🎓 25–26-iyul kunlari Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 0 (tayyorlov guruhi) va 1-sinfiga hujjat topshirgan nomzodlarning mantiqiy fikrlashi, xotirasi, diqqati va tasavvurini baholashga qaratilgan sinovlar (birinchi bosqich) bo‘lib o‘tadi.

➡️ 0 (tayyorlov guruhi) uchun:
25-iyul | soat 09:30 da

➡️ 1-sinf uchun:
26-iyul | soat 09:30 da

Ruxsatnomani ariza.piima.uz platformasidagi shaxsiy kabinet orqali yuklab olishingiz so‘raladi.

Imtihon manzili: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Mahtumquli ko‘chasi, 28-uy, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab binosi.
👍39🔥11🎉1
Biz kutayotgan natijalar hali e'lon qilinmadi.

Kecha “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi imtihon natijalari e‘lon qilingan edi.

Bugun IJOD MAKTABLARINING imtihon natijalari e'lon qilindi.

Ixtisoslashtirilgan maktablar, Al-Xorazmiy va Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab imtihoni natijalari hali e'lon qilinmadi.

Natijalar e'lon qilinishi bilan @pmtests kanalimizda ham e'lon qilamiz.

👉👉 t.me/pmtests
👍166🔥37😢19😱16🏆4
Maktabda Hazrat Navoiyning bir she'rini yodlagan edim. Kecha o'sha she'r yodimga tushdi..

Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,

Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.


Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo‘lida intizor,

Keldi jon og‘zimg‘a-yu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.


Biz ham kecha natija chiqadi deb rosa intizor bo'ldik, lahza-lahza saytlarni tekshirdik, lekin natijadan xabar kelmadi.😊

Bugun chiqarmikan....
🔥370🤩177👍94😢52👏32❤‍🔥21😱16🏆16🎉7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖌 DIQQAT, YO‘RIQNOMA!

Tayyorlov guruhi va 1-sinfga kirish sinovlari qanday o‘tkaziladi?

🎓 2026–2027-o‘quv yili uchun Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 0 (tayyorlov guruhi) hamda 1-sinfiga qabul jarayonlari ikki bosqichda tashkil etiladi.

Birinchi bosqich — bolajonlar uchun qiziqarli rasmli sinovlardan iborat.

Eng muhimi, ushbu bosqichda matn o‘qish yoki yozish talab etilmaydi.

Barcha topshiriqlar rangli rasmlar asosida tuzilgan bo‘lib, ular bolalarning mantiqiy fikrlashi, xotirasi, diqqati va tasavvurini baholashga qaratilgan.


Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ikkinchi bosqich — suhbat jarayonida ishtirok etadilar. Suhbatning o‘tkazilish tartibi haqida batafsil ma’lumot alohida e’lon qilinadi.

Bizni kuzating

💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23🎉4😱2🔥1😢1