Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
90.5K subscribers
2.99K photos
1.82K videos
637 files
3.21K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
Kanal asoschisi — Asrorbek Jumanazarov
Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)
Download Telegram
#imtihon_2026
#namuna_2023

✔️Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqichini topshiruvchi nomzodlar uchun javoblar varag'i namunasi.


👉👉 t.me/pmtests
👍75😢17🏆13🔥12🤩12👏4🎉4😱3❤‍🔥2
Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab imtihoni natijalari hozircha chiqmadi.

Bu maktab yangi ochilgani uchun natijalar qachon va qanday tartibda e'lon qilinishi bo'yicha bizda aniq ma'lumotlar yo'q.

Ammo, ertaga Prezident maktabi imtihoniga kiradigan o'quvchilarga bor e'tiborini ertangi eng muhim intihonga qaratishini tavsiya qilib qolamiz. Shu vaqtgacha ustozlar va o'quvchilar tinimsiz mehnat qilishdi. Ertangi imtihonda hammaning yuzi yorug' bo'lsin. O'quvchilarga omad tilaymiz!!

👉👉 t.me/pmtests
👍167🔥23😢12🎉11👏10🏆10❤‍🔥8🤩4
#xalqaro_hamkorlik

🖌 Cambridge University Press & Assessment vakillari Prezident maktablari imtihonlarining asosiy bosqichiga ham yetib keldi

🎓 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Cambridge University Press & Assessment tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda Prezident maktablariga kirish imtihonlarining asosiy bosqichiga tayyorgarlik ishlari hamda kelgusi qabul jarayonlari muhokama qilindi.

🖱️ Muloqot davomida qabul sinovlarini xalqaro tajriba asosida tashkil etish, baholash mezonlarini rivojlantirish hamda o‘quvchilarning tahliliy va mantiqiy fikrlashi, muammolarni hal etish ko‘nikmalari va akademik salohiyatini yanada aniq baholashga qaratilgan yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi.

🖱️ Shuningdek, Cambridge University Press & Assessment vakillari Prezident maktablariga kirish imtihonlarining asosiy bosqichi jarayonlarida ham ishtirok etadilar. Bu hamkorlik qabul jarayonlarining shaffofligi, xolisligi hamda xalqaro standartlar asosida tashkil etilishini ta'minlashga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍46🔥7😢4
🟢 Bugungi Prezident maktabi Asosiy imtihonida barcha o'quvchilarga muvaffaqiyat tilaymiz‼️

Prezident maktabi Asosiy imtihonida barcha o'quvchilardan yuqori natijalar kutib qolamiz. Barcha o'quvchilarga ota-onalar va ustozlar ishonchini oqlab yuzlari yorug' bo'lishi nasib qilsin!!

Bugungi imtihonda o'quvchilarning vazifasi bor bilim va imkoniyatni ishga solib savollarga to'g'ri javoblarni belgilashdir. Eng munosib o'quvchilarga Prezident maktabi o'quvchisi bo'lish nasib qilsin!!

👉👉 @PMTESTS
❤‍🔥183👍117🔥32🏆25👏24😢21😱4
#Imtihon_2026
#Prezident_maktablari_ikkinchi_bosqich

🖌 PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 2-BOSQICHI

Ayni damda respublikamiz bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

2026/2027-o‘quv yili uchun Prezident maktablariga hujjatlar qabuli yakunlariga ko‘ra 60 169 nafar talabgor ro‘yxatdan o‘tdi. Bu esa har bir o‘rin uchun o‘rtacha 179 nafar da’vogar to‘g‘ri kelayotganini ko‘rsatadi.



Bizni kuzating

💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥33👍20😢16❤‍🔥4
Assalomu alaykum, hurmatli o'quvchilar!!

Barcha imtihonlar yakunlangani bilan sizlarni tabriklaymiz!!

Asosiy imtihon haqidagi taassurotlar qanday?
Qanday savollar tushdi? Eslab qolgan savollariz bo'lsa @PMustoz ga yozib yuboring. Siz bu ish orqali o'quvchilarga yaxshiroq bilim berilishiga sababchi bo'lasiz.

Barcha imtihon topshirgan o'quvchilarga yaxshi natijalarni tilab qolamiz.

Savollarni
👉 @PMustoz ga yuboring.
👍190🔥31😢13😱5
RASMIY MUNOSABAT

❗️Nukus shahridagi Prezident maktabiga kirish imtihonlari bo‘yicha rasmiy munosabat

🎓 Respublikamiz bo‘ylab Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi asosiy bosqichi o‘tkazildi. Jumladan, Nukus shahridagi Prezident maktabiga kirish imtihonlari ham belgilangan tartibda tashkil etildi.

Qabul jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish davomida o‘tgan yillardagi statistik tahlillar asosida Cambridge University Press & Assessment tomonidan test materiallari o‘zbek, qoraqalpoq va ingliz tillarida oldindan shakllantirilib, belgilangan tartibda mamlakatimizga yetkazilgan.


Imtihon o‘tkazilgan binolardan birida o‘zbek tilida topshiruvchi talabgorlar soni dastlabki prognozdan yuqori bo‘lgani sababli mavjud test materiallari yetarli bo‘lmadi. Shu bois, tasdiqlangan yo‘riqnoma talablariga muvofiq, yetishmagan test materiallari imtihon hududidan tashqariga olib chiqilmagan holda, Milliy gvardiya xodimlari kuzatuvida binodagi printer orqali ko‘paytirildi.

Mazkur jarayon davomida ayrim ota-onalar tomonidan test materiallari tashqariga olib chiqilgani yuzasidan e'tirozlar bildirildi.

Shu munosabat bilan ma'lum qilamizki, test materiallari imtihon hududidan tashqariga olib chiqilmagan, uchinchi shaxslarga berilmagan hamda ularning maxfiyligi to‘liq ta'minlangan. Nusxa olish jarayoni mas'ul xodimlar va Milliy gvardiya vakillari ishtirokida belgilangan tartib asosida amalga oshirilgan. Jarayonning barchasi videokuzatuv kameralari orqali qayd etilgan.

Mazkur texnik jarayon sababli imtihon belgilangan vaqtdan 54 daqiqa kechroq boshlandi. Bunda barcha talabgorlar uchun teng sharoit yaratildi va imtihon amaldagi tartib hamda belgilangan talablar asosida o‘tkazildi.

Bizni kuzating

💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏26👍21😱9🔥8🏆5😢4🎉1
⁉️ Imtihon natijalari qachon chiqadi⁉️

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qaroriga koʻra Prezident maktabi asosiy imtihon natijasi 30 kun, Al-Xorazmiy va ixtisoslashtirilgan maktablar imtihon natijalari 20 kun ichida e'lon qilinishi belgilangan.


Prezident maktabi Asosiy imtihoni 17-iyulda bo'lib o'tdi va natijalar kechi bilan 16-avgustda e'lon qilishi kerak.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari 29-iyun kunlari bo‘lib o‘tdi! Nizom bo'yicha natijalar 20 kun ichida e'lon qilinishi kerak. Demak, ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlari natijalari BUGUN 19-iyulda e'lon qilinishi kerak edi. (Ammo, oldingi yillarda Ixtisoslashgan va Al-Xorazmiy imtihon natijalari birin-ketin chiqqan edi. Shuning uchun bu imtihon natijalarini ham 24-iyulgacha kutishimiz mumkin.)

Al-Xorazmiy maktabi va boshqa tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonlari 4-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Nizom bo'yicha 20 kun ichida imtihon natijalari e'lon qilinadi. Demak, al-Xorazmiy maktabi imtihoni natijalari kechi bilan 24-iyulda e'lon qilinishi kerak.

Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab imtihoni 26-iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Ammo, bu maktab imtihon natijasi qachon e'lon qilinishi bo'yicha aniq ma'lumot yo'q.

Azizlar, xullas hozircha hech qanday yangilik yo'q.

👉👉 T.ME/PMTESTS
👍114😱30❤‍🔥21😢11🔥8🏆6🤩4🎉3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆133👍32🔥32😱17🤩17🎉12😢11❤‍🔥10👏10
❗️O‘zbekistonlik o‘quvchilar 58-Xalqaro kimyo olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi

Toshkentda bo’lib o’tgan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasida O‘zbekistondan ishtirok etgan o‘quvchilarning barchasi sovrinli o‘rinlarni egalladi. Xususan:

🥇 Rayhona Tuymurodova — oltin medal;
🥈 Jasur Mustafoyev — kumush medal;
🥈 Azizmuhammad Hafizov — kumush medal;
🥈 Mirjalol Homidjonov — kumush medalni qo‘lga kiritdi.

ℹ️ Ma’lumot o‘rnida, nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishgan medallar uchun oʻzbekistonlik o’quvchilarga quyidagi pul mukofotlari berilishi koʻzda tutilgan:

🥇 oltin medal uchun — 1 mlrd 30 mln soʻm, oʻqituvchisiga — 185,4 mln soʻm;
🥈 kumush medal uchun — 618 mln soʻm, oʻqituvchisiga — 103 mln soʻm;
🥉 bronza medal uchun — 412 mln soʻm, oʻqituvchisiga — 61,8 mln soʻm.


👉 @xushnudbek 👈
👍94🔥16👏12🤩9😢3🏆3