Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
90.2K subscribers
2.99K photos
1.82K videos
637 files
3.21K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
Kanal asoschisi — Asrorbek Jumanazarov
Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)
Download Telegram
⚡️⚡️Saralash imtihoni natijalari‼️

Natijangizni bilish uchun o'zingizning hududingizni tanlang, PDF faylni oching, so'ng "CTRL+F" tugmasini bosib ID ni kiriting:

Toshkent shahri
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Farg'ona viloyati
Jizzax viloyati
Qoraqalpag'iston Respublikasi
Qashqadaryo viloyati
Xorazm viloyati
Namangan viloyati
Navoiy viloyati
Samarqand viloyati
Surxandaryo viloyati
Sirdaryo viloyati
Toshkent viloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥53😢39🎉19👍15🏆11😱8🤩5❤‍🔥3
Imtihon topshirgan ilmga chanqoq o’quvchilarimiz misoli – ZAMZAMdir.

Zamzam suvi bu - zamzam qudug‘idan chiqadigan mo‘jizaviy va muqaddas suvdir. U boshqa barcha suvlarning sayyidi, eng afzali, eng sharaflisi va eng qadri balandi hisoblanadi. U dunyoda tarkibida mikroorganizm va bakteriyalar bo‘lmagan yagona sof suv.

Zamzam suvini butun dunyo hojilari o’z yurtlariga olib ketadilar. Ushbu suvning olib ketilgani (tanlangan) ham, quduqda qolgani ham aziz va mo’tabar hisoblanadi.
👉 Bizlar uchun imtihon topshirgan beg’ubor o’quvchilarimiz ushbu imtihondan o’tsalar ham, o’ta olmagan bo’lsalar ham AZIZ va QADRLIdir. Ular har qanday vaziyatda boshqa barcha xalqlarning eng ilgori, eng bilimlisi va eng sharaflisi bo’lib voyaga yetishadi.

Zamzam suvi to‘yimli taom va kasallikdan shifodir. U nima niyatda ichilsa, o‘sha niyatning ro‘yobga chiqishiga sabab bo‘ladi.
👉 Jamiyatimiz ilg’or mutaxassislar yetishmasligi sababli taraqqiyot yo’lidagi ochlik va madorsizlikda qolgan insonga o’xshaydi. Ilmga chanqoq yoshlarimiz yetuk mutaxassis bo’lib, O’zbek xalqining taraqqiyot yo’lida yugurishi, kerak bo’lsa uchishini ta’minlashadi. Ular jamiyatimizdagi muammolarga yechim topadilar. Turli illatlarga barham beriladi. Har bir yosh o’ziga berilgan vazifani, o’z oldiga qo’ygan maqsadini mukammal tarzda ro’yobga chiqaradi.

Agar zamzam suvidan boshqa oddiy suvlarga aralashtirilsa mazkur oddiy suv barakot va fazilat kasb etadi. Ya’ni zamzam suvi unga ta’sir o’tkazadi va oddiy suv ham o’zida zamzamning xususiyatlarini ko’rsatadi.
👉 Ba’zi bilimsiz yurtdoshlarimiz buyuk xalq vakili bo’lishiga qaramasdan boshqa xalqlardan ta’sirlanadilar. Ularning yolg’onlariga ishonadi, o’zga madaniyatlarni qabul qiladi, o’zini ular oldida xor qiladi. Ammo, bilimli yoshlarimiz boshqalardan ta'sirlanmaydi, balki ularga ta’sir o’tkazadilar. Ular o’zining to’g’ri yo’lidan hech qachon qaytishmaydi. Ular o’zbek xalqining buyukligini amalda isbotlab berishadi. Kerak bo’lsa, ilm-ma’rifat bilan boshqalarga xalqimizning madaniyati va qadriyatlarini yoyadilar.

Hurmatli yoshlar, Sizlarni buyuk kelajak kutmoqda. Sizlarning zaif, bilimsiz, boshqalardan ta’sirlanadigan, sovun ko’pig’i kabi kuchsiz shabboda ham uchirib ketadigan bo’lishga haqqingiz yo’q! Agar biror imtihondan o’tmagan bo’lsangiz bu siz uchun kichik shabboda. Siz ilm yo’lida mustahkam turing!
2👍334😢84🔥51🏆25❤‍🔥8🎉8👏6😱5
5-asosiy imtihoni repetitsion testi savollari 👇👇
👍8
Test kodi: 191758

Javob yuborish uchun
- @best_olimpiad_robot botining Javobni tekshirish tugmasini bosing.
- keyin test kodiga 191758 ni yuboring.
- keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.
👍61😢16🎉11❤‍🔥10🔥7🤩6🏆6👏4
191758_natijalar.html
67.3 KB
💡 Test yakunlandi!
🔰 Test kodi: 191758
👨 Test qatnashchilari: 289 ta
📝 Kalitlar: 1-D 2-D 3-B 4-D 5-B 6-B 7-D 8-D 9-D 10-B 11-A 12-C 13-C 14-A 15-A 16-D 17-D 18-A 19-C 20-C 21-D 22-A 23-D 24-D 25-D 26-C 27-A 28-C 29-C 30-B 31-B 32-D 33-A 34-A 35-A 36-A 37-B 38-C 39-C 40-D
🏆15🎉4👍3🔥1
Saralash imtihonidan o'tgan o'quvchilarga RUXSATNOMAlar chiqishni boshladi!!

Prezident maktabi Asosiy imtihoni uchun ruxsatnomani ariza.piima.uz orqali yuklab olishingiz mumkin.

Ruxsatnomalarda prezident maktabi asosiy imtihoni 17-iyul 08:00 da bo'lishi belgilangan.

👉👉 t.me/pmtests
😢34👍16😱7🎉7
⁉️ Xorijiy tillar, Al-Xorazmiy va ixtisoslashtirilgan maktablar imtihon natijalari qachon chiqadi⁉️

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qaroriga koʻra Al-Xorazmiy va ixtisoslashtirilgan maktablar imtihon natijalari 20 kun ichida e'lon qilinishi belgilangan.


Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari 29-iyun kunlari bo‘lib o‘tdi! Nizom bo'yicha natijalar 20 kun ichida e'lon qilinishi kerak. Demak, ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlari natijalari kechi bilan 19-iyulda e'lon qilinishi kerak.

Al-Xorazmiy maktabi va boshqa tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonlari 4-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Nizom bo'yicha 20 kun ichida imtihon natijalari e'lon qilinadi. Demak, al-Xorazmiy maktabi imtihoni natijalari kechi bilan 24-iyulda e'lon qilinishi kerak.

Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab imtihoni 26-iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Demak, bu maktab imtihoni natijasini ertaga 16-iyulda chiqishi mumkin. Chunki, bu maktab ham ixtisoslashtirilgan maktab hisoblanadi.

👉👉 T.ME/PMTESTS
👍100🎉17😢11😱4❤‍🔥3
#Imtihon_2026

📢 TALABGORLAR DIQQATIGA!

🎓 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar uchun muhim xabar!

2-bosqich imtihonida ishtirok etish uchun ruxsatnomani yuklab olish bo‘yicha SMS-xabarnomalar yuborilishi boshlandi.

SMS-xabarni olgan talabgorlar shaxsiy kabinetlari orqali ruxsatnomani yuklab olib, imtihon sanasi va joyi bilan tanishishlari mumkin.

Ruxsatnomani yuklab olgach, undagi quyidagi ma’lumotlarni diqqat bilan tekshirib chiqing:

Talabgorning shaxsiy ma’lumotlari;
Imtihon o‘tkaziladigan bino nomi va manzili;
Imtihon o‘tkaziladigan sana va boshlanish vaqti.

‼️ MUHIM!

Talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari so‘raladi.


🔴 Hurmatli ota-onalar va talabgorlar!

Imtihon jarayonlari belgilangan tartib va muddatlarga muvofiq tashkil etilishini ta’minlash maqsadida, sizlardan vaqt talablariga qat’iy rioya etishingizni so‘raymiz.


☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Bizni kuzating

💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢19👍12🔥7😱2🏆2❤‍🔥1