Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
89.1K subscribers
3K photos
1.82K videos
640 files
3.21K links
πŸ“š Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
Kanal asoschisi β€” Asrorbek Jumanazarov
Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)
Download Telegram
Oxirgi yillarda kirish imtihonlaridagi bir nechta savollar mashhur matematikaga doir mantiqiy masalalar savollariga o'xshash bo'layotganini kuzatmoqdamiz.

O'tgan yillar davomida kanalimizda shunday mantiqiy savollar bilan o'quvchilarni tanishtirib bordik. Shu an'anani davom ettirgan holda har kuni bir nechta shunday savollardan sizlarga taqdim etib boramiz.

Bizni kuzatib fikrlash darajangizni oshirib boring.
πŸ‘27
#tadqiqot_va_izlanish

Orolda 1 dan 9 gacha raqamlargan 9 ta odam bor va bitta qayiq bor. Odamlar qayiq bilan qirg'oqqa yetib borishi kerak. Qayiqqa esa quyidagi shartlar bilan chiqish mumkin:

- Qayiqqa ko'pi bilan uchtagacha odam chiqa oladi.

- Qayiqda harakatlanish uchun qayiqdagi odamlarning raqamlari yig'indisi biror sonning kvadrati bo'lishi shart.

- Agar qayiqda bir kishi harakatlansa, uning raqami ham biror sonning kvadrati bo'lishi kerak.

- Qirg'oqqa borish alohida, qirg'oqdan orolga kelish alohida sayohat hisoblanadi. Borib kelish ikkita sayohat bo'ladi.

Savol: 9 ta odam kamida nechta sayohatdan keyin qayiq yordamida qirg'oqqa o'tib olishadi.

➑️➑️ Javobni bilish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯20πŸ‘8🀩4πŸ†4
#kun_savoli_12_10_2024

25 ta otdan 3 ta eng tez yuguradiganini aniqlash kerak. Bir vaqtda ko'pi bilan 5 ta otni poyga qilishiga imkon bor. Ammo, poyga vaqtida otlarning aniq tezligini o'lchash imkoni mavjud emas. Biz faqat otlarning o'rnini aniqlay olamiz.

25 ta otdan 3 ta eng tezini aniqlash uchun kamida necha marta poyga o'tkazish kerak?

Javobni bilish
πŸ”₯42πŸ†12πŸ‘3🀩2πŸ‘1
1-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar boβ€˜yicha asosiy imtihon mini-testi πŸ‘‡πŸ‘‡
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❀‍πŸ”₯19πŸ†2
Test kodi: 191074

Javob yuborish uchun
- @best_olimpiad_robot botining βœ…Javobni tekshirish tugmasini bosing.
- keyin test kodiga 191074 ni yuboring.
- keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.
πŸ†46🀩6πŸ‘2πŸ”₯1
191074_natijalar.html
126.6 KB
πŸ’‘ Test yakunlandi!
πŸ”° Test kodi: 191074
πŸ‘¨ Test qatnashchilari: 551 ta
πŸ“ Kalitlar: 1-A 2-D 3-D 4-B 5-D 6-B 7-D 8-B 9-C 10-B
πŸ”₯16🀩1
⁉️ Prezident maktabi Saralash imtihoni natijalari qachon chiqadi⁉️

Oβ€˜zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qaroriga koΚ»ra Saralash, Al-Xorazmiy va ixtisoslashtirilgan maktablar imtihon natijalari 20 kun ichida e'lon qilinishi belgilangan.

Prezident maktabi Saralash imtihoni 2026-yildan 25-iyun kuni boβ€˜lib oβ€˜tdi. Demak, natijalar 15-iyulgacha e'lon qilinishi kerak.

Oldingi yillarda natijalar necha kunda chiqqan:

βœ… 2023-yil Prezident maktabi Saralash imtihoni 15-iyul kuni bo'lib o'tgan va natijalar 25-iyulda (10 kunda) e'lon qilindi.

βœ… 2024-yil Prezident maktabi Saralash imtihoni 7-iyul kuni bo'lib o'tgan va natijalar 22-iyulda (15 kunda) e'lon qilindi.

βœ… 2025-yil Prezident maktabi Saralash imtihoni 6-iyul kuni bo'lib o'tgan va natijalar 23-iyulda (17 kunda) e'lon qilindi.

O'tgan yillarda o'rtacha 15 kunda chiqishini hisobga olsak, bu yil 10-iyuldan imtihon natijalarini kutishimiz mumkin va natijalar kechi bilan 15-iyulda chiqishi kerak.

πŸ‘‰πŸ‘‰ T.ME/PMTESTS
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘92πŸ†17🀩12πŸ”₯9😱2πŸ‘1πŸŽ‰1
Forwarded from Asrorbek Jumanazarov
#kun_savoli_09_02_2025
#asosiy_imtihon

Mobil telefonim ishlatilmayotganda u vaqt va sanani ko'rsatadi. Uni sotib olgan vaqtimda sakkiz xil raqam ko'rinadigan ushbu displeyiga e'tibor qaratdim.

Bu telefonda birinchi marta barcha o'n xil raqam bir vaqtning o'zida ko'rinadigan bo'lsa, bu qaysi vaqt bo'ladi?

Javobni bilish

πŸ‘‰πŸ‘‰ t.me/pmtests
πŸ‘30πŸ†7😱6πŸ”₯5❀‍πŸ”₯2πŸ‘1
Bugun kanalimizda 2-Asosiy imtihon testi ochiq tarzda bo'lib o'tadi.

Prezident maktabi asosiy imtihoni 17-iyulda o'tkazilishi rejalashtirilgan. Shu vaqt davomida muammoli masalalar kanalimizda Asosiy imtihon testlari va ularning yechimlarini berib bormoqdamiz. Bugun soat 19:00 da 2-asosiy imtihon testi bo'lib o'tadi.

πŸ‘‰πŸ‘‰ t.me/pmtests
πŸ‘28πŸ†3πŸŽ‰2🀩2
#kun_savoli

Beshta o'rtoq o'z bo'ylari va vaznlarini o'lchashdi. Ularning o'zaro taqqoslash natijalari quyida keltirilgan:

- Azizning bo'yi Botirning bo'yidan balandroq, ammo Azizning vazni Botirkidan yengilroq edi.
- Sobir guruhdagi eng vazni yengil bola, ammo uning bo'yi Elyorning bo'yidan balandroq.
- Dolim guruhdagi eng baland o'quvchi, ammo uning vazni Azizning vaznidan yengilroq.
- Elyorning bo'yi Azizning bo'yidan baland va u Botirdan og'irroq.

O'quvchilar darslar bo'y balandligi bo'yicha balanddan pastga qarab tartiblandi, keyin vazn bo'yicha ham eng og'irdan eng yengilgacha tartiblandi. 2-bo'yi baland bola va eng og'ir vaznga ega bolani toping.

Javobni bilish

πŸ‘‰πŸ‘‰  t.me/pmtests
πŸ‘21πŸ”₯5πŸ†5πŸŽ‰2
2-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar boβ€˜yicha imtihon testi savollari πŸ‘‡πŸ½πŸ‘‡πŸ½
πŸ‘22πŸ†6πŸŽ‰3
Test kodi: 191213

Javob yuborish uchun
- @best_olimpiad_robot botining βœ…Javobni tekshirish tugmasini bosing.
- keyin test kodiga 191213 ni yuboring.
- keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.
πŸ‘51πŸŽ‰13πŸ†13πŸ”₯8🀩8❀‍πŸ”₯3😱3😒3