Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
86.8K subscribers
3.01K photos
1.83K videos
640 files
3.22K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
Kanal asoschisi — Asrorbek Jumanazarov
Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)
Download Telegram
Respublikamizda ta’lim muassasalari va ta’lim sifati eng tez rivojlanayotgan, ayrim yo‘nalishlarda hatto poytaxt bilan ham raqobatlasha olayotgan hududlardan biri, shubhasiz, Farg‘ona viloyati hisoblanadi.

Hakimjonov Behro‘zbek Farg‘ona shahridagi “SIRIUS EDU CITY” xususiy maktabi o‘quvchisi hisoblanadi. Behro‘zbekning yuqori natijalarga erishishida ustoz Davron Jarkinov boshchiligidagi Intellect.uzb jamoasining ham o‘rni katta.

@PMTESTS jamoasi Intellect.uzb jamoasi bilan hamkorlikda ikki marotaba butun vodiy bo‘yicha olimpiada tashkil qilgan. Bizning e’tiborimizni tortgan jihatlardan biri ustoz Davron Jarkinovning ilmga homiylik qilishi, yoshlar ta’limi rivoji yo‘lidagi shijoati va fidoyiligi bo‘ldi.

2025-yilda o‘tkazilgan so‘rovnomalarimizda ustoz “Eng shijoatli ustoz” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan edilar.
2026-yilgi Vodiy olimpiadasida esa 500 dan ortiq o‘quvchiga bepul tushlik tashkil qilgani ularning ilmga homiy inson ekanini yana bir bor ko‘rsatib berdi.

Bugungi kunda ustoz Davron Jarkinov Intellect.uzb o‘quv markazi hamda “SIRIUS EDU CITY” xususiy maktabi faoliyati orqali ta’lim sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Davron Jarkinovning shogirdi Behro‘zbekka kelgusi imtihonlarda ham omad, zafar va yanada yuksak natijalar tilab qolamiz!

Batafsil tanishish uchun: https://t.me/intellect_uzb
Tel:
+998911292133; +998993236509
👍30🏆11🔥6😱5❤‍🔥2🎉2👏1😢1
Kuchli raqobat samarali tizimlarni yaratadi. Kuchli tizimlar esa kuchli o‘quvchilarni yetishtiradi.

Namangan viloyati Prezident maktablariga tayyorlash sohasida boy tajribaga ega, raqobat muhiti yuqori bo‘lgan hududlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, viloyat markazlaridagi ta’lim muassasalari joylashuv, tajriba va qamrov jihatidan ko‘p hollarda tuman markazlaridan ustunlik qilib kelgan.

Shunday sharoitda Namangan tumani “Zamin Liderlar Akademiyasi” iqtidorli o‘quvchilarni rivojlantirish bo‘yicha o‘ziga xos tizimni shakllantirib bormoqda. Ustozlar Ahadjon Hodiboyev va Saydullo Abdulazizovning rivojlanishga intilishi, samarali tajribalarni o‘rganib, ularni o‘z faoliyatida qo‘llab borishi Umidjon kabi o‘quvchilar misolida o‘z natijasini bera boshladi.

Xabibullayev Umidjon o‘ziga xos xarakterga ega iqtidorli o‘quvchilardan biridir. Ustozlarining ta’kidlashicha, Umidjonning hozirgi darajaga yetishida onasining hissasi juda katta. Shuningdek, o‘quv markazida Umidjon bilan raqobatlasha oladigan kuchli o‘quvchilarning borligi ham uning o‘z ustida doimiy ishlashiga katta turtki bo‘lgan.

Zamin Liderlar Akademiyasi o‘quvchisi Xabibullayev Umidjonga kelgusi imtihonlarda omad, zafar va yanada yuksak natijalar tilab qolamiz!

Batafsil tanishish uchun: https://t.me/zaminedu
Tel:
+998883222242; +998911802838
❤‍🔥19🔥12🏆10👍1👏1
Ustozga ixlos qilish va kibr qilmaslik kerak...


Agar kimdir Respublika bo‘yicha barcha tengdoshlaridan eng yuqori ball olsa, o‘zining eng kuchlilardan biri ekanini isbotlasa va shu holatda ham tavoze’ bilan: “Ustozni eshitish kerak, ustozga ixlos qilish kerak, kibr qilmaslik kerak”, desa, demak, bu bolaning ortida yuksak ma’naviyatli ota-ona hamda bilim bilan birga tarbiyada ham o‘rnak bo‘la olgan ustozlar turibdi.

Ustozni eshitishi, ustozga ixlosi va mavzularning mohiyatini anglashga intilishi boshqalardan biroz kechroq 4-sinfdan tayyorgarlikni boshlagan Muhammadga boshqalardan oldinlab ketish imkonini berdi.


“Algoritm Academy” o‘quv markaziga 2025-yil yanvar oyida jamoamiz bilan tashrif buyurganmiz. Tashrif davomida “Algoritm School” asoschisi Bobur Xaydarov hamda intiluvchan ustoz Adham Sohibov bilan tajriba almashganmiz.

Meni ajablantirgan jihatlardan biri ustoz Adham Sohibovning katta maqsadi bo‘lgan. Ustoz kelajakda moddiy imkoniyatidan qat’i nazar 30 dan ortiq iqtidorli o‘quvchilarni bir joyga jamlab, ularni bepul tayyorlash va respublika miqyosida eng yuqori natijalarni qayd etishni maqsad qilganini aytgan edi.

Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida bu maqsad naqadar katta ekanini tushunish qiyin emas. Chunki bitta bolaga sifatli ta’lim berish xarajatlari ham ba’zan bir oila uchun og‘irlik qilishi mumkin. Ammo, katta maqsadlar katta natijalarga olib kelishining isboti sifatida bugun Axmatov Muhammad kabi o‘quvchilar yetishib chiqmoqda.

“Algoritm Academy” o‘quv markazi jamoasiga ham, ularning o‘quvchisi Axmatov Muhammadga ham kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, omad va zafarlar tilab qolamiz!

Batafsil tanishish uchun: @PM_AdhamSohibov
Tel: +998888950505; +998999519757
👍52🔥7🎉6🏆4❤‍🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Muammoli masalalar — 15-darsdan namuna!

Prezident maktabiga kirish imkoniyatingizni oshirmoqchimisiz?

Kursimiz sizga:
• Murakkab masalalarni yechish strategiyasini o'rgatadi
• Prezident maktabi standartlariga moslashtiradi

Muammoli masalalar kursimizda matematika mavzularini ham ko‘rib chiqamiz. Imtihongacha, albatta, bu mavzular bilan tanishib chiqing.


Kechiktirmang!

📩 Murojaat: @PMUSTOZ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🏆9🔥6🤩4👏1
KYO-2026 test savollari 👇👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15🏆7🤩5👍3😱2👏1
KYO-2026 test savollari.pdf
1.6 MB
Test kodi: 188531

Javob yuborish uchun
- @best_olimpiad_robot botining Javobni tekshirish tugmasini bosing.
- keyin test kodiga 188531 ni yuboring.
- keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.
👍8❤‍🔥7🔥2
Test kodi: 188531

Javob yuborish uchun
- @best_olimpiad_robot botining Javobni tekshirish tugmasini bosing.
- keyin test kodiga 188531 ni yuboring.
- keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.
👍22🏆16😢10🔥6😱6❤‍🔥4👏2🤩2
Test kodi: 188531

Javob yuborish uchun
- @best_olimpiad_robot botining Javobni tekshirish tugmasini bosing.
- keyin test kodiga 188531 ni yuboring.
- keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.
🔥39🏆25👍14😢11❤‍🔥8🤩6🎉5😱4👏2
188531_natijalar.html
119.2 KB
KYO-2026 test natijalari.

💡 Test yakunlandi!
🔰 Test kodi: 188531
👨 Test qatnashchilari: 514 ta
📝 Kalitlar: 1-B 2-D 3-E 4-B 5-C 6-C 7-D 8-E 9-E 10-D 11-E 12-D 13-C 14-C 15-B 16-A 17-A 18-E 19-B 20-C 21-B 22-D 23-B 24-C 25-B 26-D 27-B 28-B 29-A 30-A 31-D 32-E 33-D 34-E 35-D 36-B 37-D 38-C 39-B 40-C
👍28❤‍🔥11🏆6