Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
80K subscribers
2.46K photos
1.6K videos
536 files
2.78K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar

Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli
Download Telegram
#kun_savoli_04_03_2026

Ace, Bea, Cec, Dee, Eve, Fie va Geo 1, 2, 3, 4, 5, 6 va 7 yoshda. Ammo ushbu tartibda bo‘lishi shart emas. Dee Beadan uch marta katta. Cec Evedan to‘rt yosh katta. Fie Ace'dan katta va Ace Geo'dan kattaroq, lekin Ace va Geoning umumiy yoshi Fiening yoshidan kattaroqdir. Acening yoshini toping.

Yechish usuli va bajarilish tartibini ko'rsatib javobingizni video tarzida @Kunsavoliadmin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi.

Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi.

👉👉  t.me/pmtests
👍22🔥16👏8🤩8😱7🎉6
⚡️ Bugun @pmtests kanalimizda 7-online mini test bo‘lib o‘tadi!

📚 @pmtests kanalimizda 19:00 da 10 talik testni yeching va bilimingizni sinab ko‘ring.
Eng sifatli test savollari bizning kanalimizda.

👉 https://t.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_savoli_javobi

Berilgan shartlar asosida Dee va Bea 6 va 2 yoshlarni qo’yib ko’ramiz. Bu holatda Cec va Evaning yoshlari mos ravishda 1 va 5 yoki 3 va 7 bo'lishi mumkin. Qolgan bolalar Ace, Fie va Geolarni tartiblab olsak, Geo eng kichik, keyin Ace va Fie ulardan eng kattasi bo'ladi.
1-hol: Dee, Bea, Cec va Evaning yoshlari 6, 2, 1, 5 bo'lsa, Geo, Ace va Fie ning yoshlari 3, 4, 7 bo'ladi. Bunda Ace va Geoning umumiy yoshi Fiening yoshidan kattaroq sharti bajarilmay qoladi.
2-hol: Dee, Bea, Cec va Evaning yoshlari 6, 2, 3, 7 bo'lsa, Geo, Ace va Fie ning yoshlari 1, 4, 5 bo'ladi. Bunda ham Ace va Geoning umumiy yoshi Fiening yoshidan kattaroq sharti bajarilmay qoladi.

Keyin esa 3 va 1 ni qo’yib bu shartlarni qanoatlantiruvchi holatni topamiz. Ularning yoshi quyidagilar bo’lishi mumkin: Ace 5 yosh, Bea 1 yosh, Cec 6 yosh, Dee 3 yosh, Eve 2 yosh, Fie 7 yosh va Geo 4 yosh bo’ladi. Shunday qilib Acening yoshi 5 da bo’lar ekan.

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Rejavaliyev Shuhratjon
🥈Saidakbar Abdumo'minov
🥉Muhammadiyor

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

👉🏼👉🏼 @PMTESTS
👍4
#IQ_savollar

Ketma-ketlikdagi keyingi shaklni toping

👉👉 Javobni bilish
👍28🔥8👏7🎉6
Yasmina o’zidagi markalarning 3/10 qismini Niginaga bergan edi, undagi markalar 42 ta bo’lib qoldi. Dastlab Yasminada nechta marka bo’lgan?
Anonymous Quiz
36%
140
40%
60
17%
100
7%
80
🤩42👏20😱10🎉7🔥6👍5
🔥 Prezident va Al-Xorazmiy maktablariga tayyorlov kanalimiz a'zolari soni 600 dan oshdi

🔖 Bugun ushbu kanalda Tanqidiy fikrlash kursimizning 2-darsi bo‘lib o‘tadi.

Darslar davomida o‘quvchilarga qiyin tuyulayotgan tanqidiy fikrlash mavzulari ustoz Asrorbek Jumanazarov tomonidan batafsil va sodda usulda tushuntirib berilmoqda.


Prezident maktabi imtihonlariga tayyorlanayotgan o‘quvchilar uchun bu kurs eng muhim ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.

Kursga a’zo bo‘lish uchun:
✍️ Telegram: @PMUSTOZ
📞 Telefon: 77-324-75-75
👍15😱4👏3
7-online mini test savollari(51-test)👇👇
👍15🔥1
Test kodi: 175870

Javob yuborish uchun
- @best_olimpiad_robot botining Javobni tekshirish tugmasini bosing.
- keyin test kodiga 175870 ni yuboring.
- keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.
👍47😱13🤩8🔥6
175870_natijalar.html
235.7 KB
7-online mini test natijalari(51-test).

💡 Test yakunlandi!
🔰 Test kodi: 175870
👨 Test qatnashchilari: 1027 ta
📝 Kalitlar: 1-A 2-C 3-D 4-D 5-A 6-A 7-B 8-A 9-C 10-D
👍6🔥3
#IQ_savollar

So'roq o'rnidagi sonni toping

👉👉 Javobni bilish
🔥47😱9🤩8👍7👏3🎉3
⚡️⚡️Ochiq testlar va KYO-2026 ga saralash

Yakshanbadan 8-martdan boshlab 22-martgacha @PMTESTS kanalimizda ochiq testlar oyligi bo'lib o'tadi. Bunda Repetitsion testlar kanalimizda o'tkazilayotgan 30 talik testlar to'liq shaklda va Prezident maktabiga tayyorlash kanalimizda berilayotgan testlar qisqaroq formatda kanalimizda berib boriladi.

Testlarda eng faol ishtirok etgan 8 nafar o'quvchiga KYO-2026 Respublika olimpiadasiga yo'llanma beriladi.

🔔KYO-2026 ga yo'llanma olishni maqsad qilgan barcha o'quvchilarni Repetitsion testga taklif qilamiz.

👉👉 t.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍7🤩3
2-3-sinflar uchun tayyorlanish testlarini so'ragan ota-onalarga tavsiya

@ONLINE_matematika_Uzb kanalida 2-3-sinflar uchun Matematika fanidan oson va qiziqarli testlar berib borilmoqda. Hozirda 42-onlayn test bo'lib o'tmoqda.

Farzandingiz ushbu testlarni yechish orqali bilimini sinab borishi va bilmaganlarini o'rganishi mumkin.

👉👉 t.me/online_matematika_Uzb
👍11🔥4🤩4👏2
#kun_savoli_06_03_2026

Uchta 4-sinf o’quvchisi: Munisa, Mardon va Ahmadjon bir yilda turli oylarda tug’ilishgan. Ularning tug’ilgan oylari fevral, oktyabr va noyabr.
Ularning qaysi oyda tug’ilgani topish uchun uchta ma’lumot berilgan va bu ma’lumotlardan faqat bittasi to’g’ri:
- Mardon eng kattasi emas.
- Munisa eng kichigi emas
- Ahmadjon eng kattasi hisoblanadi.

Har bir o’quvchining qaysi oyda tug’ilganini toping.

Yechish usuli va bajarilish tartibini ko'rsatib javobingizni video tarzida @Kunsavoliadmin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi.

Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi.

👉👉  t.me/pmtests
🔥15😱12👏4🎉4
#kun_savoli_javobi_07_03_2026

Ma’lumki, uchta gapdan faqat bittasi to’g’ri. Agar “Ahmadjon eng kattasi” jumlasi to’g’ri bo’lsa, “Mardon eng kattasi emas” degan jumla ham to’g’ri bo’lib qoladi.
Demak, “Ahmadjon eng kattasi” jumlasi xato.
Agar “Mardon eng kattasi emas” degan umla to’g’ri bo’lsa, u holda eng kattasi Munisa bo’lishi kerak. Bu holatda “Munisa eng kichigi emas” degan jumla ham to’g’ri bo’lib qoladi.
Faqat “Munisa eng kichigi emas” degan jumla to’g’ri bo’ladi. U holda Mardon eng kattasi va Ahmadon eng kichigi bo’ladi.
Ularning tug’ilgan oylari Mardon – fevral, Munisa – oktyabr va Ahmadjon – noyabr bo’ladi.

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Jaloliddinova Dilnoza
🥈Anvarjonov Muhammadsodiq
🥉Xidirov Sardor

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

👉🏼👉🏼 @PMTESTS
👍9😱2🤩2
Kristinada 2 ta oddiy toshi bor va u ikkalasini ham bir vaqtning o'zida otib 10 ochko olishni maqsad qildi. (Bitta o’yin toshida 1 dan 6 gacha 6 xil ochkolar bo’ladi.) Agar u ikkala toshni ham bir marta tashlasa, uning 10 ochko olish ehtimoli qanday?
Anonymous Quiz
18%
3/24
42%
5/36
30%
1/12
10%
5/18
😱38👍14🎉13👏6