Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.6K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
489 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Farzandingiz muvaffaqiyati sizga bog'liq

Hamma ota-onalar farzandini yaxshi o'qishini, yaxshi bilim va axloq sohibi bo'lishini istaydi. Ammo farzandi ilmli bo'lishi uchun ular bilan teng mehnat qilish kerakligini unutib qo'yishadi.
Agar ota-ona farzandiga "vazifalarni qil, televizorni kamroq ko'r, telefon o'ynama" - deb aytsa-da, o'zlari kitob o'qimasa, juda ko'p televizor ko'rsa, farzandlari ularning gapiga quloq solmaydi, natija bo'lmaydi.

Doimiy nazorat, farzandlarni rag'batlantirish, zarur bo'lsa ular bilan birga vazifa qilish talab etiladi. Tadqiqotlarga ko'ra o'quvchining muvaffaqiyatlari sababi 33% o'ziga, 33% ota-onasiga va 33% o'qitayotgan o'qituvchisiga bog'liq ekan.

Bolalar hech qachon kattalarga quloq solishmagan bo‘lishsa ham, ular kattalarga taqlid qilishda hech qachon xato qilishmagan.
Jeyms Boldvin

Menga ayt va men unutaman. Menga saboq ber (qilib ko'rsat) va men eslab yuraman. Meni qiziqtir va men o‘rganaman.
Benjamin Franklin

👉👉 @pmtests
👍3
Bir hovuzga ikki quvur ulangan. 1-quvur hovuzni 10soatda to'ldiradi. 2-quvur esa hovuzni 15soatda bo'shatadi. Ikki quvur teng ochib qo'yilsa, hovuz qancha vaqtda to'ladi?
Anonymous Quiz
28%
6 soat
31%
20 soat
32%
30 soat
9%
36 soat
👍12😱8🔥5🎉3🤩3
​​Kitob tuganmas xazina!

Inson qo‘lidagi turli-tuman qurol-yaroq, asbob-uskunalar orasida eng g‘aroyibi, shubhasiz, kitob sanaladi. Qolganlarini uning jismoniy davomi, deyish mumkin. Mikroskop va teleskop - ko‘zning davomi, telefon - ovozning, omoch va qilich - qo‘lning. Biroq kitob - butunlay boshqa narsa, kitoblar - xotiralar va tasavvurlarning davomidir.

Darhaqiqat, kitob odamzodning xotirasi va tuganmas xazinasidir.

✍️ Luis Xorxe Borxes

Bizni kuzatib boring:
👉👉 @pmtests
👍2
VAQT QADRI

Agar bir umrning qadrini bilmoqchi boʻlsang – kapalaklardan soʻra.

Agar 10 yilning qadrini bilmoqchi boʻlsang – 20 yoshida nogiron boʻlib qolgan 30 yoshli odamdan soʻra.

Agar 1 yilning qadrini bilmoqchi boʻlsang – imtihondan yiqilgan talabadan soʻra.

Agar 1 oyning qadrini bilmoqchi boʻlsang – farzandi 8 oyda tugʻilgan onadan soʻra.

Bir kunning qadrini bilmoqchi boʻlsang – hosili kuz yomgʻirida qolgan dehqondan soʻra.

Bir soatning qadrini bilmoqchi boʻlsang – uyiga bir soat kech kelgan tarbiyali farzanddan soʻra.

5 daqiqaning miqdorini bilmoqchi boʻlsang – poyezdga kech qolgan yoʻlovchidan soʻra.

Bir daqiqaning oʻndan bir qadr-miqdorini bilmoqchi boʻlsang – bemorni kasalxonaga olib kelayotgan shofyordan soʻra.

1 soniyaning miqdorini bilmoqchi boʻlsang – yugurish musobaqasida 2-o'rinni olgan insondan so'ra.

👉👉
@pmtests
👍11
To'g'ri to'rtburchakning tomonlari bir xonali sonlar. Uning kichik tomoni 7cm ga teng. Uning peremetri quyidagilardan qaysi biriga teng bo'lishi mumkin?
Anonymous Quiz
12%
26 cm
33%
28 cm
15%
29 cm
33%
32 cm
7%
34 cm
👍12😱8🔥5🤩3
​​Агар темир ишлатилмаса, занглайди. Агар сув ҳаракатланиб турмаса, айнийди. Агар киши фикрламаса, ақлда ҳам шундай ҳолат юз беради.

©Леонардо Да Винчи

Бизни кузатиб боринг👇👇👇
@pmtests
👍6🔥4😱1
Quyidagi sonlardan nechtasi raqamlari teskari tartibda yozilganda kamayadi: 3663, 2222, 3535, 3443, 5252, 1313, 6565
Anonymous Quiz
14%
6
15%
4
20%
3
40%
2
10%
1
🤩12👍7😱7🔥4
🏆1-oylik olimpiadamiz g'oliblari🏆

4-5-sinflar
1.🏆Razzaqova O'giloy
2. 🥈Mirzaliev Akramjon
(Farg'ona, Bog'dod, 38-maktab, 4-sinf)
3. 🥉Anvarov Zohirshoh
(Andijon shahar, 11-maktab, 5-sinf) va
🥉Gulboyev Fazliddin (Toshkent, Uchtepa tuman, 251-maktab, 4-sinf)

6-7-sinflar
1. 🏆Azizbek Sanakulov (Jizzax shahar, 22-maktab, 7-sinf)
2. 🥈Orunov Elnazar
3. 🥉Asadov Amirxon (Buxoro, G'ijduvon, 63-DIMI, 7-sinf)

8-9-sinflar
1. 🏆Ozodov Azizbek
(Xorazm, Gurlan, 29-maktab, 9-sinf)
2. 🥈Ro'ziyev Mahtumquli
(Buxoro, Jondor, 27-maktab, 9-sinf)
3. 🥉Aminboyev Botir
(Xorazm, Gurlan tumani, 16-maktab, 9-sinf)

Ushbu o'quvchilarni muvaffaqiyatlari bilan tabriklaymiz!! O'qitgan ustozlari va ota-onalariga minnatdorlik bildiramiz. Keyingi o'qishlarida ham omad tilaymiz!!

👉👉 @pmtests
👍12🤩7
Keyingi olimpiada mart oyida shanba va yakshanba kunlari o'tkaziladi!!

1-yutuqli online olimpiadamizning barcha ishtirokchilariga rahmat aytamiz. Avvalo olimpiada muvaffaqiyatli o'tdi deb ayta olamiz. Bu olimpiada @pmtests jamoasi uchun tajriba orttirish imkonini berdi.

Ammo bir kun ichida ham test, zoom orqali olimpiada tashkillashtirish, 200 dan ortiq murojaatlarni to'liq o'rganib chiqish va g'oliblarni taqdirlash juda katta kuch va mehnat talab qildi. Vaqt kamligi va oldin zoom ilovasidan foydalanmaganligi tufayli ba'zi iqtidorli o'quvchilar zoomdagi savol-javobda ishtirok eta olishmadi.

Keyingi olimpiadamiz mart oyida o'tkaziladi. Olimpiada sifatini oshirish uchun test savollari shanba kuni tashlanadi. Bir kun ichida 2-bosqichga tayyorgarlik ko'riladi. Yakshanba kuni yakuniy bosqich bo'lib o'tadi.

Bizni kuzatib boring. Olimpiadalarda qatnashib bilimingizni oshiring!

👉👉 @pmtests
👍1
Фарзандим буюк инсон бўлсин деганларга!

Фотиҳ Султон Меҳмет Хон болалигида жуда ярамас, тўполончи бир ўқувчи эди. Дарс вақтида қилган тўполонлари билан устози Оқшамсиддинни жаҳлини чиқарар эди. Устози унга танбеҳ берса, дарҳол: «Мен подшоҳнинг ўғлиман, ҳеч нарса қилолмайсан», дейишдан ҳам тоймасди.

Оқшамсиддин подшоҳга шикоят этишликни адабсизлик ҳисоблаб, ҳолатни II-Муротга айтишликдан тортинар эди. Аммо, вақт ўтгани сайин кичик Меҳметнинг қилиқлари ҳаддан ошиб, чидаб бўлмас ҳолга келади.
Шундан кейин ноилож подшоҳ II-Муротнинг ҳузурига чиқади.

«Подшоҳим, Сизга айтишим зарур бўлган бир хусусий масала бор. Аммо, айтишдан ҳаё қилмоқдаман.»

Подшоҳ:
«Марҳамат! Ҳеч тортинмасдан айтавер», дейди.
Бу сўз Оқшамсиддинни хотиржам этди. Ва ҳодисани англата бошлади.
«Подшоҳим! Ўғлингиз - жигарпорангиз жуда тўполончи. Унинг дастидан дарсимни ўтолмаяпман. Қачон танбеҳ берсам, дарҳол Сизни номингиз билан менга таҳдид қилади».

Подшоҳ бир оз сукут сақлайди.
Кейин Оқшамсиддинга яқин келиб, бир нарсаларни пичирлаб тушунтиради. Подшоҳнинг сўзларидан Оқшамсиддин саросимага тушади.
«Бу қандай режа? Буни амалга ошириш мумкин эмас!
Оқшамсиддин бу режа хусусидаги хавотирларини ошкор қилишига қарамай, подшоҳ, «Бу иш бўлади», дейди».

Эртаси куни Меҳмет дарсда яна тўполонини бошлайди. Устозининг танбеҳига одатдагидек, отаси билан таҳдид жавобини беради. Айни шу пайт тўсатдан эшик очилиб, подшоҳ ичкарига киради. Бу ҳолатдан ғазабланган Оқшамсиддин подшоҳга қараб бақиради. Бир тарсаки уриб дейди: Ҳеч ким дарс вақтида ичкарига бундай тарзда кириши мумкин эмас!
Изн сўраб кириши лозимлигини айтиб, ташқарига ҳайдайди.

Подшоҳ маҳжуб шаклда бўйнини эгиб, узр сўрайди ва ташқарига чиқади.
Бу ҳодиса қаршисида Фотиҳ Султон тили калимага келмай, нима қилишини билмай қолади. Ишонгани - подшоҳ отаси кўз ўнгида тарсаки еган эди. Фотиҳ Султон Меҳметнинг ички дунёси ағдар-тўнтар бўлганди.

Бир оздан сўнг эшик тақиллайди, ва подшоҳ ҳижолатли ҳолатда ичкарига узр сўраб киради.

Режа ажойиб шаклда амалга ошган эди.
Ўша кундан сўнг, Фотиҳ Султон Меҳмет асло ярамаслик қилмади.
Чунки, ишонган тоғларига қор ёғган эди...
--------------------------------------------------------------------------
Таълим не эканини II-Мурот даражасида бўлмаса ҳам, камида ўз фарзандини янглиш йўлларга йўналтирмаслик қадар идрок этадиган ота-оналарга эҳтиёжимиз бор.

Унутмайлик, болалар эрка, тантиқ бўлиб туғилмайдилар. Уларни дипломли, мансабли, топармон, аммо тарбиясига э'ьтиборсиз ота-оналар талтайтирадилар.

👉👉 @pmtests
👍4👏1
Menga Pushkin bir jahonu
Menga Bayron bir jahon,
Lek Navoiydek bobom bor,
Ko‘ksi osmon, o‘zbegim.

9-fevral g'azal mulkining sultoni, ulug' bobomiz Alisher Navoiyning tavallud topgan kunlari. Xalqimizdan yana shunday buyuk shaxslar chiqsin! Bobolarimizga munosib avlod bo'laylik!

👉👉 @pmtests
👍4🤩2👏1
​​Haq yo'lidan kim sanga bir harf o'qutmish ranj ila,
Aylamak ado bo'lmas oning haqin yuz ganj ila.

Alisher Navoiy.

👉👉 @pmtests
👍6
Навоийнинг ҳақиқатда буюк шоирлигига шубҳа билан қараганлар унинг ижодига тегишли мазкур мисраларни чапдан ўнгга, хоҳласа тепадан пастга қарата ўқиб кўрсин.

👉👉 @pmtests
A.Navoiyning tug'ilgan yili 4xonali son. Chetdagi ikki raqami bir xil va o'rtadagi ikki raqami ham bir xil. Ushbu ikki raqamlardan biri toq va 2-si juft, bizdan kamida 1asr oldin yashagan. Bundan ko'pi bilan necha marta urinib ushbu sanani topishi mumkin?
Anonymous Quiz
16%
3
23%
4
27%
5
19%
8
15%
24
😱12🔥7👍5🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ajoyib she'r, barcha ota-onalar uchun!!
Farzandlar sho'xlik qilsa, ularni qanday so'kish kerak.

👉👉 @pmtests
👍2🤩2🎉1
Qo'qon olimpiadasi savoli: A va B raqamlar, A0B uch xonali son, agar A0B=A³+B³ tenglik o'rinli bo'lsa, A+B ning qiymatini toping.
Anonymous Quiz
15%
8
35%
9
32%
11
18%
12
👍8😱8🎉7🔥4🤩3