Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
76.6K subscribers
2.3K photos
1.51K videos
513 files
2.63K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar

Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli) / Repetitsion testlar kanaliga obuna uchun: @pmtests_admin, @pmustoz ga yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
2-3-sinflar uchun MATEMATIKADAN online testlar yo’lga qo’yildi.

Bugun 17:00 da 19-matematika testi boshlandi.

Nufuzli maktablarga farzandini tayyorlamoqchi bo’lgan ota-onalar uchun ajoyib imkoniyat.


Matematika testi quyidagi telegram kanalda bo’ladi👇
t.me/online_matematika_Uzb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍8😱1
#tadqiqot_va_izlanish

Mustafo va Muhammadamin uyning eshigi qulf bo'lgani sababli mo'ridan uyga kirishdi. Mo'ridan tushganida esa Mustafoning yuzi qora bo'ldi. Muhammadaminning yuziga qora surtilmadi.

Qaysi bola birinchi bo'lib yuzini yuvadi.

👉👉 Javobni bilish
👍40🔥18🤩11👏4
⚡️⚡️⚡️Bugun 19:00 da @pmtests kanalimizda 12-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi‼️

Prezident maktablariga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchilar uchun 12-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi.

Bepul testlar orqali bilimingizni sinab, bilmaganlaringizni o'rganib boring.
Barcha onlayn testlar yechimlari va videotahlillari Repetitsion testlar kanalimizda.

👉👉 T.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🎉8🔥7🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Imtihon savollarining ishlash texnikasi o'rgatiladigan "Turbo tayyorlov" kursi dekabr oyidan boshlanadi.

Videodan imtihon savollari va yechilish usullarini o'rganib oling.

Eslatib o'tamiz, bu yilgi Turbo tayyorlov kursi dekabr oyidan boshlanadi.

👉🏼👉🏼 @pmtests
👍10🔥6🤩2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uzoq kutilgan jonli darslarimiz boshlanishiga ham juda kam vaqt qoldi
O‘tgan yilgi “Turbo tayyorlov” kursi kutilganidan ikki baravar yaxshi natija bergan edi 🔥

O‘quvchilarning qiziqishi, savollari va yonib turgan ko‘zidan olgan energiya bizga dars o‘tishda katta zavq bergan edi

Bu yilgi darslar ham yanada foydali bo‘lishi, o‘quvchilarning natijasini tez oshirishga yordam berishi uchun bor kuchimizni sarflayapmiz 💪

Kurs boshlanishiga atigi bir hafta qoldi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42😱8👏4🔥3🤩3🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 Repetitsion testlar kanalimizda online testlar tahlillari davom etmoqda.

12-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi, 8-savoli:
8. 125 ta kichik 1×1×1 kubik yordamida katta 5×5×5 kub hosil bo’ladi. Katta kubning markazlaridan biri yuqoridan pastgacha, biri oldi tomondan orqaga, ikkinchisi chapdan o’ngga qilib uchta ustun o’tkazish uchun ushbu 3 ta ustunni tashkil etuvchi barcha kichkina kubiklar olib tashlanadi. Hosil bo’lgan jismning sirti maydoni qancha?

🧠 12-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testining to‘liq videotahlilini Repetitsion testlar kanalimizda tomosha qiling.

📞 Murojaat uchun: @pmtests_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥4🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥Imtihonlarda oson savollar ham ko‘p tushadi.
Lekin o‘quvchi ishlash jarayoni va tartibini bilmagani uchun xato qiladi.

🎯 Dekabr oyidan boshlanadigan Turbo tayyorlov kursimizda imtihonlarda tushish ehtimoli yuqori bo‘lgan savollarni osondan qiyingacha o‘rgatib boramiz.

Kurs uchun qabul 30-noyabrda ochiladi.

📩 Murojaat uchun: @pmtests_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6😱3🔥1
Javohir Sindarov 19 yoshli o’zbek shaxmatchisi. U 2025-yil 26-noyabr kuni shaxmat bo’yicha FIDE Jahon kubogini yutib, hozirga qadar bu turnerda chempion bo’lgan eng yosh shaxmatchi bo’ldi.
Berilgan ma’lumot bo’yicha aytilgan qaysi fikr to’g’ri emas?
Anonymous Quiz
36%
2025-yilga qadar biror marta 19 yoshdan kichik shaxmatchi FIDE Jahon kubogida chempion bo’lmagan.
25%
FIDE Jahon kubogida chempion bo’lgan eng yosh shaxmatchi o’zbek shaxmatchisi hisoblanadi.
22%
Javohir Sindarov o’zbek shaxmatchilari ichida eng baland reytingga ega.
17%
19 yoshli o’zbek FIDE Jahon kubogida eng yosh chempion sifatida record o’rnatdi.
👍31😱15🔥7👏6🎉4🤩1
2-3-sinflar uchun MATEMATIKADAN online testlar yo’lga qo’yildi.

Bugun 17:00 da 20-matematika testi boshlandi.

Nufuzli maktablarga farzandini tayyorlamoqchi bo’lgan ota-onalar uchun ajoyib imkoniyat.


Matematika testi quyidagi telegram kanalda bo’ladi👇
t.me/online_matematika_Uzb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2😱2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Javohir Sindarovni Prezident Shavkat Mirziyoyev ham tabrikladi.

19 yoshli Javohir chempionlik evasiga 120 ming AQSh dollari mukofotni qo’lga kiritdi.

(@xushnudbekuz)

👉👉 t.me/pmtests
🤩17🎉10👍6👏5🔥3
#kun_savoli_26_11_2025

1, 2, 3, …… natural sonlarning kvadratlari kichikdan kattaga qarab ketma-ket yozib chiqildi: 1491625……
Bu sonli qatordagi birinchi raqam 1, ikkinchi raqam 4, beshinchi raqam 6 hisoblanadi. 2025-o’rinda joylashgan raqamni toping.

Yechish usuli va bajarilish tartibini ko'rsatib javobingizni video tarzida @Kunsavoliadmin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi.

Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi.

👉👉 t.me/pmtests
👍17🔥3🤩3
#kun_savoli_javobi_26_11_2025

Bu yerda 1 dan 3 (3 ta) gacha bo’lgan sonlarning kvadratlari (1, 4, 9) bir xonali sonlar bo’ladi. 4 dan 9 (6 ta) gacha bo’lgan sonlarning kvadratlari esa 2 xonali (16, 25, 36, 49, 64, 81) bo’ladi. 10 dan 31 (22 ta) gacha bo’lgan sonlarning kvadratlari 3 xonali bo’ladi. 32 dan 99 (68 ta) gacha bo’lgan sonlarning kvadratlari esa 4 xonali bo’ladi. 100 dan 316 (217 ta) gacha bo’lgan sonlarning kvadrati 5 xonali bo’ladi. Shunda bizga yana 2025-(3ꞏ1+6ꞏ2+22ꞏ3+68ꞏ4+217ꞏ5)=2025-1438=587 ta raqam kerak. Har bir sonning kvadrati 6 xonali bo’lgani uchun 6 ga bo’lsak 587:6=97 (5 qoldiq) bo’ladi. Demak, biz qidirayotgan raqam 317 dan boshlab hisoblaganda 98-son kvadratining beshinchi raqami bo’ladi. Demak, bu raqam 317+98-1=414 ning kvadrati bo’lgan 171396 ning beshinchi raqami 9 ga teng.

Javob: 9

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Saidakbar Abdumo'minov
🥈Abdulloh Hoshimjonov
🥉Xonzoda Abdurahmonova

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

👉🏼👉🏼 @PMTESTS
👍17🔥5🎉5😱4
🔔 Bugun 25-online test bo‘lib o‘tadi!
Bilimdon o‘quvchilar uchun matematikadan imtihon savollari asosida tuzilgan 25-online test @pmtests kanalimizda soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi! ‼️

🏆 Testlarimizda muntazam qatnashib, Prezident maktabi o‘quvchisiga aylaning!

📌 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Repetitsion testlarda
qatnashib, Prezident maktabiga mukammal tayyorlaning.
Barcha onlayn testlar yechimlari va videotahlillariRepetitsion testlar kanalimizga joylanadi.

👉👉 t.me/pmtests

@pmtestsnatijangizni testlar orqali oshiradi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉13🔥5👍4👏3😱2🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👨‍🎓 Prezident va Al-Xorazmiy maktablariga tayyorlov kanali faoliyati

Dekabr oyidan boshlab pullik kanallarimizda jonli “Maxfiy testlar – Turbo tayyorlov” kursi boshlanadi.
Kursning maqsadi — 2 oy davomida real imtihon savollari orqali o‘quvchilarning Matematika fanidan bilimini tezkor oshirish hisoblanadi. 📈

Matematika barcha maktablar imtihonlarida asosiy fan bo‘lgani uchun, dastlabki 2 oylik jonli darslar aynan Matematikadan o‘tiladi.
O‘quvchilar yillik kanalga yoki faqat 2 oylik Turbo tayyorlov matematika kursiga a’zo bo‘lishlari mumkin.

📩 Murojaat uchun: @pmtests_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏9🔥4😱2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥O‘tgan yilgi "Maxfiy testlar — Turbo tayyorlov" jonli kursida eng qiziqarli va murakkab mavzularni ko‘rib chiqqan edik.

📐 Ushbu videoda esa uch o‘lchovli shakllarning yuzini topish bo‘yicha eng sodda va tezkor usul keltirilgan.

📣Bu yilgi “Turbo tayyorlov” kursining to‘liq tanishtiruvi 2-dekabr kuni o‘tkaziladigan katta vebinarda bo‘ladi!

Kurs esa 3-dekabrdan rasmiy ravishda boshlanadi va o‘quvchilarning natijasini tez oshirishga yo‘naltiriladi.

📩 Murojaat uchun: @pmtests_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Repetitsion testlar kanalimizda online testlar tahlillari davom etmoqda.

25-online test, 28-savol:
28. Qo’shish uchun mo’ljallangan dastur sonlarni qo’shib natijalarni chiqarib beradi. Agar siz 3 ta son kiritsangiz, ikkitadan qo’shib yangi uch sonni hosil qiladi. Misol uchun {3,4,6}ni kiritsangiz {10,9,7}, agar dasturni yana ishlatsangiz {19,17,16}hosil bo’ladi. Agar bir dasturga {20,1,3}ni kiritsak va hisoblashni 2020 marta amalga oshirsak, oxirgi natijadagi eng katta va eng kichik sonlar farqi qanday bo’ladi?

🧠 25-online testning to‘liq video tahlilini Repetitsion testlar kanalimizda tomosha qiling.

📞 Murojaat uchun: @pmtests_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10🤩2👍1
#kun_savoli_28_11_2025

4 ta do'st Aziz, Botir, Sobir va Dolim bitta mashinani ijaraga olishdi va sayohatga chiqishdi. Hammasi benzin uchun teng miqdorda xarajat qilishga kelishib olishdi. Yo'l haqi sifatida Aziz 11 litr, Botir 15 litr va Sobir 10 litr benzin quyib berdi. Hamma benzinlarning bir litr uchun narxi bir xil edi. Barcha quyilgan benzin sayohat uchun sarflandi. Manzilga yetib borgandan so'ng Dolim benzin quygan 3 do'stiga 108000 so'mni taqsimlab berdi.

Dolim Azizga necha so'm bergan?

Yechish usuli va bajarilish tartibini ko'rsatib javobingizni video tarzida @Kunsavoliadmin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi.

Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi.

👉👉 t.me/pmtests
👍15🔥6👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Assalomu alaykum, hurmatli ota-onalar! 👋
Ertaga sizlar uchun juda qiziqarli va foydali yangiligimiz bor!

Oxirgi vaqtlarda @pmtests kanalimizda 1000 dan ortiq Prezident va Al-Xorazmiy maktabiga tayyorlanayotgan o'quvchilar testlarni faol ishlab bormoqda. Ota-onalardan esa o‘quvchilar natijasini oshirish bo'yicha ko'plab savollar kelmoqda, shuning uchun sizga yangiliklarimizni navbatma-navbat aytib boraman. 😊

Lekin avvalo sizlardan bir savol:
Sizningcha, biz qanday yangilik tayyorlaganmiz? Yoki siz bizdan qanday yangilik kutasiz?


👇 Izohlarda taxminingizni qoldiring.

O‘ylaymanki, bu yangilik farzandingizning ta’limiga jiddiy o‘zgarish olib keladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍50🔥9🎉7🤩5👏3
#kun_savoli_javobi

Safar uchun jami 11+15+10=36 litr benzin sarflangan. Benzin uchun hamma bir xil miqdorda xarajat qilishi kerak. U holda har biriga 36:4=9 litrdan benzin to'g'ri keladi. Demak, Dolim 9 litr benzin uchun 108000 so'm to'lagan. Har bir litr benzin narxi 108000:9=12000 so'm bo'ladi. Dolimdan do'stlari 9 litrdan ortiqcha sarflari uchun pul oladi. Aziz 2 litrga, Botir 6 litrga, Sobir 1 litrga pul oladi. Ya'ni Aziz 24000 so'm, Botir 72000 so'm, Sobir 12000 so'm pul oladi.

Javob: Dolim Azizga 24000 so'm bergan.

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
Sohibova Xonzodabegim
🥈Temurbek Mo‘ydinov
🥉Behruz Mamatqulov

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

👉🏼👉🏼 @PMTESTS
👍11🔥5🎉2