Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.6K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
489 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
#Muammoli_masalalar: Geografiya fani o'qituvchisi o'quvchilaridan Rossiyada nechta viloyat borligini so'radi. 1-o'quvchi 38ta deb javob berdi. 2-si 43ta, 3-si 48ta, 4-si 52ta, 5-si 54ta va 6-si 55deb javob berdi. Shunda o'qituvchi ulardan eng yaqin kelgani 1taga adashganini va ikkitasi 6tadan kamga xato qilganligini aytdi.
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
🔥6😱3🤩1
Xonadon obro‘yi, taxti-erkakdir,
Bolalar quvonchi, baxti-erkakdir.
Ayollar qudrati mulki-erkakdir,
Vatanim g‘ururi ko‘rki-erkakdir.

Dasturxon qutligi - ular mehnati,
Ustlarning butligi - ular himmati.
Farzandlar chirog‘i - ular borligi,
Muhabbatning bizga mudom yorligi.

Erkaklar mardligi berur iftixor,
Ularda mehr bor va muhabbat bor.
Farzandin ertasin o‘ylovchi ular,
Oila obro‘yin qo‘llovchi ular.

Shunday yigitlarni sevar xaloyiq,
Shundayin erkaklar mehrga loyiq.
Ular elimizning sodiq posboni,
Ular bor, tinch erur yurtning osmoni.

14-Yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etamiz!

♻️Do'stlaringizni birinchi bo'lib tabriklang♻️
👉👉 @pmtests
#savol_javob: Prezident maktablari o'quvchilari uyiga qatnab o'qishi mumkinmi?

Prezident maktabi internat shaklidagi davlat taʼlim muassasasi hisoblanib, oʻquvchilar haftaning besh kuni (dushanba-juma) maktab hududida qolib oʻqishlari talab etiladi, dam olish kunlari esa ota-onalar farzandlarini uyga olib ketishlari mumkin.

Bunday tizim bolalarga yaratilgan rivojlanish muhitida doimiy ravishda bo’lish imkonini bergani sababli, ta’limning eng samarali shakillaridan biri hisoblanadi. Bunday sharoitda bolalar o‘z iste’dodlari va qobiliyatlarini maksimal darajada oshirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Manba: pm.piima.uz

👉👉 @pmtests
👍3
«Biz prezident universitetini quramiz. Oksford taʼlimini birinchi marta O‘zbekistonda joriy qilmoqchimiz. Biz yangi prezident maktablarini ochdik, endi 8000 talabaga mo‘ljallangan yangi prezident universitetini ochamiz. Barcha domlalari chet eldan bo‘ladi», – dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Prezident universitetining ochilish sanasi aniq emas. Ammo bu kelajakda prezident maktabi o'quvchilarini yanada ko'proq imkoniyatlar kutayotganini bildiradi.

Manba: t.me/piimauz

👉👉 @pmtests
👍4
АҚШда ўқиш учун 100 минг долларга яқин грант ютган президент мактаби ўқувчиси, Фирдавс Абдуқаюмов: «Муҳими – вақтни беҳуда ўтказмаслик»

Batafsil: https://kun.uz/81706878

👉👉 @pmtests
🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Жуда самимий сухбат бўлибди: "Мен ҳам қишлоқдан чиққан одамман, уларнинг армонларини биламан" – Шавкат Мирзиёев

👉👉 @pmtests
👍2
🌐Maxsus maktablarga tayyorlash pullik kanallarimizda 2021-yil 1-fevraldan “Tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar”ni yechishni o’rganish bo’yicha video va audiodarslar joylab boriladi.

♻️Kanalga ulanish narxi 2021-yil 📆31-yanvargacha 💰100 ming so’m bo’lib, 📆1-fevraldan boshlab 💰130 ming so’mni tashkil etadi.

🔴Kanalga arzonroq narxda a'zo bo'ling!

4-5-sinflar kanalida quyidagi mavzular videodarslar orqali tushuntirishgan va mavzuga oid test materiallari joylangan.

Arifmetikaga oid mavzular (ketma-ketliklar, taqqoslash, qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish, birgalikdagi amallar, amallarning xossalari, tengliklar va tenglamalar, yaxlitlash, ma’lumotlarni grafiklarda aks ettirish, o’lchov birliklari, geometrik shakllar va ularning tariflari, geometrik o’lchovlar, kasrlar va ularni taqqoslash, oddiy kasrlarni qo’shish va ayirish, o’rta qiymatlar, aralash kasrlar, o’nli kasrlar va ularni taqqoslash)

Muammoli masalalarni yechish bo’yicha mavzular (Mantiqiy fikrlash va solishtirish, sonlar va ularning arifmetikasi, mumkin yoki mumkin emaslik, mulohaza yuritish masalalari, rost va yolg’on, qoldiqli bo’lish, juft va toqlik, Ven diagrammasi va to’plamlarga doir masalalar, ehtimollik va aniqlik, to’g’ri to’rtburchak va kvadrat kabi shakllar sonini aniqlash)

Amaliy masalalar yechish (pul mavzusiga doir misollar, vaqt mavzusiga doir misollar)

Tanqidiy fikrlash mavzulari (Zaruriylik va yetarlilik sharti, faraz qilish usulida fikrlash va masalalar yechish)

Hozirgi vaqtda 4-sinf mavzulari to’liq qamrab olingan. 5-sinf mavzulari ustida ish olib borilmoqda. 6-7-sinflar mavzulari ham talablar asosida tayyorlanmoqda. Mavzular yakunlangach amaliy misollar ishlash bo’yicha darslar tashkil etiladi. Darslarda Cambridge Assessment Admissions testlari amaliy tarzda qanday ishlanishi o’rgatiladi.

Biz kanalimiz SIZ uchun juda ham foydali bo’lishi uchun mehnat qilamiz. Siz ham materiallarimizdan samarali foydalaning!

Ma'lumot uchun: @pullikkanaltavsifi
Murojaat uchun: @pmtests_admin

Kanal manzili:
@pmtests
👍84
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi davrning o'z qahramonlari bo'lishi kerak. Yangi iqtidorlar, yangicha yutuqlar, yangicha ta'lim kerak!

Iqtidorli yoshlarni aniqlash, o'qitish va tarbiyalash, har bir sohada professional bo'lishlari uchun ta'limning yangi fanlararo yondashuvini joriy qilish Prezident, ijod va iqtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi va uning tasarrufidagi maktablarning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Manba: @piimauz

👉👉 @pmtests
#tavsiya. Prezident maktabi imtihonlariga mukammal tayyorlanish uchun nima qilish kerak!?

👨‍🏫 Avvalo matematikaga e'tibor qaratish, yaxshi matematika ustozlari bilan qo'shimcha tayyorgarlik ko'rish kerak. O'z darajasidagi sinf darsliklari va imkon bo'lsa yuqori sinflar darsliklaridan ham misollarni, ayniqsa matnli masalalarni ishlab chiqish lozim.

Darslarga parallel tarzda o'zini muntazam repetitsion testlar yechish orqali sinab borishi tavsiya qilinadi. Bu ularga o'tilgan mavzularni esdan chiqmasligini va kelgusi mavzular haqida to'liq tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Hamda muammoli masalalarni o'qituvchisi bilan tahlil qilib o'rganib oladi.

🔵 Matematikadan ma'lum darajada bilim va ko'nikmaga ega bo'lib, tanqidiy fikrlashga e'tibor qaratiladi. Bu bo'yicha biror batafsil kitob yo'qligi sababli mavjud testlar orqali tanqidiy fikrlash savollarini yechishni o'rganish mumkin.
Ingliz tilidan asosan o'qib tushunish (reading) va eshitib tushunish (listening) topshiriqlaridan tayyorlaniladi.

Noto'g'ri tushunchalar: bizni o'qituvchimiz oddiy matematika o'qitmoqda, bizga matematika emas tanqidiy fikrlash kerak.
☝️Matematikani chuqur o'rganmay faqat tanqidiy fikrlashni o'rganayotgan aksariyat o'quvchilar uchun o'rgangan narsalari umuman foyda bermasligi mumkin. Chunki, asosiy imtihonni matematikadan saralash imtihonidan o'tganlar topshiradilar.

🔶 Oddiy matematika bilan muammoli masalalarni nima farqi bor?
Nostandart masalalar shunday masalalarki, har biri o'ziga xos yechimga va mantiqga ega bo'ladi. Oddiy matematikada olgan bilimingizdan foydalanib, ularning yechilish usullarini o'rganib olish kerak.
💹Qancha ko'p test yechsangiz shuncha ko'p muammoli masalalar va tanqidiy fikrlash mavzularini o'zlashtirasiz. Bilmagan narsalaringizni ustozingizdan muntazam so'rab boring!

@pmtests jamoasi barcha o'quvchilarga ilm olishda muvaffaqiyat tilaydi!

👉👉 @pmtests
👍3
Respublikamizning barcha hududlarida prezident maktablari ochilishi aniq bo'lib bormoqda.

Xususan rasmiy sayt hisoblangan pm.piima.uz da Samarqand, Buxoro, Qarshi, Farg‘ona, Guliston, Jizzax, Termiz, Navoiy, Andijon va Nurafshon shaharlarida ochiladigan Prezident maktablariga o‘qituvchilarni ishga taklif etib e'lon joylangan.

Demak, tayyorgarlikni yanada kuchaytirish vaqti keldi. Prezident maktabiga kirish imkoniyati faqat bir marta beriladi. Hammaga omad tilaymiz!

👉👉 @pmtests
#kun_savoli. Akmal beshburchakdagi 10 ta aylanadan 5 tasiga son yozdi. Qolganlariga ham shunday sonlar yozdiki, beshburchakning har bir tomonidagi sonlar yig'indisi teng bo’ldi. X harfi o’rniga qaysi son yozilgan?

Javoblarni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi!

👉👉 @pmtests
👍2
#kun_savoli_javobi.
Bir nechta harflarni belgilab olamiz. Shunda bir tomonidagi sonlar yig'indisi A+3+7=A+10, boshqa tomonda A+1+B, bundan 10=1+B =>B=9 ni topamiz, C harfi qatnashgan ikki tomonda ham shunday qoidani qo'llaymiz. 9+6=2+X => X=13
Javob: 13

Kun savoliga to'g'ri javob yuborgan ishtirokchilar testda bepul ishtirok etadi.
Bundan keyingi yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi!

👉👉 @pmtests
#olimpiada_savoli: Murotjon yangi mashinasida Andijondan Toshkentga 180km/soat tezlikda keldi. Mashina radarga tushib jarima to'lashga to'g'ri keldi. Keyin u Andijonga 60km/soat tezlikda qaytdi. Uning borib kelish yo'lidagi o'rtacha tezligini toping
Anonymous Quiz
16%
90 km/soat
12%
100 km/soat
16%
108 km/soat
50%
120 km/soat
5%
144 km/soat
👍13🤩8😱6🎉4🔥1
📈 Rivojlanayotgan mamlakatlarda taʼlim uchun sarflangan qoʻshimcha har bir yil inson daromadini oʻrtacha 10% ga oshiradi.

🧠 Buning sababi sifatida “inson qancha koʻp oʻqisa, uning kelajak uchun toʻgʻri sarmoya kiritish ehtimoli shunchalik koʻp boʻladi” degan fikr ilgari suriladi.

👩 Maʼlum boʻlishicha, dunyo boʻyicha ayollar oʻz daromadlarining taxminan 90% ini oilasi va ishiga sarflagan holda, juda kam miqdorni qoʻshimcha darslar uchun ishlatar ekan. Erkaklarda esa ushbu koʻrsatkich oylik maoshning oʻrtacha 30% ini tashkil etadi.

📚 Baʼzi tadqiqotchilarning fikriga koʻra, agar har bir bola oʻqishni oʻrganganda edi, hozir qashshoqlikda yashayotganlar soni 170 millionga kam boʻlar edi.

Manba: Khan Academy Oʻzbek

👉👉 @pmtests