Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.44K videos
488 files
2.55K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Qizim birinchi o'rinda Prezident matabiga kirdi...

Pullik kanallarimizga a'zo o'quvchilardan xushxabarlar kelmoqda. Joriy yilda Al-Xorazmiy va Ixtisoslashtirilgan maktablarga 150 dan ortiq online kurslarimiz o'quvchilari qabul qilinishdi. Hozirda Prezident maktabi natijalarini umumlashtirish jarayoni ketmoqda. Natijalarni sizlarga taqdim etamiz.

Bu yil birinchi bor bir nechta o'quvchilarini prezident maktabiga kiritgan ustozlar va rekord darajada ko'p o'quvchilarini kiritishga muvaffaq bo'lgan ustozlar foydali materiallar va testlarimizni e'tirof qilib tashakkur aytishmoqda.

Ustozlar va o'quvchilarning asosiy xulosasi, tayyorgarlikni ertaroq boshlash bo'lmoqda. Shuning uchun biz ham Sentabrning boshida online darslar va pullik kanallarga qabulni ochishni reja qilmoqdamiz.

👉👉 t.me/pmtests
👍123🔥19🤩8🎉4👏3
#tahlil_asosiy_imtihon

2025-yil Prezident maktabi Asosiy imtihonida o'tish ballari keskin ko'tarildi.

✔️ 2024-yilgi Asosiy imtihon bilan solishtirganda 2025-yildagi o'rtacha o'tish bali 16 balga, eng yuqori olingan o'rtacha ballar esa 14.5 balga ko'tarilgan. O'quvchilar, raqobat kuchaymoqda, tayyorgarlikni ertaroq boshlash kerak.

✔️ 2024-yilda 67,5 bal bilan, 2025-yilda 80,5 ball bilan eng yuqori o'tish bali Toshkent shahrida kuzatilgan. Ikkinchi o'rindagi eng yuqori o'tish bali Jizzax viloyatida.

✔️ Jizzax viloyati, Samarqand va Surxondaryoda raqobat boshqa viloyatlardan ko'proqqa oshgan. Ya'ni ushbu viloyatlarda o'tish ballari 20 ballga ko'tarilgan.

✔️ 2025-yilda eng yuqori ballni qo'lga kiritgan o'quvchi Namangan viloyatidan bo'lib, u 93 ball to'plagan.

✔️ 2024-yil imtihonidan farqli ravishda tanqidiy fikrlashdan 100% (16/16) va muammoli masalalardan 100% (24/24) to'g'ri yechgan o'quvchilar mavjud. Ammo, bir vaqtda ikkisidan ham 100% to'g'ri javob bergan o'quvchilar yo'q.

👉👉 T.ME/PMTESTS
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1😱57👍47👏9🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab haqida ma'lumot

2017-yilda tashkil etilgan bu maktabga 4-sinf bitiruvchilari imtihon asosida qabul qilinadi. Maktab Toshkent shahrida joylashgan bo'lib, Andijon, Farg'ona, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro, Xorazm va Nukus hududlarida filiallari mavjud.

‼️Kelgusida barcha viloyatlarda filiallari ochilishi rejalashtirtirilgan‼️

Maktab zamonaviy standartlar asosida jihozlangan bo’lib, o’quvchilar olgan nazariy bilimlarini amalda mustahkamlashlari uchun maxsus ishlab chiqilgan uskunalar bilan boyitilgan. Ilmiy laboratoriyalar va namoyish zallari, 500 o’rinli faollar zali zamonaviy jihozlarga ega. 10 ta so’ngi modeldagi kompyuterlar bilan jihozlangan IT labaratoriyalar mavjud.

Maktab va yotoqxona hududida tibbiy markaz va izolyator mavjud. Maktabning sport majmuasi barcha zarur jihozlar bilan jihozlangan. 125 nafar o’quvchiga mo’ljallangan, 3000 dan ziyod badiiy adabiyotga ega bo’lgan kutubxona faoliyat ko’rsatadi. Robototexnika va sxemotexnika xonalari barcha zaruriy texnika bilan jihozlangan.

Ushbu maktab qabul imtihonlarida o'quvchilar matematika va ingliz tili fanlari dan test sinovlarini topshiradilar.

👉👉 t.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍50🔥8👏4🤩4🎉1
Imtihon ruhi

Prezident maktabiga qabul qilingan o'quvchilarning aksariyati @pmtests jamoasiga tanish, yaqin kerak bo'lsa qadrdon o'quvchilardir. Ular haftalik testlarda faol ishtirok etgan va eng muhimi O'quv markazlarida o'tkazilayotgan testlarda yuqori natijalarga erishayotgan o'quvchilardir.

Ustozlarimizdan biri: "Termometr havo haroratini qanday o'lchasa, @PMTESTS prezident maktabiga tayyorlanayotgan o'quvchilar bilimini shunday o'lchaydi" degan edi.

Yana bir o'quvchilarining ajoyib natijalaridan xursand bo'lgan ustoz: "Asrorbek, bizning o'quvchilar kitoblarni qisqa vaqtda tugatib qo'yishadi. Ular yil davomida sizlarning testlaringizni yechib, imtihon ruhini his qilishadi. Kuchli raqobat, tayyorgarlik testlari natijalarini kutish, birgalikdagi tahlil va xatolarni to'g'rilash bizning natijamizda asosiy omil" deydi.

O'tgan yili ikki yil to'liq pullik sinov testlariga qatnashib, Prezident maktabiga 1-o'rinda kirgan o'quvchi haqida yozgan edik. Bu yil ham shunday holat. Mardlar maydonda sinaladi.

‼️Bu yil tayyorlanayotgan o'quvchilarga ham oktabrdan boshlanadigan imtihon muhitini his qildiradigan offline testlarda faol ishtirok etishni rejaga kiritib qo'yishni tavsiya qilamiz.

👉👉 t.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53👏3🔥2
Rekordchi ustozlar kim

Kecha yozgan postimdagi "rekord darajada ko'p o'quvchi kiritishga muvaffaq bo'lgan ustozlar" degan jumladan keyin ular kim degan savollar ko'paydi.

Ma'lumot o'rnida aytamizki, O'zbekistonda bir hududga eng ko'p o'quvchi kiritgan markaz "EDU HILOL" o'quv markazi bo'lib, 2025-yilda Jizzax shahridagi Prezident maktabiga 19 ta o'quvchi kiritishga muvaffaq bo'lishdi.
👍141🔥27😱18👏15🤩1
Qaysi maktabni tanlay?

Bir o'quvchimiz bir oy Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy maktabida o'qiganidan keyin Prezident maktabiga o'qishga bordi. U men uchun Al-Xorazmiy yaxshiroq ekan degan edi.

Iqtidorli o'quvchilar bir vaqtda bir nechta maktabga qabul qilindilar va qaysi birini tanlash bo'yicha maslahatlar so'rashmoqda. Ularga va ularning ota-onalariga quyidagi ma'lumotlarni aytib o'tamiz:

Agar farzandingiz kelajakda Informatika yo'nalishidan ketishni xohlasa va Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy maktabiga qabul qilingan bo'lsa, farzandingiz uchun Al-Xorazmiy yaxshiroq variant bo'lishi mumkin.

Yangi ochilgan Al-Xorazmiy maktablari viloyat filiallarini tanlashda boshqa omillarga ham e'tibor qaratish lozim. Agar Siz farzandingiz bir hafta davomida maktab yotoqxonasida qolib o'qishini istamasangiz Al-Xorazmiy maktabi filialini tanlashingiz mumkin.

Ammo, ko'p hollarda tabiiy va ijtimoiy yo'nalishlarda chetellik mutaxassislar va individual yondashuv nuqtai-nazaridan Prezident maktablari eng yaxshi tanlovlardan biri hisoblanadi. Chunki, yangi ochilgan Al-Xorazmiy maktabi filiallarining Toshkent shahri darajasiga chiqishi uchun biroz vaqt talab qilinishi mumkin.

‼️ Eng muhimi bu maktablarga kira olgan o'quvchilar o'ziga munosib maktabni tanlay oladigan salohiyatli o'quvchilar hisoblanadi. Barcha afzallik va kelajakdagi imkoniyatlarni aytib maktab tanlashni o'quvchining o'ziga qo'yib bergan ma'qul.

👉👉 t.me/pmtests
👍36🔥4👏4
151771_natijalar.html
19.6 KB
Final yutuqli olimpiada natijalari.

💡 Test yakunlandi!
🔰 Test kodi: 151771
👨 Test qatnashchilari: 80 ta
📝 Kalitlar: 1-D 2-A 3-B 4-C 5-D 6-D 7-C 8-A 9-C 10-B 11-C 12-B 13-A 14-D 15-B 16-C 17-B 18-D 19-A 20-D 21-C 22-D 23-C 24-D 25-B 26-D 27-C 28-C 29-C 30-A
👍8😱3👏1
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
151771_natijalar.html
Kecha pullik kanallarimizda o'qib natija ko'rsatgan o'quvchilar o'rtasida yutuqli olimpiada o'tkazildi.

Kecha 27-avgust o'tgan o'quv yilida @PMTESTS pullik kanallarida o'qib maxsus maktablar imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tgan 160 dan ortiq o'quvchilar o'rtasida yutuqli olimpiada o'tkazildi. Unda ishtirok etgan o'quvchilarga minnatdorlik izhor etamiz.

Ularning ko'pchiligi maqsadiga erishib prezident, al-Xorazmiy va Ixtisoslashgan maktablarga qabul qilinib bo'ldi. Ular uchun oxirgi o'tkazgan testimiz ixtiyoriy bo'lsa-da, unda ishtirok etayotgani ularning maqsadlari KATTAROQ ekanligini anglatadi.

Ular nufuzli maktabga qabul qilinishni muvaffaqiyatning boshlanishi deb biladilar va ilm olishga bundan keyin ham yanada rag'batni oshiradilar. Men ularga havas qilaman. Ular o'n minglab o'quvchilar kirishni orzu qilgan, ammo erisha olmagan maktablarda o'qishga haqli o'quvchilardir. Ularning kelgusi o'qishlarida ham omad tilab qolamiz.

👉👉 t.me/pmtests
👍24👏9
Bugun, 2025-yil 28-avgust soat 09:35 da O'zbekistonning doimiy aholi soni 38000000 nafarga yetdi. Shu vaqtda aholi tarkibidagi erkaklar soni 19136800 ta edi.
Bugun soat 09:35 dagi holatda O’zbekistondagi ayollar soni erkaklardan qancha kam bo’lgan?
Anonymous Quiz
41%
18 863 200
27%
863 200
26%
273 600
6%
245 400
👍49😱16🔥15🎉12👏8🤩6
Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon” romanida 17 yoshli Ra’noning savodi haqida shunday yozadi:

"Ra’no Nigor oyimning to‘ng‘uchi, bu yil o‘n yetti yoshni to‘lduradir. Savodni otasidan o‘qub, o‘n to‘rt yoshida ibtidoiy maktab pro‘g‘ramida bo‘lg‘an barcha darslarni bitirgan, masalan: diniy qismdan – “Haftiyak”, “Qur’on”, “Chahor kitob”, “So‘fi Olloyor”, “Maslaki muttaqin”, adabiyotdan – Navoiyning barcha asarlari, devoni Fuzuliy, Layli Majnun; Amiriy, Fazliy va shulardek chig‘atoy-o‘zbek katta shoirlarining asarlari; forsiydan – Xoja Hofiz Sheroziy va Mirzo Bedil, xusni xat, insho va boshqalar. Bu kunlarda bo‘lsa bir tomondan qizlarg‘a saboq berib onasig‘a ko‘maklashsa, ikkinchi tarafdan otasida kofiya (arab nahv va sarfi) hamda Shayx Sa’diyning “Guliston”idan dars oladir va shuning qatorida o‘zi yaxshi ko‘rgan chig‘atoy-o‘zbek shoirlarining badi’a asarlaridan alohida bir majmu’a tuzib yuriydir." (Bu rus bosqinchilari kelishidan oldingi qizlarimizning holati)
___________________

Rus bosqinchilari yurtimizga bostirib kelganida g‘o‘yoki bizning xalq savodsiz va madaniyatsiz-u, ular bizga o‘qish-yozish va madaniyatni o‘rgatgani kelgandek edi. Aslida xalqimiz ilmiy ma’rifiy sohada hamda madaniyat borasida ulardan anchagina ustun edi. 17 yoshli Ra’noning o‘qib bitirgan nodir va qimmatbaho kitoblarini ziyolilikni da’vo qiluvchi bosqinchilar tushunishga ham ojiz edilar. Bosqinchilar xalqimizning eng ilmli va ziyoli qatlamini yo‘q qildi. Ilmga qiziqishni yo‘qotib, bizni imkon qadar savodsiz qilishga urinishdi. Ammo bugungi kunda xalqimizda ilmga e’tibor yana kuchaymoqda. Biz yakin kelajakda ilmga chanqoq yoshlarimiz bilan ilmda boshqa millatlardan ustun ekanligimizni yana ko‘rsatib ko‘yamiz!

👉👉 t.me/pmtests
👏55👍18🔥15😱4🤩3🎉2
"Turon hududida davlatchilik shakllanganida rus millatining o'zi yo'q edi." kun.uz da o'zbek tarixchilari bilan keyinchalik paydo bo'lgan va hatto afandisi ham yo'q bo'lgan millat vakilining BUYUK XALQIMIZ haqida aytgan ahmaqona so'zlari bo'yicha suhbat o'tkazilibdi.

Buyuk bobomiz Amir Temur aytganidek, haqiqatan ham biz millatlarning eng qadimi va eng ulug'imiz. Biz turklarning bosh bo'g'inimiz. Tomirlarimizda buyuk ajdodlarimiz qoni oqmoqda.

👉👉 @PMTESTS
👏18🔥12👍3🤩2🎉1
#Сўраган_эдингиз
#qabul_2025

Prezident maktabining 1-bosqichidan o‘tgan barcha o‘quvchilar, 2-bosqich natijasidan qat’i nazar, tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabga imtiyoz asosida qabul qilinadimi?

Yo‘q. Joriy yildan yangi tartibga ko‘ra, Prezident maktablarining 5-sinfiga kirish imtihonlarining 2-bosqichida ishtirok etib, o‘qishga qabul qilinmagan 48 nafar o‘quvchi ballar ketma-ketligida hujjat topshirgan ixtisoslashtirilgan maktabning aniq fanlar yo‘nalishi uchun belgilangan qabul kvotasining 50%idan oshmagan holda o‘qishga qabul qilinadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥5🎉2
#qabul_mulohazalari

Keyin chaqirmay birdan imtihondan o'tkazsak bo'lmaydimi?

2025-yil Prezident maktabi asosiy imtihonidan yiqilgan 48 ta o'quvchi (25-72-o'rinlar) Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinishi belgilandi. Ammo, 48 ta o'quvchi bo'sh qolgan kvotani to'ldirmasligi inobatga olinmagan:

Birinchidan, bu 48 ta o'quvchi eng faol o'quvchilardan bo'ladi va ko'pchilik qismi ixtisoslashgan maktablarga imtihondan o'tgan va oldinroq qabul qilingan bo'ladi.

Ikkinchidan, belgilangan qabul kvotasi va imtihondan o'tgan o'quvchilar o'rtasidagi farqni to'ldirish qanday amalga oshiriladi. Misol uchun Andijon viloyatida 552 ta 5-sinf o'quvchisini Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilish rejalashtirilgan. Ammo, imtihondan o'tgan o'quvchilar soni 337 ta. Demak, kvotani to'ldirish uchun yana 215 ta o'quvchi ixtisoslashgan maktablarga chaqirilishi kerak. Bundan tashqari imtihondan o'tgan o'quvchilar bir vaqtda boshqa maktablarga ham qabul qilinganini hisobga olsak, chaqiriladigan o'quvchilar soni yanada ortadi. Shunday vaziyatda Asosiy imtihondan yiqilgan faqatgina 48 ta o'quvchiga imkon berilishini to'g'ri qaror deyish qiyin.

Yana shuni aytish kerakki, imtihondan o'tadigan o'quvchilar soni qanday mezon asosida bo'lgani tushunarsiz. Misol uchun ba'zi maktablarga belgilangan kvotadagi 50% miqdoridagi o'quvchilar imtihondan o'tgan bo'lsa, ba'zilarida bu 90% gacha boradi. Agar faqat 48 ta o'quvchiga imkoniyat berilsa, va qolganlarda bunday imkoniyat yo'q bo'lsa, nima uchun ko'proq o'quvchilar imtihondan o'tkazilmadi?!

Xullas, hali anchagina o'quvchilar Ixtisoslashtirilgan maktablarga chaqiriladi. Bunda imtihon nasijasidagi o'rniga e'tibor qilish kerak.

‼️Toshkent shahriga qabul kvotasini oshirish va yangi ixtisoslashgan maktablarni ochish masalasi ham dolzarb. Respublikadagi eng qaynoq joydagi ixtisoslashgan maktablarga ajratilgan joy atigi 144 ta. Bu Respublikadagi eng kam ko'rsatkich bo'lib, Farg'ona viloyatida esa 648 ta o'quvchi (4,5 marta ko'p) 5-sinf ixtisoslashgan maktablarga qabul qilinadi.

👉👉 t.me/pmtests
👍64🔥7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dron shou ham zo’r bo’ldi lekin. Bunaqasi ilgari bizda bo’lmagandi. Dronchilarimizning ancha tajribasi oshibdi. (@xushnudbekuz)

Yaqinda, Xitoydagi dron shoudan hayratlangan edim, o'zimizning dron shou ham ulardan kam emas!!

Olg'a O'zbekiston!!! Mustaqillik bayrami muborak bo'lsin!!
2👍114🎉21🤩16🔥14
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ozodbek Nazarbekovdan yangi ijod namunasi.

Dunyoni bilim ila hayratda qoldirish navbati endi senikidir... Uyg‘on, o‘g‘lim!


👉👉 t.me/pmtests
👍111🔥18👏12🎉8🤩6
Ertangi kunimizni mustahkam qilishimiz kerak. Qachon mustahkam qilamiz? Bilimli bo’lsak. Agar bobolarimiz buyukligidan ruhlanib, har bir soha bo’yicha ta’limni mukammal qilsak, manaman degan davlatdan kam joyimiz yo’q. Bolalarimizni zo’r o’qitsak, natija biz kutgandan ham yaxshi bo’ladi. Mustaqillagimiz barqaror va abadiy bo’ladi!! (Sh.Mirziyoyev)

Mustaqilligimiz barqaror bo’lishi uchun o’qiylik va o’qitaylik!!

👉👉 @PMTESTS
🔥32👍12👏2🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston mustaqilligi kuni e'lon qilingan tarixiy videolavha.

Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!!!

👉👉 t.me/pmtests
1👍39🎉12🔥9👏6
Gar sendan nolisam uvoldir umrim,
Sen bilan paydodir qudratim, qurbim,
Har qarich xokingni ko‘zimga surdim,
G‘ubor-gardlaringni sevaman, Vatan!

Toza tuprog‘ingga yo‘lamas xatar,
Ozod osmoningda porlagay qamar,
Navoiydan Orif Abdullo qadar
Bayot-baytlaringni sevaman, Vatan!

Bobolardan meros — nomus, or, g‘urur,
Bizdan avlodlarga eltasan surur,
Toleingga mudom baxsh aylagan nur
Yorqin manglayingni sevaman, Vatan!

Chora axtarmasman o‘zimga chetdan,
Istiqloling murod-maqsadga yetgan,
Har bir nafasimga hayot baxsh etgan
Tirik dardlaringni sevaman, Vatan!

Aziz xalqimizga Mustaqillik bayrami muborak bo'lsin. Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!

👉👉 t.me/pmtests
👏54👍11🔥11🎉8🤩3
‼️ Bugundan maktab ta'limi boshlanadi‼️

Buyuk kelajak va farovon hayotga olib boruvchi yagona narsa sifatli ta'limdir. Maktab o'qishiga qaytgan yoki birinchi bor maktabga qadam qo'yayotgan yoshlarimizga muvaffaqiyat tilaymiz!

Zora, ular yaxshi ta'lim olib yurtimiz taraqqiyotiga ulkan hissalar qo'shishsa. Barcha ustozlarga ham o'zining sharafli ishlarini mukammal bajarishlarida omad yor bo'lsin!!

👉👉 t.me/pmtests
👍42🔥7🤩3