Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
80.9K subscribers
2.14K photos
1.92K videos
344 files
3.23K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
Kanal asoschisi — Asrorbek Jumanazarov
Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)
📩 Murojaat uchun: @pmustoz Tel: +998555007575
Download Telegram
#oʻquvchilar_oʻqishini_koʻchirish
#transfer_piima_uz

🔔 OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda 2025/2026-o‘quv yilida oldidan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, Agentlikka ariza yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi ishlayotganini eslatib oʻtamiz.

📆 Arizalarni joriy yilning 8-18-avgust kunlari Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

✅️ Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini eslatib o‘tamiz.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
➖O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
➖arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
➖o‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
➖ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi .


❗️ESLAB QOLING!

✅️Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari davlat tashkilotlarida ishlaydigan ota-onasining ish joyi bir hududdan boshqa hududga o‘zgargan taqdirda, o‘sha hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lganda o‘quvchining o‘qishini ko‘chirishga ruxsat etiladi.

✅️Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SOʻZ saqlab qoʻyilishi zarur! Ushbu kalit soʻz yordamida arizangiz holatini tekshirib koʻrishingiz mumkin.

⚠️ Belgilangan hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilishiga sabab boʻladi.

📞Murojaat uchun: 71 207 20 17 (180)

Bizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4🤩3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ona_duosi

Farzandini prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlayotgan ota-onalar e'tibor qaratishi lozim bo'lgan yana bir jihat ustoz Doniyor Nasriddinov misolida...

👉👉 t.me/PMTESTS
👏90🔥28👍16🎉6🤩5😱1
#Bizga_tanish_savol

🔷 Ilm olish yo’lida qiyinchilikka duch kelib kiyimlarigacha sotishni boshlagan talabaga do’konchi quyidagicha masxaratomuz savol beradi

⁉️ Sen o’nlab ustozlar oldida vaqtingni behuda o’tkazib o’qiyotgan barcha kitoblaringni men bir bog’ ko’katimga almashmayman. Jamlagan barcha kitoblaringni olib kel! Bir bo’chka suvga solib ilitamiz, qani ichidan nima chiqar ekan
⁉️

‼️ Yillar o’tib talaba uning savoliga javob beradi. “Men butun kitoblarimni qalbimga soldim. Qalbimdan shu sen ko’rib turgan narsalar qaynab chiqdi”..‼️

Ajoyib hikoya ekan, eshitishni tavsiya qilamiz. 👇👇
https://www.youtube.com/watch?v=uaUfBVDI4tQ
👍40🔥5🤩3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oltin_qoida

‼️Bolani mehr-muhabbat, e'tiborga g'arq qiling! Ammo, moddiyatdan siqib qo'ying‼️

Farzandi telefonga berilib ketgan ota-onalarga mantiqiy savol: Qachon siz o'zingizni qo'lga olasiz, qachondan beri bola sizga otalik yoki onalik qila boshladi
⁉️

✅ Tirikchilik bilan band bo'lib, farzand tarbiyasiga e'tibor bermaslik bolani yo'qotishni anglatadi. Faqirlikdan qo'rqib bolangizni o'ldirmang!

✅ Oilada qonunlar joriy qilish lozim. Qonunlarni qabul qilishda farzandlar fikri inobatga olinadi, ular bilan kelishiladi. Ammo, qonunlarni ijro qilishda ota-ona qat'iy bo'lishi lozim.

✅ Xalqaro standartlar bo'yicha 2 yoshgacha bolalarga telefon berilmaydi. 2-6 yoshgacha zarurat tug'ilganda bir kunda maksimal bir soatgacha berish mumkin. 7-12-yoshgacha maksimal 2 soatgacha berish mumkin. Ammo, imkon daraja kamroq berilgani maqsadga muvofiq.

👉👉 t.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍76🔥19👏13🎉3🤩2😱1
Foydali ilmlarni o‘rganish ixtiyoriy ish emas, balki majburiyatdir.

30.08.2024 jum'a ma'ruzasidan parchalar

✅ Musulmonlar chet tillarini o‘rganishga targ‘ib qilinadilar. Zukko sahobiylardan Zayd ibn Sobit roziyallohu anhuga Payg‘ambarimiz alayhissalom ibroniy tilni o‘rganishni buyurdilar. U kishi 15 kunda bu tilni o‘rganib, yahudiylar bilan bo‘ladigan yozishmalarda kotiblik va tarjimonlik qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).

✅ Bugungi kunda yoshlarimiz ingliz, xitoy, rus, arab, nemis, turk tillarini bilishi ularga har jihatdan keng imkoniyatlar eshigini ochadi.

✅ Ilm olishda ixlos va yaxshi niyat ham juda muhim. Ilm olishdan asosiy maqsad o‘rganganiga amal qilish, o‘zgalarga o‘rgatish, dini, yurti va odamlarga foyda keltirish, halol kasb qilish bo‘lsin.

✅ Musulmon olimlari turli tabiiy va aniq fanlar yo‘nalishida ham kashfiyotlar qilganki, shulardan bir qismini sizga taqdim qilmoqchimiz.

1. Abu Rayhon Beruniy O‘rta Sharqda ilk bora Yer Quyosh atrofida aylanishi mumkinligini aytib, Yerning aylana o‘lchamini deyarli aniq belgilagan.

2. Abu Muso al-Xorazmiy algebra fanining asoschisi bo‘ldi. U kishi kashf qilgan hisoblash algoritmi hozirgi zamonaviy kompyuterlarni kashf qilishga asos bo‘lib xizmat qilgan.

3. Ahmad Farg‘oniy 861 yili Qohira yaqinidagi Ravzo orolida nilometrni, ya’ni Nil daryosi suvi sathini belgilovchi uskunani yasagan va bu qurilma hozirgacha ishlab turibdi.

4. Mirzo Ulug‘bek hukmdor bo‘lishiga qaramay, Samarqandda katta rasadxona qurdirib, o‘z davrining buyuk astronomi bo‘lgan.

5. Nyu’tonga tegishli deb hisoblab kelingan binom formulasini algebraga Umar Xayom kiritgan.

✅ Xulosa shuki, dinimiz bizga ilmning turli sohalarini o‘zlashtirishga buyuradi. Har bir kishi o‘z sohasining bilimdoni bo‘lsin va shu yo‘nalishda musulmonlarga foydasi tegsin, o‘zgalarning og‘irini yengil qilsin. Shuningdek, yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan har ota-ona va mutasaddilar qo‘l ostidagi o‘quvchi va talabalarni yuqorida sanalgan zotlardek tarbiya qilishga harakat qilishlari lozim. O‘z navbatida har bir o‘quvchi va talaba o‘tgan ulug‘ ajdodlarimizdan ibrat olib, kelajakda ularning xayrli ishlarini davom ettirishlari kerak bo‘ladi.

✅ Ilm o‘rganish har bir musulmon va muslimaga farzdir. Demak, dunyo va oxiratiga foydasi tegadigan ilmlarni o‘rganish ixtiyoriy ish emas, balki majburiyatdir.

👉👉 t.me/pmtests
👍46🔥9👏3😱3🤩2
Matematikani o‘rganish hayotda muvaffaqiyatga erishishni ta'minlaydi

Olimlarning besh yil davomida uch ming o'quvchi bilan o‘tkazgan sinovlari Matematiklarning hayotdagi muvaffaqiyat sirlari haqida ajoyib ma’lumotlarni taqdim etdi.

✅ Matematikani o‘rganayotgan bola o‘z xatolarini tan olishni biladi. Bu fan aniqlikni talab etadi, demak unda natija ham kunday ravshan va to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Xato xulosaga kelgan o‘quvchi, bu javobning noto‘g‘ri ekanini tan olishga majbur. Bu esa hayotda ham o'z xatolarini tan olish, to'g'rilash va rivojlanishga katta yordam beradi.

✅ Matematika ishni oxirigacha bajarishga o‘rgatadi, aks holda masala yechimi topilmaydi. Voyaga yetayotgan bola qiyinchiliklarga uchrab, ko‘p narsadan voz kechishi mumkin, faqat matematika o‘rganayotganlar emas. Ularda maqsadga erishguncha ishlash qobiliyati shakllangan bo‘ladi.

✅ O‘quvchi matematikada tanqidiy fikrlash va muqobil yechimlarga ega bo‘lishni ham o‘rganadi. Barchamizga ma’lumki, masalaning yechimiga turli yo‘llar bilan kelsa bo‘ladi. O‘rganuvchilar ham hayotdagi voqealarni shu qarashga asoslanib, turli jabhadan kuzatadi. Undagi muammolarni yechishda eng tez va samarali uslubini tanlash imkoniyatini qidiradi.

✅ Matematika hayotda tejamkor va tadbirkor bo‘lishga undaydi. Bu fanni o‘zlashtirgan odam hayolida har qanday suhbat raqamlarda namoyon bo‘ladi. Puxta hisob-kitob qilishi, insonga ancha iqtisodiy foyda keltiradi.

Bugungi "raqamli dunyo" va texnologiya asrida matematikaning ahamiyati yanada ortdi. Matematika yaxshi ish, yuqori maosh, hattoki yaxshi tarbiya vositasiga aylandi.

👉👉 t.me/pmtests
👍53🔥11👏6🎉3🤩2😱1
#imtihon_2025
#Prezident_maktablari
#oʻquvchilar_boʻsh_oʻrinlari

🤩 Bugun, 12-avgust kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Agentlik tizimidagi barcha Prezident maktablariga oʻquvchilar boʻsh oʻrinlari uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, Respublikadagi barcha Prezident maktablariga oʻquvchilarning boʻsh oʻrinlari uchun jami 133 nafar talabgorning hujjatlari qabul qilingan. Shundan:

📍Guliston shahridagi Prezident maktabiga 29 nafar;
📍Termiz shahridagi Prezident maktabiga 22 nafar;
📍Navoiy shahridagi Prezident maktabiga 5 nafar;
📍Nukus shahridagi Prezident maktabiga 6 nafar;
📍Qarshi shahridagi Prezident maktabiga 35 nafar;
📍Buxoro shahridagi Prezident maktabiga 13 nafar;
📍Farg‘ona shahridagi Prezident maktabiga 23 nafar.

❗️Mavjud bo‘sh o‘rinlari haqda quyida bilib olishingiz mumkin.

📹 Kirish imtihonlarini jonli efir orqali kuzating.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30😱11👏3🔥2🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Marhamat, tanishing - yangi qahramon.
________
Bu sarfiyot eng yaxshi va boqiy qoluvchi sarfiyotdir (Imom Buxoriy)

Ilm olayotganlarni qo'llab-quvvatlash bobolarimizdan meros qolgan sharafli ishdir.

Imom Buxoriy faqirona hayot kechirar edi. Ba'zan kiygani kiyimi qolmaganidan bir necha kun uyda qolib ketardi. Taomi uch-to'rt dona mayiz bo'lar edi.

Aslida u boy edi, otasidan juda katta mol-dunyo meros qolgan, yaxshigina foyda keltirib turgan edi. Ba'zan bir savdoda 5000 dirham (130mln so'm) foyda olardi. Har oyda kamida 500 dirham (13mln so'm) kelib turardi.

Ammo, u barcha dunyolarini ilm yo'lida sarflab yuborardi. Goh bir faqir talabaga boshdan oyoq kiyim olib berar, goh biror kitobga yetisha olmay yurgan o'quvchilariga o'sha kitobni sovg'a qilar edi. Imomning yaqinlari u talabalarga yordam ko'rsatishda isrof qilish darajasiga borgani aytib malomat qilishardi. Imom Buxoriy ularning e'tirozlariga javoban "Bu sarfiyot Alloh yo'lida bo'lgani uchun yaxshi va boqiy qoluvchi sarfiyotdir", der edi.
👍138👏19🔥7😱3🤩3🎉1
O'zbekiston qancha vaqtdan keyin rivojlangan mamlakatga aylanadi?!

Jahon banki hisobotida O'zbekiston yuqori daromadli mamlakatga aylanishi uchun 100 yil kerak bo'lishi yozilibdi. Bu degani biz tugul, biz hozir o'qitayotgan o'quvchilar va farzandlarimiz ham rivojlangan O'zbekistonni ko'rmasligi mumkin.

Ammo, biz ilm bilan tez fursatlarda taraqqiyotga erishishimiz mumkin va hozir uyg'onish davri keldi. Rivojlangan O'zbekistonni ko'rish hammamizga nasib etsin!!

Shu o'rinda bir she'rni yodga solamiz:

Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.

Ilmsizlikda hama kelgan baloni anglayur,
Ittifoqu g‘ayrat aylab lek irfon istamas,

O‘zga millat uchsalar hikmat topib suyi samo,
Bizni ellar loaqal yer uzra davron istamas,

O‘zgalar etmoqda har kun bing sanoyi ixtiro,
Biz aqalli topmoqqa beranj bir non istamas,

Ey Nihon, bing hayf, ey insoniyat, islomiyat,
Millati xor o‘lmag‘in hech nomusulmon istamas
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
(Hamza)

👉👉 t.me/pmtests
👍51😱27👏5🔥4🤩3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ibratli_hikoya

Farzandiga yaxshi ta'lim va tarbiya bermaydigan ota-onalar jazolanishi kerak ekan.

👉👉 t.me/pmtests
👍93🔥10👏8😱6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ajoyib she'r, barcha ota-onalar uchun!!
Farzandlar sho'xlik qilsa, ularni qanday so'kish kerak.

👉👉 @pmtests
👍73👏19🔥10😱2🎉2🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbek talabalari Ginnes rekordini yangilamoqchi

18-avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 2 000 nafar yosh muhandis bir vaqtda 2 000 ta robotni yig‘ib, ishga tushiradi. Talaba-yoshlarimiz bu ishi bilan Ginnes rekordlar kitobiga kirishi kutilmoqda.

Tadbirda poytaxtimizdagi va respublikaning turli hududlardan kelgan minglab yoshlar ishtirok etadi. Ular orasida Prezident maktablari oʻquvchilari, imkoniyati cheklangan yosh muhandislarimiz ham bor.

Ma’lumot uchun, 2023-yilda Hindistonda 1 459 nafar o‘quvchi bir vaqtda mini‑robot yasagan. Yoshlarimiz bu ko‘rsatkichdan yuqoriga chiqishni rejalashtiryapti.

Bu voqea — yosh muhandislarimizning kuchi, birdamligi va kelajakka ishonchi ramzi bo‘ladi.

Ana shunday tarixiy voqeaga birgalikda guvoh bo‘laylik!

@hilola_umarova
👍82🔥22👏8🎉3🤩3😱2