Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.6K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
489 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
2021-yilda O'zbekistonning barcha hududlarida Prezident maktablari faoliyati boshlanadi!!


🌐Bu haqida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi matbuot kotibi, Anvar Umarov o'zining telegram kanalida e'lon qilgan.

Yangi ochilayotgan maktablarda 5-9-sinflarga o'quvchilar qabul qilinadi.💯

☝️Prezident maktabiga kirish imkoni faqat bir marta beriladi! Bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang!!

♻️@pmtests jamoasi prezident maktabiga kirmoqchi bo'lgan o'quvchilar uchun foydali materiallarni taqdim etib boradi.💯

Bizni kuzatib boring!

Kanal manzili
@pmtests
🎉1
#Bu_qiziq.

Maktabda matematika fani o'qituvchilari shaxmat taxtasidagi katakchalar tartibiga muvofiq, bug‘doy donlari berishini so‘rab, podshoni tang holatga tushirib qo‘ygan shaxmat ixtirochisi haqidagi hikoyani ko'p aytib berishadi. Ammo ko'pchilik o'quvchilar bunga ishonishmaydi.

Olim hukmdordan 1-katakga 1ta, ikkinchi katakka ikkita, uchinchi katakka 4 ta, to‘rtinchi katakka 8 ta, beshinchisiga 16 ta, oltinchisiga 32 dona... bug'doy berishini so'raydi. U qancha bug'doy so'raganini bilasizmi?!

18446744073709551615 (o‘n sakkiz kvintillion, to‘rt yuz qirq olti kvadrillion, yetti yuz qirq to‘rt trillion, yetmish uch milliard, yetti yuz to'qqiz mln, besh yuz ellik bir ming, olti yuz o‘n besh) dona.

1000dona bug'doy o'rtacha 50g ekanligini inobatga olsak, bu miqdordagi bug'doy 922mlrd tonnaga teng bo'ladi. Hozirgi kunda butun yer yuzida bir yilda yetishtiriladigan bug'doy 400mln. tonnaga yetmasligini e'tiborga olsak (bu tarixdagi eng yuqori ko'rsatkich), insoniyat tarixida yetishtirilgan barcha bug'doy donalari ham olim aytgan tartibda shaxmat kataklarini to'ldirishga yetmasligi bilish mumkin.

t.me/pmtests
Pul➡️bilim➡️pul

📚 Avval pul bilimga tikiladi, keyin esa bilim pulga. Bu har qanday rivojlanishning modeli.

💰 Pulni aql bilan ishlab topish uchun avval pulni o'sha aqlga ishlatish kerak

Shuni yodda tuting kitob o'qiydigan odamlar har doim televizor ko'radigan odamlarni boshqaradi.

👆Farzandingiz bilimi uchun safrlagan mablag'ingiz eng samarali foydasi aniq bo'lgan investitsiyadir!

@pmtests
Bilim tuganmas boylik!

🌍Dunyo mamlakatlari iqtisodiyoti bo'yicha 2019-yil uchun ma'lumot bergan xalqaro nashrlardan birini o'qib menda bir nechta fikrlar paydo bo'ldi.

📃 O'sha yili butun O'zbekiston aholisining (33mln) bir yillik yalpi ishlab chiqargan mahsuloti (daromadi) 60mlrd 💰dollarni tashkil etgan. Hindistonning bir necha yuz minglik dasturchilari💻📲 esa 180mlrd dollarlik dasturlar ishlab chiqarib, 99mlrd 💰dollarlik mahsulotini boshqa davlatlarga eksport🛣 qilgan.

🔴O'zbekiston eksporti asosan tabiiy gaz, paxta va oltin kabi tabiiy boyliklar bo'lgan. Bunday boyliklar zaxirasi cheklangan bo'lib yaqin 30yilda tugab qolishi ehtimoli mavjud ekan. Hozir sotayotgan tabiiy boyliklarimizdan bizdan keyingilar foydalana olmasligi mumkin.

Hindistonning bir qancha dasturchilari hech qanday moddiy ko'rinishda narsa sotmayapdi. Ular hech narsa yutkazmayapdi. Balki bilim va aqlni ishlatib, dasturlar eksport qilishmoqda. Ularning har yillik eksporti miqdori oshib boradi va hech qachon tugab qolmaydi.

👨‍🏫Hurmatli ota-onalar, farzandingiz iqtidorlimi?! Ularni albatta o'qiting! O'ziga, sizga va butun O'zbekistonga foyda keltirsin! Yangi ochilayotgan maxsus maktablardan ham shunday tuganmas bilim sohiblari yetishib chiqsin!

Xulosa. Bilimli odamlar ko'paysa butun mamlakat foyda ko'radi, kam sonli mutaxxassislar📝 butun mamlakat aholisidan ko'proq foyda keltirishi mumkin. Tabiiy boyliklarimiz bilan faxrlanish davri o'tdi. Agar bilim bo'lmasa, ulkan gaz zaxiramizdan 🔥o'zimiz foydalana olmaymiz. Oltinlarimizni sotamiz. Paxta plani (rejasi) eng muhim bo'lib qolaveradi. Har qanday tabiiy boylik bir kun tugaydi. Ammo bilim tuganmas boylik!!

👉👉 @pmtests
👍2
#Muammoli_masalalar: Geografiya fani o'qituvchisi o'quvchilaridan Rossiyada nechta viloyat borligini so'radi. 1-o'quvchi 38ta deb javob berdi. 2-si 43ta, 3-si 48ta, 4-si 52ta, 5-si 54ta va 6-si 55deb javob berdi. Shunda o'qituvchi ulardan eng yaqin kelgani 1taga adashganini va ikkitasi 6tadan kamga xato qilganligini aytdi.
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
🔥6😱3🤩1
Xonadon obro‘yi, taxti-erkakdir,
Bolalar quvonchi, baxti-erkakdir.
Ayollar qudrati mulki-erkakdir,
Vatanim g‘ururi ko‘rki-erkakdir.

Dasturxon qutligi - ular mehnati,
Ustlarning butligi - ular himmati.
Farzandlar chirog‘i - ular borligi,
Muhabbatning bizga mudom yorligi.

Erkaklar mardligi berur iftixor,
Ularda mehr bor va muhabbat bor.
Farzandin ertasin o‘ylovchi ular,
Oila obro‘yin qo‘llovchi ular.

Shunday yigitlarni sevar xaloyiq,
Shundayin erkaklar mehrga loyiq.
Ular elimizning sodiq posboni,
Ular bor, tinch erur yurtning osmoni.

14-Yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etamiz!

♻️Do'stlaringizni birinchi bo'lib tabriklang♻️
👉👉 @pmtests
#savol_javob: Prezident maktablari o'quvchilari uyiga qatnab o'qishi mumkinmi?

Prezident maktabi internat shaklidagi davlat taʼlim muassasasi hisoblanib, oʻquvchilar haftaning besh kuni (dushanba-juma) maktab hududida qolib oʻqishlari talab etiladi, dam olish kunlari esa ota-onalar farzandlarini uyga olib ketishlari mumkin.

Bunday tizim bolalarga yaratilgan rivojlanish muhitida doimiy ravishda bo’lish imkonini bergani sababli, ta’limning eng samarali shakillaridan biri hisoblanadi. Bunday sharoitda bolalar o‘z iste’dodlari va qobiliyatlarini maksimal darajada oshirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Manba: pm.piima.uz

👉👉 @pmtests
👍3
«Biz prezident universitetini quramiz. Oksford taʼlimini birinchi marta O‘zbekistonda joriy qilmoqchimiz. Biz yangi prezident maktablarini ochdik, endi 8000 talabaga mo‘ljallangan yangi prezident universitetini ochamiz. Barcha domlalari chet eldan bo‘ladi», – dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Prezident universitetining ochilish sanasi aniq emas. Ammo bu kelajakda prezident maktabi o'quvchilarini yanada ko'proq imkoniyatlar kutayotganini bildiradi.

Manba: t.me/piimauz

👉👉 @pmtests
👍4
АҚШда ўқиш учун 100 минг долларга яқин грант ютган президент мактаби ўқувчиси, Фирдавс Абдуқаюмов: «Муҳими – вақтни беҳуда ўтказмаслик»

Batafsil: https://kun.uz/81706878

👉👉 @pmtests
🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Жуда самимий сухбат бўлибди: "Мен ҳам қишлоқдан чиққан одамман, уларнинг армонларини биламан" – Шавкат Мирзиёев

👉👉 @pmtests
👍2
🌐Maxsus maktablarga tayyorlash pullik kanallarimizda 2021-yil 1-fevraldan “Tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar”ni yechishni o’rganish bo’yicha video va audiodarslar joylab boriladi.

♻️Kanalga ulanish narxi 2021-yil 📆31-yanvargacha 💰100 ming so’m bo’lib, 📆1-fevraldan boshlab 💰130 ming so’mni tashkil etadi.

🔴Kanalga arzonroq narxda a'zo bo'ling!

4-5-sinflar kanalida quyidagi mavzular videodarslar orqali tushuntirishgan va mavzuga oid test materiallari joylangan.

Arifmetikaga oid mavzular (ketma-ketliklar, taqqoslash, qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish, birgalikdagi amallar, amallarning xossalari, tengliklar va tenglamalar, yaxlitlash, ma’lumotlarni grafiklarda aks ettirish, o’lchov birliklari, geometrik shakllar va ularning tariflari, geometrik o’lchovlar, kasrlar va ularni taqqoslash, oddiy kasrlarni qo’shish va ayirish, o’rta qiymatlar, aralash kasrlar, o’nli kasrlar va ularni taqqoslash)

Muammoli masalalarni yechish bo’yicha mavzular (Mantiqiy fikrlash va solishtirish, sonlar va ularning arifmetikasi, mumkin yoki mumkin emaslik, mulohaza yuritish masalalari, rost va yolg’on, qoldiqli bo’lish, juft va toqlik, Ven diagrammasi va to’plamlarga doir masalalar, ehtimollik va aniqlik, to’g’ri to’rtburchak va kvadrat kabi shakllar sonini aniqlash)

Amaliy masalalar yechish (pul mavzusiga doir misollar, vaqt mavzusiga doir misollar)

Tanqidiy fikrlash mavzulari (Zaruriylik va yetarlilik sharti, faraz qilish usulida fikrlash va masalalar yechish)

Hozirgi vaqtda 4-sinf mavzulari to’liq qamrab olingan. 5-sinf mavzulari ustida ish olib borilmoqda. 6-7-sinflar mavzulari ham talablar asosida tayyorlanmoqda. Mavzular yakunlangach amaliy misollar ishlash bo’yicha darslar tashkil etiladi. Darslarda Cambridge Assessment Admissions testlari amaliy tarzda qanday ishlanishi o’rgatiladi.

Biz kanalimiz SIZ uchun juda ham foydali bo’lishi uchun mehnat qilamiz. Siz ham materiallarimizdan samarali foydalaning!

Ma'lumot uchun: @pullikkanaltavsifi
Murojaat uchun: @pmtests_admin

Kanal manzili:
@pmtests
👍84