Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
88.2K subscribers
3.01K photos
1.82K videos
640 files
3.22K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
Kanal asoschisi — Asrorbek Jumanazarov
Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)
Download Telegram
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💛💛💛Surxondaryo viloyatidagi o'quvchilar uchun offline yutuqli olimpiada+Katta yutuqli olimpiada-2025ga yo'llanma🔥

23-fevral yakshanba kuni soat 9:00da Uzun tumanida, 'Buyuk kelajak' Yosh iqtidorlar markazi va Prezident maktabi testlari kanali hamkorligida offline Yutuqli olimpiada bo'lib o'tadi.

🧾Yutuqli olimpiada Matematika(30 ta savol) fanidan 3 va 4-sinf o'quvchilari uchun bo’lib o’tadi.

🎁 Har bir sinf bo'yicha Mukofotlar quyidagicha:

🥇1-o’rin: 300 000 so’m+Diplom
🥈2-o’rin: 200 000 so’m+Diplom
🥉3-o’rin: 150 000 so’m+Diplom
🎖va 4-10 o'rinlarga VAUCHERLAR+Sertifikat!

🏆Bosh sovrin Katta yutuqli olimpiada-2025 (ESLATMA: 3- va 4-sinflar o'rtasida)ga 3 ta YO’LLANMA
Yo'llanma berish tartibi: Eng yuqori bal to'plagan 1-15 gacha bo'lgan o'rindagi o'quvchilar o'rtasida savol-javob asosida aniqlanadi.

📌 Yutuqli olimpiadada ishtirok etish BEPUL. Yutuqli olimpiadaga faqat ro’yxatdan o’tgan o’quvchilar qatnashadi.

Ro’yxatdan o’tish uchun hoziroq quyidagi raqam bilan bog'laning:
📞 +998915125553
📞 +998910792603

📍 Manzil: Uzun tumani, 2-son kasb-hunar maktabi.
(@buyuk_kelajak_2023)

☝️Ro'yxatdan o'tishning oxirgi sanasi: 20-fevral (payshanba) soat 20:00gacha.

👉👉@pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🤩8🔥6🎉3👏2😱2
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
🔔🔔 Bugun soat 19:00 da "Repetitsion testlar" kanalida 47-test yopiq tarzda bo'lib o'tadi❗️ Katta yutuqli olimpiadaga saralash rejamizda 2 ta yopiq test bilan 2 ta o'quvchini tanlab olish rejalashtirilgan edi. Shuning uchun bugun Repetitsion testlar kanalida…
"Repetitsion testlar" yopiq kanalidagi test natijasi bo'yicha KYO-2025 ga 2 ta yo'llanma

Bugun soat 18:00-19:30 oralig'ida 46-47-yopiq testlarda eng faol ishtirok etgan o'quvchilar o'rtasida savol-javoblar o'tkaziladi:

Quyidagi ro'yxatda berilgan o'quvchilardan savol-javobda eng faol ishtirok etgan 2 ta o'quvchiga Katta yutuqli olimpiada-2025 ga yo'llanma beramiz:

1 Adhamjonov Hojiakbar
2 Boqijonov Azizbek
3 Habibullayev Sarvarbek +
4 Inomjonov Muhammadyusuf
5 Karimov Suhrobbek
6 Orinboyev Jasurbek
7 Rahmonjonov Muhammadziyo
8 Rustamjonov Akbarjon
9 Shermuhammedov Muhammadaziz
10 Shukurullo Xamidullayev
11 Sidiqjonov Ixlosbek
12 To'ychiboyev Kozimbek
13 Ummataliyev Lazizbek
14 Vasiljonov Oybek
15 Xomidjonov Komronbek
16 Xusanboyev Ramzanbek
17 Marufjonov Jo'rabek +
18 Abdurasilova Muslima
19 Gafurjanova Dilnura
20 Hamidullayev Shukurullo
21 Muxtorov Hasanxon +
22 Isaqov Abdulmajid
23 Umrzoqov Akbarshoh
24 Ergashev Diyorbek
25 Shavkatov Zafarbek
26 Muxtarov Nurbek 🏆🏆🥇🏅
27 Muxtorov Husanjon +
28 Samandar Ikromjonov +
29 Abduvahobov Asadbek
30 Ismoilova Gulhayoxon +
31 Murodov Ubaydulloh +
32 Abdumurodova Sitorabonu
33 Erkinova E'zozahon

Ro'yxatda "+" belgi qo'yilgan o'quvchilar KYO-2025ga yo'llanma olib bo'lgan. (Zoomdagi savol-javobda qatnashmaydi.)

Ushbu ro'yxatdagi o'quvchilar quyidagi ma'lumotlarni:

*Ismi, familiya va otasining ismi
*Sinfini
va Ro'yxatdagi o'rni
*13-15-fevraldagi test natijasini

*"Repetitsion testlar" kanaliga qaysi raqam orqali ulangani


@pmtests_admin1 ga yuboradi. Ularga Zoomdagi savol-javobda ishtirok etish uchun yopiq guruhga LINK beriladi.

So'ralgan ma'lumotlar to'liq holda bugun 16-fevral soat 17:00gacha qabul qilinadi.
👍57👏18🤩9🔥6😱3🎉3
⚡️⚡️⚡️Bugun kanalimizda kecha yopiq kanalda o'tkazilgan 47-online test ochiq tarzda bo'lib o'tadi‼️

BUGUN soat 20:00 da kanalimizda Prezident maktablariga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchilar uchun 47-online test bo'lib o'tadi.

Testlarimizda faol ishtirok etib bilimingizni oshirib boring!

👉👉 T.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53🎉5🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍38🤩15😱8👏5🎉5🔥4
#kun_savoli_16_02_2025

Tomoni uzunligi 1 cm yoki 2 cm bo’lgan ikki turdagi ikkita kvadrat karton qog'ozlarning istalganicha mavjud. Ular orqali 3×5 cm o'lchamli to'g'ri to'rtburchaklar hosil qilish mumkin.
To‘rtburchak qog‘oz yasashda shaklni aylantirish va ag’darishdan hosil bo’lgan boshqa to‘rtburchaklar bir xil usul hisoblanadi. Masalan, rasmdagi uchta to‘rtburchak qog‘oz yasashning bir xil usulidir, chunki a qog'oz parchasi aylanish orqali b bo'lak bo'ladi va c qismni a qismni ag'darish orqali olish mumkin.

Ushbu ikki turdagi karton qog'ozlardan 5 cm × 3 cm o’lchamli to'rtburchaklarni necha xil usulda yasash mumkin?

Javobda yechish usuli va jarayon ko'rsatilishi, yozilgan sonlar nima ekani aytilishi va bajarilgan ishlar asoslanishi kerak. Javobingizni yechilish yo'li bilan video tarzida @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi.

Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi. 1-yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉 t.me/pmtests
👍41🤩8👏2🎉2
#kun_savoli_javobi

Shartga ko’ra rasmda ko’rsatilgan har bir ko'k rangli to'rtbuchak ichidadagi shaklni tashkil qiluvchi usullar bir xil hisolanadi. Demak, bizda 7 xil usul bo’lishi mumkin holos.

Javob: 7 xil

Kun savolimizga dastlab ikkita to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Muhtorov Hasanxon
🥈Islomova Mohinabonu


Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KATTA YUTUQLI OLIMPIADA-2025 ning 46-ishtirokchisi aniqlandi.

PMTESTSning “Repetitsion testlar” yopiq kanalida o’tkazilgan 46 va 47-test natijalariga ko’ra yuqori ball to’plagan 30 ga yaqin faol o'quvchilar bilan 16-fevral kuni ZOOM da savol-javob o’tkazildi.

Savol: 12 ta bolaning o’rtacha yoshi 16 yoshda edi. Keyin ularga bir nechta o’rtacha yoshi 6 yoshda bo’lgan bolalar qo’shildi. Natijada jami bolalarning o’rtacha yoshi 12 da bo’lib qoldi. Nechta bola kelib qo’shilgan?


Xamidullayev Shukrullo - Namangan viloyati Norin tumani, 37-maktab 4-sinf o’quvchisi. KYO-2025 ning 46-yo’llanma sohibi.

PMTESTS ning Repetitsion testlarida muntazam qatnashing va Asosiy imtihonga mukammal tayyorlanib KYO-2025 ga yo’llanma oling.

Https://t.me/pmtests
Https://t.me/pmtests
👍20🔥2😱2🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KATTA YUTUQLI OLIMPIADA-2025 ning 47-ishtirokchisi aniqlandi.

PMTESTSning “Repetitsion testlar” yopiq kanalida o’tkazilgan 46 va 47-test natijalariga ko’ra yuqori ball to’plagan 30 ga yaqin faol o'quvchilar bilan 16-fevral kuni ZOOM da savol-javob o’tkazildi.

Savol: Kubning 12 ta qirrasi bor. Agar uning barcha uchlaridan kesiladigan bo’lsa, nechta qirrali ko’pburchak hosil bo’ladi?


Xamidjonov Kamronbek - Namangan viloyati Norin tumani, 1-maktab 4-sinf o’quvchisi. KYO-2025 ning 47-yo’llanma sohibi.

PMTESTS ning Repetitsion testlarida muntazam qatnashing va Asosiy imtihonga mukammal tayyorlanib KYO-2025 ga yo’llanma oling.

Https://t.me/pmtests
Https://t.me/pmtests
👍8🔥6😱3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Tanqidiy fikrlash - COMPLEX” kursining 5-darsi Shartli fikrlash (zaruriylik sharti)

Yopiq guruhdagi tanqidiy fikrlash bo’yicha maxsus darslar o’quvchilar uchun juda foydali va qiziqarli bo’lmoqda.


Ertaga yopiq guruhda kursning 6-darsi bo’lib o’tadi. O’tilgan barcha darslar va testlar yopiq guruhda joylangan.
Kursga a’zo bo’lish narxi 250ming so’m.

A’zo bo’lish uchun:
@pmtests_admin
@pmtests_admin1 ga murojaat qiling.
👍28🎉5🤩4🔥2
#kun_savoli_17_02_2025

Nusratbek va Akbar sohil bo’yida mashq qilishmoqda. Ikkalasi ham sohilning bir chetidagi avtoturargohda edilar. Nusratbek doimiy tezlikda yurib mashqni boshladi, Akbar esa doimiy tezlikda yugurishni boshladi. Akbar sohilning ikkinchi chetiga borib qaytishda Nusratbekni birinchi marta uchratdi. Bu uchrashuv sohilning o’rtasida edi.

Ikkisi ham sohilning chetiga borib qaytish harakatlarini davom etishdi. Akbar yugurishni davom etib Nusratbekni uchinchi marta uchratganida avtoturargohdan hisoblagan yo’lning qanday qismida bo'ladi?

Javobda yechish usuli va jarayon ko'rsatilishi, yozilgan sonlar nima ekani aytilishi va bajarilgan ishlar asoslanishi kerak. Javobingizni yechilish yo'li bilan video tarzida @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi.

Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi. 1-yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉 t.me/pmtests
👍38😱5🤩5👏2🔥1
#kun_savoli_javobi

Birinchi marta yo'lning yarmida uchrashganidan ularning tezliklari bir-biridan 3 marta farq qilishini topamiz. Demak, Nusratbekning tezligi x bo'lsa, Akbarning tezligi 3x bo'ladi. Ular harakatni davom ettirganida Nusratbek sohilning ikkinchi chetiga yetib borganida Akbar 1-chetiga borib, u ham 2-chetiga yetib borgan bo'ladi. Demak, 2-uchrashuv sohilning 2-chetida bo'ladi. Keyin esa Nusratbek sohilning 2-chetidan yo'lning yarmiga kelganida Akbar sohilning 1-chetiga borib, u ham yo'lning yarmiga yetib borgan bo'ladi.

Demak, ular uchinchi marta yo'lning yarmida yoki ikkidan bir qismida uchrashishadi.

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Turg‘unaliyev Fazliddin
🥈Siddiqjonov Ixlosbek
🥉Kozimbek To'ychiboyev

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍38😱6🎉3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Mablag‘laringizni to‘ylarga emas, farzandingizga investitsiya qiling

Buxorolik Parviz Tuksanov SAT xalqaro imtihonida eng maksimal natija — 1600 ball to‘plagan birinchi o‘zbekistonlik bo‘libdi.

Shavkat Mirziyoyev kuni kecha bo‘lib o‘tgan yoshlar bilan uchrashuvda Parvizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabrikladi.

Menga eng yoqqan gaplarni zalda ishtirok etgan Parvizning onasi aytdi. Jumladan, barcha ota-onalarga ta’sirli murojaat bilan chiqib, shunday dedilar:

“Aziz ota-onalar, iltimos. Agar biz ortiqcha xarajatlarni to‘y-dabdabalarga sarflamasdan, mablag‘larimizni o‘zimizning farzandlarimizga investitsiya qilsak, bu albatta yaqin kelajakda o‘z natijasini ko‘rsatadi. Buni o‘g‘lim misolida sizlarga tavsiya qilaman”.

Qaniydi, hamma shu gaplarga amal qilsa, hayotining oltin qoidasiga aylantirsa, gullab ketardikku.

P.S.: aytgancha, SAT imtihonidan olingan sertifikat uchun abituriyentlarga kirish imtihonida ball berilmaydi. Negadir eng nufuzli imtihonlardan biri bo‘lgan SAT ro‘yxatdan tushib qolgan. O‘tgan yili Shavkat Mirziyoyev SAT sertifikatini ham imtihonda tan olish kerakligi haqida topshiriq bergandi. Lekin hozirgacha buning rasmiy asosi chiqmadi. Mas’ullar joriy yilgi qabulgacha ulgurisharmikin?



👉@xushnudbek👈
👍92🔥5🎉4🤩4👏3
⚡️⚡️⚡️Bugun kanalimizda NAMUNAVIY SAVOLLAR ASOSIDA tuzilgan 24-tanqidiy fikrlash testi bo'lib o'tadi‼️

BUGUN soat 19:00 da kanalimizda Prezident maktablariga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchilar uchun 24-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi.

Xabaringiz bor Tanqidiy fikrlash bo'yicha o'rgangan tajriba va eng zarur bilimlarni bir oylik "Tanqidiy fikrlash Complex" kursi sifatida o'quvchilarga ulashmoqdamiz. Bugun shu kursning oltinchi darsi bo'lib o'tadi.

Testlarimizda faol ishtirok etib bilimingizni oshirib boring!

👉👉 T.me/pmtests
👍24🔥6
9-fevral Asosiy imtihon Tayyorgarlik testi natijalari.pdf
796.3 KB
Ushbu ro'yxatda 9-fevralda Respublika bo'ylab o'tkazilgan Asosiy imtihonda ishtirok etgan BARCHA o'quvchilar keltirilgan.

Bugun 20:30 da ushbu Ro'yxatdagi 15 ta o'quvchiga jonli efirda Random dasturi tanlovi asosida 50 ming so'mdan mukofotlar beriladi. (O'sha kuni Alisher Navoiy Bobomizning tug'ilgan kuni munosabati bilan mukofotlar e'lon qilingan)

Bugun soat 20:30 da 24-tanqidiy fikrlash testi tahlili va mukofotlarni aniqlash bo'lib o'tadi.

👉👉 t.me/pmtests
👍40🎉6🤩3🔥2👏2
Muammoli masalalar: 4ta omborda 26, 37, 45, 63 tonna yuklar mavjud. Yuk mashinasi bir reysda bitta omborga borishi va 8 tonnagacha yukni ortishi mumkin. Yuk mashinasi 20 reysda ko'pi bilan necha tonna yuk ortishi mumkin?
Anonymous Quiz
12%
154 tonna
16%
157 tonna
24%
158 tonna
15%
159 tonna
33%
160 tonna
👍63🎉30😱24🔥12👏9🤩9
Live stream scheduled for