Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
88.5K subscribers
3.01K photos
1.82K videos
640 files
3.22K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
Kanal asoschisi — Asrorbek Jumanazarov
Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)
Download Telegram
#kun_savoli_javobi

6 ta fandan jami 68+70+74+81+84+91=468 ball olgan. Uning o'rtacha bali 468:6=78 ball. 6-fanni topshirmasidan oldingi o'rtacha bali ham butun son bo'lishi uchun qolgan 5 ta fan yig'indisi 5 ga bo'linishi kerak. U holda 6-fandan aniq 68 ball olganini topamiz. Shunda dastlabki beshta fani o'rta arifmetigi 400:5=80 ga teng bo'ladi.

Dastlabki to'rtta fandagi o'rtacha bal butun son bo'lishi uchun 400 dan shunday sonni ayirish kerakki, natija 4 ga bo'linsin. Bundan 5-fandan aniq 84 olganini topamiz. Shunda dastlabki to'rtta fani o'rta arifmetigi 316:4=79 ga teng bo'ladi.

Dastlabki uchta fandagi o'rtacha bal butun son bo'lishi uchun 316 dan shunday sonni ayirish kerakki, natija ga bo'linsin. Bunda 4-fan natijasi sifatida ikkita variant paydo bo'ladi. Biri 70 va boshqasi 91. Agar 4-fandan 91 ball olgan desak, dastlabki 3 ta natijalarga 70, 74, 81 qoladi va 1-imtihonda 81 ball olgan bo'ladi. Ammo, u holda 2-imtihonda olgan 70 yoki 74 bilan dastlabki ikki imtihonning o'rtacha bali butun son bo'lmay qoladi. Demak, 4-fandan aniq 70 olgan. Shunda dastlabki uchta fani o'rta arifmetigi 246:3=82 ga teng bo'ladi.

Shunda dastlabki uchta imtihondagi ballar: 74, 81, 91 qoladi. Bundan eng kattasi 1-imtihon bo'lgani uchun 1-imtihonda 91 ball oladi. Dastlabki, ikki imtihondagi balining o'rtachasi butun bo'lishi uchun 2-imtihonda 81 ball va 3-imtihonda 74 ball oladi.

Javob: 81 ball

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Muxtarov Nurbek
🥈Siddiqjonov Ixlosbek
🥉Xolbekov Xushnıdbek

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍35👏7🎉5😱4🤩2🔥1
#nafislik_fasohat

Qaddimni firoq mehnati yo qildi,

Ko‘nglum g'am-u anduh o‘tig'a yoqildi.

Holimni sabog'a aytib erdim, ey gul,

Bilmam, sanga sharh qilmadi, yo qildi.


Z.M.Boburning she'rlarini o'qib hayratlanasiz. Ziyoli so'z ma'nosini anglaydigan insonlar uning she'rlaridan zavq oladilar. "Yo qildi" so'zlaridan turli ma'nolarda mohirlik bilan foydalanilgan: ى qildi - egdi, bukdi. yoqildi - yondi, yo qildi - aytdi, shahr qildi.

Bugun 14-fevral buyuk bobomiz Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kunlari

👉👉 t.me/pmtests
👍37🎉6🔥3👏3
3ta o'rtoq, bir kishining mashinasida ketishdi. Yo'l haqi sifatida 1-o'rtoq 6litr, 2-si 9litr benzin quyib berdi. Manzilga yetib borilganda 3-o'rtoq ularga 15000so'mni taqsimlab berdi. Agar hammasi bir xil xarajat qilsa, 15ming so'm qanday taqsimlangan?
Anonymous Quiz
19%
1-si 9000 so'm, 2-si 6000 so'm olgan
43%
1-si 6000 so'm, 2-si 9000 so'm olgan
27%
1-si 3000 so'm, 2-si 12000 so'm olgan
12%
1-si 5000 so'm, 2-si 10000so'm olgan
👍49🎉15🔥13🤩8😱7👏2
#kun_savoli_14_02_2025

Maktabning 4-sinfida 2 ta guruh bo'lib har birida 30 tadan o'quvchi o'qiydi. Jami o'quvchilarning yarmi ingliz tilidan to'garakka borishadi. Matematika to'garagiga boradigan jami o'quvchilar soni ham ingliz tilidan to'garakka boradigan o'quvchilar soniga teng. 26 ta o'quvchi biologiya fanidan to'garakka boradi. Shuningdek, ingliz tili va matematikaga 15 ta, ingliz tili va biologiyaga 10 ta, matematika va biologiyaga 17 ta o'quvchi to'garakka boradi. 9 ta o'quvchi esa birorta fandan to'garakka bormaydi.

Sinfdagi nechta o'quvchi uchchala fandan ham to'garakka boradi?

Javobda yechish usuli va jarayon ko'rsatilishi, yozilgan sonlar nima ekani aytilishi va bajarilgan ishlar asoslanishi kerak. Javobingizni yechilish yo'li bilan video tarzida @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi.

Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi. 1-yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉 t.me/pmtests
👍39🔥2🎉2🤩1
#kun_savoli_javobi

Jami o'quvchilar soni 2×30=60 ta. To'garaklarga boradigan o'quvchilar soni 60-9=51 ta. Ulardan 30 tasi ingliz tiliga, 30 tasi matematikaga va 26 tasi biologiyaga boradi. Guruhda ingliz tiliga yoki matematikaga qatnaydigan o'quvchilar soni 30+30-15=45 ta. Bundan 51-45=6 ta o'quvchi faqat biologiyadan to'garakka borishi kelib chiqadi. Bu songa biologiya va matematikaga boruvchi 17 ta va biologiya va ingliz tiliga boruvchi 10 o'quvchini qo'shsak jami biologiyaga boruvchi o'quvchilar sonidan uchchala fandan ham to'garakka boruvchi o'quvchilar miqdorida ortiqcha son chiqadi. 6+10+17=33. Demak, 33-26=7 ta o'quvchi uchchala fandan ham to'garakka qatnaydi.

Javob: 7 ta

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Ahmadaliyev Jasurbek
🥈Muxtarov Nurbek
🥉Adiljonova Gulhayo

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥17👏7🤩3
Yig'indi 3 ta qo'shiluvchidan iborat. Agar yig'indi va qo'shiluvchilarning o'rta arifmetigi 14 ga teng bo'lsa, yig'indini toping.
Anonymous Quiz
46%
42
20%
35
27%
28
7%
24
👍50😱39🎉28🔥16👏13🤩11
🔔🔔 Bugun soat 19:00 da "Repetitsion testlar" kanalida 47-test yopiq tarzda bo'lib o'tadi❗️

Katta yutuqli olimpiadaga saralash rejamizda 2 ta yopiq test bilan 2 ta o'quvchini tanlab olish rejalashtirilgan edi. Shuning uchun bugun Repetitsion testlar kanalida yopiq test bo'lib o'tadi.

Bu yopiq kanalda Prezident, Al-Xorazmiy va ixtisoslashtirilgan maktablari uchun muntazam sinov testlari berib boriladi. Kanalimiz a'zolari

Muntazam bilimlarini sinab boradilar
Yozma va videotahlillardan barcha bilmagan savollarini o'rganib boradilar
Imtihonlarga yaqin bo'lgan yopiq testlardan ham qolib ketmaydi.
(videoda batafsil ma'lumot berilgan)

Shu munosabat bilan 15-fevralgacha kanalga 20% chegirma bilan a'zo bo'lishingiz mumkin.

“Repetitsion testlar” yopiq kanaliga ulanish uchun:
@pmtests_admin
@pmtests_admin1 ga murojaat qiling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🔥3👏2😱2
#kun_savoli_15_02_2025

Usta ketma-ket 80 ta yangi uyning eshiklariga uy raqamlarini o'rnatishi kerak edi. U eshiklarni raqamlash uchun 1 dan 80 gacha raqamlarni tayyorlab qo'ydi. Keyin u ko'chada allaqachon 1 dan 64 gacha uylar raqamlanganini bildi. Shuning uchun u 65 dan 144 gacha uylarni raqamlashga majbur bo'ldi. U oldin yasagan raqamlaridan foydalanadi va imkon qadar kamroq qo’shimcha raqam yasamoqchi. (bu yerda u 6 ni 9 sifatida va aksincha teskarisini ishlatishi mumkin). U nechta yangi raqamni yasashi kerak?

Javobda yechish usuli va jarayon ko'rsatilishi, yozilgan sonlar nima ekani aytilishi va bajarilgan ishlar asoslanishi kerak. Javobingizni yechilish yo'li bilan video tarzida @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi.

Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi. 1-yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉 t.me/pmtests
👍63🎉13🔥10😱10🤩7👏5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kun_savoli_javobi

Dastlab usta 1 dan 80 gacha uylarni raqamlash uchun 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 raqamlaridan 18 tadan, 8 raqamidan 9 ta; 0 va 9 raqamidan 8 tadan yasagan edi. Endi esa 65 dan 144gacha uylarni raqamlash kerak. Shuning uchun kerak bo'lgan raqamlar soni o'zgaradi.
- 1 raqami birlar xonasida 8 ta, o'nlar xonalarda 10 ta va yuzlar xonasida 45 ta ishlatiladi. Jami 8+10+45=63 ta kerak. Dastlabki, yasalganlardan tashqari 63-18=45 ta bir kerak bo'ladi.
- 2, 3, 7 raqamlari 18 tadan kerak va ularni yasatishga ehtiyoj yo'q 18-18=0.
- 4, 5, 6 raqamlari 13, 8, 13  tadan kelib oldin yasalgan raqamlar yetib ortib qoladi. Shuningdek, ortib qolgan 18-13=5 ta oltidan 9 sifatida foydalanish mumkin.
- 0 raqami 18 ta kerak. Demak, 0 dan 18-8=10 ta kerak bo'ladi.
- 8 raqami 18 ta kerak. Demak, undan 18-9=9 ta kerak bo'ladi.
- 9 raqami ham 18 ta kerak. Faqat avval yasalgan 8 ta va oltidan ortib olgan 5 tadan tashqari 18-13=5 ta to'qqiz yasatish kerak bo'ladi.
Shunda usta jami 45+10+9+5=69 ta raqam yasatishi kerak.

Javob: 69


Kun savolimizga to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchi quyidagi bo'ldi:
🥇Yuldashev Bobur

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

‼️To'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍39👏2🎉2🤩2
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💛💛💛Surxondaryo viloyatidagi o'quvchilar uchun offline yutuqli olimpiada+Katta yutuqli olimpiada-2025ga yo'llanma🔥

23-fevral yakshanba kuni soat 9:00da Uzun tumanida, 'Buyuk kelajak' Yosh iqtidorlar markazi va Prezident maktabi testlari kanali hamkorligida offline Yutuqli olimpiada bo'lib o'tadi.

🧾Yutuqli olimpiada Matematika(30 ta savol) fanidan 3 va 4-sinf o'quvchilari uchun bo’lib o’tadi.

🎁 Har bir sinf bo'yicha Mukofotlar quyidagicha:

🥇1-o’rin: 300 000 so’m+Diplom
🥈2-o’rin: 200 000 so’m+Diplom
🥉3-o’rin: 150 000 so’m+Diplom
🎖va 4-10 o'rinlarga VAUCHERLAR+Sertifikat!

🏆Bosh sovrin Katta yutuqli olimpiada-2025 (ESLATMA: 3- va 4-sinflar o'rtasida)ga 3 ta YO’LLANMA
Yo'llanma berish tartibi: Eng yuqori bal to'plagan 1-15 gacha bo'lgan o'rindagi o'quvchilar o'rtasida savol-javob asosida aniqlanadi.

📌 Yutuqli olimpiadada ishtirok etish BEPUL. Yutuqli olimpiadaga faqat ro’yxatdan o’tgan o’quvchilar qatnashadi.

Ro’yxatdan o’tish uchun hoziroq quyidagi raqam bilan bog'laning:
📞 +998915125553
📞 +998910792603

📍 Manzil: Uzun tumani, 2-son kasb-hunar maktabi.
(@buyuk_kelajak_2023)

☝️Ro'yxatdan o'tishning oxirgi sanasi: 20-fevral (payshanba) soat 20:00gacha.

👉👉@pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🤩8🔥6🎉3👏2😱2
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
🔔🔔 Bugun soat 19:00 da "Repetitsion testlar" kanalida 47-test yopiq tarzda bo'lib o'tadi❗️ Katta yutuqli olimpiadaga saralash rejamizda 2 ta yopiq test bilan 2 ta o'quvchini tanlab olish rejalashtirilgan edi. Shuning uchun bugun Repetitsion testlar kanalida…
"Repetitsion testlar" yopiq kanalidagi test natijasi bo'yicha KYO-2025 ga 2 ta yo'llanma

Bugun soat 18:00-19:30 oralig'ida 46-47-yopiq testlarda eng faol ishtirok etgan o'quvchilar o'rtasida savol-javoblar o'tkaziladi:

Quyidagi ro'yxatda berilgan o'quvchilardan savol-javobda eng faol ishtirok etgan 2 ta o'quvchiga Katta yutuqli olimpiada-2025 ga yo'llanma beramiz:

1 Adhamjonov Hojiakbar
2 Boqijonov Azizbek
3 Habibullayev Sarvarbek +
4 Inomjonov Muhammadyusuf
5 Karimov Suhrobbek
6 Orinboyev Jasurbek
7 Rahmonjonov Muhammadziyo
8 Rustamjonov Akbarjon
9 Shermuhammedov Muhammadaziz
10 Shukurullo Xamidullayev
11 Sidiqjonov Ixlosbek
12 To'ychiboyev Kozimbek
13 Ummataliyev Lazizbek
14 Vasiljonov Oybek
15 Xomidjonov Komronbek
16 Xusanboyev Ramzanbek
17 Marufjonov Jo'rabek +
18 Abdurasilova Muslima
19 Gafurjanova Dilnura
20 Hamidullayev Shukurullo
21 Muxtorov Hasanxon +
22 Isaqov Abdulmajid
23 Umrzoqov Akbarshoh
24 Ergashev Diyorbek
25 Shavkatov Zafarbek
26 Muxtarov Nurbek 🏆🏆🥇🏅
27 Muxtorov Husanjon +
28 Samandar Ikromjonov +
29 Abduvahobov Asadbek
30 Ismoilova Gulhayoxon +
31 Murodov Ubaydulloh +
32 Abdumurodova Sitorabonu
33 Erkinova E'zozahon

Ro'yxatda "+" belgi qo'yilgan o'quvchilar KYO-2025ga yo'llanma olib bo'lgan. (Zoomdagi savol-javobda qatnashmaydi.)

Ushbu ro'yxatdagi o'quvchilar quyidagi ma'lumotlarni:

*Ismi, familiya va otasining ismi
*Sinfini
va Ro'yxatdagi o'rni
*13-15-fevraldagi test natijasini

*"Repetitsion testlar" kanaliga qaysi raqam orqali ulangani


@pmtests_admin1 ga yuboradi. Ularga Zoomdagi savol-javobda ishtirok etish uchun yopiq guruhga LINK beriladi.

So'ralgan ma'lumotlar to'liq holda bugun 16-fevral soat 17:00gacha qabul qilinadi.
👍57👏18🤩9🔥6😱3🎉3
⚡️⚡️⚡️Bugun kanalimizda kecha yopiq kanalda o'tkazilgan 47-online test ochiq tarzda bo'lib o'tadi‼️

BUGUN soat 20:00 da kanalimizda Prezident maktablariga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchilar uchun 47-online test bo'lib o'tadi.

Testlarimizda faol ishtirok etib bilimingizni oshirib boring!

👉👉 T.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53🎉5🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍38🤩15😱8👏5🎉5🔥4
#kun_savoli_16_02_2025

Tomoni uzunligi 1 cm yoki 2 cm bo’lgan ikki turdagi ikkita kvadrat karton qog'ozlarning istalganicha mavjud. Ular orqali 3×5 cm o'lchamli to'g'ri to'rtburchaklar hosil qilish mumkin.
To‘rtburchak qog‘oz yasashda shaklni aylantirish va ag’darishdan hosil bo’lgan boshqa to‘rtburchaklar bir xil usul hisoblanadi. Masalan, rasmdagi uchta to‘rtburchak qog‘oz yasashning bir xil usulidir, chunki a qog'oz parchasi aylanish orqali b bo'lak bo'ladi va c qismni a qismni ag'darish orqali olish mumkin.

Ushbu ikki turdagi karton qog'ozlardan 5 cm × 3 cm o’lchamli to'rtburchaklarni necha xil usulda yasash mumkin?

Javobda yechish usuli va jarayon ko'rsatilishi, yozilgan sonlar nima ekani aytilishi va bajarilgan ishlar asoslanishi kerak. Javobingizni yechilish yo'li bilan video tarzida @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi.

Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi. 1-yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉 t.me/pmtests
👍41🤩8👏2🎉2
#kun_savoli_javobi

Shartga ko’ra rasmda ko’rsatilgan har bir ko'k rangli to'rtbuchak ichidadagi shaklni tashkil qiluvchi usullar bir xil hisolanadi. Demak, bizda 7 xil usul bo’lishi mumkin holos.

Javob: 7 xil

Kun savolimizga dastlab ikkita to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Muhtorov Hasanxon
🥈Islomova Mohinabonu


Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18