Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
87.5K subscribers
3.01K photos
1.83K videos
640 files
3.22K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
Kanal asoschisi — Asrorbek Jumanazarov
Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)
Download Telegram
#kun_savoli_29_01_2025

Korxonada 40 kishi ishlaydi. Ushbu korxonadagi ayol ishchilarning o‘rtacha yoshi 32 ga, erkak ishchilarning o‘rtacha yoshi esa 40 ga teng. Bu korxonani yoshi 42 ga teng bo‘lgan 2 nafar ayol ishchi tark etdi va har birining yoshi 48 ga teng bo‘lgan 4 nafar erkak ishchi kelib qo'shildi. So'nggi holatda korxonadagi ayol ishchilarning o'rtacha yoshi 30 ga teng bo’lib qoldi. Shunga ko‘ra oxirgi holatda korxonadagi erkak ishchilarning o‘rtacha yoshini toping.

Javobingizni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi. Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi.

‼️Ham yozma, ham videoyechimni 1-bo'lib yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉
t.me/pmtests
👍30🤩23🔥3👏2🎉1
#kun_savoli_javobi

Avval ayollar sonini aniqlab olamiz. Korxonadagi ayol ishchilar soni A bo'lsin. U holda ularning yoshlari yig'indisi 32×A bo'ladi. Korxonadan 2 ta 42 yoshli ayollar ketganidan keyin, ayollarning yoshlari yig'indisi 32×A - 2×42 ga teng bo'ladi. Ayollar soni esa A - 2 bo'ladi. Ularning o'rtacha yoshi 30 ga teng bo'lib qolganidan quyidagi tenglamani tuzishimiz mumkin:
32×A - 2×42=30×(A - 2)
32A - 84 = 30A - 60
2A=24, A=12.

Demak, dastlab korxonada 12 ta ayol kishi bo'lgan va qolgan 40-12=28 tasi erkak kishi bo'lgan. Dastlabki holatda erkaklarning yoshlari yig'indisi 28×40=1120 ga teng bo'lgan. 4 ta erkak kelib qo'shilganidan keyin erkaklar soni 28+4=32 ta va ularning yoshlari yig'inidisi 1120+48×4=1312 ga teng bo'ladi. Oxirgi holatda erkaklarning o'rtacha yoshi 1312:32=41 ga teng bo'ladi.

Javob: 41 yosh

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Mohinur Abdulmannopova
🥈Dilnura Gafurjonova
🥉Siddiqjonov Ixlosbek

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍49👏6🔥5😱5🎉5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
28-yanvarda bo’lgan TANQIDIY FIKRLASH VA MUAMMOLI MASALALAR testi yechimi to’liq holda “Repetitsion testlar” yopiq kanaliga joylandi.

Bundan oldingi Matematika va tanqidiy fikrlash testlarini yechimlari bilan yopiq kanalda topasiz.

@pmtests_admin1
@pmtests_admin
👍41🤩6🔥4
⚡️⚡️⚡️Bugun kanalimizda 42-online test bo'lib o'tadi‼️

BUGUN soat 20:00 da kanalimizda Prezident maktablariga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchilar uchun 42-online test bo'lib o'tadi.

Testlarimizda faol ishtirok etib bilimingizni oshirib boring!

👉👉 T.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🤩5👏4🔥3🎉3
O'nliklar xonasida 5, yuzliklar xonasida 3, yuzdan birlar xonasida 8, o'ndan birlar xonasida 2 raqami bo'lgan sonni toping.
Anonymous Quiz
20%
35,28
22%
350,208
31%
350,28
16%
305,82
10%
305,802
👍90🎉29😱14🔥11👏8🤩8
🔠🔠🔠
🔠🔠🔠🔠🔠

Ko’plab o’quvchilar va ota-onalar kutayotgan yangi tayyorlov kursiga start beramiz.

“TANQIDIY FIKRLASH - COMPLEX”

Kurs davomida Prezident maktabining asosiy imtihonida tanqidiy fikrlash qismidan yuqori ball olish uchun mukammal bilimlar berish maqsad qilingan.


Kurs haqida kanalimizda batafsil e’lon qilib boramiz.

T.me/PMTESTS
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍60👏6😱3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston Respublikasning birinchi Prezidenti xotirasi yod etildi.

Birinchi Prezidentimiz, Islom Karimov 1938-yil 30-yanvarda tavallud topgan edilar.

👉👉 t.me/pmtests
👍27🔥18🤩5
#kun_savoli_30_01_2025

A va B shaharlar orasidagi masofa 600 km. Yuk poyezdi bu masofani 15 soatda, yo‘lovchi poyezdi ushbu masofani 12 soatda, spark avtomobili esa 10 soatda bosib o‘tadi.
Dastlab, A shahardan spark avtomobili va B shahardan yuk poyezdi bir vaqtda bir-biriga qarab yo‘lga chiqishdi. Ular uchrashgan vaqtda A shahardan yo'lovchi poyezdi B shaharga qarab yo'lga chiqdi. Ma'lum vaqtdan so'ng, Yo'lovchi va yuk poyezdlari ham bir-biri bilan uchrashishdi.

Yo'lovchi poyezdi yuk poyezdi bilan uchrashganidan so'ng B shaharga yetib borishi uchun yana qancha masofa bosib o'tishi kerak?

Javobingizni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi. Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi.

‼️Ham yozma, ham videoyechimni 1-bo'lib yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉
t.me/pmtests
👍41🔥10🎉5🤩2
#kun_savoli_javobi

Har bir transportning tezliklarini topib olamiz: Yuk poyezdi 600:15=40 km/h, yo'lovchi poyezdi 600:12=50 km/h va spark avtomobili 600:10=60 km/h tezlik bilan harakatlanadi.

Spark va Yuk poyezdi bir-biri bilan ular harakatni boshlagan vaqtdan 600:(60+40)=6 soat o'tib, A shahardan 360 km masofada uchrashadilar. Bu vaqtda yo'lovchi poyezdi A shahrdan B ga qarab harakatni boshlaydi va u bilan yuk poyezdi orasida 360 km masofa bo'ladi.

Yo'lovchi va yuk poyezlari har soatda bir-biriga 50+40=90 km yaqinlashadilar va 360:90=4 soatda uchrashadilar. Yo'lovchi poyezdi bu vaqtda B ga qarab 4×50=200km yurgan bo'ladi. Yo'lovchi poyezdi B shaharga yetib borish uchun yana 600-200=400 km masofa yurishi kerak.

Javob: 400 km

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Sayfullayev Bunyodbek
🥈Dilnura Gafurjonova
🥉Mamutxonov Afzalbek

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍48👏10😱10🔥8
Perimetri 12 cm bo'lgan tomonlari butun cmlarda ifodalanadigan necha xil turli tomonli uchburchaklar mavjud?
Anonymous Quiz
12%
1
22%
2
38%
3
28%
4
👍60🎉26😱24🔥11🤩11👏3
TOP 1000 talik o'quvchilar ro'yxati.pdf
690.9 KB
@PMTESTS kanalimizdagi Matematika va tanqidiy fikrlash testlarini yechayotgan o'quvchilar soni 10mingga (9876 ta) yaqinlashdi.

Oktabr oyidan 28-yanvargacha testlarda eng faol ishtirok etgan 1000 ta o'quvchi ro'yxatini taqdim etamiz.

20-28-yanvarda Asosiy kanalimizda o'tkazilgan test natijalari (26 ta) va umumiy natijalar bo'yicha (24) o'quvchilardan 3 tasiga KYO-2025 ga yo'llanma beriladi.

Savol-javoblar 02-fevral Yakshanba soat 16:00-18:00 oralig'ida o'tkaziladi.
1 Mamutxonov Afzalbek
2 Xolmamatov Shohruhbek
3 Xomidjonov Komronbek
4 Abduvaxobov Abdulfayz
5 Valijonova Rayhona
6 Akramjonova Mubina
7 Muazzam /myinfo
8 Odiljonova Mubina
9 Habibullayev Sarvarbek
10 Alijonov Sarvarbek
11 Vasiljonov Oybek
12 Hamidullayev Shukurullo
13 Orinboyev Jasurbek
14 Rahmonjonov Muhammadziyo
15 Adihamjonov Hojiakbar
16 Xursanbekov Mehriddin
17 Ergashev Davronbek
18 Ilhomjanov Shahbozbek
19 Shermukhammedov Muhammadaziz
20 Suvonqulov Husniddin
21 Qobilov Nodirbek
22 Qodirov Muhammadaziz*
23 Olimjonova Rayhona
24 Boqijonov Azizbek
25 Abdurashidov Sardorbek
26 Suvonqulov Ibrohimjon
27 Ramazanov Aziz
28 Murodov Ubaydulloh*
29 Sohibjonov Muhammadaziz*
30 Mahmudov Humoyun*
31 Maxmarasulova Madinabonu
32 Abduqodirov /myinfo
33 Murodullayev Boburjon
34 Mansurjonov Izzatjon
35 Nabijonov Muhammadaziz*
36 Ergashev Diyorbek
37 Abdujalilov Muhammadaziz
38 Hamidjonov Jasurbek
39 Jasurov Abdulbositjon
40 Abdurasilova Muslima
41 Muxtarov Nurbek
42 Abdug'afurov Javohir
43 Tojiboyev Feruz
44 Umaraliyev Firdavsbek
45 Umrzoqov Akbarshoh
46 Ismoilova Gulhayoxon*
47 Tolibov Mirshod
48 Mannatov Yaxshiboy
49 To'xtayev Daminbek
50 Muxtorov Hasanxon*
*Yo'llanma olgan o'quvchilar savol-javobda ishtirok etishmaydi.

Ushbu ro'yxatdagi o'quvchilar quyidagi ma'lumotlarni:

- Ismi, familiya va otasining ismi
- Ro'yxatdagi o'rni
- Sinfi va test natijalarini


@pmtests_admin1 ga yuboradi. Ularga Zoomdagi savol-javobda ishtirok etish uchun yopiq guruhga LINK beriladi.

So'ralgan ma'lumotlar to'liq holda 02-fevral soat 14:00 gacha qabul qilinadi.
👍87🎉5
📣 Kanalimizda 2,3,4-sinflar uchun MEGA YUTUQLI OLIMPIADA❗️

2-fevral 19:00-21:00 orasida @PMTESTS kanalida bo'lib o'tadigan navbatdagi "Matematikadan Yutuqli Olimpiada”da 2-, 3-, 4-sinflar uchun bir vaqtda xalqaro darajadagi savollardan iborat qiziqarli test bo'lib o'tadi. Testda ishtirok etgan o'quvchilar har bir sinflar uchun alohida pul mukofotlarini qo'lga kiritadilar.

Olimpiadada qatnashish BEPUL.


🎁 Yutuq fondi: 1️⃣ 5️⃣0️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣ so’m.

🏆 Har bir sinflar bo'yicha 10 tadan (jami 30 ta) ishtirokchiga
5️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣ so’mdan pul mukofoti beriladi.

Natijalar ro'yxatidagi 1, 9, 25, 49, 81, 121, 169, 225, 289 va 361-o’rindagi o’quvchilar 50ming so’mdan pul mukofotini qo’lga kiritadilar.


Eslatib o'tamiz, @pmtests kanalimizda har oyda bir marotabadan online yutuqli olimpiadalar bo'lib o'tadi. Eng sara test savollaridan iborat matematika olimpiadasida ishtirok eting va pul mukofotlarini qo'lga kiriting.


T.me/PMTESTS
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍68🤩13😱7🔥6👏5
#kun_savoli_31_01_2025

Azizda qirrasining uzunligi 4 cm bo'lgan 36 ta kubcha bor. U barcha kubchalardan foydalanib, turli o'lchamli parallelepipedlar hosil qilishi mumkin. Misol uchun, bo'yiga 2 qator, eniga 3 qator va balandligiga 6 qator kubchalarni terib, qirralari yig'indisi L=4×(8+12+24)=176 cm bo'lgan parallelepiped yoki bo'yiga 4 qator, eniga 9 qator va balandligiga 1 qator kubchalarni terib, qirralari yig'indisi L=4×(16+36+4)=224 cm bo'lgan parallelepiped hosil qilishi mumkin.

Aziz barcha kubchalardan foydalanib, qirralari yig'indisi 208 cm bo'lgan parallelepiped hosil qildi. U hosil qilgan parallelepipedning to'la sirti yuzining qabul qilishi mumkin bo'lgan qiymatlari yig'indisini toping.

Javobingizni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi. Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi.

‼️Ham yozma, ham videoyechimni 1-bo'lib yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉
t.me/pmtests
👍75😱15🔥11🎉9🤩6👏5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kun_savoli_javobi

Quyidagi ikki holatda Aziz hosil qilgan parallelepipedning qirralari yig'indisi 208 cm bo'lishi mumkin:
1-hol: Bo'yiga 1 qator, eniga 6 qator va balandligiga 6 qator kubchalarni terib, qirralari yig'indisi L=4×(4+24+24)=208 cm bo'lgan parallelepiped. Uning sirti yuzi S=2×(4×24+4×24+24×24)=1536 kv. cm. bo'ladi.

2-hol: Bo'yiga 2 qator, eniga 2 qator va balandligiga 9 qator kubchalarni terib, qirralari yig'indisi L=4×(8+8+36)=208 cm bo'lgan parallelepiped. Uning sirti yuzi S=2×(8×8+8×36+36×8)=1280 kv. cm. bo'ladi.

Demak,  hosil qilgan parallelepipedning to'la sirti yuzining qabul qilishi mumkin bo'lgan qiymatlari yig'indisini: 1536+1280=2816 kv cm.

Javob: 2816 kvadrat cm.

Kun savolimizga dastlab to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchil quyidagi bo'ldi:
🥇Bekmurodov Otabek

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

‼️To'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍58👏9🤩4🎉3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Болага билим бериш билан шуғулланмасак, косамиз оқармайди» — Эркинжон Турдимов

Сирдарё вилояти ҳокими вазифасини бажарувчи Эркинжон Турдимов халқнинг «косаси оқариши» учун нималар қилиш кераклиги ҳақида гапирди. Унинг таъкидлашича, бугунги кунда бажарилиши керак бўлган асосий иш — болага талим бериш, унга касб ва тил ўргатишдир.

👉 https://kun.uz/kr/61922958

Kun.uz расмий канали
👍72👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bu yoshlar bilan butun O'zbekiston faxrlansa arziydi!

Dunyoning eng nufuzli universitetlarida o'z bilimi, mehnati va harakati bilan tengdoshlariga o'rnak bo'layotgan bir guruh yoshlar bilan tanishing. Ularning rejalari va niyatlari olam-olam. Eng xayron qolarlisi, ular hamma ta'lim olishni orzu qiladigan oliygohlarga 100% grant asosida qabul qilinishgan, xususan Harvard, Stanford, Columbia, MIT va yana o'nlab nufuzli top universitetlar shu jumlasidandir. (manba)

Kanalimizdagi bilimli o'quvchilar ham kelgusida shu o'quvchilar kabi dunyoning eng nufuzli dargohlarida ta'lim olishib, yurtimiz rivojiga o'z hissasini qo'shadilar.

👉👉 t.me/pmtests
👍60👏15🔥4🎉4😱1
Yanvar oyidagi Kun savollarimizda faol ishtirok etgan o'quvchilar bilan ertaga 02-fevral soat 20:00-21:00 oraligida savol-javob qilamiz.

Savol-javoblar eng faol ishtirok etgan 2 ta o'quvchiga KYO-2025 yo'llanmasini taqdim etamiz.

Izoh: Savol-javobda
#kun_savoliga eng birinchi javob yuborgan 23 ta o'quvchi va bir necha bor 2-yoki 3-o'rinda javob yuborgan 5 ta o'quvchilar qatnashadilar.

1 Ramazanov Azizjon
2 Mirzaliyev Zohirshoh
3 Mansurjonov Izzatjon*
4 Ilhomova Zarnigor
5 Abduraimova Shodiya
6 Baxtiyorova Ziyoda
7 Abduvohobov Asadbek
8 G‘aybullayev Dilshod
9 Mahmudova Salima
10 Shavkatov Mashhurbek
11 Gʻofurov Nurmuhammad
12 Qosimova Sarvinozxon
13 Ulug'bekova Azimaxon
14 Izzatullayev Habibulloh
15 Muhtorjonov Akbarjon
16 Burxoniddinov Mirziyo
17 Turgʻunaliyev Fazliddin*
18 Saidasrorov Muhammadali
19 Anvarjonov Muhammadsodiq
20 Muslimaxon To'xtasinova
21 Abdulmannopova Mohinur
22 Sayfullayev Bunyodbek
23 Bekmurodov Otabek
24 Suvonqulov Husniddin
25 Rahimjonova Mohinabonu
26 Abduraimov Diyorbek
27 Murodov Ubaydulloh
28 Gafurjonova Dilnura
*yo'llanma olgan o'quvchilar savol-javobda ishtirok etishmaydi.

Ushbu ro'yxatdagi o'quvchilar quyidagi ma'lumotlarni:

- Ismi, familiya va otasining ismi
- Ro'yxatdagi o'rni
- Sinfi


@pmtests_admin ga yuboradi. Ularga Zoomdagi savol-javobda ishtirok etish uchun yopiq guruhga LINK beriladi.

So'ralgan ma'lumotlar to'liq holda ertaga 02-fevral soat 19:00 gacha qabul qilinadi.
👍70😱16🔥9👏8🤩5🎉4