Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
87.5K subscribers
3.01K photos
1.83K videos
640 files
3.22K links
πŸ“š Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
Kanal asoschisi β€” Asrorbek Jumanazarov
Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)
Download Telegram
#kun_savoli_28_01_2025

Munisa va Imrona katta doskani teng ikkiga bo'lishdi va ikki tomonga bir xil 7576777879....979899 sonini yozishdi.
Munisa bu sondan boshqa hollarga nisbatan eng katta son qoladigan qilib 44 ta raqamni oβ€˜chirib tashladi.
Imrona esa boshqa hollarga nisbatan eng kichik son qoladigan qilib 44 ta raqamni oβ€˜chirdi.

Doskada qolgan raqamlar tartibi o'zgarmagan holatda yangi sonlarni hosil qildi. Munisa va Imrona hosil qilgan sonlar farqini toping.

Javobingizni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi. Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi.

‼️Ham yozma, ham videoyechimni 1-bo'lib yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

πŸ‘‰πŸ‘‰
t.me/pmtests
πŸ‘47🀩7πŸŽ‰6πŸ”₯5πŸ‘4😱4
#kun_savoli_javobi

Javob tahrirlandi

Avval 7576777879....979899 necha xonali son ekanligini aniqlaymiz. Bu son (99-75+1)Γ—2=50 xonali son. Munisa va Imrona 44 tadan raqamni o'chirishsa, har birida olti xonali sonlar hosil bo'ladi.

Munisa olti xonali eng katta sonni hosil qilish uchun oltita 9 raqamidan boshqa barcha raqamlarni o'chirib tashlaydi va unda 999 999 soni hosil bo'ladi.

Imrona esa kichikroq sonni hosil qilish uchun dastlabki raqamlar uchun kichikroq raqamlarni olib qoladi. Misol uchun Imrona hosil qilgan sonning birinchi raqami 81 sonining birini, ikkinchi raqamiga 90 sonining nolini, uchinchi raqamiga 91 sonining birini, 4-raqamga 92 sonining ikkisini, 5-raqamga 93 ning uchini va oxirgi raqamga 94 ning to'rtini olib qolib, qolgan barcha raqamlarni o'chirib yuboradi.

Shunday qilib Munisa hosil qilgan son 999 999 va Imrona hosil qilgan son 101234. Bu sonlar farqi
999999-101234=898765.

Javob: 898765

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
βœ… πŸ₯‡Muslimaxon To'xtasinova
βœ… πŸ₯ˆIslomova Mohinabonu
βœ… πŸ₯‰Izzatullayev Habibullo

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha toβ€˜gβ€˜ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘32😱13πŸ”₯8🀩6πŸŽ‰5πŸ‘3
2-fevral Kanalimizda yutuqli olimpiadalar o'tkaziladi.

Bu hafta kanalimizda ikkita yopiq test orqali o'quvchilarni KYO-2025 ga saralash rejalashtirilgan edi. Ushbu yopiq testlar keyingi haftada bo'lib o'tadi.

Bu hafta oxirida esa, ajoyib yutuqli olimpiada bilan bilimingizni sinab pul mukofotlariga ega bo'lishingiz mumkin.

πŸ‘‰πŸ‘‰ t.me/pmtests
πŸ‘32🀩5πŸ”₯4😱4πŸ‘3
Quyida berilgan qoidaga asoslangan holda
a ♦️ b = a + (a + 1) + (a + 2) + … + (a + b)
3 ♦️ 8 ning son qiymatini toping
Anonymous Quiz
21%
33
35%
45
29%
60
15%
63
πŸ‘65πŸŽ‰28😱27πŸ”₯19πŸ‘15🀩11
#kun_savoli_29_01_2025

Korxonada 40 kishi ishlaydi. Ushbu korxonadagi ayol ishchilarning oβ€˜rtacha yoshi 32 ga, erkak ishchilarning oβ€˜rtacha yoshi esa 40 ga teng. Bu korxonani yoshi 42 ga teng boβ€˜lgan 2 nafar ayol ishchi tark etdi va har birining yoshi 48 ga teng boβ€˜lgan 4 nafar erkak ishchi kelib qo'shildi. So'nggi holatda korxonadagi ayol ishchilarning o'rtacha yoshi 30 ga teng bo’lib qoldi. Shunga koβ€˜ra oxirgi holatda korxonadagi erkak ishchilarning oβ€˜rtacha yoshini toping.

Javobingizni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi. Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi.

‼️Ham yozma, ham videoyechimni 1-bo'lib yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

πŸ‘‰πŸ‘‰
t.me/pmtests
πŸ‘30🀩23πŸ”₯3πŸ‘2πŸŽ‰1
#kun_savoli_javobi

Avval ayollar sonini aniqlab olamiz. Korxonadagi ayol ishchilar soni A bo'lsin. U holda ularning yoshlari yig'indisi 32Γ—A bo'ladi. Korxonadan 2 ta 42 yoshli ayollar ketganidan keyin, ayollarning yoshlari yig'indisi 32Γ—A - 2Γ—42 ga teng bo'ladi. Ayollar soni esa A - 2 bo'ladi. Ularning o'rtacha yoshi 30 ga teng bo'lib qolganidan quyidagi tenglamani tuzishimiz mumkin:
32Γ—A - 2Γ—42=30Γ—(A - 2)
32A - 84 = 30A - 60
2A=24, A=12.

Demak, dastlab korxonada 12 ta ayol kishi bo'lgan va qolgan 40-12=28 tasi erkak kishi bo'lgan. Dastlabki holatda erkaklarning yoshlari yig'indisi 28Γ—40=1120 ga teng bo'lgan. 4 ta erkak kelib qo'shilganidan keyin erkaklar soni 28+4=32 ta va ularning yoshlari yig'inidisi 1120+48Γ—4=1312 ga teng bo'ladi. Oxirgi holatda erkaklarning o'rtacha yoshi 1312:32=41 ga teng bo'ladi.

Javob: 41 yosh

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
βœ… πŸ₯‡Mohinur Abdulmannopova
βœ… πŸ₯ˆDilnura Gafurjonova
βœ… πŸ₯‰Siddiqjonov Ixlosbek

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha toβ€˜gβ€˜ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘49πŸ‘6πŸ”₯5😱5πŸŽ‰5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
28-yanvarda bo’lgan TANQIDIY FIKRLASH VA MUAMMOLI MASALALAR testi yechimi to’liq holda β€œRepetitsion testlar” yopiq kanaliga joylandi.

Bundan oldingi Matematika va tanqidiy fikrlash testlarini yechimlari bilan yopiq kanalda topasiz.

@pmtests_admin1
@pmtests_admin
πŸ‘41🀩6πŸ”₯4
⚑️⚑️⚑️Bugun kanalimizda 42-online test bo'lib o'tadi‼️

BUGUN soat ⏰20:00 da kanalimizda Prezident maktablariga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchilar uchun 42-online test bo'lib o'tadi.

Testlarimizda faol ishtirok etib bilimingizni oshirib boring!

πŸ‘‰πŸ‘‰ T.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘43🀩5πŸ‘4πŸ”₯3πŸŽ‰3
O'nliklar xonasida 5, yuzliklar xonasida 3, yuzdan birlar xonasida 8, o'ndan birlar xonasida 2 raqami bo'lgan sonni toping.
Anonymous Quiz
20%
35,28
22%
350,208
31%
350,28
16%
305,82
10%
305,802
πŸ‘90πŸŽ‰29😱14πŸ”₯11πŸ‘8🀩8
πŸ” πŸ” πŸ” 
πŸ” πŸ” πŸ” πŸ” πŸ” 

Ko’plab o’quvchilar va ota-onalar kutayotgan yangi tayyorlov kursiga start beramiz.

β€œTANQIDIY FIKRLASH - COMPLEX”

Kurs davomida Prezident maktabining asosiy imtihonida tanqidiy fikrlash qismidan yuqori ball olish uchun mukammal bilimlar berish maqsad qilingan.


Kurs haqida kanalimizda batafsil e’lon qilib boramiz.

T.me/PMTESTS
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘60πŸ‘6😱3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston Respublikasning birinchi Prezidenti xotirasi yod etildi.

Birinchi Prezidentimiz, Islom Karimov 1938-yil 30-yanvarda tavallud topgan edilar.

πŸ‘‰πŸ‘‰ t.me/pmtests
πŸ‘27πŸ”₯18🀩5
#kun_savoli_30_01_2025

A va B shaharlar orasidagi masofa 600 km. Yuk poyezdi bu masofani 15 soatda, yoβ€˜lovchi poyezdi ushbu masofani 12 soatda, spark avtomobili esa 10 soatda bosib oβ€˜tadi.
Dastlab, A shahardan spark avtomobili va B shahardan yuk poyezdi bir vaqtda bir-biriga qarab yoβ€˜lga chiqishdi. Ular uchrashgan vaqtda A shahardan yo'lovchi poyezdi B shaharga qarab yo'lga chiqdi. Ma'lum vaqtdan so'ng, Yo'lovchi va yuk poyezdlari ham bir-biri bilan uchrashishdi.

Yo'lovchi poyezdi yuk poyezdi bilan uchrashganidan so'ng B shaharga yetib borishi uchun yana qancha masofa bosib o'tishi kerak?

Javobingizni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi. Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi.

‼️Ham yozma, ham videoyechimni 1-bo'lib yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

πŸ‘‰πŸ‘‰
t.me/pmtests
πŸ‘41πŸ”₯10πŸŽ‰5🀩2
#kun_savoli_javobi

Har bir transportning tezliklarini topib olamiz: Yuk poyezdi 600:15=40 km/h, yo'lovchi poyezdi 600:12=50 km/h va spark avtomobili 600:10=60 km/h tezlik bilan harakatlanadi.

Spark va Yuk poyezdi bir-biri bilan ular harakatni boshlagan vaqtdan 600:(60+40)=6 soat o'tib, A shahardan 360 km masofada uchrashadilar. Bu vaqtda yo'lovchi poyezdi A shahrdan B ga qarab harakatni boshlaydi va u bilan yuk poyezdi orasida 360 km masofa bo'ladi.

Yo'lovchi va yuk poyezlari har soatda bir-biriga 50+40=90 km yaqinlashadilar va 360:90=4 soatda uchrashadilar. Yo'lovchi poyezdi bu vaqtda B ga qarab 4Γ—50=200km yurgan bo'ladi. Yo'lovchi poyezdi B shaharga yetib borish uchun yana 600-200=400 km masofa yurishi kerak.

Javob: 400 km

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
βœ… πŸ₯‡Sayfullayev Bunyodbek
βœ… πŸ₯ˆDilnura Gafurjonova
βœ… πŸ₯‰Mamutxonov Afzalbek

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha toβ€˜gβ€˜ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘48πŸ‘10😱10πŸ”₯8
Perimetri 12 cm bo'lgan tomonlari butun cmlarda ifodalanadigan necha xil turli tomonli uchburchaklar mavjud?
Anonymous Quiz
12%
1
22%
2
38%
3
28%
4
πŸ‘60πŸŽ‰26😱24πŸ”₯11🀩11πŸ‘3