Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
87.2K subscribers
3.01K photos
1.83K videos
640 files
3.22K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
Kanal asoschisi — Asrorbek Jumanazarov
Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KATTA YUTUQLI OLIMPIADA-2025 ning 35-ishtirokchisi aniqlandi.

19-yanvar PMTESTS tomonidan Respublika bo’ylab o’tkazilgan Al-Xorazmiy maktabi tayyorgarlik testining eng faol o’quvchilari bilan Kecha 26-yanvar kuni ZOOM da savol-javob o’tkazildi.

Savol: Agar son juft bo'lsa 2 ga bo'lamiz, agar toq bo'lsa unga 1 ni qo'shamiz. Amallar birinchi marta 1 chiqqunicha davom etadi. Shunday sonlarni topingki, ularni ustida 4 ta mana shunday amalni bajarganda natija 1 chiqishi kerak.


Muhammadaminov
Abdulloh - Namangan viloyati Norin tumani, 37-maktab 4-sinf o’quvchisi. KYO-2025 ning 35-yo’llanma sohibi.

PMTESTS ning Repetitsion testlarida qatnashing va Asosiy imtihonga mukammal tayyorlanib KYO-2025 ga yo’llanma oling.

Https://t.me/pmtests
Https://t.me/pmtests
👍30👏4🤩4
#kun_savoli_27_01_2025

Jamshid 26 ta birlik kublarni yopishitirib rasmdagi shaklni hosil qildi. Yopishtirish uchun har bir ikki kubning birlashgan yoqlariga bir tomchi yelim surtdi.

Jamshid ushbu shaklni hosil qilish uchun yelimdan necha tomchi ishlatgan?

Javobingizni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi. Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi.

‼️Ham yozma, ham videoyechimni 1-bo'lib yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉
t.me/pmtests
👍50🎉12😱4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KATTA YUTUQLI OLIMPIADA-2025 ning 36-ishtirokchisi aniqlandi.

19-yanvar PMTESTS tomonidan Respublika bo’ylab o’tkazilgan Al-Xorazmiy maktabi tayyorgarlik testining eng faol o’quvchilari bilan Kecha 26-yanvar kuni ZOOM da savol-javob o’tkazildi.

Savol: Yoshlari 2, 3, 7, 13, 18 va x bo'lgan 6 kishi 1-qatorda bir kishi, 2-qatorda ikki kishi, 3-qatorda uch kishi shaklida turibdi. Noma'lum yoshdagi odam 3-qatorda turibdi. Agar 1-qatordagi odamning yoshi 2-qatordagi odamlar yoshlarining yig'indisidan katta bo'lsa, 2-qatordagi odamlar yoshlari yig'indisi 3-qatordagi odamlar yoshlarining yig'indisidan katta bo'lsa, X yoshli odam eng ko'pi bilan necha yosh bo'ladi?


Abdumuxtorov Muhammad - Andijon viloyati Shahrixon tumani, 44-maktab 4-sinf o’quvchisi. KYO-2025 ning 36-yo’llanma sohibi.

PMTESTS ning Repetitsion testlarida qatnashing va Asosiy imtihonga mukammal tayyorlanib KYO-2025 ga yo’llanma oling.

Https://t.me/pmtests
Https://t.me/pmtests
👍34😱5🔥4🎉2👏1
#kun_savoli_javobi

Agar shaklda jami 26 ta birlik kub bo'lsa, ularning jami yoqlari soni 26×6=156 ta bo'ladi. Shaklning sirti yuzida esa oldidan 8 ta, o'ngdan 10 ta va yuqoridan 12 ta yoq ko'rinib turibdi. Demak, sirti yuzi S=2×(8+10+12)=60 ga teng. U holda yelim surtilgan yoqlar soni 156-60=96 ta bo'ladi. Har ikki yoqqa bir tomchi surtilgani uchun shaklni hosil qilishda 96:2=48 tomchi yelim ishlatilgan bo'ladi.

Javob: 48 tomchi

Kun savolimizga dastlab to'rtta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🔤 Anvarjonov Muhammadsodiq
🔤 Murodov Ubaydulloh
🔤 Ilhomjonov Hayotbek
🔤 Abdulmannopova Mohinur

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍61😱12🔥8🎉7🤩5👏3
⚡️⚡️⚡️Bugun kanalimizda 21-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi‼️

BUGUN soat 20:00 da kanalimizda Prezident maktablariga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchilar uchun 21-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi.

Testlarimizda faol ishtirok etib bilimingizni oshirib boring!

👉👉 T.me/pmtests
👍45🔥5
Ikki duradgor birgalikda ishlab 1456 ta stul yasadi. Agar birinchi duradgor har kuni 32 ta, ikkinchisi esa kuniga 24 tadan stul yasagan bo‘lsa, birinchi duradgor jami nechtadan stul yasagan?
Anonymous Quiz
30%
832
24%
800
25%
624
13%
632
8%
504
👍63🔥52👏21😱18🎉18🤩14
#kun_savoli_28_01_2025

Munisa va Imrona katta doskani teng ikkiga bo'lishdi va ikki tomonga bir xil 7576777879....979899 sonini yozishdi.
Munisa bu sondan boshqa hollarga nisbatan eng katta son qoladigan qilib 44 ta raqamni o‘chirib tashladi.
Imrona esa boshqa hollarga nisbatan eng kichik son qoladigan qilib 44 ta raqamni o‘chirdi.

Doskada qolgan raqamlar tartibi o'zgarmagan holatda yangi sonlarni hosil qildi. Munisa va Imrona hosil qilgan sonlar farqini toping.

Javobingizni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi. Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi.

‼️Ham yozma, ham videoyechimni 1-bo'lib yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉
t.me/pmtests
👍47🤩7🎉6🔥5👏4😱4
#kun_savoli_javobi

Javob tahrirlandi

Avval 7576777879....979899 necha xonali son ekanligini aniqlaymiz. Bu son (99-75+1)×2=50 xonali son. Munisa va Imrona 44 tadan raqamni o'chirishsa, har birida olti xonali sonlar hosil bo'ladi.

Munisa olti xonali eng katta sonni hosil qilish uchun oltita 9 raqamidan boshqa barcha raqamlarni o'chirib tashlaydi va unda 999 999 soni hosil bo'ladi.

Imrona esa kichikroq sonni hosil qilish uchun dastlabki raqamlar uchun kichikroq raqamlarni olib qoladi. Misol uchun Imrona hosil qilgan sonning birinchi raqami 81 sonining birini, ikkinchi raqamiga 90 sonining nolini, uchinchi raqamiga 91 sonining birini, 4-raqamga 92 sonining ikkisini, 5-raqamga 93 ning uchini va oxirgi raqamga 94 ning to'rtini olib qolib, qolgan barcha raqamlarni o'chirib yuboradi.

Shunday qilib Munisa hosil qilgan son 999 999 va Imrona hosil qilgan son 101234. Bu sonlar farqi
999999-101234=898765.

Javob: 898765

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Muslimaxon To'xtasinova
🥈Islomova Mohinabonu
🥉Izzatullayev Habibullo

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32😱13🔥8🤩6🎉5👏3
2-fevral Kanalimizda yutuqli olimpiadalar o'tkaziladi.

Bu hafta kanalimizda ikkita yopiq test orqali o'quvchilarni KYO-2025 ga saralash rejalashtirilgan edi. Ushbu yopiq testlar keyingi haftada bo'lib o'tadi.

Bu hafta oxirida esa, ajoyib yutuqli olimpiada bilan bilimingizni sinab pul mukofotlariga ega bo'lishingiz mumkin.

👉👉 t.me/pmtests
👍32🤩5🔥4😱4👏3
Quyida berilgan qoidaga asoslangan holda
a ♦️ b = a + (a + 1) + (a + 2) + … + (a + b)
3 ♦️ 8 ning son qiymatini toping
Anonymous Quiz
21%
33
35%
45
29%
60
15%
63
👍65🎉28😱27🔥19👏15🤩11
#kun_savoli_29_01_2025

Korxonada 40 kishi ishlaydi. Ushbu korxonadagi ayol ishchilarning o‘rtacha yoshi 32 ga, erkak ishchilarning o‘rtacha yoshi esa 40 ga teng. Bu korxonani yoshi 42 ga teng bo‘lgan 2 nafar ayol ishchi tark etdi va har birining yoshi 48 ga teng bo‘lgan 4 nafar erkak ishchi kelib qo'shildi. So'nggi holatda korxonadagi ayol ishchilarning o'rtacha yoshi 30 ga teng bo’lib qoldi. Shunga ko‘ra oxirgi holatda korxonadagi erkak ishchilarning o‘rtacha yoshini toping.

Javobingizni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi. Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi.

‼️Ham yozma, ham videoyechimni 1-bo'lib yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉
t.me/pmtests
👍30🤩23🔥3👏2🎉1
#kun_savoli_javobi

Avval ayollar sonini aniqlab olamiz. Korxonadagi ayol ishchilar soni A bo'lsin. U holda ularning yoshlari yig'indisi 32×A bo'ladi. Korxonadan 2 ta 42 yoshli ayollar ketganidan keyin, ayollarning yoshlari yig'indisi 32×A - 2×42 ga teng bo'ladi. Ayollar soni esa A - 2 bo'ladi. Ularning o'rtacha yoshi 30 ga teng bo'lib qolganidan quyidagi tenglamani tuzishimiz mumkin:
32×A - 2×42=30×(A - 2)
32A - 84 = 30A - 60
2A=24, A=12.

Demak, dastlab korxonada 12 ta ayol kishi bo'lgan va qolgan 40-12=28 tasi erkak kishi bo'lgan. Dastlabki holatda erkaklarning yoshlari yig'indisi 28×40=1120 ga teng bo'lgan. 4 ta erkak kelib qo'shilganidan keyin erkaklar soni 28+4=32 ta va ularning yoshlari yig'inidisi 1120+48×4=1312 ga teng bo'ladi. Oxirgi holatda erkaklarning o'rtacha yoshi 1312:32=41 ga teng bo'ladi.

Javob: 41 yosh

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Mohinur Abdulmannopova
🥈Dilnura Gafurjonova
🥉Siddiqjonov Ixlosbek

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍49👏6🔥5😱5🎉5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
28-yanvarda bo’lgan TANQIDIY FIKRLASH VA MUAMMOLI MASALALAR testi yechimi to’liq holda “Repetitsion testlar” yopiq kanaliga joylandi.

Bundan oldingi Matematika va tanqidiy fikrlash testlarini yechimlari bilan yopiq kanalda topasiz.

@pmtests_admin1
@pmtests_admin
👍41🤩6🔥4