Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
87.1K subscribers
3.01K photos
1.83K videos
640 files
3.22K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
Kanal asoschisi — Asrorbek Jumanazarov
Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)
Download Telegram
⚡️⚡️⚡️Bugun kanalimizda 20-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi‼️

BUGUN soat 20:00 da kanalimizda Prezident maktablariga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchilar uchun 20-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi.

Testlarimizda faol ishtirok etib bilimingizni oshirib boring!

👉👉 T.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥8🤩8
3-4-sinflar natijalari Algoratim.pdf
555.1 KB
⚡️⚡️⚡️Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida o'tkazilgan offline yutuqli olimpiadada 6 ta o'quvchi pul mukofotiga va 3 ta o'quvchi KYO-2025 yo'llanmasiga ega bo'ldi.

@PMTESTS va Algoritm Academy hamkorligida Qarshi shahrida 19-yanvarda o’tkazilgan offline yutuqli olimpiada 350 ga yaqin ishtirokchilar ichida quyidagi o’quvchilar pul mukofotlariga ega bo’lishdi.

4-sinflar
🏆 1-o’rin Rustamov Xushnudbek 500 000 so’m

🥈2-o’rin Xo'jamberdiyev Doniyor 300 000 so’m

🥉3-o’rin Maxmadaliyev Sardor 200 000 so’m

3-sinflar
🏆 1-o’rin Eshonqulov Behruz 500 000 so’m

🥈2-o’rin Egamberdiyev Bilol 300 000 so’m

🥉3-o’rin Ergashev Muhammad 200 000 so’m

⚡️⚡️ Quyidagi uchta o'quvchi KATTA YUTUQLI OLIMPIADAga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

32-yo'llanma: Najmiddinova E'zoza

33-yo'llanma: Abdunabiyev Temur

34-yo'llanma: Maxmadaliyev Sardor

Yutuqli olimpiadada ishtirok etgan barcha o’quvchilarga tashakkur aytamiz. Ularga ilm olish yo’lida omad va zafarlar tilab qolamiz! Olimpiadani yuqori saviyada tashkillashtirgan Algoritm Academy NTM ga ham o'z minnatdorligimizni bildiramiz.

👉👉 t.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍59🔥10👏6
#kun_savoli_21_01_2025

150 dan 249 gacha bo‘lgan sonlar ketma-ket yozilib 150151152153154155156157. . . .248249 ko‘rinishidagi son hosil qilindi. Keyin bu son to‘rtta raqamdan iborat guruhlarga ajratildi:
(1501) (5115) (2153) (1541) (5515) (6157). . . . (4724) (8249).
Ushbu guruhlardagi sonlar ichidan eng katta va eng kichik 4 xonali sonlar yig'indisini toping? (Izoh: bunda 0 bilan boshlanuvchi sonlar 4 xonali hisoblanmaydi. Misol uchun (0161) 4 xonali son emas.)

Javobingizni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi. Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi.

‼️Ham yozma, ham videoyechimni 1-bo'lib yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉 t.me/pmtests
👍51🔥8😱5🎉5👏4🤩1
#kun_savoli_javobi

Eng kichik sonni topish uchun 1-raqami 1 bo'lgan guruhlarni ko'rib chiqamiz. 150-199 gacha 1-raqami 1 ga teng bo'lgan guruhlarning barcha 1500 dan katta 4 xonali sonlarni beradi. Chunki, uch xonali sonning birlar xonasidagi bir raqami guruhdagi o'rniga ko'ra 2-yoki 4-o'rinda turadi. Misol uchun 151 sonidagi bir 2-guruhda (5115) 2-o'rindagi raqam bo'lsa, 161 sonidagi bir (0161) 4-o'rinda turadi. Shuning uchun, o'nlar xonasidagi 1 raqami guruhda 1-o'rinda bo'lgan sonni qidiramiz va bu 211 soni bo'ladi. (211-150+1)*3=186 va 186:4=46(2). Bu sonning birlar xonasidagi raqami 47-guruhning ikkinchi xonasi bo'ladi. O'nlar xonasi esa 47-guruhning birinchi raqami bo'ladi.
..(2102) (1121) (2213)..   Demak, guruhdagi eng kichik 4 xonali son 1121 ga teng bo'ladi.

Guruhdagi eng katta sonni topish uchun birinchi raqami 9 bilan boshlanadigan guruhlarni qidiramiz. Birlar xonasidagi 9 lar guruhda faqat 2- yoki 4-o'rinda keladi. Misol uchun 159 sonidagi to'qqiz 8-guruhda (5916) 2-o'rindagi raqam bo'lsa, 169 sonidagi to'qqiz (8169) 4-o'rinda turadi. Shuning uchun, o'nlar xonasidagi 9 raqami guruhda 1-o'rinda bo'lgan sonni qidiramiz va bu 199 soni bo'ladi. (199-150+1)*3=150 va 150:4=37(2). Bu sonning birlar xonasidagi 9 raqami 38-guruhning ikkinchi xonasida bo'ladi. O'nlar xonasi esa 38-guruhning birinchi raqami bo'ladi.
.. (1981) (9920) (0201).. Demak, guruhdagi eng katta 4 xonali son 9920 ga teng bo'ladi.

Bu sonlar yig'indisi 1121+9920=11041

Javob: 11041

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Muhtorjonov Akbarjon
🥈Muhammad Rizoxon Muhiddinov
🥉Muxtorov Hasanxon

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍38🔥10👏6
❗️‼️

"Katta yutuqli olimpiada - 2025" ga YANVAR oyida 3-4-sinf o'quvchilarini saralash rejasi.

2025-yil yanvar oyida yana 12 ta o'quvchiga Katta yutuqli olimpiadaga yo'llanma beriladi. Yo'llanmalar quyidagi testlarda faol ishtirok etgan o'quvchilarga savol-javob orqali taqdim etiladi:

Kanalimizda o'tkazilayotgan:
➡️ matematika (30 talik)
➡️ tanqidiy fikrlash (10talik)
testlar natijalari bo'yicha 5 ta yo'llanma:
Bunda:
📅 Shu hafta 20-28-yanvardagi testlardagi natijalar va umumiy natijalar bo'yicha 3 ta yo'llanma beriladi.
📅 29-va 01-yanvarda "Repetitsion testlar" kanalida bo'ladigan yopiq test natijalari bo'yicha 2 ta yo'llanma beriladi.

O'quv markazlarida o'tkazilayotgan tayyorlov testlaridagi natijalar bo'yicha 5 ta yo'llanma:
🔝19-yanvar natijalari bo'yicha 2 ta
🔝26-yanvar natijalari bo'yicha 3 ta.

Kun savollarida faol ishtirok etayotgan o'quvchilardan 2-fevraldagi savol-javoblar bo'yicha - 2 ta

🔔🔔🔔🔔
Ushbu testlar o'quvchilarni prezident va al-Xorazmiy maktablari imtihonlariga tayyorlashga yo'naltirilgan bo'lib, o'quvchilar olimpiadada qatnashish bilan imtihonlarga kirish imkoniyatini ham oshirib boradi.


🚀🚀
🚀🚀Bu xabarni o’zingizga saqlab oling, olimpiadaga qanday qilib yo’llanma olishda kerak bo’ladi.

👉👉 t.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27👏5🔥3🤩2
#eslatma

O'quv markazlarida o'tkazilayotgan REPETITSION TESTlarda ishtirok etayotgan o'quvchilarga savollar kitobi bilan birgalikda test yechish bo'yicha formula daftarchasi va ko'rsatmalar ham berib borilmoqda.

Imtihon vaqtigacha testlarimizda uzluksiz ishtirok etgan o'quvchilar Mukammal formulalar va ko'rsatmalar to'plamiga ega bo'lishadi.💯

👉👉 @PMTESTS
👍21🔥6👏2😱2
#kun_savoli_22_01_2025

Dehqon o'zi yetishtirgan kartoshka hosilining chorak qismini 25 kgli qoplarga, undan qolganining uchdan bir (1/3) qismini 30 kg li qoplarga, undan qolganining to'rtdan uch (3/4) qismini 35 kg li qoplarga va undan qolganining hammasini 75 kg li qoplarga solib joyladi.
Agar dehqon 35 kg li qoplardan 45 tasiga kartoshka solgan bo‘lsa, u jami kartoshkalarni nechta qopga joylagan?

Javobingizni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi. Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi.

‼️Ham yozma, ham videoyechimni 1-bo'lib yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉 t.me/pmtests
👍32😱8🔥5🎉2👏1
#kun_savoli_javobi

45 ta 35 kg li qoplarga joylangan kartoshkalar 35×45=1575 kg ni tashkil qiladi. Bundan 30 kg li qoplarga kartoshkalar joylanganidan keyin 1575:3×4=2100 kg qolganini bilishimiz mumkin.

Undan oldin 30 kg li qoplarga qolgan kartoshkalarning 1/3 qismi joylangan va 2/3 qismi qolgan edi. Bundan 30 kg li qoplarga joylanishidan oldin jami 2100:2×3=3150 kg kartoshka bo'lganini aniqlash mumkin.

Dastlab jami kartoshkalarning chorak qismi 25 kg li qoplarga joylangan va 3/4 qismi qolgan edi. Bundan dehqon jami 3150:3×4=4200 kg kartoshka yetishtirganini bilishimiz mumkin.

Endi qoplar sonini aniqlaymiz. 4200 kg ning chorak qismi 4200:4=1050 kg kartoshka 1050:25=42 ta qopga, qolgan 3150 kg kartoshkaning 1/3 qismi 3150:3=1050 kg kartoshka 1050:30=35 ta qopgan, keyin qolgan 2100 kg ning 3/4 qismi 2100:4×3=1575 kg kartoshka 1575:35=45 ta qopga va qolgan 525 kg kartoshka esa 525:75=7 ta qopga joylangan. Jami qoplar soni 42+35+45+7=129 ta bo'lgan.

Javob: 129 ta

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Burxoniddinov Mirziyo
🥈Suvonqulov Husniddin
🥉Rajabov Abdulloh

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍36👏5😱4🔥3🤩3
⚡️⚡️Ertaga 18:00 da Qarshi shahrida o'tkazilgan yutuqli olimpiada savollari 40-online test sifatida bo'lib o'tadi.

@PMTESTS jamoasi Yutuqli olimpiadalarga eng sara, qiziqarli, o'quvchilarni fikrlashga undovchi va mutlaqo yangi savollardan foydalanib boradi. Ertaga 18:00-20:30 oralig'ida 40-online test bo'lib o'tadi. Ushbu test yakunlanganidan keyin 20:40 da test tahlili ham bo'lib o'tadi.

Testda ishtirok eting va bilimingizni sinab ko'ring!

👉👉 t.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🎉9🔥7👏6
(olimpiada_savoli) Bir yilning fevral oyida haftaning boshqa kunlariga qaraganda shanba kunlari ko'proq bo'ldi. Bu oyning oxirgi kuni qaysi kun?
Anonymous Quiz
8%
Chorshanba
14%
Payshanba
31%
Juma
29%
Shanba
18%
Yakshanba
👍43🎉30🔥8😱7👏5
Live stream scheduled for
🔔🔔 Test boshlanishiga 30 daqiqa vaqt qoldi!!

Ushbu testni qashqadaryolik o'quvchilar 80 minut davomida yechib ushbu natijani ko'rsatgan edilar. Siz ham testni mustaqil yechib, natijangizni tengdoshlaringiz bilan solishtirib ko'ring!!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27🔥4👏3
Quyida berilgan AA, SS, RR ikki xonali va ASR uch xonali son. Ushbu sonlardagi bir xil raqamlar bir xil harflar bilan turli raqamlar turli harflar bilan belgilangan bo’lsa, A+B+C ni toping:

AA+SS+RR=ASR
Anonymous Quiz
16%
16
18%
17
35%
18
22%
20
10%
21
👍108🎉30😱27🔥7🤩7👏4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mening bu natijaga erishishimda PMTESTS jamoasi katta hissa qo‘shdi…

Baxtiyorov Elyorbek - Xiva shahridagi Prezident maktabi 5-sinf o’quvchisi.

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥

🔔🔔 6-fevraldan "Prezident maktabiga tayyorlov" videodarslar kanalimizda bir oylik "Tanqidiy fikrlash" kursi jonli Zoom ilovasida bo'lib o'tadi. Kanalga a'zo bo'lib Asosiy imtihonga mukammal tayyorlaning

Shoshiling!!! Maxsus tayyorlov pullik kanalida mukammal tayyorlanib Prezident maktabi o’quvchisiga aylaning.

Maxsus tayyorlov pullik kanallarga chegirma bilan a’zo bo’lish uchun:
✍️ @PMTESTS_ADMIN
✍️
@PMTESTS_ADMIN1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥2🤩2
#kun_savoli_23_01_2025

Tomonining uzunligi 10, 24 va 26 cm bo'lgan uchburchak atrofiga rasmda ko'rsatilgani kabi 3 ta kvadrat chizilgan. Keyin esa kvadratlar tomoni bilan umumiy tomonga ega 3 ta teng tomonli uchburchak va 2 ta muntazam beshburchak chizilgan. Shuningdek, teng tomonli uchburchak bilan umumiy tomonga ega bitta muntazam oltiburchak ham chizilgan.

Hosil bo'lgan shaklning perimetrini toping.


Javobingizni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi. Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi.

‼️Ham yozma, ham videoyechimni 1-bo'lib yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉
t.me/pmtests
👍38😱4🎉4🤩4👏2🔥1
#kun_savoli_javobi

Shaklning perimetrini hisoblash uchun faqat chegaraviy tomonlar yig'indisini hisoblash kerak. Shakl 22 burchak hisoblanadi. Uning 8 ta tomoni uzunligi 10 ga, 11 ta tomon uzunligi 24 ga va 3 ta tomoni uzunligi 26 ga teng. Shaklning perimetri 8×10+11×24+3×26=422 ga teng.

Javob: P=422

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Turgʻunaliyev Fazliddin
🥈Ulug'bekova Azimaxon
🥉Mamadiyorova Dilnura

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🤩5👏3😱3🎉3