Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
86.8K subscribers
3.01K photos
1.83K videos
640 files
3.22K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
Kanal asoschisi — Asrorbek Jumanazarov
Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)
Download Telegram
Muslim va Solih orasidagi masofa 120 metr. Muslim Solihning ortidan bormoqda va 40 sekundda unga yetib oldi. Agar Solihning tezligi 60 m/min bo'lgan bo'lsa, Muslim Solihga yetib olgunicha qanday tezlik bilan harakatlangan?
Anonymous Quiz
17%
63 m/min
26%
120 m/min
31%
180 m/min
20%
240 m/min
6%
300 m/min
👍67🤩17🎉15🔥14😱13👏4
❗️‼️
📢📢📢📢📢📢

"Katta yutuqli olimpiada - 2025" ga YANVAR oyida 3-4-sinf o'quvchilarini saralash rejasi.

2025-yil yanvar oyida 15 ta o'quvchiga Katta yutuqli olimpiadaga yo'llanma beriladi. Yo'llanmalar quyidagi testlarda faol ishtirok etgan o'quvchilarga savol-javob orqali taqdim etiladi:

Qarshi shahrida o'tkaziladigan offline olimpiada natijalari bo'yicha - 3 ta

Kanalimizda o'tkazilayotgan:
➡️ matematika (30 talik)
➡️ tanqidiy fikrlash (10talik)
testlar natijalari bo'yicha 5 ta yo'llanma:
Bunda:
📅 20-28-yanvardagi testlardagi natijalar va umumiy natijalar bo'yicha 3 ta yo'llanma beriladi.
📅 29-va 01-yanvarda "Repetitsion testlar" kanalida bo'ladigan yopiq test natijalari bo'yicha 2 ta yo'llanma beriladi.

O'quv markazlarida o'tkazilayotgan tayyorlov testlaridagi natijalar bo'yicha 5 ta yo'llanma:
🔝19-yanvar natijalari bo'yicha 2 ta
🔝26-yanvar natijalari bo'yicha 3 ta.

Kun savollarida faol ishtirok etayotgan o'quvchilardan 2-fevraldagi savol-javoblar bo'yicha - 2 ta

🔔🔔🔔🔔
Ushbu testlar o'quvchilarni prezident va al-Xorazmiy maktablari imtihonlariga tayyorlashga yo'naltirilgan bo'lib, o'quvchilar olimpiadada qatnashish bilan imtihonlarga kirish imkoniyatini ham oshirib boradi.


🚀🚀
🚀🚀Bu xabarni o’zingizga saqlab oling, olimpiadaga qanday qilib yo’llanma olishda kerak bo’ladi.

👉👉 t.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥6🎉6🤩5😱4
Oyning yakshanbadan payshanbagacha bo’lgan sana (kun)lari yig’indisi 40 ga teng. Shu oyning 3-payshanbasi oyning nechanchi kuniga to’g’ri keladi?
Anonymous Quiz
15%
14
21%
15
28%
16
19%
17
18%
24
👍67😱33🎉31👏14🔥11🤩5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍79👏11🤩9🔥5😱4🎉4
Bugun jamoamiz bilan Qashqadaryoda olimpiada o'tkazish uchun safarga chiqdik. Shu sababli bugun kun_savoli e'lon qilinmaydi.
😱80👍54🔥8👏7🤩6
Jamoamiz Qarshi shahrida.....
Ertaga olimpiada...
👍112🔥15🤩9🎉8👏6
Forwarded from Ulug'bek To'xtayev
2023 йил, 27 июль.

Биткоин нархи: $29к
Ҳусанов нархи: €100к

2025 йил, 10 январь.

Биткоин нархи: $95к
Ҳусанов нархи: €50м

Биткоин 3,27 баробар, Ҳусанов 500 баробар қимматлаган.

〽️ Инвестицияни криптога эмас, истеъдодингизга тикинг!

@Ulugbek_Tukhtayev
👍71🔥9😱5👏4🤩3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍76🔥15🤩13😱11👏6🎉5
#kun_savoli_19_01_2025

Milodiy 1202-yilda italyan matematigi Fibonachchi o'zining "Liber Abaci" kitobida quyidagi qiziqarli masalani yozgan: Tug'ilgandan roppa-rosa ikki oy o'tgach, bir juft quyon yangi juft (bir erkak va bir urg'ochi) tug'adi. va undan keyin har oyda bir juftlik tug'iladi. Boshida faqat bir juft yangi tug'ilgan quyon bor. Agar quyonlar hech qachon o'lmasa, roppa-rosa 12 oydan keyin nechta juft quyon bo’ladi?

Javobingizni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi. Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi.

‼️Ham yozma, ham videoyechimni 1-bo'lib yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉 t.me/pmtests
👍53🎉10🤩7😱4🔥2
⚡️⚡️⚡️Kun savolining javobi ertaga ertalab eʼlon qilinadi‼️
😱51🔥10🎉9🤩9👍8👏2
O‘ttiz nafar askar bir qatorda turishibdi. Ular chapdan boshlab 1, 2, 3, …. tartibida sanashni boshlashdi. 1-askar 1 deb, 2-askar 2 deb sanadi va hakazo. Majid 13 ni aytdi. Agar sanash o'ngdan boshlansa, Majid qaysi sonni aytgan bo’lar edi?
Anonymous Quiz
24%
18
26%
17
21%
16
13%
14
17%
13
👍79😱31🎉18🔥13👏12🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kun_savoli_javobi

Quyonlar hozir nechta bo'lsa, ikki oydan so'ng shunchaga ko'payadi. Avval bir juft quyon bor edi. 1-oy ular ko'paymaydi 1 ta. Ikkinchi oyda esa quyonlarni soni 2 ta bo'ladi. 3-oyda 1+2=3 ta bo'ladi. 4-oyda quyonlar soni 2-oyda nechta quyon bo'lsa, shunchaga ko'payadi. 3+2=5 ta bo'ladi. Bu Fibonachi sonlari qatorini tashkil etadi:

1, 1, 2, 3, 5, 8, 13, 21, 34, 55, 89, 144, 233,....

12-oydan so'ng quyonlar soni 233 ta bo'ladi.

Kun savolimizga to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchi quyidagi bo'ldi:
🥇Izzatullayev Habibulloh

‼️Bu o‘quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥6👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KATTA YUTUQLI OLIMPIADA-2025 ning 32-ishtirokchisi aniqlandi.

PMTESTS va ALGORITM ACADEMY hamkorligida o’tkazilgan “Qashqadaryo viloyat olimpiadasi” da ishtirok etgan 300dan ortiq o’quvchilar orasidan eng yuqori ball to’plagan 18 ta o’quvchi bilan savol-javob qilindi.

Savol: Berilgan shaklda kvadrat bo’lmagan to’rtburchaklar soni jami nechta?


Najmiddinova E’zoza - Qashqadaryo v. Qarshi shahri 17-maktab 4-sinf o’quvchisi. KYO-2025 ning 32-yo’llanma sohibasi.

PMTESTS ni kuzatib boring. Navbatdagi olimpiada sizning viloyatingizda bo’lishi mumkin.

T.me/PMTESTS
👍35🔥6🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KATTA YUTUQLI OLIMPIADA-2025 ning 33-ishtirokchisi aniqlandi.

PMTESTS va ALGORITM ACADEMY hamkorligida o’tkazilgan “Qashqadaryo viloyat olimpiadasi” da ishtirok etgan 300 dan ortiq o’quvchilar orasidan eng yuqori ball to’plagan 18 ta o’quvchi bilan savol-javob qilindi.

Savol: Songa raqamlari yig’indisi qo’shilganda 2023 chiqadigan eng kichik son qaysi?


Abdunabiyev Temur - Qashqadaryo vil. Koson tumani 88-maktab 4-sinf o’quvchisi. KYO-2025 ning 33-yo’llanma sohibi.

PMTESTS ni kuzatib boring. Keyingi olimpiada sizning viloyatingizda bo’lishi mumkin.

T.me/PMTESTS
👍26🔥4👏2🎉1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KATTA YUTUQLI OLIMPIADA-2025 ning 34-ishtirokchisi aniqlandi.

PMTESTS va ALGORITM ACADEMY hamkorligida o’tkazilgan “Qashqadaryo viloyat olimpiadasi” da ishtirok etgan 300 dan ortiq o’quvchilar orasidan eng yuqori ball to’plagan 18 ta o’quvchi bilan savol-javob qilindi.

Savol: Kub yoyilmasining perimetri 168 cm bo’lsa, kub sirti yuzini toping.


Maxmadaliyev Sardor - Qashqadaryo vil. Qarshi shahri 10-maktab 4-sinf o’quvchisi. KYO-2025 ning 34-yo’llanma sohibi.

PMTESTS ni kuzatib boring. Navbatdagi olimpiada sizning viloyatingizda bo’lishi mumkin.

T.me/PMTESTS
👍29🔥9🎉7🤩4👏3
#kun_savoli_20_01_2025

12 ta tangadan biri qalbaki. Haqiqiy tangalar og'irligi bir xil, ammo qalbaki va haqiqiy tangalar og'irligi farq qiladi. Toshsiz pallali tarozidan eng kamida necha marta foydalanib qalbaki tangani aniqlash mumkin?

Javobingizni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi. Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi.

‼️Ham yozma, ham videoyechimni 1-bo'lib yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉 t.me/pmtests
👍51🔥14🎉3🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Халқаро танловда ғолиб бўлган президент мактаби ўқувчиларига BYD совға қилинди

Саида Мирзиёева Шайх Зоид мукофоти совриндори бўлган икки нафар ўқувчининг ота-онаси ва устозига президент номидан мукофотларни топширди. Шунингдек, улрага BYD автомобиллари ҳам совға қилинди.

👉 https://kun.uz/kr/68984121

Kun.uz расмий канали
👍81🎉11🤩4🔥3😱3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kun_savoli_javobi

Tangalarni 3 ta guruhga ajratib olamiz. 1, 2, 3, 4-tangalar 1-guruh, 5, 6, 7, 8-tangalar 2-guruh va 9, 10, 11, 12-tangalar uchingi guruh.

1-marta tarozidan foydalanishda tarozining chap pallasiga 1-guruh, o'ng pallasiga 2-guruhdagi tangalarni qo'yamiz.
(a) Agar tarozi pallalari muvozanatda bo'lsa, qalbaki tanga 3-guruhda bo'ladi. Ya'ni 9, 10, 11, 12-tangalardan biri qalbaki.
(b) Agar tarozi pallalaridan biri og'ir (b-1 hol) yoki yengil (b-2 hol) bo'lsa, biz qalbaki tanga og'ir yoki yengilligini bilmaymiz. Shuning uchun, biz faqat 3-guruhdagi tangalarni haqiqiy ekanini aniqlay olamiz.

2-marta tarozidan foydalanishda agar 1-a holat kuzatilgan bo'lsa, tarozining bir pallasiga 9, 10, 11-tangalarni ikkinchi pallasiga ega haqiqiy tangalar bo'lgan 1, 2, 3-tangalarni qo'yamiz:
(a) Agar tarozi pallalari muvozanatda bo'lsa, qalbaki tanga 3-guruhdagi 12-tanga bo'ladi. Chunki, 9, 10, 11-tangalar haqiqiy bo'ladi.
(b) Agar tarozi muvozanatda bo'lmasa, birinchi pallaning og'ir yoki yengil ekaniga e'tibor beramiz. Agar og'ir bo'lsa, demak qalbaki tanga haqiqiy tangalardan og'irroq va u 9, 10, 11-tangalardan biri. Yoki 1-palla yengilroq bo'lsa 9, 10, 11-tangalardan yengilrog'i qalbaki bo'ladi.

- Agar 1-b holat kuzatilgan bo'lsa, tarozining bir pallasiga 1, 2, 3, 5-tangalarni, ikkinchi pallaga esa 4, 9, 10, 11-tangalarni qo'yamiz. Shunda 1-guruhdagi barcha tangalar tarozida bo'ladi.

(c) Bu holatda tarozi muvozanatda bo'lsa, qalbaki tangalar 2-guruhdagi 6, 7, 8-tangalardan biri bo'ladi va qalbaki tanga og'ir yoki yengilligi ham 1-b holatga ko'ra aniq bo'ladi.

(d) Agar tarozining 1-pallasi og'ir bo'lsa va oldingi holatda ham 1-palla og'ir bo'lgan bo'lsa, u holda 1, 2, 3-tangalardan biri qalbaki va u og'ir bo'ladi. Agar 1-palla og'ir bo'lib oldingi holatda 1-palla yengil bo'lgan bo'lsa, 4 yoki 5-tangalar qalbaki.

3-marta tortishda
2-b holatdan 9, 10, 11-tangalardan yengilini aniqlash uchun 9 va 10 ni taqqoslash kifoya. Ular teng bo'lsa, 11-tanga qalbaki. Ulardan biri yengil bo'lsa, o'sha qalbaki bo'ladi.

2-c va 3-c holatlarda ham huddi shunday bir marta tarozidan foydalanib qalbakini aniqlash mumkin bo'ladi.

Javob: 3 marta

Savol murakkabroq bo'lgani uchun aniq tushuntirilgan javob kelmadi. Lekin ajoyib javoblar uchun barcha o'quvchilarga rahmat aytamiz. Tajriba va tadqiqotlar o'tkazgan va bizni qoyil qoldirgan o'quvchilardan esa shunday izlanishdan to'xtamaslikni so'rab qolamiz😊

👉👉 t.me/pmtests
👍52🔥11👏5🎉2
⚡️⚡️⚡️Bugun kanalimizda 20-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi‼️

BUGUN soat 20:00 da kanalimizda Prezident maktablariga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchilar uchun 20-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi.

Testlarimizda faol ishtirok etib bilimingizni oshirib boring!

👉👉 T.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥8🤩8
3-4-sinflar natijalari Algoratim.pdf
555.1 KB
⚡️⚡️⚡️Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida o'tkazilgan offline yutuqli olimpiadada 6 ta o'quvchi pul mukofotiga va 3 ta o'quvchi KYO-2025 yo'llanmasiga ega bo'ldi.

@PMTESTS va Algoritm Academy hamkorligida Qarshi shahrida 19-yanvarda o’tkazilgan offline yutuqli olimpiada 350 ga yaqin ishtirokchilar ichida quyidagi o’quvchilar pul mukofotlariga ega bo’lishdi.

4-sinflar
🏆 1-o’rin Rustamov Xushnudbek 500 000 so’m

🥈2-o’rin Xo'jamberdiyev Doniyor 300 000 so’m

🥉3-o’rin Maxmadaliyev Sardor 200 000 so’m

3-sinflar
🏆 1-o’rin Eshonqulov Behruz 500 000 so’m

🥈2-o’rin Egamberdiyev Bilol 300 000 so’m

🥉3-o’rin Ergashev Muhammad 200 000 so’m

⚡️⚡️ Quyidagi uchta o'quvchi KATTA YUTUQLI OLIMPIADAga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

32-yo'llanma: Najmiddinova E'zoza

33-yo'llanma: Abdunabiyev Temur

34-yo'llanma: Maxmadaliyev Sardor

Yutuqli olimpiadada ishtirok etgan barcha o’quvchilarga tashakkur aytamiz. Ularga ilm olish yo’lida omad va zafarlar tilab qolamiz! Olimpiadani yuqori saviyada tashkillashtirgan Algoritm Academy NTM ga ham o'z minnatdorligimizni bildiramiz.

👉👉 t.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍59🔥10👏6