Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
86.6K subscribers
3.01K photos
1.83K videos
640 files
3.22K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
Kanal asoschisi — Asrorbek Jumanazarov
Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)
Download Telegram
Harakatga doir masalalar siz uchun muammomi?!

📌 Youtube kanalimizda bu muammoingizga bepul yechim bor.

🏓 Ko’ring, o’rganing va orzuingizdagi maktab o’quvchisiga aylaning.👇

https://youtu.be/_PAIZ9h977Y
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33🤩8🎉6😱4👏3
To’g’ri chiziqda A, B, C nuqtalar berilgan. A va B orasidagi masofa 5 ga, B va C orasidagi masofa esa 3 ga teng. A va C orasidagi masofa nechaga teng.
Anonymous Quiz
14%
2 yoki 10
49%
8
31%
8 yoki 2
6%
2
👍102😱48🎉28🤩28🔥18👏13
🔔 Bugundan boshlab #kun_savollari soat 18:00 da e'lon qilinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍94😱17🎉15🔥12👏8🤩8
#kun_savoli_12_01_25

Yirik korporatsiya egasining ish stolida ikkita kub bor. Har kuni u ikkala kubni ham old yoqlari oyning joriy kunini ko'rsatadigan qilib joylashtiradi.

Biznesmen oyning barcha kunlarini shu ikki kub yordamida yoza olishi uchun kublarning yoqlarida qanday raqamlar bo'lishi kerak?

Eslatma: Oyning 5-kunini yoqiga 5 yozilgan bitta kub bilan ifodalay olmaysiz. Har doim ikkala kubni ham ishlatishingiz kerak. Shunday qilib, 5-kun "05" kabi ifodalanadi.

Javobingizni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi. Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi.

‼️Ham yozma, ham videoyechimni 1-bo'lib yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉 t.me/pmtests
👍63🎉10👏6😱5🔥4
kun_savoli_javobi

Kublarning yoqlariga ko'pi bilan 12 ta raqamni yozish mumkin. Ularga shunday raqamlarni yozaylikki ular bilan 01 dan 31 gacha sanalarni ifodalash mumkin bo'lsin. Birinchi kub A bo'lsin, ikkinchi kub B bo'lsin. Ularga 6 tadan raqam yozamiz:

- 11 va 22 sanalarni ifodalash uchun A va B kublarni har biriga 1 va 2 raqamlarini yozamiz.
A (1,2,...); B(1,2,)

- 0 raqami qatnashgan sanalar (01, 02, 03, 04, 05, 06, 07, ...) 6 tadan ko'p bo'lgani uchun A va B kublarning har biriga 0 raqamini ham yozamiz.
A (0, 1, 2,...); B(0, 1, 2,....)

- 10 xir raqam mavjud biz 3 xilini yozdik. Yana 7 ta raqam yozishimiz kerak. Ammo, bizda 3+3=6 ta raqam yozish uchun imkoniyat mavjud. Biz 6 raqamini aylantirib 9 sifatida ham foydalanishimiz mumkin. Shuning uchun A kubga kichikroq, B kubga kattaroq har xil raqamlarni yozamiz:
A (0, 1, 2, 3, 4, 5 ); B(0, 1, 2, 6, 7, 8)

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Mahmudova Salima
🥈Mansurjonov Izzatjon
🥉Mõminov Muhammaddiyor

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Bu o‘quvchilarga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52😱13👏7🤩7🔥6🎉6
Mehmonlarning dasturxonida faqatgina 12 ta olma bor edi. So’ng olmalar sonidan ikki marta ko’p shaftoli qo’yildi. Mehmonlar keсhgacha shaftolilarning yarmini va olmalarning uchdan birini yeyishdi. Dasturxonda qolgan olmalar shaftolilardan qanchaga kam?
Anonymous Quiz
8%
1
22%
2
31%
3
40%
4
🎉90👍72🔥24😱17👏16🤩10
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💛💛💛Qashqadaryo viloyatidagi o'quvchilar uchun offline yutuqli olimpiada+Katta yutuqli olimpiada-2025ga yo'llanma🔥

19-yanvar yakshanba kuni soat 9:00da Qarshi shahrida, Algoritm o'quv markazi va Prezident maktabi testlari kanali hamkorligida offline Yutuqli olimpiada bo'lib o'tadi.

🧾Yutuqli olimpiada Matematika(30 ta savol) fanidan 3 va 4-sinf o'quvchilari uchun bo’lib o’tadi.

🎁 Har bir sinf bo'yicha Mukofotlar quyidagicha:

🥇1-o’rin: 500 000 so’m
🥈2-o’rin: 300 000 so’m
🥉3-o’rin: 200 000 so’m
🎖va VAUCHERLAR!

🏆Bosh sovrin Katta yutuqli olimpiada-2025(ESLATMA: 3 va 4-sinflar o'rtasida)ga 3 ta YO’LLANMA
Yo'llanma berish tartibi: Eng yuqori bal to'plagan 1-15 gacha bo'lgan o'rindagi o'quvchilar o'rtasida savol-javob asosida aniqlanadi.

📌 Yutuqli olimpiadada ishtirok etish BEPUL. Yutuqli olimpiadaga faqat ro’yxatdan o’tgan o’quvchilar qatnashadi.

Joy to'lganligi munosabati bilan ro’yxatdan o’tish muddatidan oldin yakunlandi

📍 Manzil: Qarshi shahar, Algoritm o'quv markazi.
(@Algoritm_Academy)

☝️Ro'yxatdan o'tishning oxirgi sanasi: 17-yanvar (juma) soat 18:00gacha.

👉👉@pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54🤩8👏7🎉7🔥4😱1
❗️‼️
📢📢📢📢📢📢

"Katta yutuqli olimpiada - 2025" ga YANVAR oyida 3-4-sinf o'quvchilarini saralash rejasi.

2025-yil yanvar oyida 15 ta o'quvchiga Katta yutuqli olimpiadaga yo'llanma beriladi. Yo'llanmalar quyidagi testlarda faol ishtirok etgan o'quvchilarga savol-javob orqali taqdim etiladi:

Qarshi shahrida o'tkaziladigan offline olimpiada natijalari bo'yicha - 3 ta

Kanalimizda o'tkazilayotgan:
➡️ matematika (30 talik)
➡️ tanqidiy fikrlash (10talik)
testlar natijalari bo'yicha 5 ta yo'llanma:
Bunda:
📅 20-28-yanvardagi testlardagi natijalar va umumiy natijalar bo'yicha 3 ta yo'llanma beriladi.
📅 29-va 01-yanvarda "Repetitsion testlar" kanalida bo'ladigan yopiq test natijalari bo'yicha 2 ta yo'llanma beriladi.

O'quv markazlarida o'tkazilayotgan tayyorlov testlaridagi natijalar bo'yicha 5 ta yo'llanma:
🔝19-yanvar natijalari bo'yicha 2 ta
🔝26-yanvar natijalari bo'yicha 3 ta.

Kun savollarida faol ishtirok etayotgan o'quvchilardan 2-fevraldagi savol-javoblar bo'yicha - 2 ta

🔔🔔🔔🔔
Ushbu testlar o'quvchilarni prezident va al-Xorazmiy maktablari imtihonlariga tayyorlashga yo'naltirilgan bo'lib, o'quvchilar olimpiadada qatnashish bilan imtihonlarga kirish imkoniyatini ham oshirib boradi.


🚀🚀
🚀🚀Bu xabarni o’zingizga saqlab oling, olimpiadaga qanday qilib yo’llanma olishda kerak bo’ladi.

👉👉 t.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍90😱8🔥6🎉6👏4
#kun_savoli_13_01_25

Hajmi 13424 litr bo'lgan bo'sh hovuzni to'ldirish uchun unga jo'mrakdan bir daqiqada 30 litr suv quyish mumkin. Biroq, har uch daqiqada hovuz tubidagi teshikdan 2 litr suv oqib chiqib ketadi.

Bu hovuz bo‘shagandan so‘ng to‘ldirila boshlandi, hovuzning uchdan ikki qismi to‘lganida esa jo'mrakdan tushayotgan suv bir soatga uzildi. Keyin cho'mrak yana ochildi, bu hovuzni to'ldirish boshlanganidan suv bilan to'lgunicha uzilish bilan birga hisoblaganda necha minut o'tgan? (Javobni minutlarda yozing)


Javobingizni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi. Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi.

‼️Ham yozma, ham videoyechimni 1-bo'lib yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉 t.me/pmtests
👍53😱14🔥8🎉7👏4🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kun_savoli_javobi

Umuman olganda har uch minutda hovuzni 30×3-2=88 litr suv bilan to'ldirish mumkin. Ammo, bir soat jo'mrak yopilgan vaqtda hozuvdagi suvdan 60:3×2=40 litr suv oqib ketadi. Chunki, u vaqtda teshik yopilmagan bo'ladi. Bunda hovuzning uchdan ikki qism yoki yarmi bo'lishi ahamiyatsiz. Hovuzdagi suv 40 litrdan ortiq bo'lsa kifoya.

Shuning uchun, biz jami oqib ketgan suv bilan hisoblagandan 13424+40=13464 litrni har uch daqiqada 88 litr bilan to'ldiramiz. Shunda uch daqiqadan 13464:88=153 ta kerak. Ya'ni 153×3=459 minut kerak bo'ladi. Bir soat uzulish bilan hisoblaganda 459+60=519 minut vaqt ketadi.

Javob: 519 minut

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Shavkatov Mashhurbek
🥈Murodjonova Munisaxon
🥉Narimonov Muhammadayub

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍67👏12🔥8🤩8😱4🎉4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Repetitsion testlar 2024-2025” yopiq kanalida tanqidiy fikrlash, muammoli masalalar va matematika testlarining yechimlarini to’liq ko’rishingiz mumkin.

T.me/PMTESTS
👍31👏11🔥7😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
14-yanvar Vatan himoyachilar kuni bayrami bilan Vatanimizni sevadigan barcha hamyurtlarimizni tabriklaymiz.

G'aflat - mening dushmanim,
Mag'lub menim dushmanim,
Qo'rquv nima bilmayman,
Qaynab toshar nafratim,
Gazanda qolmas omon,
Jonim fido, O'zbekiston!
Jonim fido, O'zbekiston!
Jonim fido, O'zbekiston!

👉👉 t.me/pmtests
👍46🔥7👏4🤩3🎉2😱1
⚡️⚡️⚡️Bugun kanalimizda 19-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi‼️

BUGUN soat 20:00 da kanalimizda Prezident maktablariga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchilar uchun 19-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi.

Testlarimizda faol ishtirok etib bilimingizni oshirib boring!

👉👉 T.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29🔥4
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Toshkent shahridagi Prezident maktabi barqaror rivojlanish bo‘yicha Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofotning "Global o‘rta maktablar" nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

Mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi. Taqdirlash marosimida Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va jamoani tabrikladi.

Toshkent Prezident maktabi o‘quvchilari Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan ishtirokchilar ichida faxrli 1-o‘rinni hamda 150 ming AQSh dollari miqdoridagi grantni qo‘lga kiritdi.

Ma'lumot uchun, Zayed Sustainability Prize ekologik barqarorlik va inson farovonligiga xizmat qiluvchi innovatsiyalarni rag‘batlantiradi. Mukofot 5 ta yo‘nalish bo‘yicha beriladi:

1️⃣ sog‘liqni saqlash;
2️⃣ ta'lim;
3️⃣ energiya;
4️⃣ suv;
5️⃣ global o‘rta maktablar.

Vakillarimiz global o‘rta maktablar yo‘nalishida 🇹🇷Turkiya va 🇦🇿Ozarbayjon vakillari bilan finalga yo‘l olgan edi.


👉@xushnudbek👈
👍49🔥11🎉6😱1
#kun_savoli_14_01_25

Sumkada 6 xil rangdagi sharlar bor: birinchi rangdagi shardan 8 ta, ikkinchi rangdagi shardan 9 ta, uchinchi rangdagi shardan 10 ta mavjud va hokazo. Muhammadyusuf 6 ta rangdan 3 xilini, Akbarshoh qolgan 3 xilini tanladilar. Ular sumkadan sharlarni olmoqchi bo'lsalar tavakkaliga oladilar.

Muhammadyusuf: “Men tanlagan ranglardagi sharlardan kamida bittadan borligiga ishonch hosil qilishim uchun sumkadan kamida A ta shar olishim kerak” – dedi.
Akbarshoh esa: “Men tanlagan ranglardagi sharlardan kamida bittadan borligiga ishonch hosil qilishim uchun sumkadan kamida B ta shar olishim kerak” – dedi.

Agar ularning gapi to’g’ri bo’lsa, A+B ning mumkin bo’lgan eng kichik qiymatini toping.

Javobingizni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi. Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi.

‼️Ham yozma, ham videoyechimni 1-bo'lib yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉 t.me/pmtests
👍54👏6🎉6🤩6😱5🔥4
⚡️⚡️⚡️Kun savolining javobi ertaga ertalab eʼlon qilinadi‼️
👍36😱18🔥9🎉9🤩5👏4