Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.6K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
489 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
PROFESSOR VA TALABA

Bir kuni bir professor institutda talabalarga savol berdi. U o'ziga juda ishongan edi:

Professor: Xudo yaxshimi ? Talaba: Ha.

Professor: Shaytonchi ?
Talaba: Yo'q.

Professor: To'g'ri... O'g'lim aytingchi, yerda yomonlik mavjudmi ?
Talaba: Ha

Professor: Yomonlik hamma yerda bor, shunday emasmi ? Va hamma narsani Xudo yaratgan to'g'rimi ?
Talaba: Ha

Professor: Unda yomonlikni kim yaratgan ?
Talaba: ......

Professor: Sayyoramizda xunuklik, mutakabbirlik, kasallik va jaholat bor. Bularning bari bor narsalar, to'g'rimi ?
Talaba: Ha, janob...

Professor: Xo'sh, ularni kim yaratdi ?
Talaba: .....

Professor: Fan inson o'z atrofidagi dunyoni kashf etishi uchun 5 tuyg'u bor deb aytadi. Aytingchi, siz hech Xudoni ko'rganmisiz ?
Talaba: Yo'q janob...

Professor: Aytingchi, siz hech Xudoni tinglaganmisiz ?
Talaba: Yo'q janob...

Professor: Siz hech Xudoni his qilganmisiz ? Uni ta'mini tatib ko'rganmisiz ? Hidini hidlab ko'rganmisiz ?
Talaba: Bunday emas deb qo'rqaman janob...

Professor: Va siz shunda ham unga ishonasizmi ?
Talaba: Ha!!!

Professor: Olingan tajribalarga asoslanib, fan Xudoni yo'q deb da'vo qilishi mumkin. Sizni bunga qandaydir qarshiligingiz bormi ?
Talaba: Yo'q professor, menda faqat ishonch bor!

Professor: Gap ham aynan shunda... Ishonch- bu fanning eng katta muammosi!

Talaba: Professor, sovuqlik mavjudmi ?

Professor: Bu qanaqa savol ? Albatta mavjud... Nima sen hech qachon sovuqqotmaganmisan ? (Talabalar yigitning savolidan kulishdi)

Talaba: Aslida esa, professor sovuqlik mavjud emas... Fizika qonunlariga muvofiq, biz sovuqlik deb ataydiganimiz aslida issiqlikning yo'qligidir... Demak sovuqlik yo'q... Biz bu so'zni faqat issiqlik yo'q paytda his qilayotgan narsamizni tasvirlash uchun o'ylab topganmiz... (Auditoriya jim bo'lib qoldi)

Talaba:Professor aytingchi, zulmat(qorong'ulik) mavjudmi ? Professor: Albatta mavjud, zulmat bo'lmasa tun bo'ladimi?

Talaba: Siz yana nohaqsiz! Janob... Zulmat ham mavjud emas. Zulmat aslida yorug'likning yo'qligi hisoblanadi. Biz yorug'likni o'rganishimiz mumkin, lekin zulmatni emas. Oddiy nur zulmat dunyosiga kirib uni yoritishi mumkin. Siz bir joyning qanchalik qorong'u ekanligini bilmoqchi bo'lsangiz nima qilasiz ? U yerda qancha miqdorda yorug'lik borligini o'lchaysiz, shunday emasmi ? Zulmat- yorug'lik yo'q vaqtda inson nimani his qilayotganini tasvirlash uchun o'ylab topilgan tushunarsiz atamadir...

Ana endi aytingchi o'lim mavjudmi ?
Professor: Albatta mavjud... Hayot bor va o'lim ham bor. Uning teskarisi.

Talaba: Siz yana nohaqsiz professor. O'lim- bu hayotning teskarisi emas, uning yo'qligidir. Sizning ilmiy nazariyangizda jiddiy yoriq paydo bo'libdi.

Professor: Bu bilan nima demoqchisiz?
Talaba: Professor siz barcha talabalarga biz maymunlardan paydo bo'lganmiz, deb o'qitasiz. Siz bu evolitsiya jarayonini o'z ko'zingiz bilan ko'rganmisiz?
Professor gap nima haqida ketayotganini tushunib, kulimsirab boshini chayqadi.??

Talaba: Bu jarayonni hech kim ko'rmagan. Demak bu sizni olim emas, ko'proq ruhoniy ekanligingizni anglatadi. (Auditoriya kulgudan baqirib yubordi??)

Talaba: Ana endi aytinglarchi, bu xonada professorni aqlini ko'rgan bironta inson bormi? Uni tinglagan, hidlagan va unga tegib ko'rgan inson bormi ? (Auditoriyadagilar kulishni davom ettirishdi)

Talaba: Ko'rinishidan hech kim ..!
Demak ilm-fan nazariyasidan va olingan tajribalardan kelib chiqib aytishimiz munkinki, professorning aqli yo'q. Hurmatli professor, biz bunday holatda qanday qilib sizning maruzalaringizga ishonishimiz mumkin ?
(Auditoriya sukunatda)

Professor: Men. sizlar menga ishonishingiz kerak deb o'ylayman.
Talaba: Xuddi shunday ! Xudo va inson o'rtasida bitta aloqa vositasi bor Bu-ISHONCH Professor joyiga o'tirdi.
Bu talabaning ismi Albert Eynshteyn edi..

@pmtests
👍9🔥1👏1🎉1
🗒📉Ma'lumotlarga ko'ra 2019-yilda asosiy imtihondagi o'tish ballari 40-45% atrofida bo'lgan.
Kecha kanalimizda o'tkazilgan testda maksimal 189ball yig'ish mumkin edi. O'tgan yilgi ballar bilan taqqoslaganda o'rtacha o'tish 80balni tashkil qiladi.
👨‍🏫Albatta bu shunchaki taqqoslash. Keyingi yilga o'tish bali qanday bo'lishini hech kim ayta olmaydi. Shuning uchun tayyorgarlikni yuqori darajada olib borish kerak. Hamma tayyorlanayotganlarga omad❗️❗️
🔴Agar hozir kamroq natija qilgan bo'lsangiz, bu tabiiy. Chunki, siz tayyorgarlikni boshlaridasiz. Ya'ni bunday savollarni hali yechib ko'rmagansiz. Ko'proq yechish bilan natijalar o'sib boradi.📈

@pmtests
#kunsavoli:
Uchta xonaning birida sher yashiringan. 1-xonaning eshigida “Sher bu yerda” deb yozilgan. 2-xonaning eshigida “Sher bu yerda emas” deb yozilgan. 3-xonaning eshigida “ 2 + 3 = 2 x 3” deb yozilgan. Faqat ushbu 3 ta yozuvlardan bittasi to’g’ri. Xonalarning qaysi birida sher yashiringan?

🌐Javoblarni 📲@PMtests_feedback_bot ga yuboring. Savolga to'g'ri javob yuborganlar 64-Repetitsion test📝da bepul💯 ishtirok etadi.

☝️Faqat bitta javob qabul qilinadi.

Kun savoliga to'g'ri javob bergan o'quvchi bilan bog'lanamiz.

P.S: Javobni izohi bilan yuboring.

@pmtests
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal pinned «​​#kunsavoli: Uchta xonaning birida sher yashiringan. 1-xonaning eshigida “Sher bu yerda” deb yozilgan. 2-xonaning eshigida “Sher bu yerda emas” deb yozilgan. 3-xonaning eshigida “ 2 + 3 = 2 x 3” deb yozilgan. Faqat ushbu 3 ta yozuvlardan bittasi to’g’ri.…»
​​#kunsavoli:
Uchta xonaning birida sher yashiringan. 1-xonaning eshigida “Sher bu yerda” deb yozilgan. 2-xonaning eshigida “Sher bu yerda emas” deb yozilgan. 3-xonaning eshigida “ 2 + 3 = 2 x 3” deb yozilgan. Faqat ushbu 3 ta yozuvlardan bittasi to’g’ri. Xonalarning qaysi birida sher yashiringan?


Javob: Sher birinchi xonada bo'la olmaydi. Agar birinchi xonada bo'lganida edi, birinchi va ikkinchi xona eshigiga yozilgan gaplar to'g'ri bo'lib qolar edi. Agar sher ikkinchi xonada bo'lganida edi, barcha eshikdagi gaplar hato bo'lib qolar edi. Demak, sher uchinchi xonada.

P.S: Kun savoliga javoblar qabul qilinmaydi.

Kanal manzili
@pmtests
👍9🔥1
#kunsavoli: Nabira, ona va buvining birgalikdagi yoshlari 114 ga teng. Nabira, ona va buvilarning yoshlari bir xil raqam bilan tugaydigan ikki xonali son bilan ifodalansa, buvining yoshini toping.

🌐Javoblarni 📲@PMtests_feedback_bot ga yuboring. Savolga to'g'ri javob yuborganlar 65-Repetitsion test📝da bepul💯 ishtirok etadi.

☝️Faqat bitta javob qabul qilinadi.

Kun savoliga to'g'ri javob bergan o'quvchi bilan bog'lanamiz.

P.S: Javobni izohi bilan yuboring.

@pmtests
👍4
#kunsavoli: Nabira, ona va buvining birgalikdagi yoshlari 114 ga teng. Nabira, ona va buvilarning yoshlari bir xil raqam bilan tugaydigan ikki xonali son bilan ifodalansa, buvining yoshini toping.

Javob: Nabira 18 yosh, ona 38 yosh, buvi 58 yosh. Chunki buvi, ona va bola yoshlari orasi 20 yosh farq qiladi va mantiqqa to'g'ri keladi.

☝️☝️☝️Kun savoliga javoblar qabul qilinmaydi.

Kanal manzili
@pmtests
👍1
🌐@pmtests jamoasi 👩‍🏫🧑‍🏫👨‍🏫sizlarni 📆8-dekabr 🇺🇿O'zbekiston Respublikasi 📘konstitutsiyasi 📆kuni bilan👏 tabriklaydi.

Bayram munosabati bilan 📆8-dekabr 📌seshanba kuni soat 20:00-22:00 oralig'ida 🤩qiziqarli va 🧐mantiqiy savollardan tashkil topgan 🔝66-online test 📝 OCHIQ tarzda o'tkaziladi.💯

☝️Testda qatnashish bepul!☝️

Kanal manzili
@pmtests

Bilimingizni sinab ko'ring
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
👍2
#kunsavoli. Uchta ishyoqmas 24 kv.m pol yuzini bo’yadi. Dastlab, birinchisi 10 kv.m polni yashil, 2-si 8 kv.m polni qizil rangga bo’yadi va nihoyat 3-si 6 kv.m polni sariqqa bo’yadi. Natijada ixtiyoriy 2 rang bilan ustma-ust 3 kv.m, uchchala rang bilan ustma-ust 1 kv.m pol bo’yaldi. Polning necha kv.m qismi bo’yalmay qoldi?

🌐Javoblarni 📲@PMtests_feedback_bot ga yuboring. Savolga to'g'ri javob yuborganlar 67-Repetitsion test📝da bepul💯 ishtirok etadi.

☝️Faqat bitta javob qabul qilinadi.

Kun savoliga to'g'ri javob bergan o'quvchi bilan bog'lanamiz.

P.S: Javobni izohi bilan yuboring.

Kanal manzili
@pmtests
#kunsavoli. Uchta ishyoqmas 24 kv.m pol yuzini bo’yadi. Dastlab, birinchisi 10 kv.m polni yashil, 2-si 8 kv.m polni qizil rangga bo’yadi va nihoyat 3-si 6 kv.m polni sariqqa bo’yadi. Natijada ixtiyoriy 2 rang bilan ustma-ust 3 kv.m, uchchala rang bilan ustma-ust 1 kv.m pol bo’yaldi. Polning necha kv.m qismi bo’yalmay qoldi?

Javob: Ven diagrammasi asosida yechiladi. 1-aylana 10 kv.m, 2-si 8 kv.m, 3-si 6 kv.m, bo'yalganlarning ustma-ust tushishi hisobiga 16 kv.m bo'yalgan. 8 kv.m bo'yalmay qolgan.

☝️Javoblar qabul qilinmaydi.☝️

Kanal manzili
@pmtests
🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩

🌐Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Firdavs Abduqayumov AQSHning Ogayo shtati Sinsinatti shahrida joylashgan Ksavye universitetida tahsil olish uchun Prezident grantining sohibiga aylandi.

🌐https://piima.uz/post/451

♻️Sizning farzandingiz ham shunday grant sohibi bo'lishin istaysizmi?

Hozirdan maktab imtihoni sinovlariga farzandingizni tayyorlang.

Kanal manzili
@pmtests
👍4🎉3🤩1
#kunsavoli (kanalimizning faol a'zolaridan Axatov Zohirshox yuborgan savol)
Oiladagi bolalardan 7tasi karamni xush ko'radilar, 6 tasi - sabzini, 5 tasi - makaronni, 4 tasi - karam va sabzini, 3 tasi - karam va makaronni, 2 tasi sabzi va makaronni, bittasi esa karam, makaron va sabzini.
Savol: Oilada nechta bola bor?

🌐Javoblarni 📲@PMtests_feedback_bot ga yuboring. Savolga to'g'ri javob yuborganlar 69-Repetitsion test📝da bepul💯 ishtirok etadi.

☝️Faqat bitta javob qabul qilinadi.

Kun savoliga to'g'ri javob bergan o'quvchi bilan bog'lanamiz.

P.S: Javobni izohi bilan yuboring.

Kanal manzili
@pmtests
👍3
☝️☝️☝️Vaziyatdan chiqish....☝️☝️☝️

Albert Eynshteyn “Nisbiylik nazariyasi”ni yaratgach, dunyoga mashhur bo‘lib ketadi. Olimni xalqaro anjumanlarga, universitetlarga ma’ruza o‘qish uchun taklif etishadi. Har kuni yangi nazariya bo‘yicha ma’ruza o‘qiladi.
Bir kuni olimning haydovchisi shunday deydi:
– Janob, shu qadar ko‘p ma’ruza o‘qiyapsizki, shu nazariyangiz hatto menga ham yod bo‘lib ketdi.
– Unda keyingi gal ma’ruzani o‘zing o‘qiysan! – deydi olim.
Darhaqiqat, haydovchi universitetda ma’ruzani qoyil qilib o‘qiydi. Barcha savollarga ham javob beradi. Minbardan tushayotganda tinglovchilardan biri nogoh unga bir murakkab savol berib qoladi. Shunda haydovchi o‘zini yo‘qotmaydi, topqirlik qiladi:
– Savolingizning javobi shu qadar oddiyki, buni hatto haydovchim ham biladi, – deya Eynshteynni ko‘rsatadi...

Kanal manzili
@pmtests
🔥3
​​#kunsavoli (kanalimizning faol a'zolaridan Axatov Zohirshox yuborgan savol)
Oiladagi bolalardan 7tasi karamni xush ko'radilar, 6 tasi - sabzini, 5 tasi - makaronni, 4 tasi - karam va sabzini, 3 tasi - karam va makaronni, 2 tasi sabzi va makaronni, bittasi esa karam, makaron va sabzini.
Savol: Oilada nechta bola bor?

Javob: 1+(2-1)+(3-1)+(4-1)+(5-4)+(6-5)+(7-6)=10ta

☝️javoblar qabul qilinmaydi.

Kun savoliga to'g'ri javob bergan o'quvchilar 69-repetitsion testda ishtirok etish huquqini oldi.


Kanal manzili
@pmtests
👍3🎉3🔥1😱1