Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
66.2K subscribers
2.23K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Bugun 20:30 da kanalimizda "Young math leaders" loyihasi bo'yicha Jonli efir bo'lib o'tadi.

Jonli efirda @PMTESTS kanali va @farmonov_piima kanali asoschilari tomonidan start berilayotgan yangi loyiha "Young math leaders" haqida ma'lumotlar berib o'tiladi.

Loyihaning asosiy maqsadi 2024-2025-o'quv yilida Prezident, Al-Xorazmiy va Ixtisoslashlashtirilgan maktablarga tayyorgarlik ko'rishni boshlagan o'quvchilarga yil davomida yordam beradigan, ularni o'z guruhlarining LIDERLARIga aylanishiga yordam beradigan bilimlarni BEPUL taqdim etish hisoblanadi.

👉👉 t.me/PMTESTS
👍75🔥13🎉7🤩7😱2
Nosirov Ibrohimjon. Farg'ona shahar Prezident maktabi 1-o'rin. Al-Xorazmiy maktabi 7-o'rin, Ixtisoslashtirilgan maktabga 1-o'rin.

‼️O'quv markazlarida o'tkaziladigan Pullik repetitsion testlar tajriba orttirish, bilimlarni mustahkamlash, haqiqiy imtihonda hayajonlanmaslikni ta'minlaydi‼️

Nosirov Ibroximjon mening o'quvchim emas. Ammo, 2021-yil va 2023-yil 1-o'ringa qabul qilinganlar mening o'quvchilarim edi😊. Butun boshli viloyatdagi o'quvchilar orasida Prezident maktabiga 1-o'ringa qabul qilingan o'quvchilar haqidagi ma'lumotlar ko'pchilikka qiziq deb o'ylayman.


Ibroximjonning akasi 2022-yil Global English School o'quv markazida tayyorlanib prezident maktabi o'quvchisiga aylanadi. Ibroximjon ham akasiga qiziqib 2 yil davomida o'sha markazda kuchaytirilgan maxsus tayyorgarlik ko'radi. Tayyorgarlik yotoqxonada bo'lib, haftada faqat bir kun uyga kelgan. Ammo, shu kuni ham yakshanbalik Asosiy imtihon tayyorgarlik testida ishtirok etib borgan.

Ibrohimjonning dadasi tayyorgarlik testlarida farzandiga har doim unga ishonishini, boshqalardan umuman ko'chirmaslik kerakligini, fikrni jamlab bor imkoniyatini ishga solishi lozimligini ta'kidlab borgan. Shuningdek, test natijalari va o'g'lining kamchiliklarini doimiy kuzatib tahlil qilib, nazorat qilib borgan. Natijalar uzoq kuttirmadi. Ibrohimjon pmtests Katta yutuqli olimpiadasida ham g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Mulohaza, har yili 30 ga yaqin Prezident maktabi Asosiy imtihoni Repetitsion tayyorgarlik testi bo'lib o'tadi. Ibroximjon yaxshi markaz va ustozlar qo'lida ta'lim olishdan tashqari ikki yillik tayyorgarlik testlarida ishtirok etgan. Haqiqiy imtihongacha 60 marta o'sha muhitda bo'lgan va natijada viloyatdagi eng yuqori natijaga erishgan.

Ushbu natija bilan Ibroximjonni, uning ota-onasini va Global English School ustozlarini tabriklaymiz!

👉👉 t.me/PMTESTS
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍112🔥10🤩5🎉3😱1
📣E’tiboringiz markazida ‘’Young math leaders” loyihasi

📌Bu loyihada siz Respublikaning eng katta auditoriyaga va kuchli tajribaga ega boʻlgan ustozlaridan 1oy davomida bepul ta’lim olasiz🎉

Siz Prezident, Al-Xorazmiy yoki Ixtisoslashtirilgan maktablarga topshirmoqchimisiz? Unda bu loyiha siz uchun 🎁

O'quv markazlaridagi tayyorlov guruhlari va maktabdagi sinfning eng lider o'quvchilari bo'lish uchun;

Yil davomida oson va samarali tayyorlanishga imkon beruvchi bazaviy bilimlarga ega bo'lish uchun;

Mavjud tayyorgarlikdan chalg'imagan holatda, imtihon natijalarini oshirishga yordam beruvchi eng muhim ko'nikmalarga ega bo'lish uchun

Loyihamizda ishtirok qilish uchun quyidagi havola orqali qoʻshiling👇👇👇

https://t.me/mathfreecoursebot?start=_NTE0ODMwODY5
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍47🎉8🔥5🤩4😱1
Live stream finished (35 minutes)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab haqida ma'lumot

2017-yilda tashkil etilgan bu maktabga 4-sinf bitiruvchilari imtihon asosida qabul qilinadi. Maktab Toshkent shahrida joylashgan bo'lib, Andijon, Samarqand va Nukus shaharlarida filiallari mavjud.

‼️Kelgusida barcha viloyatlarda filiallari ochilishi rejalashtirtirilgan‼️

Maktab zamonaviy standartlar asosida jihozlangan bo’lib, o’quvchilar olgan nazariy bilimlarini amalda mustahkamlashlari uchun maxsus ishlab chiqilgan uskunalar bilan boyitilgan. Ilmiy laboratoriyalar va namoyish zallari, 500 o’rinli faollar zali zamonaviy jihozlarga ega. 10 ta so’ngi modeldagi kompyuterlar bilan jihozlangan IT labaratoriyalar mavjud.

Maktab va yotoqxona hududida tibbiy markaz va izolyator mavjud. Maktabning sport majmuasi barcha zarur jihozlar bilan jihozlangan. 125 nafar o’quvchiga mo’ljallangan, 3000 dan ziyod badiiy adabiyotga ega bo’lgan kutubxona faoliyat ko’rsatadi. Robototexnika va sxemotexnika xonalari barcha zaruriy texnika bilan jihozlangan.

Ushbu maktab qabul imtihonlarida o'quvchilar matematika va ingliz tili fanlari dan test sinovlarini topshiradilar.


👉👉 t.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍109🔥6🤩5😱2🎉2
#KATTA_YUTUQLI_OLIMPIADA_2024
#saralash

Savol: Kurant soati soat necha bo’lsa shuncha marta bong uradi. Ya’ni soat 8 da sakkiz marta va hokazo. Va har yarim soatda 1 marta bong uradi. Kurant soati 7:55 dan 10:45 gacha necha marta bong uradi?

Videoda javobini ham bilib olasiz.

@PMTESTS
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍61🎉3🔥2
Foydali ilmlarni o‘rganish ixtiyoriy ish emas, balki majburiyatdir.

30.08.2024 jum'a ma'ruzasidan parchalar

Musulmonlar chet tillarini o‘rganishga targ‘ib qilinadilar. Zukko sahobiylardan Zayd ibn Sobit roziyallohu anhuga Payg‘ambarimiz alayhissalom ibroniy tilni o‘rganishni buyurdilar. U kishi 15 kunda bu tilni o‘rganib, yahudiylar bilan bo‘ladigan yozishmalarda kotiblik va tarjimonlik qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Bugungi kunda yoshlarimiz ingliz, xitoy, rus, arab, nemis, turk tillarini bilishi ularga har jihatdan keng imkoniyatlar eshigini ochadi.

Ilm olishda ixlos va yaxshi niyat ham juda muhim. Ilm olishdan asosiy maqsad o‘rganganiga amal qilish, o‘zgalarga o‘rgatish, dini, yurti va odamlarga foyda keltirish, halol kasb qilish bo‘lsin.

Musulmon olimlari turli tabiiy va aniq fanlar yo‘nalishida ham kashfiyotlar qilganki, shulardan bir qismini sizga taqdim qilmoqchimiz.

1. Abu Rayhon Beruniy O‘rta Sharqda ilk bora Yer Quyosh atrofida aylanishi mumkinligini aytib, Yerning aylana o‘lchamini deyarli aniq belgilagan.

2. Abu Muso al-Xorazmiy algebra fanining asoschisi bo‘ldi. U kishi kashf qilgan hisoblash algoritmi hozirgi zamonaviy kompyuterlarni kashf qilishga asos bo‘lib xizmat qilgan.

3. Ahmad Farg‘oniy 861 yili Qohira yaqinidagi Ravzo orolida nilometrni, ya’ni Nil daryosi suvi sathini belgilovchi uskunani yasagan va bu qurilma hozirgacha ishlab turibdi.

4. Mirzo Ulug‘bek hukmdor bo‘lishiga qaramay, Samarqandda katta rasadxona qurdirib, o‘z davrining buyuk astronomi bo‘lgan.

5. Nyu’tonga tegishli deb hisoblab kelingan binom formulasini algebraga Umar Xayom kiritgan.

Xulosa shuki, dinimiz bizga ilmning turli sohalarini o‘zlashtirishga buyuradi. Har bir kishi o‘z sohasining bilimdoni bo‘lsin va shu yo‘nalishda musulmonlarga foydasi tegsin, o‘zgalarning og‘irini yengil qilsin. Shuningdek, yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan har ota-ona va mutasaddilar qo‘l ostidagi o‘quvchi va talabalarni yuqorida sanalgan zotlardek tarbiya qilishga harakat qilishlari lozim. O‘z navbatida har bir o‘quvchi va talaba o‘tgan ulug‘ ajdodlarimizdan ibrat olib, kelajakda ularning xayrli ishlarini davom ettirishlari kerak bo‘ladi.

Ilm o‘rganish har bir musulmon va muslimaga farzdir. Demak, dunyo va oxiratiga foydasi tegadigan ilmlarni o‘rganish ixtiyoriy ish emas, balki majburiyatdir.

👉👉 t.me/pmtests
👍79🔥5😱2🎉1🤩1
Prezident va Al-Xorazmiy maktabi imtihonlari natijasiga eng katta ta'sir qiluvchi matematika testlarini ertaga YAKSHANBA kunidan boshlaymiz. Testlarni qanday shaklda berib borishimizni tanlaysiz?
Final Results
53%
Har doimgiday 30 talik (10 ta oson, 10 ta o'rtacha va 10 ta murakkab)
29%
Nisbatan murakkabroq savollardan tashkil topgan 15 talik testlar (7 ta o'rta va 8 ta murakkab)
44%
Ikkisi ham bir xil foydali
👍93🎉31😱11🔥7🤩7
#KATTA_YUTUQLI_OLIMPIADA_2024
#saralash

Savol: Raqamli soatning oynadagi aksi o’zi bilan 20 minut farq qiladigan 2 ta vaqtni toping.

Videoda javobini bilib olasiz.

@PMTESTS
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1🎉1
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
Prezident va Al-Xorazmiy maktabi imtihonlari natijasiga eng katta ta'sir qiluvchi matematika testlarini ertaga YAKSHANBA kunidan boshlaymiz. Testlarni qanday shaklda berib borishimizni tanlaysiz?
⚡️⚡️ Ertaga kanalimizda 2024-2025-o'quv yilidagi 1-Prezident va al-Xorazmiy maktabi MATEMATIKA testi bo'lib o'tadi‼️

Prezident, Al-xorazmiy va Ixtisoslashtirilgan maktabiga tayyorlanayotgan o'quvchilar @PMTESTS kanalidagi testlar orqali doimiy tarzda bilimlarini oshirib borishlari mumkin!

Boshlanayotgan yangi o'quv yilida kanalimizdagi testlar tartibi quyidagicha bo'lishi rejalashtirilmoqda:

Seshanba kunlari: Tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testlari (10 talik).

Payshanba va yakshanba kunlari: Prezident va al-Xorazmiy maktabi matematika testlari (30 talik).

Chorshanba va shanba kunlari @PMTESTS_ENGLISH kanalida ingliz tilidan testlar bo'lib o'tadi.

Shuningdek, @testbazasi kanalida keyingi yil yangi ochiladigan Al-Xorazmiy maktabiga yoki Mirzo Ulug'bek maktabiga topshiradigan 5-6-sinflar uchun MATEMATIKA testlari bo'lib o'tadi.

Aksariyat testlar kanalimizda ochiq tarzda o'tkaziladi. Kanalimizni kuzatib boring!

👉👉 t.me/pmtests
👍56🤩5🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasi boshlandi. O’zbekiston davlat madhiyasi yangrayotgan vaqtda Vatanimiz bayrog’ini aks ettiruvchi harbiy samolyotlar uchib o’tdi. (@xushnudbek)

👉👉 t.me/PMTESTS
👍29🔥12🤩8🎉3
Davlat rahbari O‘zbekistonning barcha yoshlariga murojaat qildi:

“Qadrli o‘g‘il-qizlarim, mamlakatimiz istiqboli, barcha ezgu niyatlarimiz ijobatini biz avvalo sizlarning timsolingizda ko‘ramiz.

Kelajakda turli sohalarda ulkan yutuq va zafarlarga erishib, yurtimizni dunyoga yanada keng tarannum etishingizni istaymiz.

Marrani baland oling, siz buyuk ishlarga qodirsiz!

Hamisha o‘z kuchingiz, qat’iyat va salohiyatingizga ishoning!

Davlatimiz, xalqimiz, Prezident sizlarni bu yo‘lda doimo qo‘llab-quvvatlaydi, har qanday yordamni ayamaydi”.


👉👉 T.ME/PMTESTS
👍70🔥8🤩4😱2
Gar sendan nolisam uvoldir umrim,
Sen bilan paydodir qudratim, qurbim,
Har qarich xokingni ko‘zimga surdim,
G‘ubor-gardlaringni sevaman, Vatan!

Toza tuprog‘ingga yo‘lamas xatar,
Ozod osmoningda porlagay qamar,
Navoiydan Orif Abdullo qadar
Bayot-baytlaringni sevaman, Vatan!

Bobolardan meros — nomus, or, g‘urur,
Bizdan avlodlarga eltasan surur,
Toleingga mudom baxsh aylagan nur
Yorqin manglayingni sevaman, Vatan!

Chora axtarmasman o‘zimga chetdan,
Istiqloling murod-maqsadga yetgan,
Har bir nafasimga hayot baxsh etgan
Tirik dardlaringni sevaman, Vatan!

Aziz xalqimizga Mustaqillik bayrami muborak bo'lsin. Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!

👉👉 t.me/pmtests
👍49🔥13😱3🎉3
Fojiadir tarqoqlik qalbning ko'rligi,

Baxt-chi - ayting emasmi Vatan hurligi,

Hur Vatanda baxtlimiz, bir jon-u tanmiz,

Bir bo'lsak bir elmiz, birlashsak Vatanmiz.

(Ijtimoiy roliklarda birgalikda harakat qilish natijasi innovatsion usulda ko'tsatilgan ekan)

Birlashgan xalqni yengib bo'lmaydi. Vatan taraqqiyoti yo'lida birlashgan xalq esa boshqa xalqlardan ilgarilab ketadi. Ishonamizki, buyuk tarixga ega 37 millionlik katta xalqimiz yaqin davrda buyuk kelajak yaratadi. Yurtimiz dunyodagi eng taraqqiy etgan diyorga aylanadi.

👉👉 t.me/pmtests
👍33🎉15🔥8🤩2
#KATTA_YUTUQLI_OLIMPIADA_2024
#saralash

Savol: 3 xonali sonning raqamlari ko’paytmasi 360 ga teng. Shu raqamlardan tuzilgan barcha 3 xonali sonlar yig’indisini toping.

Videoda javobini ham bilib olasiz.

@PMTESTS
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍26🤩3🎉2
⚡️⚡️⚡️ Bugun 20:00 da kanalimizda 2024-2025-o'quv yilidagi 1-online test bo'lib o'tadi.

2024-yilda bo'lib o'tgan Prezident maktablari, al-Xorazmiy maktabi, ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari o'quvchilardan chuqur bilim va ko'nikmalarni talab qildi. Shuningdek, imtihon savollari o'quvchilarning ertaroq va kuchliroq tayyorlanishi zarur ekanligini ko'rsatdi.

O'tgan va oldingi o'quv yilida kanalimizda testlarning barchasini 💯yechib borgan o'quvchilarning ko'pchiligi puxta tayyorgarlikka ega bo'lishdi va imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tishdi.

Diqqat📌
Bugun 📆 01-sentyabr soat 20:00 da 2024-2025-o'quv yilidagi 1-Prezident va Al-Xorazmiy maktabi MATEMATIKA testi bo'lib o'tadi.

Imtihonlarga mukammal tayyorlanish uchun yil boshidan bilimingizni mustahkamlab boring!!

👉👉 t.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍56🎉9😱8🤩8🔥3
93818_natijalar.html
108 KB
1-online testi natijalari.

💡 Test yakunlandi!
🔰 Test kodi: 93818
👨 Test qatnashchilari: 519 ta
📝 Kalitlar: 1-B 2-C 3-D 4-C 5-B 6-D 7-A 8-C 9-B 10-B 11-D 12-B 13-D 14-A 15-A 16-C 17-A 18-B 19-A 20-C 21-D 22-A 23-D 24-E 25-D 26-C 27-D 28-C 29-D 30-D
👍60🔥11🤩8😱7🎉5
Ingliz va ruslardan iborat qiziq odati bor 30 kishilik sayyohlar guruhida: ingliz erkaklari rost, ayollari yolg'on gapiradi. Ruslarda esa teskari. "Sizlar inglizmisizlar?" degan savolga 23 kishi "Ha" deb javob bergan bo'lsa, guruhda jami nechta ayol bor?
Anonymous Quiz
30%
7
16%
11
22%
17
18%
23
14%
Aniqlab bo'lmaydi
👍95😱34🎉18🔥12🤩11👏3