Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
#baxtiyor_ona

Farzandim O'zbekiston bayrog'ini hilpiratayotgan videoni ko'rganimda, men ko'z yoshlarim bilan "nahotki, men buni oldin ham ko'rgan edim" - deya tomosha qildim.

Barcha onalarga farzandlari kamolini ko'rib yashash baxtini tilayman.

👉👉 t.me/PMTESTS
👍304🤩21🔥14🎉10😱7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ibratli_hikoya

Farzandiga yaxshi ta'lim va tarbiya bermaydigan ota-onalar jazolanishi kerak ekan.

👉👉 t.me/pmtests
👍197🔥14🤩6😱5
Forwarded from Isroil Tillaboyev blogi
Hayotimdagi o‘zgarish nuqtasi onam menga oynayi jahonni ko‘rishni man qilib kitob o‘qishga majburlagan kundan boshlangan.

© Ben Karson. Dunyodagi eng mashhur bolalar jarrohi.

@domlajon
t.me/domlajon
👍246🔥22🤩14😱8🎉6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlarga_nasihat

Vaqtni g'animat biling!


Yoshlar o'zlari, oilalari, vatanlari, el-yurti, xalqiga foyda keltiruvchi inson bo'lishi uchun ilm, ma'rifat va tajriba o'rganishi, himmatni baland qilishi kerak. Kelajak yoshlarniki bo'lgani uchun yoshlar tarbiyasida, odobida va axloqida hamma ishtirok etishi lozim.

Kelajak qo'lidan hech bir ish kelmaydigan tanbal, bo'yniga telefonini osib olgan, qulog'idagi quloqchin bilan chetel musiqasini eshitadiganlarga qolmasligi kerak.

Kelajak buyuk xalq erishgan yutuqlarni rivojlantiradigan, yanada ko'kka ko'taradigan, hammaga faxr bo'ladigan yoshlarniki bo'lishi kerak. Yurtimizdan yana Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Zamaxshariy, Beruniy, Farobiy, Ibn Sino va boshqalar kabi ulug'lar chiqishi kerak.

Bir marta mana shunday buyuklarni tarbiyalagan xalqning ikkinchi marta ham tarbiyalashi oson. Bunga hamma harakat qilishi kerak. Ana shunda yoshlarimiz kelajakda elimiz, yurtimiz, xalqimiz sharafini yana yuqoriga ko'taradilar.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

👉👉 T.ME/PMTESTS
👍134🔥14🤩6🎉4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Koreys onalari nima bilan maqtanadi?

O'zbekiston va Janubiy Koreya ta'limidagi farqni anglash uchun ikki davlatning kishi boshiga yillik daromadini taqqoslash kifoya. Chunki, jamiyatlar daromadi, ularning ilmiy solahiyatiga bevosita bog'liq hisoblanadi.

Janubiy Koreyada kishi boshiga o'rtacha yillik daromad 33ming $ bo'lsa, O'zbekistonda bu ko'rsatkich 3ming $ ni tashkil etadi.

Rivojlanish uchun farzandlar ta'limiga ko'proq etibor qaratish, kerak bo'lsa onalar bu borada musobaqa qilish vaqti yetdi. Bu kelajakda butun O'zbekiston rivojini ta'minlaydi.

👉👉 t.me/pmtests
👍177🔥24😱13🤩7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oltin_qoida

‼️Bolani mehr-muhabbat, e'tiborga g'arq qiling! Ammo, moddiyatdan siqib qo'ying‼️

Farzandi telefonga berilib ketgan ota-onalarga mantiqiy savol: Qachon siz o'zingizni qo'lga olasiz, qachondan beri bola sizga otalik yoki onalik qila boshladi
⁉️

Tirikchilik bilan band bo'lib, farzand tarbiyasiga e'tibor bermaslik bolani yo'qotishni anglatadi. Faqirlikdan qo'rqib bolangizni o'ldirmang!

Oilada qonunlar joriy qilish lozim. Qonunlarni qabul qilishda farzandlar fikri inobatga olinadi, ular bilan kelishiladi. Ammo, qonunlarni ijro qilishda ota-ona qat'iy bo'lishi lozim.

Xalqaro standartlar bo'yicha 2 yoshgacha bolalarga telefon berilmaydi. 2-6 yoshgacha zarurat tug'ilganda bir kunda maksimal bir soatgacha berish mumkin. 7-12-yoshgacha maksimal 2 soatgacha berish mumkin. Ammo, imkon daraja kamroq berilgani maqsadga muvofiq.

👉👉 t.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍190🔥15😱10🤩5🎉4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekistonda korrupsiya darajasi kamaymoqda, ammo ...

2021-yilda O'zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish (korrupsiya indeksi) bo'yicha dunyo davlatlari ichida 140-o'rinda bo'lgan bo'lsa, 2023-yilga kelib 121-o'ringa ko'tarilgan.

Ammo, korrupsiya indeksi bo'yicha 100 ballik tizimda (0 eng yomon, 100 eng yaxshi) 2023-yilda 33 ball bilan baholangan. Soddaroq qilib aytganda hozir ham yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish 5 ballik tizimda 2 baho olmoqda. Bu shuni anglatadi, yurtimizda korrupsiya darajasini kamaytirish bo'yicha bajariladigan ishlar hali ko'p.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2024-yil birinchi yarim yillikdagi davlat tashkilotlari faoliyati ochiqligi reytingida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi eng yuqori oʻrinlardan biri (80 foiz - 4 baho)ni egalladi. Bu qabul jarayonida call markazlarining doimiy faoliyati, imtihon jarayonlarining bevosita online transliyatsiyalari bilan bog'liq.

Ammo, beg'ubor yoshlarimizga shaffoflik bilan imtihon o'tkazishi lozim bo'lgan tashkilotga bu ko'rsatkich ham kamlik qilmoqda. 2024-yil Al-Xorazmiy va Ixtisoslashtirilgan maktablar qabul imtihonlarida o'tish ballarining haddan tashqari ko'tarilishi ustozlar va ota-onalarda qo'shimcha savollarni tug'dirmoqda:

Imtihon savollari X-variant ko'rinishida imtihondan bir necha kun oldin chiqib ketmasligi kafolatlanganmi?!

Agentlik imtihondan oldin shaffoflikni buzishi mumkin bo'lgan holatlarni aniqlash va aniqlangan taqdirda choralar ko'rish bo'yicha maxsus davlat organlari bilan qanchalik darajada hamkorlik qilmoqda?

Imtihon natijalari e'lon qilinganidan keyin biror o'quvchining qalloplik yo'li bilan imtihondan o'tgani aniqlansa, uning natijasini bekor qilish tartibi mavjudmi?

Shunisi ma'lumki, hech bir davlat tashkiloti fuqarolar yordamisiz bor imkoniyatini ishga solsa ham shaffoflikni ta'minlay olmaydi. Agar biror notog'ri ish amalga oshgani ma'lum bo'lsa fuqarolar tegishli tashkilotlarga albatta murojaat qilishi lozim. Ayniqsa, beg'ubor yoshlarimiz imtihonida 100%lik shaffoflik ta'minlanishi lozim.
👍162🔥11😱11🎉2🤩2
📣 Toshkent shahrida yashovchi 2-3-4- sinflar o'rtasida avgust oyidagi 📚 MEGA OLIMPIADA!

Prezident maktabining o'quvchisi bo'lishni maqsad qilgan 👦🏻👧🏻 2-3-4-sinf o'quvchilar o'rtasida @PMTESTS va CURIOSITY o'quv markazi hamkorligida olimpiada bo'lib o'tadi. Olimpiadada ishtirok etib CURIOSITY o'quv markazida o'qish uchun 20% lik 1 yillik TA'LIM VAUCHERIni qo'lga kiriting.

G'olib bo'lgan o'quvchilar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadilar:

1️⃣-o'rin: ''Siz lidersiz'' kitob to'plami va pul mukofoti
2️⃣-o'rin: ''Siz lidersiz'' kitob to'plami va pul mukofoti
3️⃣-o'rin: ''Siz lidersiz'' kitob to'plami

Olimpiada kuni: 11.08.2024 🗓
Vaqti: 2-3-sinflarniki 9:30
4-sinflarniki 11:00

📌Manzil: Toshkent sh. Olmazor tumani, CURIOSITY o'quv markazi
📌Mo'ljal: Tinchlik metrosi, G'uncha kinoteatri ro'parasida
Location 📍

Ro'yxatdan o'tish uchun:
@prtayyorlov
☎️ +998983383434
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍56🤩8😱5🔥3🎉1
Forwarded from Xushnudbek.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug’bek Rashitov sharafiga Vatanimiz madhiyasi yangradi!

Ulug’bek atiga 22 yoshida ikki karra Olimpiya o’yinlari chempioni bo’ldi! Dahshat-a? Juda dahshat!

Aytgancha, ayni daqiqada Ulug’bek Rashitov Olimpiadaning 2 ta oltin medali bor o’zbekistonlik YAGONA sportchi bo’lib turibdi. To’g’ri, bungacha Artur Taymazov 3 ta oltin medal olgan edi, ammo uning 2 ta oltin medali (Pekin-08 va London-12) doping testlari natijasida keyinchalik bekor qilingan. Hozirda Taymazov hisobida rasman 1 ta oltin, 1 ta kumush medal bor.

Demak, Ulug’bek rasmiy manbalarda 2 ta oltini bor yagona sportchi.

Lekin bu qisqa muddatga deb umid qilamiz. Ulug’bekning yoniga birozdan so’ng Hasanboy Do’smatov ham qo’shiladi, Xudo xohlasa. Erta-indin esa Bahodir Jalolov va Akbar Jo’rayevda ham Olimpiadaning 2 ta oltin medali bo’ladi, deb duo qilamiz.


👉 @xushnudbek 👈
👍144🎉17🔥13😱4🤩4
Forwarded from Xushnudbek.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Hasanboy Doʻsmatov sharafiga Parijda Oʻzbekiston madhiyasi yangradi hamda Vatanimiz bayrogʻi eng balandga koʻtarildi!

Hasanboy ikki karra Olimpiya o’yinlari chempioni bo’lgan O’zbekistondagi ilk bokschi sifatida tarixga kirdi!

Lekin biz ishonamiz, uning bu rekordini tez orada Bahodir Jalolov yangilaydi, Xudo xohlasa.

Lekin baribir birinchisi Hasanboy bo’lib qolaveradi. Barakalla, “professor”! Irodangni ishga solib, yana ortga qaytganing uchun rahmat! Qirolning qaytishi bo’ldi bu!


👉 @xushnudbek 👈
👍219🎉28🔥26🤩6😱4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Қозоқ қардошларимиз Олимпиададаги чемпионларимизни табриклашмоқда (#)

@Rabbimov_rasmiy
👍180🔥19🤩9🎉2
Forwarded from Xushnudbek.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev sharafiga O‘zbekiston madhiyasi yangradi hamda Vatanimiz bayrog‘i baland ko‘tarildi!

Barakalla, Asadxo‘ja! Ota-onang va ustozlaringga ming rahmat!


👉 @xushnudbek 👈
👍64🔥14🤩5🎉3😱2
Forwarded from Xushnudbek.uz
Lazizbek Mullajonov sharafaiga O‘zbekiston madhiyasi yangradi hamda Vatanimiz bayrog‘i baland ko‘tarildi!

Barakalla, Lazizbek! Ota-onang va ustozlaringga ming rahmat!

Pastdagi videolarda esa Asadxo'ja va Lazizbekning mahallasida g'alabani qanday nishonlashgani tasvirlangan.


👉 @xushnudbek 👈
👍107🤩11🎉9🔥8😱2
📣 Toshkent shahrida yashovchi 2-3-4- sinflar o'rtasida avgust oyidagi 📚 MEGA OLIMPIADA!

Prezident maktabining o'quvchisi bo'lishni maqsad qilgan 👦🏻👧🏻 2-3-4-sinf o'quvchilar o'rtasida @PMTESTS va CURIOSITY o'quv markazi hamkorligida olimpiada bo'lib o'tadi. Olimpiadada ishtirok etib CURIOSITY o'quv markazida o'qish uchun 20% lik 1 yillik TA'LIM VAUCHERIni qo'lga kiriting.

G'olib bo'lgan o'quvchilar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadilar:

1️⃣-o'rin: ''Siz lidersiz'' kitob to'plami va pul mukofoti
2️⃣-o'rin: ''Siz lidersiz'' kitob to'plami va pul mukofoti
3️⃣-o'rin: ''Siz lidersiz'' kitob to'plami

Olimpiada kuni: 11.08.2024 🗓
Vaqti: 2-3-sinflarniki 9:30
4-sinflarniki 11:00

📌Manzil: Toshkent sh. Olmazor tumani, CURIOSITY o'quv markazi
📌Mo'ljal: Tinchlik metrosi, G'uncha kinoteatri ro'parasida
Location 📍

Ro'yxatdan o'tish uchun:
@prtayyorlov
☎️+998983383434
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍59🤩7🔥5🎉5
Forwarded from Xushnudbek.uz
Qahramonlarimiz!

Hammasi Diyoradan boshlandi, barakali qiz ekan, baraka topsin :)


👉 @xushnudbek 👈
🔥311👍182🎉33🤩17😱7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ona_duosi

Farzandini prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlayotgan ota-onalar e'tibor qaratishi lozim bo'lgan yana bir jihat ustoz Doniyor Nasriddinov misolida...

👉👉 t.me/PMTESTS
👍199🔥29🤩7😱6
Forwarded from Xushnudbek.uz
Sportchilarimizni tantanali kutib olishga tayyormisiz?

Parij-2024 Olimpiadasida rekord qayd etgan qahramonlarimiz bugun, 12-avgust kuni O‘zbekistonga yetib keladi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan soat 19:00 dan keyin O‘zbekiston delegatsiya o‘tirgan samolyot Toshkentga qo‘nishi rejalashtirilmoqda.

Sportchilarimiz Toshkent aeroportining 3-terminalida (xalq tilida mahalliy aeroport) tantanali kutib olinadi.

Aeroportda o‘tkaziladigan tantanali kutib olish marosimidan so‘ng, sportchilarimiz o‘tirgan avtobus kortejlari shahar bo‘ylab harakatlanadi.

Yuqoridagi videoda kortejning harakat yo‘nalishi ko‘rsatilgan.

Chempionlarimizni qutlashni niyat qilgan yurtdoshlarimiz kortej harakati yo‘nalishi bo‘ylab, doira shaklida belgilangan nuqtalarda, xavfsizlik chora-tadbirlariga qat’iy rioya qilgan holda, turishlari mumkin bo‘ladi. Kortej harakati taxminan soat 21:00 lardan keyin bo‘lsa kerak. Yana ham aniq vaqtini keyinroq ma’lum qilamiz.

Yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan qahramonlarimizni biz ham munosib kutib olaylik!


👉 @xushnudbek 👈
👍113🎉18🔥9🤩7😱4