Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
#statistika_va_xulosalar
#AL_XORAZMIY_MAKTABI

2024-yil Al-Xorazmiy maktabi imtihonida raqobat rekord darajada yuqori bo'ldi. 120 ta o'ringa 15884 ta o'quvchi imtihon topshirdi. O'quvchilarning imithondan muvaffaqiyatli o'tish imkoniyati hatto 1%dan ham kam bo'ldi. Ya'ni, agar o'quvchilar bilimini bir xil deb hisoblasak, imtihondan yiqilish ehtimoli 99,25% ni tashkil qildi.

Toshkent shahrining kirish ko'rsatkichi bo'yicha mutloq ustunligi biroz kamaydi (oldingi yilgidan 20 ta kamroq bo'ldi.)

Viloyatlar ichida Namangan viloyati yetakchilikni Farg'onaga boy bermoqda. Prezident maktablari saralash imtihoni o'tish bali ham Farg'onada (72 ball) Namanganga (69,6 ball) nisbatan baland bo'ldi. Al-Xorazmiy maktabiga ham Namangandan kirgan o'quvchilar soni oldingi yilga nisbatan 12 taga kamaygan, Farg'onada esa 9 taga ortgan.

Andijon viloyatida ham natijalar keskin ortgan. Oldingi yilga nisbatan al-Xorazmiy maktabiga 2 ta o'quvchi ko'proq kirganidan tashqari al-Xorazmiy maktabi Andijon filialiga qabul qilingan o'quvchilardan 9 tasi 88,8 balldan yuqori ball olgan.
- Samarqand filialiga qabul qilingan o'quvchilardan esa 4 tasi 88,8 balldan yuqori ball olgan.
- Nukus filialiga qabul qilinganlardan esa birortasi 88,8 dan yuqori ball ola olmagan.

2023-yil imtihonda birorta o'quvchisi Al-Xorazmiy maktabiga qabul qilinmagan 4 ta viloyatdan 2024-yilda 14 ta o'quvchi imtihondan muvaffaqiyatli o'tdi. (Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro va Xorazm)

👉👉 t.me/PMTESTS
👍141🔥12😱12🎉1
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
#statistika_va_xulosalar #AL_XORAZMIY_MAKTABI 2024-yil Al-Xorazmiy maktabi imtihonida raqobat rekord darajada yuqori bo'ldi. 120 ta o'ringa 15884 ta o'quvchi imtihon topshirdi. O'quvchilarning imithondan muvaffaqiyatli o'tish imkoniyati hatto 1%dan ham…
Farg'ona viloyatidagi ko'rsatkichlarning yaxshilanishi va Namangan viloyatidagi ko'rsatkichlarning biroz tushishi aynan raqobat bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

Biz qurmoqchi bo'lgan tizimning (bozor iqtisodiyoti) yutug'i ham, kamchiligi ham aynan raqobatda. Tizimning yutug'i shundaki, bir nechta o'yinchilar doimiy raqobat qilishadi, imkoniyatlar nisbatan teng taqsimlanadi va sohada o'sish kuzatiladi. Tizimning kamchiligi esa o'sha raqobatning so'nishi yoki o'yinchilarga teng imkoniyat berilmasligida bo'ladi. Bunda kam sonli o'yinchilarga kengroq imkoniyatlar beriladi. Ular esa imkoniyatlarning bir qismidangina foydalana oladilar va natija kutilganidek bo'lmaydi.

Farg'ona viloyatida Prezident maktablariga tayyorlovchi bir qancha o'quv markazlari bo'lib, ularda imkoniyatlar nisbatan teng taqsimlanganini kuzatish mumkin. Ya'ni har bir markazning iqtidorli o'quvchilari mavjud bo'lib, ular o'z markazlarining natijalarini yaxshilab kelmoqdalar. Har bir iqtidorli o'quvchiga kerakli e'tibor va rivojlanish uchun zarur sharoit yaratib berilmoqda.

Namangan viloyatida esa ota-onalar iqtidorli farzandlarini ma'lum bir markazlargagina olib borib tayyorlashni ma'qul ko'rishmoqda. O'quv markazlariga teng imkoniyatlar berilmagani sabab, raqobat biroz kamaygan. Ko'p sonli iqtidorli o'quvchilarga ega bo'lgan o'quv markazlari ularning ma'lum qismigagina kerakli e'tibor va rivojlanishiga sharoit yarata oladi. Ma'lum qismi uchun aslida boshqa joylarda tayyorlanish foydaliroq bo'lishi mumkin.
👍140🔥8😱5🎉4🤩4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️ PMTESTS Katta yutuqli olimpiadasi-2024 taqdirlash marosimi🏆

2023-2024-o'quv yilidagi katta yutuqli olimpiada 9-iyunda bo'lib o'tdi. Olimpiadada yuqori darajada ochiqlik, qattiq nazorat va shaffoflik ta'minlandi. Unda dastlabki uchta o'rinni olgan o'quvchilar quyidagilar bo'ldi.

1. Mirzabekov Sardorbek 🏆 (PMTESTS - 2024 Kubogi sohibi)

2. G'aybullayev Asilbek 🥈

3. Nosirov Ibrohimjon 🥉

G'oliblarga pul mukofotini Dizayn jamoasi a'zolari topshirdi. Taqdirlash marosimi videosini taqdim etamiz.

‼️2025-yil Katta yutuqli olimpiadaga saralash 2024-yil sentyabrdan boshlanadi‼️

👉👉 t.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍176🎉19🤩10😱7🔥4
⁉️ Prezident maktabi asosiy imtihoni natijalari qachon e'lon qilinadi⁉️

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida e'lon qilinadi.


Nizom bo'yicha natijalar 27-iyulda bo'lib o'tgan ikkinchi bosqich imtihon natijalari 26-avgustgacha e'lon qilinishi kerak.

Oldingi yillarda qanday holat kuzatilgan?

2019-yilda 24-iyulda yakunlangan Asosiy imtihon natijasi 20-avgustda e'lon qilingan (27 kun).

2021-yilda 21-22-avgust kunlari bo'lib o'tgan asosiy imtihon natijalari 18-sentabrda e’lon qilindi. (27 kun)

2022-yilda 2-avgustda bo'lib o'tgan asosiy imtihon natijalari 30-avgustda e’lon qilindi. (28 kun)

2023-yilda 31-iyulda bo'lib o'tgan asosiy imtihon natijalari 29-avgustda e’lon qilindi. (29 kun)

‼️ 2024-yilda 27-iyulda bo'lib o'tgan ikkinchi bosqich imtihon natijalari 26-avgustgacha e'lon qilinishi kutilmoqda.‼️

👉👉 T.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍128😱29🔥6🤩6🎉3
#baxtiyor_ona

Farzandim O'zbekiston bayrog'ini hilpiratayotgan videoni ko'rganimda, men ko'z yoshlarim bilan "nahotki, men buni oldin ham ko'rgan edim" - deya tomosha qildim.

Barcha onalarga farzandlari kamolini ko'rib yashash baxtini tilayman.

👉👉 t.me/PMTESTS
👍304🤩21🔥14🎉10😱7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ibratli_hikoya

Farzandiga yaxshi ta'lim va tarbiya bermaydigan ota-onalar jazolanishi kerak ekan.

👉👉 t.me/pmtests
👍197🔥14🤩6😱5
Forwarded from Isroil Tillaboyev blogi
Hayotimdagi o‘zgarish nuqtasi onam menga oynayi jahonni ko‘rishni man qilib kitob o‘qishga majburlagan kundan boshlangan.

© Ben Karson. Dunyodagi eng mashhur bolalar jarrohi.

@domlajon
t.me/domlajon
👍246🔥22🤩14😱8🎉6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlarga_nasihat

Vaqtni g'animat biling!


Yoshlar o'zlari, oilalari, vatanlari, el-yurti, xalqiga foyda keltiruvchi inson bo'lishi uchun ilm, ma'rifat va tajriba o'rganishi, himmatni baland qilishi kerak. Kelajak yoshlarniki bo'lgani uchun yoshlar tarbiyasida, odobida va axloqida hamma ishtirok etishi lozim.

Kelajak qo'lidan hech bir ish kelmaydigan tanbal, bo'yniga telefonini osib olgan, qulog'idagi quloqchin bilan chetel musiqasini eshitadiganlarga qolmasligi kerak.

Kelajak buyuk xalq erishgan yutuqlarni rivojlantiradigan, yanada ko'kka ko'taradigan, hammaga faxr bo'ladigan yoshlarniki bo'lishi kerak. Yurtimizdan yana Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Zamaxshariy, Beruniy, Farobiy, Ibn Sino va boshqalar kabi ulug'lar chiqishi kerak.

Bir marta mana shunday buyuklarni tarbiyalagan xalqning ikkinchi marta ham tarbiyalashi oson. Bunga hamma harakat qilishi kerak. Ana shunda yoshlarimiz kelajakda elimiz, yurtimiz, xalqimiz sharafini yana yuqoriga ko'taradilar.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

👉👉 T.ME/PMTESTS
👍134🔥14🤩6🎉4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Koreys onalari nima bilan maqtanadi?

O'zbekiston va Janubiy Koreya ta'limidagi farqni anglash uchun ikki davlatning kishi boshiga yillik daromadini taqqoslash kifoya. Chunki, jamiyatlar daromadi, ularning ilmiy solahiyatiga bevosita bog'liq hisoblanadi.

Janubiy Koreyada kishi boshiga o'rtacha yillik daromad 33ming $ bo'lsa, O'zbekistonda bu ko'rsatkich 3ming $ ni tashkil etadi.

Rivojlanish uchun farzandlar ta'limiga ko'proq etibor qaratish, kerak bo'lsa onalar bu borada musobaqa qilish vaqti yetdi. Bu kelajakda butun O'zbekiston rivojini ta'minlaydi.

👉👉 t.me/pmtests
👍177🔥24😱13🤩7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oltin_qoida

‼️Bolani mehr-muhabbat, e'tiborga g'arq qiling! Ammo, moddiyatdan siqib qo'ying‼️

Farzandi telefonga berilib ketgan ota-onalarga mantiqiy savol: Qachon siz o'zingizni qo'lga olasiz, qachondan beri bola sizga otalik yoki onalik qila boshladi
⁉️

Tirikchilik bilan band bo'lib, farzand tarbiyasiga e'tibor bermaslik bolani yo'qotishni anglatadi. Faqirlikdan qo'rqib bolangizni o'ldirmang!

Oilada qonunlar joriy qilish lozim. Qonunlarni qabul qilishda farzandlar fikri inobatga olinadi, ular bilan kelishiladi. Ammo, qonunlarni ijro qilishda ota-ona qat'iy bo'lishi lozim.

Xalqaro standartlar bo'yicha 2 yoshgacha bolalarga telefon berilmaydi. 2-6 yoshgacha zarurat tug'ilganda bir kunda maksimal bir soatgacha berish mumkin. 7-12-yoshgacha maksimal 2 soatgacha berish mumkin. Ammo, imkon daraja kamroq berilgani maqsadga muvofiq.

👉👉 t.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍190🔥15😱10🤩5🎉4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekistonda korrupsiya darajasi kamaymoqda, ammo ...

2021-yilda O'zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish (korrupsiya indeksi) bo'yicha dunyo davlatlari ichida 140-o'rinda bo'lgan bo'lsa, 2023-yilga kelib 121-o'ringa ko'tarilgan.

Ammo, korrupsiya indeksi bo'yicha 100 ballik tizimda (0 eng yomon, 100 eng yaxshi) 2023-yilda 33 ball bilan baholangan. Soddaroq qilib aytganda hozir ham yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish 5 ballik tizimda 2 baho olmoqda. Bu shuni anglatadi, yurtimizda korrupsiya darajasini kamaytirish bo'yicha bajariladigan ishlar hali ko'p.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2024-yil birinchi yarim yillikdagi davlat tashkilotlari faoliyati ochiqligi reytingida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi eng yuqori oʻrinlardan biri (80 foiz - 4 baho)ni egalladi. Bu qabul jarayonida call markazlarining doimiy faoliyati, imtihon jarayonlarining bevosita online transliyatsiyalari bilan bog'liq.

Ammo, beg'ubor yoshlarimizga shaffoflik bilan imtihon o'tkazishi lozim bo'lgan tashkilotga bu ko'rsatkich ham kamlik qilmoqda. 2024-yil Al-Xorazmiy va Ixtisoslashtirilgan maktablar qabul imtihonlarida o'tish ballarining haddan tashqari ko'tarilishi ustozlar va ota-onalarda qo'shimcha savollarni tug'dirmoqda:

Imtihon savollari X-variant ko'rinishida imtihondan bir necha kun oldin chiqib ketmasligi kafolatlanganmi?!

Agentlik imtihondan oldin shaffoflikni buzishi mumkin bo'lgan holatlarni aniqlash va aniqlangan taqdirda choralar ko'rish bo'yicha maxsus davlat organlari bilan qanchalik darajada hamkorlik qilmoqda?

Imtihon natijalari e'lon qilinganidan keyin biror o'quvchining qalloplik yo'li bilan imtihondan o'tgani aniqlansa, uning natijasini bekor qilish tartibi mavjudmi?

Shunisi ma'lumki, hech bir davlat tashkiloti fuqarolar yordamisiz bor imkoniyatini ishga solsa ham shaffoflikni ta'minlay olmaydi. Agar biror notog'ri ish amalga oshgani ma'lum bo'lsa fuqarolar tegishli tashkilotlarga albatta murojaat qilishi lozim. Ayniqsa, beg'ubor yoshlarimiz imtihonida 100%lik shaffoflik ta'minlanishi lozim.
👍162🔥11😱11🎉2🤩2
📣 Toshkent shahrida yashovchi 2-3-4- sinflar o'rtasida avgust oyidagi 📚 MEGA OLIMPIADA!

Prezident maktabining o'quvchisi bo'lishni maqsad qilgan 👦🏻👧🏻 2-3-4-sinf o'quvchilar o'rtasida @PMTESTS va CURIOSITY o'quv markazi hamkorligida olimpiada bo'lib o'tadi. Olimpiadada ishtirok etib CURIOSITY o'quv markazida o'qish uchun 20% lik 1 yillik TA'LIM VAUCHERIni qo'lga kiriting.

G'olib bo'lgan o'quvchilar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadilar:

1️⃣-o'rin: ''Siz lidersiz'' kitob to'plami va pul mukofoti
2️⃣-o'rin: ''Siz lidersiz'' kitob to'plami va pul mukofoti
3️⃣-o'rin: ''Siz lidersiz'' kitob to'plami

Olimpiada kuni: 11.08.2024 🗓
Vaqti: 2-3-sinflarniki 9:30
4-sinflarniki 11:00

📌Manzil: Toshkent sh. Olmazor tumani, CURIOSITY o'quv markazi
📌Mo'ljal: Tinchlik metrosi, G'uncha kinoteatri ro'parasida
Location 📍

Ro'yxatdan o'tish uchun:
@prtayyorlov
☎️ +998983383434
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍56🤩8😱5🔥3🎉1
Forwarded from Xushnudbek.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug’bek Rashitov sharafiga Vatanimiz madhiyasi yangradi!

Ulug’bek atiga 22 yoshida ikki karra Olimpiya o’yinlari chempioni bo’ldi! Dahshat-a? Juda dahshat!

Aytgancha, ayni daqiqada Ulug’bek Rashitov Olimpiadaning 2 ta oltin medali bor o’zbekistonlik YAGONA sportchi bo’lib turibdi. To’g’ri, bungacha Artur Taymazov 3 ta oltin medal olgan edi, ammo uning 2 ta oltin medali (Pekin-08 va London-12) doping testlari natijasida keyinchalik bekor qilingan. Hozirda Taymazov hisobida rasman 1 ta oltin, 1 ta kumush medal bor.

Demak, Ulug’bek rasmiy manbalarda 2 ta oltini bor yagona sportchi.

Lekin bu qisqa muddatga deb umid qilamiz. Ulug’bekning yoniga birozdan so’ng Hasanboy Do’smatov ham qo’shiladi, Xudo xohlasa. Erta-indin esa Bahodir Jalolov va Akbar Jo’rayevda ham Olimpiadaning 2 ta oltin medali bo’ladi, deb duo qilamiz.


👉 @xushnudbek 👈
👍144🎉17🔥13😱4🤩4
Forwarded from Xushnudbek.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Hasanboy Doʻsmatov sharafiga Parijda Oʻzbekiston madhiyasi yangradi hamda Vatanimiz bayrogʻi eng balandga koʻtarildi!

Hasanboy ikki karra Olimpiya o’yinlari chempioni bo’lgan O’zbekistondagi ilk bokschi sifatida tarixga kirdi!

Lekin biz ishonamiz, uning bu rekordini tez orada Bahodir Jalolov yangilaydi, Xudo xohlasa.

Lekin baribir birinchisi Hasanboy bo’lib qolaveradi. Barakalla, “professor”! Irodangni ishga solib, yana ortga qaytganing uchun rahmat! Qirolning qaytishi bo’ldi bu!


👉 @xushnudbek 👈
👍219🎉28🔥26🤩6😱4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Қозоқ қардошларимиз Олимпиададаги чемпионларимизни табриклашмоқда (#)

@Rabbimov_rasmiy
👍180🔥19🤩9🎉2
Forwarded from Xushnudbek.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev sharafiga O‘zbekiston madhiyasi yangradi hamda Vatanimiz bayrog‘i baland ko‘tarildi!

Barakalla, Asadxo‘ja! Ota-onang va ustozlaringga ming rahmat!


👉 @xushnudbek 👈
👍64🔥14🤩5🎉3😱2
Forwarded from Xushnudbek.uz
Lazizbek Mullajonov sharafaiga O‘zbekiston madhiyasi yangradi hamda Vatanimiz bayrog‘i baland ko‘tarildi!

Barakalla, Lazizbek! Ota-onang va ustozlaringga ming rahmat!

Pastdagi videolarda esa Asadxo'ja va Lazizbekning mahallasida g'alabani qanday nishonlashgani tasvirlangan.


👉 @xushnudbek 👈
👍107🤩11🎉9🔥8😱2
📣 Toshkent shahrida yashovchi 2-3-4- sinflar o'rtasida avgust oyidagi 📚 MEGA OLIMPIADA!

Prezident maktabining o'quvchisi bo'lishni maqsad qilgan 👦🏻👧🏻 2-3-4-sinf o'quvchilar o'rtasida @PMTESTS va CURIOSITY o'quv markazi hamkorligida olimpiada bo'lib o'tadi. Olimpiadada ishtirok etib CURIOSITY o'quv markazida o'qish uchun 20% lik 1 yillik TA'LIM VAUCHERIni qo'lga kiriting.

G'olib bo'lgan o'quvchilar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadilar:

1️⃣-o'rin: ''Siz lidersiz'' kitob to'plami va pul mukofoti
2️⃣-o'rin: ''Siz lidersiz'' kitob to'plami va pul mukofoti
3️⃣-o'rin: ''Siz lidersiz'' kitob to'plami

Olimpiada kuni: 11.08.2024 🗓
Vaqti: 2-3-sinflarniki 9:30
4-sinflarniki 11:00

📌Manzil: Toshkent sh. Olmazor tumani, CURIOSITY o'quv markazi
📌Mo'ljal: Tinchlik metrosi, G'uncha kinoteatri ro'parasida
Location 📍

Ro'yxatdan o'tish uchun:
@prtayyorlov
☎️+998983383434
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍59🤩7🔥5🎉5