Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
⁉️Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar imtihoni natijalarining to'liq ro'yxati hali ham e'lon qilinmadi⁉️

O'tgan o'quv yilida natijalarning to'liq ro'yxati pdf shaklida e'lon qilingan va ota-onalar farzandlari o'rnini ko'rib natijalarni tahlil qila olgan edi. Bu yilgi ro'yxat nima uchun e'lon qilinmayotgani ko'pchilik ota-onalarda savollar tug'dirmoqda. Tavsiyamiz, buni Agentlikning o'zidan (1206) aniqlashtirish lozim.

Oldingi yillarda natijasidan norozi ota-onalar apellatsiya arizalarini berishi mumkin bo'lgan. 2023-yilda Tayanch (Al-Xorazmiy) ixtisoslashtirilgan maktablariga 600 ga yaqin, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga 3000 dan ortiq apellatsiya arizalari berilgan. Bu yil ham apellatsiya berish tartibi bo'yicha rasmiy xabarlar berilishi kerak.

👉👉 t.me/pmtests
👍130😱16🤩8🔥5🎉5
#apellatsiya_2024

📝 APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 30-31-IYUL, 1-AVGUST KUNLARI QABUL QILINADI

Ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.

Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi.

Apellatsiya bo'yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi.

🌐 Arizalarni maktablar kesimida quyidagi havolalar orqali yuborishingiz mumkin.

⚪️ Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar uchun

⚪️ Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun

⚪️ Ijod maktablari uchun

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍76😱8🔥6🤩5🎉3
#natija_2024

🌐 Agentlik tizimidagi Prezident, ijod hamda tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalari hududlar kesimida roʻyxat shaklida portal.piima.uz saytiga joylashtirildi:

🔗 https://portal.piima.uz/page/results

🌐Qolaversa, Agentlik tomonidan mandat.piima.uz platformasi test rejimida ishga tushirildi.

🗣Ushbu platforma orqali Agentlik tizimidagi maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchining imtihondan olgan natijalarini ariza raqami va shaxsini tasdiqlovchi hujjat raqami boʻyicha aniqlash, shuningdek, maktablar kesimida imtihon natijalarini roʻyxatini koʻrish imkoniyati mavjud.

📍Maʼlumot uchun, Agentlik tizimidagi hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalarining roʻyxat shaklidagi koʻrinishi barcha maktablarga yetkazildi. Hujjat topshirgan maktabingizga murojaat qilib ushbu roʻyxat bilan tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍67😱6🎉5🤩2
⚡️⚡️Toshkent shahridagi "CURIOSITY" o'quv markazida Prezident maktabi tayyorlov kursiga qabul boshlandi!

Farzandingiz "CURIOSITY" o'quv markazida tajribali ustoz @PMTESTS kanali asoschisi Asrorbek Jumanazarov qo'l ostida prezident va al-Xorazmiy maktablariga tayyorlanadi.

O'quv markazimiz kam sonli o'quvchilar bilan yuqori natijalarga erishib kelayotgan Respublikadagi yetakchi markazlardan hisoblanadi. 2023-yilda ustoz Asrorbek Jumanazarovning 7 ta o'quvchisi Prezident maktablariga qabul qilingan.

2024-yilda;
- 33 ta o'quvchimiz Prezident maktabi saralash imtihonidan muvaffaqiyatli o'tdi;
- 21 ta o'quvchimiz Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilindi
- 3 ta o'quvchimiz Al-Xorazmiy maktabi imtihonidan muvaffaqiyatli o'tdi;
(Natijalar Curiosity telegram kanalida e'lon qilib boriladi)
Markazimizda yuqori darajada tayyorgarlik ko'rish uchun samarali dasturlar, yirik testlar bazasi va ilg'or metodikaga ega ustozlar jamoasi mavjud.

❗️Shoshiling qabul soni CHEGARALANGAN 

‼️O'quvchilar sinov asosida qabul qilinadi. Qabul uchun sinov test 10-avgust 10:00 da bo'lib o'tadi‼️


📌 Manzil: Tinchlik metrosi, G'uncha kinoteatri ro'parasida.

Ro‘yxatdan o'tish uchun: 
@prtayyorlov
☎️ +998983383434
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍82😱7🎉4🤩3🔥2
2024_al-Xorazmiy_Toshkent_@Online_Prmaktab.pdf
13.5 MB
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi IT maktabi kirish imtihoni natijalari - 2024 (TOSHKENT SHAHRI)

5-Sinflar (O‘tish bali: 88,8 ball)
👍47😱37🔥7🎉5🤩5
2024_al-Xorazmiy_Andijon_@Online_Prmaktab.pdf
7.4 MB
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi IT maktabi kirish imtihoni natijalari - 2024 (Andijon filiali)
👍56😱15🤩7🔥2
2024_al-Xorazmiy_Samarqand_@Online_Prmaktab.pdf
6.5 MB
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi IT maktabi kirish imtihoni natijalari - 2024 (Samarqand filiali)
👍60😱13🎉12🤩7
2024_al-Xorazmiy_Nukus_@Online_Prmaktab.pdf
3.8 MB
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi IT maktabi kirish imtihoni natijalari - 2024 (Nukus filiali)
👍49😱10🤩6🔥5🎉1
#statistika_va_xulosalar
#AL_XORAZMIY_MAKTABI

2024-yil Al-Xorazmiy maktabi imtihonida raqobat rekord darajada yuqori bo'ldi. 120 ta o'ringa 15884 ta o'quvchi imtihon topshirdi. O'quvchilarning imithondan muvaffaqiyatli o'tish imkoniyati hatto 1%dan ham kam bo'ldi. Ya'ni, agar o'quvchilar bilimini bir xil deb hisoblasak, imtihondan yiqilish ehtimoli 99,25% ni tashkil qildi.

Toshkent shahrining kirish ko'rsatkichi bo'yicha mutloq ustunligi biroz kamaydi (oldingi yilgidan 20 ta kamroq bo'ldi.)

Viloyatlar ichida Namangan viloyati yetakchilikni Farg'onaga boy bermoqda. Prezident maktablari saralash imtihoni o'tish bali ham Farg'onada (72 ball) Namanganga (69,6 ball) nisbatan baland bo'ldi. Al-Xorazmiy maktabiga ham Namangandan kirgan o'quvchilar soni oldingi yilga nisbatan 12 taga kamaygan, Farg'onada esa 9 taga ortgan.

Andijon viloyatida ham natijalar keskin ortgan. Oldingi yilga nisbatan al-Xorazmiy maktabiga 2 ta o'quvchi ko'proq kirganidan tashqari al-Xorazmiy maktabi Andijon filialiga qabul qilingan o'quvchilardan 9 tasi 88,8 balldan yuqori ball olgan.
- Samarqand filialiga qabul qilingan o'quvchilardan esa 4 tasi 88,8 balldan yuqori ball olgan.
- Nukus filialiga qabul qilinganlardan esa birortasi 88,8 dan yuqori ball ola olmagan.

2023-yil imtihonda birorta o'quvchisi Al-Xorazmiy maktabiga qabul qilinmagan 4 ta viloyatdan 2024-yilda 14 ta o'quvchi imtihondan muvaffaqiyatli o'tdi. (Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro va Xorazm)

👉👉 t.me/PMTESTS
👍141🔥12😱12🎉1
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
#statistika_va_xulosalar #AL_XORAZMIY_MAKTABI 2024-yil Al-Xorazmiy maktabi imtihonida raqobat rekord darajada yuqori bo'ldi. 120 ta o'ringa 15884 ta o'quvchi imtihon topshirdi. O'quvchilarning imithondan muvaffaqiyatli o'tish imkoniyati hatto 1%dan ham…
Farg'ona viloyatidagi ko'rsatkichlarning yaxshilanishi va Namangan viloyatidagi ko'rsatkichlarning biroz tushishi aynan raqobat bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

Biz qurmoqchi bo'lgan tizimning (bozor iqtisodiyoti) yutug'i ham, kamchiligi ham aynan raqobatda. Tizimning yutug'i shundaki, bir nechta o'yinchilar doimiy raqobat qilishadi, imkoniyatlar nisbatan teng taqsimlanadi va sohada o'sish kuzatiladi. Tizimning kamchiligi esa o'sha raqobatning so'nishi yoki o'yinchilarga teng imkoniyat berilmasligida bo'ladi. Bunda kam sonli o'yinchilarga kengroq imkoniyatlar beriladi. Ular esa imkoniyatlarning bir qismidangina foydalana oladilar va natija kutilganidek bo'lmaydi.

Farg'ona viloyatida Prezident maktablariga tayyorlovchi bir qancha o'quv markazlari bo'lib, ularda imkoniyatlar nisbatan teng taqsimlanganini kuzatish mumkin. Ya'ni har bir markazning iqtidorli o'quvchilari mavjud bo'lib, ular o'z markazlarining natijalarini yaxshilab kelmoqdalar. Har bir iqtidorli o'quvchiga kerakli e'tibor va rivojlanish uchun zarur sharoit yaratib berilmoqda.

Namangan viloyatida esa ota-onalar iqtidorli farzandlarini ma'lum bir markazlargagina olib borib tayyorlashni ma'qul ko'rishmoqda. O'quv markazlariga teng imkoniyatlar berilmagani sabab, raqobat biroz kamaygan. Ko'p sonli iqtidorli o'quvchilarga ega bo'lgan o'quv markazlari ularning ma'lum qismigagina kerakli e'tibor va rivojlanishiga sharoit yarata oladi. Ma'lum qismi uchun aslida boshqa joylarda tayyorlanish foydaliroq bo'lishi mumkin.
👍140🔥8😱5🎉4🤩4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️ PMTESTS Katta yutuqli olimpiadasi-2024 taqdirlash marosimi🏆

2023-2024-o'quv yilidagi katta yutuqli olimpiada 9-iyunda bo'lib o'tdi. Olimpiadada yuqori darajada ochiqlik, qattiq nazorat va shaffoflik ta'minlandi. Unda dastlabki uchta o'rinni olgan o'quvchilar quyidagilar bo'ldi.

1. Mirzabekov Sardorbek 🏆 (PMTESTS - 2024 Kubogi sohibi)

2. G'aybullayev Asilbek 🥈

3. Nosirov Ibrohimjon 🥉

G'oliblarga pul mukofotini Dizayn jamoasi a'zolari topshirdi. Taqdirlash marosimi videosini taqdim etamiz.

‼️2025-yil Katta yutuqli olimpiadaga saralash 2024-yil sentyabrdan boshlanadi‼️

👉👉 t.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍176🎉19🤩10😱7🔥4
⁉️ Prezident maktabi asosiy imtihoni natijalari qachon e'lon qilinadi⁉️

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida e'lon qilinadi.


Nizom bo'yicha natijalar 27-iyulda bo'lib o'tgan ikkinchi bosqich imtihon natijalari 26-avgustgacha e'lon qilinishi kerak.

Oldingi yillarda qanday holat kuzatilgan?

2019-yilda 24-iyulda yakunlangan Asosiy imtihon natijasi 20-avgustda e'lon qilingan (27 kun).

2021-yilda 21-22-avgust kunlari bo'lib o'tgan asosiy imtihon natijalari 18-sentabrda e’lon qilindi. (27 kun)

2022-yilda 2-avgustda bo'lib o'tgan asosiy imtihon natijalari 30-avgustda e’lon qilindi. (28 kun)

2023-yilda 31-iyulda bo'lib o'tgan asosiy imtihon natijalari 29-avgustda e’lon qilindi. (29 kun)

‼️ 2024-yilda 27-iyulda bo'lib o'tgan ikkinchi bosqich imtihon natijalari 26-avgustgacha e'lon qilinishi kutilmoqda.‼️

👉👉 T.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍128😱29🔥6🤩6🎉3
#baxtiyor_ona

Farzandim O'zbekiston bayrog'ini hilpiratayotgan videoni ko'rganimda, men ko'z yoshlarim bilan "nahotki, men buni oldin ham ko'rgan edim" - deya tomosha qildim.

Barcha onalarga farzandlari kamolini ko'rib yashash baxtini tilayman.

👉👉 t.me/PMTESTS
👍304🤩21🔥14🎉10😱7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ibratli_hikoya

Farzandiga yaxshi ta'lim va tarbiya bermaydigan ota-onalar jazolanishi kerak ekan.

👉👉 t.me/pmtests
👍197🔥14🤩6😱5
Forwarded from Isroil Tillaboyev blogi
Hayotimdagi o‘zgarish nuqtasi onam menga oynayi jahonni ko‘rishni man qilib kitob o‘qishga majburlagan kundan boshlangan.

© Ben Karson. Dunyodagi eng mashhur bolalar jarrohi.

@domlajon
t.me/domlajon
👍246🔥22🤩14😱8🎉6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlarga_nasihat

Vaqtni g'animat biling!


Yoshlar o'zlari, oilalari, vatanlari, el-yurti, xalqiga foyda keltiruvchi inson bo'lishi uchun ilm, ma'rifat va tajriba o'rganishi, himmatni baland qilishi kerak. Kelajak yoshlarniki bo'lgani uchun yoshlar tarbiyasida, odobida va axloqida hamma ishtirok etishi lozim.

Kelajak qo'lidan hech bir ish kelmaydigan tanbal, bo'yniga telefonini osib olgan, qulog'idagi quloqchin bilan chetel musiqasini eshitadiganlarga qolmasligi kerak.

Kelajak buyuk xalq erishgan yutuqlarni rivojlantiradigan, yanada ko'kka ko'taradigan, hammaga faxr bo'ladigan yoshlarniki bo'lishi kerak. Yurtimizdan yana Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Zamaxshariy, Beruniy, Farobiy, Ibn Sino va boshqalar kabi ulug'lar chiqishi kerak.

Bir marta mana shunday buyuklarni tarbiyalagan xalqning ikkinchi marta ham tarbiyalashi oson. Bunga hamma harakat qilishi kerak. Ana shunda yoshlarimiz kelajakda elimiz, yurtimiz, xalqimiz sharafini yana yuqoriga ko'taradilar.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

👉👉 T.ME/PMTESTS
👍134🔥14🤩6🎉4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Koreys onalari nima bilan maqtanadi?

O'zbekiston va Janubiy Koreya ta'limidagi farqni anglash uchun ikki davlatning kishi boshiga yillik daromadini taqqoslash kifoya. Chunki, jamiyatlar daromadi, ularning ilmiy solahiyatiga bevosita bog'liq hisoblanadi.

Janubiy Koreyada kishi boshiga o'rtacha yillik daromad 33ming $ bo'lsa, O'zbekistonda bu ko'rsatkich 3ming $ ni tashkil etadi.

Rivojlanish uchun farzandlar ta'limiga ko'proq etibor qaratish, kerak bo'lsa onalar bu borada musobaqa qilish vaqti yetdi. Bu kelajakda butun O'zbekiston rivojini ta'minlaydi.

👉👉 t.me/pmtests
👍177🔥24😱13🤩7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oltin_qoida

‼️Bolani mehr-muhabbat, e'tiborga g'arq qiling! Ammo, moddiyatdan siqib qo'ying‼️

Farzandi telefonga berilib ketgan ota-onalarga mantiqiy savol: Qachon siz o'zingizni qo'lga olasiz, qachondan beri bola sizga otalik yoki onalik qila boshladi
⁉️

Tirikchilik bilan band bo'lib, farzand tarbiyasiga e'tibor bermaslik bolani yo'qotishni anglatadi. Faqirlikdan qo'rqib bolangizni o'ldirmang!

Oilada qonunlar joriy qilish lozim. Qonunlarni qabul qilishda farzandlar fikri inobatga olinadi, ular bilan kelishiladi. Ammo, qonunlarni ijro qilishda ota-ona qat'iy bo'lishi lozim.

Xalqaro standartlar bo'yicha 2 yoshgacha bolalarga telefon berilmaydi. 2-6 yoshgacha zarurat tug'ilganda bir kunda maksimal bir soatgacha berish mumkin. 7-12-yoshgacha maksimal 2 soatgacha berish mumkin. Ammo, imkon daraja kamroq berilgani maqsadga muvofiq.

👉👉 t.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍190🔥15😱10🤩5🎉4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekistonda korrupsiya darajasi kamaymoqda, ammo ...

2021-yilda O'zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish (korrupsiya indeksi) bo'yicha dunyo davlatlari ichida 140-o'rinda bo'lgan bo'lsa, 2023-yilga kelib 121-o'ringa ko'tarilgan.

Ammo, korrupsiya indeksi bo'yicha 100 ballik tizimda (0 eng yomon, 100 eng yaxshi) 2023-yilda 33 ball bilan baholangan. Soddaroq qilib aytganda hozir ham yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish 5 ballik tizimda 2 baho olmoqda. Bu shuni anglatadi, yurtimizda korrupsiya darajasini kamaytirish bo'yicha bajariladigan ishlar hali ko'p.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2024-yil birinchi yarim yillikdagi davlat tashkilotlari faoliyati ochiqligi reytingida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi eng yuqori oʻrinlardan biri (80 foiz - 4 baho)ni egalladi. Bu qabul jarayonida call markazlarining doimiy faoliyati, imtihon jarayonlarining bevosita online transliyatsiyalari bilan bog'liq.

Ammo, beg'ubor yoshlarimizga shaffoflik bilan imtihon o'tkazishi lozim bo'lgan tashkilotga bu ko'rsatkich ham kamlik qilmoqda. 2024-yil Al-Xorazmiy va Ixtisoslashtirilgan maktablar qabul imtihonlarida o'tish ballarining haddan tashqari ko'tarilishi ustozlar va ota-onalarda qo'shimcha savollarni tug'dirmoqda:

Imtihon savollari X-variant ko'rinishida imtihondan bir necha kun oldin chiqib ketmasligi kafolatlanganmi?!

Agentlik imtihondan oldin shaffoflikni buzishi mumkin bo'lgan holatlarni aniqlash va aniqlangan taqdirda choralar ko'rish bo'yicha maxsus davlat organlari bilan qanchalik darajada hamkorlik qilmoqda?

Imtihon natijalari e'lon qilinganidan keyin biror o'quvchining qalloplik yo'li bilan imtihondan o'tgani aniqlansa, uning natijasini bekor qilish tartibi mavjudmi?

Shunisi ma'lumki, hech bir davlat tashkiloti fuqarolar yordamisiz bor imkoniyatini ishga solsa ham shaffoflikni ta'minlay olmaydi. Agar biror notog'ri ish amalga oshgani ma'lum bo'lsa fuqarolar tegishli tashkilotlarga albatta murojaat qilishi lozim. Ayniqsa, beg'ubor yoshlarimiz imtihonida 100%lik shaffoflik ta'minlanishi lozim.
👍162🔥11😱11🎉2🤩2
📣 Toshkent shahrida yashovchi 2-3-4- sinflar o'rtasida avgust oyidagi 📚 MEGA OLIMPIADA!

Prezident maktabining o'quvchisi bo'lishni maqsad qilgan 👦🏻👧🏻 2-3-4-sinf o'quvchilar o'rtasida @PMTESTS va CURIOSITY o'quv markazi hamkorligida olimpiada bo'lib o'tadi. Olimpiadada ishtirok etib CURIOSITY o'quv markazida o'qish uchun 20% lik 1 yillik TA'LIM VAUCHERIni qo'lga kiriting.

G'olib bo'lgan o'quvchilar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadilar:

1️⃣-o'rin: ''Siz lidersiz'' kitob to'plami va pul mukofoti
2️⃣-o'rin: ''Siz lidersiz'' kitob to'plami va pul mukofoti
3️⃣-o'rin: ''Siz lidersiz'' kitob to'plami

Olimpiada kuni: 11.08.2024 🗓
Vaqti: 2-3-sinflarniki 9:30
4-sinflarniki 11:00

📌Manzil: Toshkent sh. Olmazor tumani, CURIOSITY o'quv markazi
📌Mo'ljal: Tinchlik metrosi, G'uncha kinoteatri ro'parasida
Location 📍

Ro'yxatdan o'tish uchun:
@prtayyorlov
☎️ +998983383434
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍56🤩8😱5🔥3🎉1