Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.6K subscribers
2.22K photos
1.44K videos
488 files
2.55K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Bu yil tashkil etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining filiallari uchun boshqa hududlardagi o’quvchilar ham hujjat topshirishi mumkinmi?

Joriy yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus shahrida, Andijon va Samarqand viloyatlarida aniq fanlar yoʻnalishida filiallari tashkil etildi.

🏛 Ushbu maktablarga faqatgina maktab joylashgan hudud yaʼni:
Nukus filialiga – Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Andijon filialiga – Andijon viloyati,
Samarqand filialiga – Samarqand viloyatidagi maktablarda oʻqiydigan oʻquvchilar,
‼️Toshkent shahrida joylashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga esa barcha hududlardagi maktab oʻquvchilar hujjat topshirishlari mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
👍51🔥3😱3🎉3🤩3
#katta_yutuqli_olimpiada_savoli

Birlar xonasidagi raqami o’nlar xonasidagi raqamidan katta ikki xonali son doskaga yozilgan. Agar ushbu son so’z bilan yozilsa, undagi ikkala so‘z bir xil harf bilan boshlanadi. Bu sonning raqamlari yig’indisini toping?
Anonymous Quiz
22%
9
21%
10
27%
11
17%
12
14%
13
👍156😱46🎉37🔥17🤩12
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari bu yil ham Toshkent shahrida bo’ladimi?

Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o’z hududlarida o’tkaziladi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37🤩6🎉5🔥2
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari bu yil ham Toshkent shahrida bo’ladimi? Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan…
Mana endi, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy maktabiga kirish ko'rsatkichida o'tgan yildagi kabi ma'lum hududning mutloq ustunligi kuzatilmasa kerak.

120 ta o'quvchi qabul qiladigan Al-Xorazmiy maktabiga,

2022-yilda Toshkent shahridan 59 ta va Namangan viloyatidan 26 ta o'quvchi imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan edi. (Boshqa barcha viloyatlardan 35 ta)

2023-yilda esa Toshkent shahridan 73 ta va Namangan viloyatidan 23 ta o'quvchi imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan. (Boshqa barcha viloyatlardan 24 ta)

Ushbu 2024-yil imtihonda Toshkent shahriga borib imtihon topshirishga imkon qila olmaydigan ko'plab viloyatlik o'quvchilar bemalol o'z hududida imtihon topshirishi mumkin. Shu sababli 2024-yilda maktab imtihonida raqobat yanada kuchayishi va turli hududlarning kirish ko'rsatkichi oldingi yillardan keskin ortishi kutiladi.

👉👉 t.me/pmtests
👍109😱21🎉12🤩10🔥7
⚡️⚡️⚡️Bugun kanalimizda 39-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi‼️

BUGUN soat 20:00 da kanalimizda Prezident maktablariga tayyorgarlikni boshlayotgan o'quvchilar uchun 39-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi. Testda ishtirok etib bilimingizni sinab ko‘ring!

Barcha oldin bo'lgan keyingi bo'ladigan testlar va ularning lari REPETITSION TESTLAR kanaliga joylab boriladi!

👉👉 t.me/pmtests
👍41🔥9😱8🤩7🎉6
#katta_yutuqli_olimpiada_savol

Uch xonali sonning raqamlaridan biri 7 ga teng. Uning ixtiyoriy ikkita raqami ko’pi bilan 4 ga farq qiladi. Shu shartni qanoatlantiruvchi eng kichik uch xonali sonning raqamlari yig’indisini toping.
Anonymous Quiz
28%
11
19%
12
30%
13
15%
14
8%
15
👍131😱42🎉38🔥25🤩25
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

📣📣📣📣📣

🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARGA HUJJATLAR QABULI DAVOM ETMOQDA!

🗺 Respublikamizdagi barcha Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli 2024-yilning 20-iyun sanasigacha davom etadi.

🪪 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.

❗️Shuningdek, yanada qulaylik yaratish maqsadida Agentlik tizimidagi barcha maktablarda malakali mutaxassislardan tarkib topgan maxsus ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Oʻquvchilar va ularning ota-onalari oʻz hududlariga yaqin boʻlgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning biriga borib u yerda tashkil etilgan ishchi guruh vakillaridan hujjat topshirish bilan bogʻliq masalalarda amaliy yordam soʻrashlari mumkin.

📝 Agentlik tizimidagi maktablar joylashuvlari hududlar kesimida:

🇺🇿 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🇺🇿 Andijon viloyati
🇺🇿 Buxoro viloyati
🇺🇿 Jizzax viloyati
🇺🇿 Navoiy viloyati
🇺🇿 Namangan viloyati
🇺🇿 Samarqand viloyati
🇺🇿 Sirdaryo viloyati
🇺🇿 Surxondaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent viloyati
🇺🇿 Farg‘ona viloyati
🇺🇿 Xorazm viloyati
🇺🇿 Qashqadaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent shahri

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍76😱1
Forwarded from Muslim.uz
🌙 ҚУРБОН ҲАЙИТИ 16 ИЮНЬ КУНИ НИШОНЛАНАДИ

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев “Муборак Қурбон ҳайитини нишонлаш тўғрисида”ги қарорни имзолади.

Ўзбекистон мусулмонлари идораси
Матбуот хизмати


#qurbon #hayit
MUSLIM.UZ GA 😎 OBUNA BO'LING VA ULASHING🗣

▶️ YouTube | 📷Instagram | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍56🔥5🎉5😱3
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 11-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
👍31😱11🎉6
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Talabgorning hujjati onlayn tarzda topshirilgandan soʻng qancha vaqtda xabar joʻnatiladi?
Oʻquvchining hujjatlari ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqilgandan soʻng (24 soat ichida) ularga hujjatlar qabul qilinganligi, tahrirlashga yuborilganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida xabar yuboriladi.


Hujjatlarni tahrirlash uchun qancha muddat beriladi?
Hujjatlar tahrirlash uchun yuborilganda, oʻquvchilarga yuborilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlar qabul qilish muddati tugagunga qadar toʻgʻrilashga ruxsat beriladi.


Taqdim qilingan arizani qaytarib olsa boʻladimi?
Oʻquvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) hujjatlarni qabul qilish muddati tugagunga qadar taqdim etilgan arizani qaytarib olish yoki bekor qilish huquqiga ega.


📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍47🔥3
39-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi👇👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍36🤩15😱13
Test kodi: 86161

Javob yuborish uchun
- @best_olimpiad_robot botining Javobni tekshirish tugmasini bosing.
- keyin test kodiga 86161 ni yuboring.
- keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.
👍129🎉19🤩18🔥17😱11
86161_natijalar.html
200.9 KB
39-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi natijalari.

💡 Test yakunlandi!
🔰 Test kodi: 86161
👨 Test qatnashchilari: 980 ta
📝 Kalitlar: 1-C 2-D 3-A 4-E 5-B 6-B 7-B 8-C 9-C 10-D
👍51😱8🤩7
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Biz oilaviy xorijda yashaymiz. Farzandim ayni paytda 4-sinfni tamomladi. U Prezident maktabiga hujjat topshira oladimi?

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatdagi ta’lim muassasasida o‘qiyotgan farzandlari Prezident maktablarining tegishli sinfiga o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili)ning doimiy yashash joyi bo‘yicha hujjat topshirishi mumkin.

Bunda o‘quvchilar ta’lim olayotgan ta’lim muassasasi tomonidan berilgan baholar tabeli (yoki shunga tenglashtirilgan rasmiy hujjat)ning davlat tiliga tarjima qilingan va tegishli tartibda notarial idora tomonidan tasdiqlangan shaklini taqdim etadi.

🪪 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
👍42😱4🔥3🤩3🎉2
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 12-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
👍39😱14🔥1
Katta yutuqli olimpiada qanday o’tdi?

Xabaringiz bor, 9-iyun kunida Respublikamizda ma’lum yosh doirasidagi eng katta yutuq fondiga ega bo’lgan PMTESTS KATTA YUTUQLI OLIMPIADASI bo’lib o’tdi.

Olimpiadaga umumiy hisobda 11 500 dan ortiq o’quvchilar ichidan Dekabr oyidan May oyigacha Tayyorgarlik testlaridagi natijalari bo’yicha eng faol 120 ta o’quvchi saralab olindi. Olimpiada qatnashuvchilari aniq bo’lgach, har bir o’quvchining shaxsiga rasmi va videosi orqali FaceID lari shakllantirilib, rasmiy bazalardan tekshiruvdan o’tkazildi.

9-iyun kunida qat’iy nazorat ostida o’quvchilar 40 tadan iborat test topshirg’ini bajarishdi. Har bir xonada bir nechtadan maxsus tayyorgarlikdan o’tgan nazoratchilar kuzatuvlarni olib borishdi. Videokuzatuvda ham maxsus nazoratchilar ish olib bordi. Javoblar varaqasi ota-onalar guvohligida kompyuter dasturi orqali tekshirildi. Tekshiruv natijasi qatnashchilarga tashlab berildi.

Olimpiada o'tkazishda barcha me’zonlarga amal qilingani sababli hech qanday shikoyat va e’tirozlar kelib tushmadi.

Olimpiadaning taqdirlash marosimini Respublikamizdagi mashhur boshlovchi Jamshid Umirzoqov olib bordi. O’quvchilarga yuqori kayfiyat bag’ishlash maqsadida Dizayn jamoasi konsert dasturini o'tkazdi.

Ustozlar va ota-onalar Katta yutuqli olimpiada yuqori darajada o’tkazilganini e’tirof etishdi.

Biz esa barcha o’quvchilarning yuqori darajada qatnashganidan, saralab olish jarayoni o’zini oqlaganidan mamnun bo’ldik. Natijalar farqi kichikligi o’rtacha ballning ham yuqoriligi olimpiadaga Respublikadagi haqiqiy bilimli o’quvchilar qatnashganini isbotladi.

PMTESTS jamoasi har yili bir marotaba Katta yutuqli olimpiada o’tkazishni rejalashtirib oldi.

👉👉 t.me/pmtests
👍122🤩14🎉5🔥3😱2
KATTA YUTUQLI OLIMPIADA ishtirokchilarining taassurotlari...

Tadbirning shukuhi uning ishtirokchilari bilan bo'ladi. 9-iyunda o'tkazilgan KATTA YUTUQLI OLIMPIADAda O'zbekistondagi eng bilimdon 4-sinf bitiruvchilari yig'ildi va fayzi, shukuhi va tarovati boshqa tadbirlardan keskin farq qildi.

Barcha ishtirokchilarga tashukkur aytamiz...

👉👉 t.me/pmtests
👍86🤩13😱11🎉11🔥10