Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.7K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Yer maydoni Misrnikidan kichik bo'lgan Yaponiyada bir yuz yigirma milliondan oshiq aholi yashaydi. Shu bilan birga u yerda ochlik ham, kambag'allik ham yo'q. Farovonlikda yaponlar Amerikadan o'tadi. Vaholanki, u yerda neft ham, ko'mir ham va hatto temir ham yo'q.

Lekin bu mamlakatda bitta xazina - hazrati inson bor.

©Doktor Mustafo Mahmud.

👉👉 @PMTESTS
👍96🔥20😱13🤩11🎉7
⚡️⚡️ Bugun 21-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi bo'lib o'tadi!!⚡️

Prezident maktabi va boshqa maxsus maktablarga tayyorlanayotgan o’quvchilar hamda matematikaga qiziquvchi barcha uchun Axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi.

Testlarning tuzilish shakli, Cambridge Assessment va boshqa rivojlangan davlatlarning fikrlash va axborotni tahlil qilishni baholash mezonlari asosida tuzilgan. Har bir testda barcha bilishi lozim bo’lgan muhim mavzular bo’yicha ma’lumotlar beriladi. Keyin esa shu ma’lumotlarni tahlil qilish bo’yicha savollar beriladi.

21-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi bugun soat 20:00 da bo’lib o’tadi!!
Testda ishtirok etib bilimingizni sinab ko’ring!!

👉👉 @PMTESTS
👍66😱10🎉10🔥8🤩72
21-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi👇👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍40🎉10🔥9😱8🤩8
Test kodi: 43433

Javob yuborish uchun
- @best_olimpiad_robot botining Javobni tekshirish tugmasini bosing.
- keyin test kodiga 43433 ni yuboring.
- keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.
👍98🔥23😱19🎉18🤩15
43433_natijalar.html
133.8 KB
21-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi natijalari.

💡 Test yakunlandi!
🔰 Test kodi: 43433
👨 Test qatnashchilari: 649 ta
📝 Kalitlar: 1-B  2-A  3-C  4-C  5-A  6-A  7-C  8-C  9-D  10-B
🎉41👍28😱14🤩12🔥11
Hazrati Imom masjidi minorasining balandligi 59 m bo‘lib, u Minor masjidi minorasidan 1,18 marta baland. Minor masjidi minorasining balandligini toping.
Anonymous Quiz
20%
50
20%
52
22%
65
39%
69,62
👍99😱47🎉41🔥32🤩227
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi IT maktabi imtihonlariga qanchalik tayyorsiz?!

Biroz murakkabroq savollar beriladigan repetitsion testda ishtirok eting😊

Respublikada Prezident maktablari kabi nufuzga ega va eng talab yuqori bo'lgan maktab Al-Xorazmiy maktabi hisoblanadi. Ushbu maktabga 4-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi. Imtihon fanlari va baholash tizimi quyidagicha:

Matematika - 30 ta test (2,6 baldan)
Ingliz tili - 15 ta test (2,2 baldan)
Maksimal 111 ball yig'iladi.

Ushbu maktabga Respublikaning barcha hududidan o'quvchilar hujjat topshirgan bo'lishiga qaramay, 2023-yilda asosan Toshkent shahridagi o'quvchilar imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tishdi. 6 ta viloyatdan birorta ham o'quvchi qabul qilinmadi. Ammo, Respublikada yagona bo'lgan bunday nufuzli ta'lim dargohida BARCHA HUDUDLAR o'quvchilari ta'lim olishi maqsadga muvofiq edi.

Jamoamiz tomonidan har oyda bir marotaba tashkillashtirilayotgan Al-Xorazmiy maktabi kirish imtihonlari namunasidagi testlarda faol ishtirok etishni tavsiya etamiz. Bu testlarni yechish orqali hududlardagi ixtisoslashtirilgan maktablarga ham tayyorgarlik darajangizni aniqlashingiz mumkin.

O'zingizga eng yaqin manzildagi o'quv markazida sinov testini topshirib ko'ring
👍69😱24🔥18🎉16🤩12
O‘ttiz nafar askar bir qatorda turishibdi. Ular chapdan boshlab 1, 2, 3, …. tartibida sanashni boshlashdi. 1-askar 1 deb, 2-askar 2 deb sanadi va hakazo. Majid 13 ni aytdi. Agar sanash o'ngdan boshlansa, Majid qaysi sonni aytgan bo’lar edi?
Anonymous Quiz
22%
18
25%
17
22%
16
15%
14
17%
13
👍157🎉56😱45🔥35🤩302
Telegram Premium⭐️ obunasini sotib olgan obunachilarimiz uchun!

Telegram kanalimizga "Istoriya" (hikoya) qo'yish imkoniyatini olish uchun quyidagi havola orqali ovoz bering, ilm tarqatish yo'lida o'z hissangizni qo'shing
👇👇👇

T.me/pmtests?boost
👍52🔥7🤩6😱5🎉5
O’zbekistonda 2023-yilda bir kishi uchun to’g’ri keladigan yillik daromad 30 mln so’mga to’g’ri keldi. Agar bir oilada 4 kishi bo’lsa va faqat ota ishlasa, 2023-yilda otaning o’rtacha oylik daromadi qanchaga to’g’ri kelgan?
Anonymous Quiz
25%
2 500 000 so’m
26%
5 000 000 so’m
27%
10 000 000 so’m
22%
12 000 000 so’m
👍159🎉68😱63🔥40🤩302
‼️Prezident maktabiga jiddiy tayyorlanib kirishga muvaffaq bo’lgan o’quvchi oila budjetiga qancha foyda keltiradi⁉️

Eng katta biznez loyiha

Bugungi kunda O’zbekistondagi ta’lim sifati va sharoitlari eng yaxshi bo’lgan maktablar Prezident maktablari ekaniga shubha yo’q. Bu maktabga kirish uchun tayyorlanayotgan o’quvchilar juda katta imkoniyatga ega. Keling 10 oy davomida prezident maktabiga tayyorlangan o’quvchi har oyda qancha potensial 💰foydaga ega bo’lishini hisoblab chiqamiz.

Prezident maktabiga o’xshash ta’lim sifati yuqori bo’lgan xalqaro darajadagi bir necha maktablar Toshkent shahrida faoliyat olib boradi: Toshkent Cambridge International School maktabdagi 1 yillik o’qish narxi 💵$17 500, British school of Tashkentning 2022/2023-yillardagi o’rtacha o’qish narxi yillik 💷180 mln so’m. Boshqa shu tipdagi maktablar yiliga 💸$9900 ekanini bilish mumkin. Bundan prezident maktablarida o’qishga qabul qilingan o’quvchi har yili o’rtacha 💰$16 000 lik grantdan foydalanishini anglatadi.

O’quvchi 10 oy tayyorlanib Prezident maktabida 7 yil bepul o’qish imkoniyatini qo’lga kiritishi mumkin. Bu 7*16000=$112000💎 lik grand yutishini anglatadi.

Prezident maktabiga jiddiy tayyorgarlik ko’rayotgan o’quvchi har oyda $112000:10=$11200 yoki bugungi kundagi 126 000 000 so’mga ishlayotganini bildiradi.

Prezident maktabiga tayyorlanayotgan o’quvchi har kuni 126 000 000 : 30 = 4 200 000 so’mga ishlayotgan bo’ladi.

☝️ Prezident maktabiga jiddiy tayyorlanib ilm olayotgan o’quvchilar aksariyat ota-onalarning bir oydagi daromadini bir kunda ishlab topishayotgan bo’ladi. Ularning vaqti juda qimmatli va kelajakdagi boshqa yutuqlarini hisoblasa, har bir daqiqasi qiymatini his qilish mumkin!

⚡️O’quvchining yutug’idan eng katta foyda ko’radigan insonlar uning oilasidir. Shuning uchun Prezident maktablariga tayyorlanayotgan o’quvchilar bilan ota-onalar ko’proq shug’illanishi, ularning ta’lim jarayonini diqqat bilan kuzatib borishi va kerak bo’lsa, ishdan keyin birga tayyorgarlik ko’rishi lozim. Bu har bir ota-onaning eng katta biznes loyihalaridan biri bo’ladi.

👉👉 @PMTESTS
👍143🎉30🤩23🔥22😱17
#tadqiqot_va_izlanish

Barcha gorizontal va vertikal qatorlarda qolgan sonlarning yig'indisi teng bo'lishi uchun qaysi 3 ta sonni o'chirish kerak?

👉Javobni bilish👈
👍78🔥23🎉16😱11🤩9
⚡️⚡️Toshkent shahrida Prezident maktabiga tayyorlovchi maxsus o'quv markazida qabul!

"CURIOSITY" o'quv markazida tajribali ustoz @PMTESTS kanalidagi testlar tuzuvchisi Asrorbek Jumanazarov o'quvchilarni prezident va al-Xorazmiy maktablariga tayyorlab kelmoqda.

O'quv markazimiz kam sonli o'quvchilar bilan yuqori natijalarga erishib kelayotgan Respublikadagi yetakchi markazlardan hisoblanadi.

Markazimizda yuqori darajada tayyorgarlik ko'rish uchun samarali dasturlar, yirik testlar bazasi va ilg'or metodikaga ega ustozlar jamoasi mavjud.

Qabul mavjud guruhlar uchun bo'lib, o'quvchilar sinov asosida qabul qilinadi.

❗️Shoshiling qabul soni CHEGARALANGAN 

Ro‘yxatdan o'tish uchun: 
@prtayyorlov
☎️ +998983383434
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🎉11😱8🔥7🤩5
Xadicha 50 m yo’l yurishi uchun 70 ta qadam bosadi. Xadicha 3,5 km masofaga borish uchun necha qadam bosishi kerak?
Anonymous Quiz
15%
2500
31%
4900
26%
3500
15%
3750
13%
5000
👍140🎉59🔥44😱41🤩263
Aziza, Malika va Nodira dugonalar. Ular turli sanalarda tug’ilgan, ammo barchasi bitta oyda tug’ilgan. Ularning tug’ilgan kuni bu yil dushanba kuniga to’g’ri keldi. Oyning ular tug’ilgan sanalari (kun) yig’indisi quyidagilardan qaysi biri bo’lishi mumkin?
Anonymous Quiz
30%
21
19%
35
25%
38
14%
40
11%
54
👍153😱70🎉58🔥57🤩29
Uchburchakning eng kichik ichki burchagi 50° ga teng. Ma’lumki, uchburchakning ichki burchaklari yig’indisi 180° teng. Ushbu uchburchak haqidagi quyidagi fikrlardan qaysi biri to'g'ri?
Anonymous Quiz
18%
Bu teng yonli uchburchak.
17%
Bu to'g'ri burchakli uchburchak bo’ladi.
33%
Uchburchakning barcha ichki burchaklari o’tkir.
20%
Uchburchakning bitta burchagi o’tmas.
13%
Bu teng tomonli uchburchak hisoblanadi.
👍123🎉38😱34🤩23🔥192
Buxoroda 1127-yilda “Minorai kalon” qurilganida, Buxoro 1700 yoshdan oshgan edi, ammo Moskva shahriga hali asos solinmagan edi. Minoraga Rus bosqinchilarining 26 ta bombasi tegsa ham, Minora qulamagan va hozirgacha mavjud.
Matn bo'yicha xato gap qaysi?
Anonymous Quiz
23%
Buxoro shahri Moskva shahridan kamida 1700 yosh katta.
34%
Moskva shahriga tegishli inshoatlarning birortasi Minorai Kalondan qadimiy EMAS.
26%
2024-yilda Minorai Kalon qurilganiga 897 yil to'ladi.
17%
Moskva shahriga 1127-yil asos solingan.
🔥125👍99😱58🎉44🤩344
Абдулла Қодирий “Меҳробдан чаён” да 17 ёшли Раънонинг саводи ҳақида шундай ёзади :

"Раъно Нигор ойимнинг тўнғучи, бу йил ўн етти ёшни тўлдурадир. Саводни отасидан ўқуб, ўн тўрт ёшида ибтидоий мактаб прўғрамида бўлған барча дарсларни битирган, масалан: диний қисмдан – “Ҳафтияк”, “Қуръон”, “Чаҳор китоб”, “Сўфи Оллоёр”, “Маслаки муттақин”, адабиётдан – Навоийнинг барча асарлари, девони Фузулий маъа Лайли Мажнун; Амирий, Фазлий ва шулардек чиғатой-ўзбек катта шоирларининг асарлари; форсийдан – Хожа Ҳофиз Шерозий ва Мирзо Бедил, хусни хат, иншо ва бошқалар. Бу кунларда бўлса бир томондан қизларға сабоқ бериб онасиға кўмаклашса, иккинчи тарафдан отасида кофия (араб наҳв ва сарфи) ҳамда Шайхи Саъдийнинг “Гулистон”идан дарс оладир ва шунинг қаторида ўзи яхши кўрган чиғатой-ўзбек шоирларининг бадиъа асарларидан алоҳида бир мажмуъа тузиб юрийдир."
______________________
Рус босқинчилари юртимизга бостириб келганида ғўёки бизнинг халқ саводсиз ва маданиятсиз-у, улар бизга ўқиш-ёзиш ва маданиятни ўргатгани келгандек эди. Аслида халқимиз илмий маърифий соҳада ҳамда маданият борасида улардан анчагина устун эди. 17 ёшли Раънонинг ўқиб битирган нодир ва қимматбаҳо китобларини зиёлиликни даъво қилувчи босқинчилар тушунишга ҳам ожиз эдилар. Босқинчилар халқимизнинг энг илмли ва зиёли қатламини йўқ қилди. Илмга қизиқишни йўқотиб, бизни имкон қадар саводсиз қилишга уринишди. Аммо бугунги кунда халқимизда илмга эътибор яна кучаймоқда. Биз якин келажакда илмга чанқоқ ёшларимиз билан илмда бошқа миллатлардан устун эканлигимизни Яна кўрсатиб кўямиз!
👍146🔥23😱8🤩4🎉31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
May oyi oxiri, iyun oyi boshlarida 150 mln so'm yutuq fondiga ega KATTA YUTUQLI OLIMPIADA o'tkaziladi
.

Olimpiada prezident maktabiga tayyorlanuvchi 4-sinf o'quvchilari o'rtasida Toshkent shahrida offline tarzda o'tkaziladi. Unga @PMTESTS jamoasi testlarida faol ishtirok etayotgan 100-120 ta o'quvchi saralab olinadi:

Respublika bo'ylab O'quv markazlarida o'tkazilayotgan Pullik repetitsion testlarda muntazam va faol ishtirok etayotgan 50 dan ortiq o'quvchi

@pmtests kanalida o'tkazilayotgan Saralash (30 talik) va tanqidiy (10 talik) testlar natijalari bo'yicha tuzilgan reytingda eng faol 25 ta o'quvchi

Prezident va al-Xorazmiy maktabiga tayyorlov videodarslar kanalimizdagi testlarda eng faol ishtirok etadigan 25 ta o'quvchi aniqlanadi.

Respublika bo'yicha eng kuchli 100 dan ortiq o'quvchi 📍Toshkent shahrida offline📝 testni yechadilar va o'sha kunning o'zida g'oliblar aniqlanadi.
📌G'oliblar quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
🥇1-o'rin 60mln so'm💵
🥈2-o'rin 35mln so'm💵
🥉3-o'rin 20mln so'm💵
🏅4-38-o'rinlar 1mln so'm💵dan

Kim yaxshi o'qib, bilimini oshirib borsa, o'sha 1-o'rinni oladi va 60mln so'm pul mukofotiga ega bo'ladi😊.

👉👉 t.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍136🤩34🎉25😱17🔥162
Velosipedchi bir hafta davomida har kuni 25 kilometr masofani bosib o'tadi. Agar u dushanba kuni boshlasa, qaysi kuni 60 kilometr masofani bosib o'tgan bo'ladi?
Anonymous Quiz
14%
seshanba
45%
chorshanba
20%
payshanba
14%
juma
7%
shanba
👍150🎉61🤩30😱28🔥23