Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.8K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
490 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Live stream finished (1 hour)
Oyning yakshanbadan payshanbagacha bo’lgan sana (kun)lari yig’indisi 40 ga teng. Shu oyning 3-payshanbasi oyning nechanchi kuniga to’g’ri keladi?
Anonymous Quiz
16%
14
18%
15
22%
16
22%
17
22%
24
👍132😱42🔥39🎉38🤩266
Agar Jahongirshoh 3 ta kaptok sotib olsa, unda 15000 so’m ortib qoladi. Agar u 4 ta kaptok sotib olsa, unga 5000 so’m yetmay qoladi. Barcha kaptoklar bir xil narxda. Jahongirshohda qancha pul bor?
Anonymous Quiz
23%
45 000 so'm
25%
55 000 so'm
24%
65 000 so'm
27%
75 000 so'm
👍188🎉66😱63🤩37🔥292
20 ta restoran, 4 basseyn, 3000 kabinaga ega dunyodagi eng katta Wonder of the Seas sayohat kemasi vazni 236200 t. edi. Sayohatchilar kemaga chiqqach uning vazni 236785 t bo’ldi. Sayohatchilar(+yuk) o’rtacha 90 kgdan bo’lsa, nechta sayyoh kemaga chiqqan?
Anonymous Quiz
19%
5 600 ta
32%
5 800 ta
28%
6 300 ta
22%
6 500 ta
👍117🎉57🔥39😱33🤩23
#olimlarga_ehtirom

Agar uning o’rnida o’g’lim bo’lganida uni qatl qilardim. Lekin olimni qanday qilib qatl qilaman!

Amir Temur olimlarni o’ziga yaqin tutar, izzat-hurmat ko’rsatar va ularni har qanday odamdan ustun ko’rardi. Ularning har birini o’z martabasiga qo’yib, izzat-u ikromini izhor qilardi. Shu davrda Samarqandda ilm-fan yuqori darajada taraqqiy topdi. Buyuk bobolarimiz davlati dunyoning eng qudratli davlatiga aylandi.

Dunyodagi eng qudratli davlat hukmdori Amir Temur hatto g’azablangan vaqtida ham olimlarning hurmatini saqlay olgan.

Mashhur olim va tarixchi Ibn Arabshoh quyidacha yozadi:
“Amir Temur muhim davlat ishi bo’yicha bir joyga chopar yubordi. Choparga: Agar yo’lda ot kerak bo’lib qolsa, kimning otini ko’rsang ol, agar o’g‘lim Shoxruhniki bo’lsa ham”, dedi. Chopar u amr qilgan tarafga tezlab jo’nadi. Yo’lda Alloma Taftazoniyning chodir oldiga bog’langan otlarini ko’rdi. Chopar o’sha otlardan birini oldi. Alloma Sa’duddin Taftazoniy chodirdan chiqib, uni ushlab oldi. Otni chopardan qaytarib oldi va uni rosa kaltakladi.

Chopar Amir Temurning oldiga qaytib borganida bo’lgan gapni unga aytdi. Shunda Amir Temur qattiq g’azablandi. Ammo birozdan so’ng: “Agar uning o’rnida o’g’lim bo’lganida, uni qatl qilardim. Lekin qaysi joyga borsam, kitoblari u yerga mening qilichimdan oldin kirib borgan odamni qanday qilib qatl qilaman”, dedi”.

👉👉 @PMTESTS
👍85🤩11🎉10😱8🔥2
Yer maydoni Misrnikidan kichik bo'lgan Yaponiyada bir yuz yigirma milliondan oshiq aholi yashaydi. Shu bilan birga u yerda ochlik ham, kambag'allik ham yo'q. Farovonlikda yaponlar Amerikadan o'tadi. Vaholanki, u yerda neft ham, ko'mir ham va hatto temir ham yo'q.

Lekin bu mamlakatda bitta xazina - hazrati inson bor.

©Doktor Mustafo Mahmud.

👉👉 @PMTESTS
👍96🔥20😱13🤩11🎉7
⚡️⚡️ Bugun 21-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi bo'lib o'tadi!!⚡️

Prezident maktabi va boshqa maxsus maktablarga tayyorlanayotgan o’quvchilar hamda matematikaga qiziquvchi barcha uchun Axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi.

Testlarning tuzilish shakli, Cambridge Assessment va boshqa rivojlangan davlatlarning fikrlash va axborotni tahlil qilishni baholash mezonlari asosida tuzilgan. Har bir testda barcha bilishi lozim bo’lgan muhim mavzular bo’yicha ma’lumotlar beriladi. Keyin esa shu ma’lumotlarni tahlil qilish bo’yicha savollar beriladi.

21-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi bugun soat 20:00 da bo’lib o’tadi!!
Testda ishtirok etib bilimingizni sinab ko’ring!!

👉👉 @PMTESTS
👍66😱10🎉10🔥8🤩72
21-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi👇👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍40🎉10🔥9😱8🤩8
Test kodi: 43433

Javob yuborish uchun
- @best_olimpiad_robot botining Javobni tekshirish tugmasini bosing.
- keyin test kodiga 43433 ni yuboring.
- keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.
👍98🔥23😱19🎉18🤩15
43433_natijalar.html
133.8 KB
21-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi natijalari.

💡 Test yakunlandi!
🔰 Test kodi: 43433
👨 Test qatnashchilari: 649 ta
📝 Kalitlar: 1-B  2-A  3-C  4-C  5-A  6-A  7-C  8-C  9-D  10-B
🎉41👍28😱14🤩12🔥11
Hazrati Imom masjidi minorasining balandligi 59 m bo‘lib, u Minor masjidi minorasidan 1,18 marta baland. Minor masjidi minorasining balandligini toping.
Anonymous Quiz
20%
50
20%
52
22%
65
39%
69,62
👍99😱47🎉41🔥32🤩227
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi IT maktabi imtihonlariga qanchalik tayyorsiz?!

Biroz murakkabroq savollar beriladigan repetitsion testda ishtirok eting😊

Respublikada Prezident maktablari kabi nufuzga ega va eng talab yuqori bo'lgan maktab Al-Xorazmiy maktabi hisoblanadi. Ushbu maktabga 4-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi. Imtihon fanlari va baholash tizimi quyidagicha:

Matematika - 30 ta test (2,6 baldan)
Ingliz tili - 15 ta test (2,2 baldan)
Maksimal 111 ball yig'iladi.

Ushbu maktabga Respublikaning barcha hududidan o'quvchilar hujjat topshirgan bo'lishiga qaramay, 2023-yilda asosan Toshkent shahridagi o'quvchilar imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tishdi. 6 ta viloyatdan birorta ham o'quvchi qabul qilinmadi. Ammo, Respublikada yagona bo'lgan bunday nufuzli ta'lim dargohida BARCHA HUDUDLAR o'quvchilari ta'lim olishi maqsadga muvofiq edi.

Jamoamiz tomonidan har oyda bir marotaba tashkillashtirilayotgan Al-Xorazmiy maktabi kirish imtihonlari namunasidagi testlarda faol ishtirok etishni tavsiya etamiz. Bu testlarni yechish orqali hududlardagi ixtisoslashtirilgan maktablarga ham tayyorgarlik darajangizni aniqlashingiz mumkin.

O'zingizga eng yaqin manzildagi o'quv markazida sinov testini topshirib ko'ring
👍69😱24🔥18🎉16🤩12
O‘ttiz nafar askar bir qatorda turishibdi. Ular chapdan boshlab 1, 2, 3, …. tartibida sanashni boshlashdi. 1-askar 1 deb, 2-askar 2 deb sanadi va hakazo. Majid 13 ni aytdi. Agar sanash o'ngdan boshlansa, Majid qaysi sonni aytgan bo’lar edi?
Anonymous Quiz
22%
18
25%
17
22%
16
15%
14
17%
13
👍157🎉56😱45🔥35🤩302
Telegram Premium⭐️ obunasini sotib olgan obunachilarimiz uchun!

Telegram kanalimizga "Istoriya" (hikoya) qo'yish imkoniyatini olish uchun quyidagi havola orqali ovoz bering, ilm tarqatish yo'lida o'z hissangizni qo'shing
👇👇👇

T.me/pmtests?boost
👍52🔥7🤩6😱5🎉5
O’zbekistonda 2023-yilda bir kishi uchun to’g’ri keladigan yillik daromad 30 mln so’mga to’g’ri keldi. Agar bir oilada 4 kishi bo’lsa va faqat ota ishlasa, 2023-yilda otaning o’rtacha oylik daromadi qanchaga to’g’ri kelgan?
Anonymous Quiz
25%
2 500 000 so’m
26%
5 000 000 so’m
27%
10 000 000 so’m
22%
12 000 000 so’m
👍159🎉68😱63🔥40🤩302
‼️Prezident maktabiga jiddiy tayyorlanib kirishga muvaffaq bo’lgan o’quvchi oila budjetiga qancha foyda keltiradi⁉️

Eng katta biznez loyiha

Bugungi kunda O’zbekistondagi ta’lim sifati va sharoitlari eng yaxshi bo’lgan maktablar Prezident maktablari ekaniga shubha yo’q. Bu maktabga kirish uchun tayyorlanayotgan o’quvchilar juda katta imkoniyatga ega. Keling 10 oy davomida prezident maktabiga tayyorlangan o’quvchi har oyda qancha potensial 💰foydaga ega bo’lishini hisoblab chiqamiz.

Prezident maktabiga o’xshash ta’lim sifati yuqori bo’lgan xalqaro darajadagi bir necha maktablar Toshkent shahrida faoliyat olib boradi: Toshkent Cambridge International School maktabdagi 1 yillik o’qish narxi 💵$17 500, British school of Tashkentning 2022/2023-yillardagi o’rtacha o’qish narxi yillik 💷180 mln so’m. Boshqa shu tipdagi maktablar yiliga 💸$9900 ekanini bilish mumkin. Bundan prezident maktablarida o’qishga qabul qilingan o’quvchi har yili o’rtacha 💰$16 000 lik grantdan foydalanishini anglatadi.

O’quvchi 10 oy tayyorlanib Prezident maktabida 7 yil bepul o’qish imkoniyatini qo’lga kiritishi mumkin. Bu 7*16000=$112000💎 lik grand yutishini anglatadi.

Prezident maktabiga jiddiy tayyorgarlik ko’rayotgan o’quvchi har oyda $112000:10=$11200 yoki bugungi kundagi 126 000 000 so’mga ishlayotganini bildiradi.

Prezident maktabiga tayyorlanayotgan o’quvchi har kuni 126 000 000 : 30 = 4 200 000 so’mga ishlayotgan bo’ladi.

☝️ Prezident maktabiga jiddiy tayyorlanib ilm olayotgan o’quvchilar aksariyat ota-onalarning bir oydagi daromadini bir kunda ishlab topishayotgan bo’ladi. Ularning vaqti juda qimmatli va kelajakdagi boshqa yutuqlarini hisoblasa, har bir daqiqasi qiymatini his qilish mumkin!

⚡️O’quvchining yutug’idan eng katta foyda ko’radigan insonlar uning oilasidir. Shuning uchun Prezident maktablariga tayyorlanayotgan o’quvchilar bilan ota-onalar ko’proq shug’illanishi, ularning ta’lim jarayonini diqqat bilan kuzatib borishi va kerak bo’lsa, ishdan keyin birga tayyorgarlik ko’rishi lozim. Bu har bir ota-onaning eng katta biznes loyihalaridan biri bo’ladi.

👉👉 @PMTESTS
👍143🎉30🤩23🔥22😱17
#tadqiqot_va_izlanish

Barcha gorizontal va vertikal qatorlarda qolgan sonlarning yig'indisi teng bo'lishi uchun qaysi 3 ta sonni o'chirish kerak?

👉Javobni bilish👈
👍78🔥23🎉16😱11🤩9
⚡️⚡️Toshkent shahrida Prezident maktabiga tayyorlovchi maxsus o'quv markazida qabul!

"CURIOSITY" o'quv markazida tajribali ustoz @PMTESTS kanalidagi testlar tuzuvchisi Asrorbek Jumanazarov o'quvchilarni prezident va al-Xorazmiy maktablariga tayyorlab kelmoqda.

O'quv markazimiz kam sonli o'quvchilar bilan yuqori natijalarga erishib kelayotgan Respublikadagi yetakchi markazlardan hisoblanadi.

Markazimizda yuqori darajada tayyorgarlik ko'rish uchun samarali dasturlar, yirik testlar bazasi va ilg'or metodikaga ega ustozlar jamoasi mavjud.

Qabul mavjud guruhlar uchun bo'lib, o'quvchilar sinov asosida qabul qilinadi.

❗️Shoshiling qabul soni CHEGARALANGAN 

Ro‘yxatdan o'tish uchun: 
@prtayyorlov
☎️ +998983383434
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🎉11😱8🔥7🤩5
Xadicha 50 m yo’l yurishi uchun 70 ta qadam bosadi. Xadicha 3,5 km masofaga borish uchun necha qadam bosishi kerak?
Anonymous Quiz
15%
2500
31%
4900
26%
3500
15%
3750
13%
5000
👍140🎉59🔥44😱41🤩263