Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
65.6K subscribers
2.22K photos
1.45K videos
489 files
2.56K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
⚡️⚡️ Ertaga soat 08:00-20:00 gacha 15-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi bo'lib o'tadi!!⚡️

Prezident maktabi va boshqa maxsus maktablarga tayyorlanayotgan o’quvchilar hamda matematikaga qiziquvchi barcha uchun Axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi.

Testlarning tuzilish shakli, Cambridge Assessment va boshqa rivojlangan davlatlarning fikrlash va axborotni tahlil qilishni baholash mezonlari asosida tuzilgan. Har bir testda barcha bilishi lozim bo’lgan muhim mavzular bo’yicha ma’lumotlar beriladi. Keyin esa shu ma’lumotlarni tahlil qilish bo’yicha savollar beriladi.

15-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi ertaga soat 08:00 da bo’lib o’tadi!!
Testda ishtirok etib bilimingizni sinab ko’ring!!

👉👉 @PMTESTS
👍67😱13🔥3🎉2
15-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi👇👇
👍30🔥3🎉1
👍69🔥12🎉12🤩7😱6
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal pinned «15-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi👇👇»
📢 FAQAT BUGUN VA ERTAGA pullik kanallarimizga MAXSUS chegirmada a'zo bo'ling

😀 2022-2023-o'quv yilida 1000 dan ortiq o'quvchilar a'zo bo'lgan @PMTESTS jamoasining pullik kanallari 2023-2024-o'quv yilida o'z faoliyatini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Pullik kanallarimizdagi testlarda faol ishtirok etgan 30 dan ortiq o'quvchilar KATTA YUTUQLI OLIMPIADAda ishtirok etish yo'llanmasiga ega bo'ladilar.

Pullik kanallarimizda o'quvchilarga Prezident va al-Xorazmiy maktabiga tayyorlanish uchun zarur bo'lgan barcha mavzular o'rgatiladi. Hozirgacha Prezident maktabiga tayyorlash videodarslar kanalida 24 ta videodars o'rgatildi. Repetitsion testlar kanalida 29 ta saralash, 15 ta tanqidiy fikrlash testi bo'lib o'tdi. Pullik kanallarimizda barcha testlarning batafsil yechimlari berib borilmoqda.

Pullik kanallarimizga 10-dekabrgacha quyidagicha chegirma narxlarda a'zo bo'lishingiz mumkin:

😀Repetition testlar -😀240 000 so'm 300 000 so'm
😀Prezident va al-Xorazmiy maktabiga tayyorlash videodarslar kanali - 💸400 000 so'm 500 000 so'm
😀Ingliz tilidan repetitsion testlar kanali - 💸160 000 so'm 200 000 so'm

🔔Ushbu to'lovlar FAQAT BIR MAROTABA amalga oshiriladi va kanaldan yil davomida imtihon vaqtigacha foydalanishingiz mumkin bo'ladi.

😀Murojaat uchun: @PMTESTS_ADMIN
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍75🤩7🔥6🎉4😱3
🏆🏆🏆CURIOSITY o'quv markazida o'tkazilgan 3-YUTUQLI OLIMPIADA g'oliblari aniqlandi.

Bugun 10-dekabr @PMTESTS va "CURIOSITY" o'quv markazi hamkorligida Matematika fanidan TOSHKENT shahridagi o'quvchilar uchun 3-yutuqli olimpiada o'tkazildi. Yutuqli olimpiadada quyidagi o'quvchilar g'olib bo'lishdi va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

🏆1-o'rin: Jumabayev Ravshan - 💰500 000 so'm

🥈2-o'rin: Komiljonov Ilyosbek - 💰300 000 so'm

🥉3-o'rin: Izzatullayev Asadbek - 💰200 000 so'm.

Curiosity o'quv markazida bunday turdagi yutuqli olimpiadalar har oyda o'tkazib turilishi rejalashtirilgan.

👉👉 t.me/pmtests
👍52🤩11🔥8😱8🎉6
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️Katta yutuqli olimpiadaning dastlabki ishtirokchisi aniqlandi‼️⚡️

Bugun “CURIOSITY” o’quv markazida o’tkazilgan yutuqli olimpiadaning eng faol 5 ta ishtirokchisi bilan murosasiz savol-javoblar o’tkazildi. Savol-javoblar kutilganidan ancha ko’proq vaqt davom etdi va KATTA YUTUQLI OLIMPIADANING 1-ishtirokchisi aniqlandi:

Komiljonov Ilyosbek (Toshkent shahar, Olmazor tuman, 219-sonli maktab, 4-sinf o’quvchisi)

Endi Ilyosbek 150 mln so'm yutuq fondiga ega olimpiadada ishtirok etadi. Eslatib o’tamiz, katta yutuqli olimpiadaga jami 100-120 ta eng kuchli o’quvchilar saralab olinadi. May oyi oxiri va iyun oyi boshlarida o’tkaziladigan yutuqli olimpiada g’olibi 60 mln so’m pul mukofotini qo’lga kitiradi.

Siz ham @pmtests testlarida faol ishtirok etib, katta olimpiadaga yo’llanmani qo’lga kiriting.

👉👉 t.me/pmtests
👍71🎉15😱10🤩4🔥3
"O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi" - National Anthem…
10-dekabr “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.

Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi. Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘yi, maslak-maqsadi mujassam.

👉👉 @PMTESTS
👍46🎉20🔥12🤩12😱51
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#1_asosiy_imtihon_savoli
#namunaviy_savollar

5-SINFLAR UCHUN MANTIQIY FIKRLASH SAVOLI

Oldingi yillarda Prezident maktabi imtihonlariga tayyorlanish uchun tavsiya qilingan namunaviy savollar bilan tanishib boring. (Manba: @piimauz)

👉👉 @PMTESTS
👍46🔥4😱3
@PMTESTS jamoasining yutuqli olimpiadalari haqida o'quvchilar fikrlarini o'rganamiz

Jamoamiz tomonidan o'quvchilarni matematika faniga qiziqtirish, olgan bilimlarini mustahkamlash va ilm o'rganishda raqobat muhitini yaratish maqsadida 3 yildan beri yutuqli olimpiadalar o'tkazilmoqda. Birinchi yutuqli olimpiada 2021-yil fevral oyida o'tkazilgan. Shu vaqtdan beri 100 dan ziyod iqtidorli o'quvchilar olimpiadalarda g'olib bo'lishmoqda va pul mukofotlari bilan taqdirlanishmoqda.

2024-yil may oyi oxiri va iyun oyi boshlarida jamoamiz tomonidan 150 mln so'm yutuq fondiga ega bo'lgan KATTA YUTUQLI OLIMPIADA o'tkaziladi. Agar Siz oldin o'tkazilgan olimpiadalarimizda ishtirok etgan bo'lsangiz o'z fikrlaringizni @yutuqli_olimpiada ga kichik video tarzida yuboring. O'quvchilar fikrlari @tayyorlov_markazlari kanalida e'lon qilib boriladi.

O'quvchilarni olimpiadalarga qiziqtirish orqali ilm-fan taraqqiyotiga o'z hissangizni qo'shing.

Asosiy kanal: t.me/pmtests
👍43😱10🔥7🤩6🎉2
Azamat ikki xonali sonni darajaga oshirdi. Natija uch xonali son chiqdi. Keyin u raqamlarni harflarga almashtirdi:
VA^X=INA. Bu yerda X darajani bildiradi.
Ushbu I+N+A ning qiymatini toping.
Anonymous Quiz
15%
14
24%
12
29%
15
19%
16
13%
18
👍168😱74🎉53🔥38🤩327
Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot (o'lim), yo najot - yo halokat, yo saodat (baxt) - yo falokat (baxtsizlik) masalasidur. (A.Avloniy)

Tug‘ib tashlash bilan bo‘lmas bola, balo bo‘lg‘ay sizga,
Vujudi tarbiyat topsa, bo‘lur rahnamo sizga. (A.Avloniy)

Agar bir kishi yoshligida tarbiyasiz, axloqsiz bo’lib o’ssa, bunday kishilardan yaxshilik kutmak yerdan turub yulduzlarga qo’l uzatmak kabidur. (A.Avloniy)

👉👉 t.me/pmtests
👍100🔥16🤩13🎉5😱3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#2_asosiy_imtihon_savoli
#namunaviy_savollar

5-SINFLAR UCHUN MANTIQIY FIKRLASH SAVOLI

Oldingi yillarda Prezident maktabi imtihonlariga tayyorlanish uchun tavsiya qilingan namunaviy savollar bilan tanishib boring. (Manba: @piimauz)

👉👉 @PMTESTS
👍21🔥5
O‘zbekiston

Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajib his bor edi manda...
Chappar urib gullagan bog‘in,
O‘par edim Vatan tuprog‘in.
Odamlardan tinglab hikoya
O‘sar edi shoirda g‘oya.
Daryolardan kuylab o‘tardim,
Ertaklarga quloq tutardim.
Hammasini tinglardim, ammo
O‘xshashini topmasdim aslo.

O‘xshashi yo‘q bu go‘zal bo‘ston
Dostonlarda bitgan guliston –
O‘zbekiston deya atalur,
Uni sevib el tilga olur.
Chiroylidir go‘yo yosh kelin,
Ikki daryo yuvar kokilin;
Qorli tog‘lar turar boshida,
Gul vodiylar yashnar qoshida.
Chor atrofga yoyganda gilam,
Aslo yo‘qdir bundayin ko‘klam.
Tog‘lardagi qip-qizil lola,
Bo‘lib go‘yo yoqut piyola,
Buloqlardan uzatadi suv,
El ko‘zidan qochadi uyqu.

Odamga baxt va tole` yordir –
Bu shundayin ajib diyordir.
Bunda bulbul kitob o‘qiydi,
Bunda qurtlar ipak to‘qiydi,
Bunda ari keltiradi bol,
Bunda qushlar topadi iqbol.
Bunda qorning taglarida qish
Bahor uchun so‘ylaydi olqish.
Bir o‘lkaki husnga boydir,
Uning eng zo‘r ko‘zgusi oydir.

Bugun 12-dekabr o'zbek adabiyoti rivojiga o'z hissasini qo'shgan o'zbek shoiri Hamid Olimjonning tavallud topgan kunlari.

👉👉 t.me/pmtests
👍94🤩10🔥5😱4
Xolam 4 daqiqada 16 ta qog‘oz turnani yasaydi. Amakim 5 daqiqada 15 ta qog‘oz turnani yasaydi. Agar ular shu tezliklarda birga ishlasa, qog'ozdan 42 ta turnani yasash uchun ularga qancha vaqt kerak bo'ladi?
Anonymous Quiz
32%
6
23%
9
31%
12
14%
13
🎉167👍129😱42🔥29🤩295
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#3_asosiy_imtihon_savoli
#namunaviy_savollar

5-SINFLAR UCHUN MANTIQIY FIKRLASH SAVOLI

Oldingi yillarda Prezident maktabi imtihonlariga tayyorlanish uchun tavsiya qilingan namunaviy savollar bilan tanishib boring. (Manba: @piimauz)

👉👉 @PMTESTS
👍23😱8🔥6🎉6🤩3
Live stream scheduled for
@PMTESTS jamoasining yutuqli olimpiadalari haqida o'quvchilar o'z fikrlarini bizga yuborishni boshlashdi!

Jamoamiz tomonidan o'quvchilarni matematika faniga qiziqtirish, bilimli yoshlarni rag'batlantirish va ilm o'rganishda raqobat muhitini yaratish maqsadida 3 yildan beri yutuqli olimpiadalar o'tkazilmoqda. 100 dan ziyod iqtidorli o'quvchilar olimpiadalarda g'olib bo'lishmoqda va pul mukofotlari bilan taqdirlanishmoqda.

2024-yil may oyi oxiri va iyun oyi boshlarida jamoamiz tomonidan 150 mln so'm yutuq fondiga ega bo'lgan KATTA YUTUQLI OLIMPIADA o'tkaziladi. Agar Siz oldin o'tkazilgan olimpiadalarimizda ishtirok etgan bo'lsangiz o'z fikrlaringizni @yutuqli_olimpiada ga kichik video tarzida yuboring. O'quvchilar fikrlari @tayyorlov_markazlari kanalida e'lon qilib boriladi.

O'quvchilarni olimpiadalarga qiziqtirish orqali ilm-fan taraqqiyotiga o'z hissangizni qo'shing.

👉👉 t.me/pmtests
👍29🎉2🔥1🤩1