Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
79.5K subscribers
3.01K photos
1.84K videos
633 files
3.23K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
Kanal asoschisi — Asrorbek Jumanazarov
Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)
Download Telegram
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabi

Baholash mezoni

1-bosqich natijalariga ko‘ra, qabul kvotasining 1/3 nisbatida (bir o’ringa uch o’quvchi soni bilan) yuqori natija (70balldan kam bo’lmagan)ga ega bo’lgan o’quvchilarga ikkinchi bosqich imtihonida ishtirok etish imkoniyati beriladi. Natija ko’rsatkichi 70 balldan kam bo’lgan o’quvchilar (1/3 nisbatdagi o’quvchilar ro’yxatiga tushgan bo’lsa ham) 2-bosqich imtihoniga qo’yilmaydi.


🌐1-bosqich imtihon javoblarini baholash mezoni:

♻️5-6-sinflar uchun

Matematika: 20 ta savol (70%) har bir to‘g‘ri javob 3,5 ball

Ingliz tili: 20 ta savol (30%) har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball

♻️7-8-9-sinflar uchun

Matematika: 20 ta savol (70%) har bir to‘g‘ri javob 3,5 ball

Fizika: 10 ta savol (15%) har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball

Ingliz tili: 10 ta savol (15%) har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball

Kanal manzili
@pmtests
👍8🎉6🔥2😱1
Aziz Ustozlar! 🎈🎈🎈Sizlarni “O’qituvchilar va murabbiylar kuni” bilan tabriklaymiz! 🎊Biz sizning mehribon qalblaringizning saxiyligini, sabr-toqatingizni, fidoyiligingizni va biz – o’quvchilaringizni sevishingizni juda qadrlaymiz!
🎉🎉🎉 Sizga mustahkam sog'lik, tanangiz va ruhingizga kuch, mehnatingizga quvonch va shaxsiy hayotingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🎉🎈🎊🎉🎈🎊🎉🎈🎊

💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐

Sizgadir yurakda asragan so'zim,
Тo mangu ta'zimda turaman o'zim.
Dilimning tubida yangragan sozim —
Ezgulik yo'lida tolmang, Ustozim!

G'am ko'rmay bu dunyo turguncha turing,
Ming yillik mehnatlar huzurin ko'ring,
Shogirdlar baxtidan shod, masrur yuring,
Ezgulik yo'lida tolmang, Ustozim!

Hayot yo'llarimda dildosh, deb bildim,
Yo'limni yoritgan quyosh, deb bildim,
Тole yo'llarida yo'ldosh, deb bildim,
Ezgulik yo'lida tolmang, Ustozim!

Kanal manzili
@pmtests
🤩2👍1
Qabul 2020/2021 | 1-bosqich natijalari!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashtirilgan maktabda 1-bosqich onlayn test imtihonlari o'z yakuniga yetdi. Batafsil natijalar bilan https://ictschool.uz/1-bosqich-natijalari orqali yoki shaxsiy natijangiz bilan natija.ictschool.uz veb sayti va @ictschool_imtihon_natijalari_bot telegram boti orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Quyida ushbu bosqich bilan bog'liq statistikani keltirib o'tamiz 👇

👥Test sinovlarida ishtirok etgan o'quvchilar soni - 3292
Test sinovlarida qatnashmagan o'quvchilar soni - 61
🚫Test sinovlaridan chetlashtirilgan o'quvchilar soni - 24
2-bosqichga o'tgan o'quvchilar soni - 847

2-bosqich bilan bog'liq ma'lumotni tez orada e'lon qilamiz.
____________________
Manba: Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati

Kanal manzili
@pmtests
👍6
2019 yil 25 iyun kuni hukumat qarori (526-son) bilan Prezident maktablari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan.

🌐 Nizom bilan Prezident maktablarining maqsadi va asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari belgilab berildi.

🌐 Xususan, ushbu maktablarning asosiy maqsadi maʼnan yetuk va intellektual barkamol avlodni shakllantirishdan iborat.

🌐 Prezident maktablarining 11-sinf bitiruvchilari tanlangan fanlar asosida xalqaro malaka imtihonlarini (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels) topshirish huquqiga ega boʻladi.

🌐 Mazkur imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtganlarga yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalariga kirish imkonini beradigan xalqaro diplom beriladi.

🌐 Prezident maktablariga 4-sinf (birinchi oʻquv yilida 4–9-sinflar) bitiruvchilari orasidan qobiliyatli va iqtidorli (baholar tabeli asosida tegishli STEAM fanlari – matematika, biologiya (tabiatshunoslik), informatika va axborot texnologiyalari, fizika, algebra, geometriya, kimyo – boʻyicha aʼlo bahoga tugatgan) oʻquvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.

🌐 Qabul boshlanishidan kamida 10 kun oldin eʼlon qilinadi.

🌐 Hujjatlar bevosita qabul komissiyasiga yoki elektron shaklda ham topshirilishi mumkin.

🌐 Imtihonlar ikki bosqichda oʻtkaziladi:
👉 1-bosqich – matematika fanidan 30 ta test;
👉 2-bosqich – axborotni tahlil va solishtirish qobiliyatini aniqlash boʻyicha – 16 ta masala;
👉 mantiq elementlari boʻlgan matematika fanidan – 24 ta masala;
👉 ingliz tilidan – 55 ta test.


🌐 Imtihon natijalari Xalq taʼlimi vazirligining va Prezident maktablarining rasmiy veb-saytiga imtihondan soʻng 30 kun mobaynida joylashtiriladi.

🌐 Shuningdek, nizom bilan Prezident maktablariga xodimlarni qabul qilish, ularning mehnatiga haq toʻlash tartiblari belgilandi.

Kanal manzili
@pmtests
👍8🔥5
Al-Xorazmiy maktabining qabul imtihoni birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar uchun ularning sinflaridan kelib chiqib, matematika, fizika  va ingliz tili fanlaridan ZOOM dasturi orqali onlayn suhbat o‘tkaziladi:

5 sinf uchun – 5-6-oktabr (bugundan boshlanadi)

6 sinf uchun – 7-oktabr

7 sinf uchun – 8-oktabr

8-9 sinflar uchun – 9-oktabr.

5-6-sinflar baholash mezoni
Ikkinchi bosqich imtihonida matematika fanidan 2 ta nazariy va amaliy topshiriq beriladi (4 ball), ingliz tili fanidan 1 ta mavzu bo‘yicha o‘qish, tarjima qilish va mavzu doirasida savol-javob o‘tkaziladi (2 ball).
7-8-9-sinflar baholash mezoni
Ikkinchi bosqich imtihonida 7-sinf matematika, 8-sinf algebra va geometriya fanlaridan 2 ta nazariy va amaliy topshiriq beriladi (4 ball), Fizika fanidan o’quvchining nazariy bilimlarini sinash maqsadida 2ta savol beriladi (har bir savol 2 ball, 4 banddan iborat bo’lib jami 4 ball). Ingliz tili fanidan 1 ta mavzu bo‘yicha o‘qish, tarjima qilish va mavzu doirasida savol-javob o‘tkaziladi (2 ball).

2-bosqichga o’tgan o’quvchilarga shaxsiy Zoom manzil va imtihon vaqti sms tarzida yuboriladi.

Hammaga omad!!

https://t.me/pmtests
👍13😱2
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashtirilgan maktabda so'nggi 2-bosqich onlayn test imtihonlari o'z yakuniga yetdi. Batafsil natijalar bilan https://ictschool.uz/qabul-natija veb sahifasi orqali tanishib chiqishingiz mumkin. Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilarni chin dildan tabriklaymiz va barchaga kelgusi o'qishlarda omad tilab qolamiz!

@pmtests
🔥1🎉1
Prezident maktablari oʻquvchilari SEAMO-2020 sovrindorlari boʻlishdi

🌐Prezident maktablari oʻquvchilari Janubiy-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasi (SEAMO-2020) sovrindorlari boʻlishdi. SEAMO Singapur davlatining Global SEAMO tashkiloti tomonidan oʻtkaziladi. Barcha test savollari esa Singapur davlatining Terry Chew Academy tomonidan tayyorlanadi va tasdiqlanadi.Prezident maktablari oʻquvchilari SEAMO 2020 natijasiga koʻra, bitta oltin, ikkita kumush va uchta bronza medallarini qoʻlga kiritdilar.

🌐Kelajakda sizning ham farzandingiz shunday natijalarga sazovar bo'lishini xohlaysizmi?

🌐Farzandingizni sifatli ta'lim olishi uchun sarmoya kiriting.

Kanal manzili
@pmtests
🔥2🤩1
51-online test savollari yechilish yo'llari (28-30-savollar)
👍3🎉1
52-online test savollari yechilish yo'llari (26-30-savollar)
👍4🎉1
​​21 октябр – Ўзбек тили байрами куни

ОНА ТИЛИМ

Келиб кетди неча дунёлар,
Кулди ҳаёт, йиғлади ўлим.
Сен деб қурбон бўлди боболар,
Улар кетди, сен қолдинг, тилим.
Беланчагинг узра Кошғарий
Куйлаб ўтди қадим навони
Ва навқирон япроқларингга
Дил қонини берди Навоий.
Самарқанддан Бобур кетаркан
Дилда бўғиб ҳасрат сасини,
Олиб кетди она юртидан,
Туркий тилим, биргина сени.
Машрабмас, сен осилдинг дорга,
Нодирамас, сенсан сўйилган
Ҳозиқнингмас, сенинг, эй тилим,
Бошинг айру, кўзинг ўйилган.
Аммо душман ўлдирган ботир
Тирилгандек яна қасосга,
Мангу борсан ва мангу қодир
Тўлдирмоққа ерни овозга.
Ватан учун бахш этиб жонни,
Кечиб олов, кириб дарёга,
Фарзандларинг тўккан ҳар қонни
Шимирдинг сен ўхшаб гиёҳга.
Она тилим, омон бўл мангу,
Сен борсан-ки мен ҳам ўлмайман,
Тилдан қолсам, сени Ойбекдай
Мен кўзларим билан сўйлайман.

T.me/pmtests
👍2
Prezident maktabi o‘quv tizimi bo'yicha foydali ma'lumotlarni taqdim etib boramiz.

Prezident maktabi internat shaklidagi davlat taʼlim muassasasi hisoblanib, oʻquvchilar haftaning besh kuni (dushanba-juma) maktab hududida qolib oʻqishlari talab etiladi, dam olish kunlari esa ota-onalar farzandlarini uyga olib ketishlari mumkin.

Bunday tizim bolalarga yaratilgan rivojlanish muhitida doimiy ravishda bo’lish imkonini bergani sababli, ta’limning eng samarali shakillaridan biri hisoblanadi. Bunday sharoitda bolalar o‘z iste’dodlari va qobiliyatlarini maksimal darajada oshirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

T.me/pmtests
👍2
Prezident maktabida qo'llaniladigan STEAM ta’lim texnologiyasi nima?

STEAM taʼlim texnologiyasi maktab oʻquvchilarini yangicha oʻqitish metodikasi boʻlib, anʼanaviy oʻqitish metodikasidan farqli metodika hisoblanadi. U oʻquvchilarni bir vaqtning oʻzida toʻrtta – fan (Science), texnologiya (Technology), muhandislik, (Engineering), tasviriy sanʼat (Art), matematika (Math) boʻyicha oʻqitishga moʻljallangan. STEAM fan boʻyicha emas, balki mavzular boʻyicha integratsiyalashgan oʻqitish tizimidir.

STEAM taʼlimi amaliy mashgʻulotlar yordamida ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qoʻllash tushuniladi.

STEAM yondashuviga oid darslik va oʻquv qoʻllanmalari Cambridge University Press shu jumladan Oxford University Press va Collins kabi nufuzli nashriyotlar tomonidan chop etilgan. Cambridge taklif qilayotgan oʻquv dasturining asosiy afzalligi jahon mehnat bozoridagi tamoyillardan kelib chiqib, oʻquvchilarda tegishli zamonaviy bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga urgʻu berishdir.

Oʻquvchilarga mazkur fanlarni oʻqitishda malakali mahalliy oʻqituvchilar bilan bir qatorda, xorijlik oʻqituvchilar ham hamkorlikda saboq beradilar. Yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni ishga yollashda mazkur yoʻnalishda koʻp yillik tajribaga ega “Teachaway” (Kanada) va “TIC Recruitment” (Buyuk Britaniya) rekruting kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda

T.me/pmtests
👍1
#kunsavoli 24.10.2020
Bugundan boshlab, nisbatan murakkab bo'lgan misollardan kun savollarini berib boramiz!
Surati 1 va maxraji 2, 3, 4,.., 2000, 2001 bo'lgan 2000ta kasrning nechtasi 1) chekli o'nli kasr 2) sof davriy kasr 3) aralash davriy kasr
Savol javobi ertaga e'lon qilinadi!
Javoblarni @curiosperson ga yuboring.
Birinchi to'g'ri javob yuborgan ishtirokchi e'lon qilinadi!

T.me/pmtests
Hozirgi kunda Prezident maktabidan tashqari yana qanday maktablarni iqtidorli maktab o'quvchilariga tavsiya qilish mumkin. Ota-onalarni mavjud maxsus maktablar bilan asta-sekin tanishtirib boramiz.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab.
Maktabni tashkil etishdan asosiy maqsad — ulug‘ ajdodimiz Muhammad al-Xorazmiyning buyuk va bebaho merosini qadrlash, o‘rganish va tadqiq etish, uni yosh avlod ongiga chuqur singdirish, o‘quvchilarga aniq fanlarning yuksak cho‘qqilarini zabt etish, boshlang‘ich sinflardan boshlab o‘quvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi iqtidorini aniqlash va ulardagi qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar bazasini yaratishdan iboratdir.
Maktabda barcha qulay sharoitlar yaratilgan bo'lib to'liq ma'lumotlar bilan https://ictschool.uz rasmiy sayti orqali tanishishingiz mumkin.

https://t.me/pmtests
#kunsavolijavobi 24.10.2020
Bir qancha javoblarini qabul qildik, ammo aniq javob kelmadi. Savolning javobi bilan tanishib chiqing👆
👍7