Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
81K subscribers
3K photos
1.84K videos
633 files
3.22K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
Kanal asoschisi — Asrorbek Jumanazarov
Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)
Download Telegram
TSA (Thinking ability assessment) testlarida tanqidiy fikrlash yo’nalishi bo’yicha tushadigan testlarning asosiy turlari

Tanqidiy fikrlash bo’yicha berilgan testlarda asosan 7 turdagi topshiriqlar uchraydi:

1.Asosiy xulosani umumlashtirish: Berilgan matndagi asosiy xulosani aniqlash talab qilinadigan testlar.

2.Xulosani aniqlashtirish: Berilgan matn javob variantlari ichidagi qaysi fikrni koʻproq qoʻllab quvvatlashini aniqlash testlari. Bunda javob variantidagi xulosa fikrning oʻzidan kelib chiqishi shart emas, asosiysi javob variantidagi qaysi fikrning matnda koʻproq qoʻllab-quvvatlanishini aniqlash.

3.Taxminni aniqlash: Baʻzi hollarda matnda xulosani asoslaydigan sabablardan baʻzilari tushib qoladi, hattoki xulosaning oʻzi ham matndan tushib qolishi mumkin. Bunday holatlarda shu tushirib qoldirilgan asos yoki xulosani taxmin qilish talab qilinadi.

4.Qo’shimcha dalillar ta’sirini baholash: Odatda biror argumentni boshqa bir fikr yordamida kuchaytirish, boshqa yoʻnalishga burish, uning kuchini kamaytirish yoki yoʻqqa chiqarish mumkin. Bu turdagi misollarda xuddu shu taʼsirni baholash talab qilinadi.

5.Isbot yoki dalil keltirishdagi xatolarni aniqlash: Bizga berilgan hamma argumentlar ham toʻgʻri boʻlavermaydi, turli maqsadlarda, bilib yoki bilmasdan notoʻgʻri xulosa yoki mos kelmaydigan asoslarni bayon qilish hollari ham uchraydi. Bu kabi topshiriqlarda xuddi shunday xatolarni aniqlash va tahlil qilish talab qilinadi.

6.Berilganlarning bir-biriga mosligini o’rganish: Biror argumentdagi xulosani asoslashda ishlatilgan mantiqiy bogʻlanishlar ketma-ketligi boshqa bir argumentni asoslashda ham ishlatilishi mumkin. Bu kabi topshiriqlarda mantiqiy jihatdan bir xil strukturaga ega fikrlarni topish talab qilinadi.

7.Tamoyillarni qo’llash: Biror fikrni asoslashda ishlatilgan tamoyil yana boshqa fikrni asoslashda ishlatilishi mumkinmi? Mumkin boʻlsa qanday? Ushbu turdagi savollarda asoslashdagi tamoyilni aniqlagan holda, shu tamoyil boʻyicha asoslangan boshqa fikrni topish talab qilinadi.
Manba: prmakuz

@pmtests
👍7🔥5
Savol: Prezident maktablariga qabul imtihonlari kim tomonidan, qanday tashkil qilinadi?

Prezident maktablariga qabul imtihonlari Angliyaning Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlikda o'tkaziladi.

Cambridge Assessment tashkiloti: 160 yillik tarixga ega, dunyoning 170 ga yaqin davlatida juda ko'p turdagi imtihonlarni olish tajribasiga ega tashkilotdir.

2019-2020 o'quv yilida ochilgan Prezident maktablariga kirish imtihonlarida Cambridge Assessment tashkilotining TSA (Thinking Skills Assessment - Fikrlash Mahoratini Baholash) tipidagi sinovlari ishlatildi.

Cambridge Assessment tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, Prezident maktablariga kirish imtihonlarida o'quvchilar soni bir o'ringa 20 tadan oshib ketmasligi kelishilgan. (Bu bitta sinf doirasida 24 o'quvchi qabul qilinishini hisobga olsak, jami 480 o'quvchi bo'ladi). Prezident maktablariga qiziqish kattaligi va bu yerda o'qishga talabgorlar ko'pligini inobatga olib, agar o'quvchilar soni bu limitdan oshib ketsa qo'shimcha matematika fanidan sinov ham olish ko'zda tutilgan.

@pmtests
🔥5👍4
Вирусдан сақланиш йўриқномаси.pdf
4.6 MB
Янги турдаги тожсимон вирусга (СOVID19) қарши ҳимоя йўриқномаси

Тиббий ва диний тавсиялар.

@muslimaatuz
@bintusodiq
👍5🔥2
pisa.pdf
2.7 MB
Tanqidiy fikrlashni shakllantirish uchun pisa testlari. Matnlar ustida ishlash

@pmtests
👍9🔥5🤩5🎉1
a.pdf
1.1 MB
Prezident maktabi testlaridan namunalar (yangi testlar)

@pmtests
👍3🔥3
TEST A.pdf
763.8 KB
Prezident maktabi testlaridan namunalar test a(ingliz tilida)

@pmtests
🔥4👍3🎉1
🔊🔊🏆Prezident maktablariga tayyorlovchi telegram kanali!!

🏫Koronavirus karantini vaqtida uyda qolib Prezident maktabi va al-Xorazmiy maktablariga tayyorlanish imkoniyati bizning telegram kanalimizda mavjud!!
🌏📕Maxsus telegram kanalida video darslar, Cambridge Assessment Admission testing standartlaridagi testlar to'plami, tanqidiy fikrlash mashqlari va maktab darsligining mukammal yechimlari berib boriladi.
👉Kanalga ulanish uchun💰😉👇
@curiosperson, @great_great ga murojaat qiling!
Shuningdek, prezident maktablari imtihonlari maxsus testlar kanali
👉 @pmtests
👍3🔥3
Talablarga binoan yuqori sinf o'quvchilari uchun ham PISA test namunalari👆👆
👍7🔥2🎉2😱1
6-sinf-1234.doc
659 KB
6-sinf matematika darsligi bo'yicha testlar to'plami, (choraklar kesimida)

@pmtests
👍3🔥3
9. Bo'lishga kirish PREZIDENT MAKTABI.pdf
670.8 KB
Xalqaro standartlar bo'yicha tuzilgan matematika 4-sinf testlari. Mavzular bo'yicha. (9-mavzu)
Prezident maktablariga kiruvchilar uchun tavsiya qilinadi.

@pmtests
👍8🔥3😱1
​​2020 yildan boshlab 4 ta Prezident maktabi faqat 5-sinfga oʻquvchilarni qabul qiladi!

2021 yilga qadar har bir hudud markazlarida Prezident maktablari bunyod etish rejalashtirilgan. Har bir maktab 168 nafar oʻquvchi uchun moʻljallangan boʻlib, har bir bosqichda 2 ta sinf mavjud, har bir sinfda esa 12 nafar oʻquvchi oʻqishi rejalashtirilgan.

2019 yilda ochilgan Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari o'tgan yili 5-10 sinf oʻquvchilarni qabul qildi. 2020 yilda esa ushbu maktablar faqatgina 5 sinf oʻquvchilarini qabul qiladi.

2020 yilda ochilishi rejalashtirilgan Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Fargʻonadagi Prezident maktablari birinchi yili 5-10 sinfga 144 nafar oʻquvchini qabul qilsa, ikkinchi yildan boshlab faqat 5 sinfga 24 nafar oʻquvchini qabul qiladi. (Demak, yuqori sinf o'quvchilari uchun imkoniyat faqat bu yil beriladi.)

Xuddi shunday, 2021 yilda ochiladigan Andijon, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi Prezident maktablari ham birinchi yili 144 va undan keyingi yillarda 24 nafar oʻquvchini qabul qiladi.

@pmtests
👍4🔥3😱1
Prezident maktablarida oʻqish mutlaqo bepul.

Barcha o‘quvchilarga quyidagilar bepul taqdim etiladi:

barcha qulayliklarga ega qulay yotoqxona (o‘g‘il-qizlar uchun xonalar turli qavatlarda joylashgan);

issiq ovqat;

maktab formasi;

o‘quv qo‘llanmalari.

Qiziqarli va foydali dam olish uchun sharoit yaratilgan (sport majmuasi, kutubxona, turli to‘garaklar).

Maktab-internatda psixolog, shifokor, hamshira mavjud.

Maktab-internat hududida o‘tkaziladigan vaqt mobaynida bolalar tarbiyachilar qaramog‘ida bo‘ladilar

https://pm.piima.uz/qo-shimcha-imkoniyatlar/

Kanalga ulanish:
@pmtests
👍10🔥3😱3
4-5 sinflar prezident.pdf
967.9 KB
4-5 sinflar prezident maktablariga kiruvchilar uchun sinov testli. (Mantiqiy fikrlash, masalalar yechish va ingliz tili)

@pmtests
👍7🎉3🔥2😱1
prezident maktabi qabul jarayoni va talablar.pdf
362.3 KB
Prezident maktabiga hujjat topshirish uchun qaysi fanlardan baholar a'lo bo'lishi kerak...Barcha ma'lumotlar

@pmtests
👍4😱2🎉2🔥1
tanqidiy fikrlash savollari.pdf
124.5 KB
Tavsiya qilingan savollardagi tanqidiy fikrlash savollari

@pmtests
👍5🔥3😱1
🌹🌾🌞Hammaga kirib kelayotgan Mohi ramazon oyi muborak bo'lsin!
🥇🥈🥉Ramazon oyi kirishi munosabati bilan jamoamiz Sizlarga Prezident maktabiga saralash imtihoni bo'yicha matematikadan 30 talik bepul online testlarni taqdim etib boradi.
📣Testlar vaqti oldindan e'lon qilinadi. Testlar asosan 4-5-sinf bitiruvchilari uchun mo'ljallangan. Ammo yuqori sinflar uchun ham foydali bo'ladi.
🔎📝Testlarning qiyinlik darajasi 3ga bo'linadi. 10ta oson, o'rta (10ta) va murakkab (10ta).
🕵‍♂🔍@answer_checker_bot yordamida tekshiriladi.
👍Farzandingiz bilimini tekshirish va test yechish ko'nikmasini shakllantirish imkoniyatidan foydalaning❗️
👉👉@pmtests
👍4😱2🔥1