Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
71.4K subscribers
2.25K photos
1.47K videos
497 files
2.58K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Test kodi: 18796

Javob yuborish uchun
- @best_olimpiad_robot botining Javobni tekshirish tugmasini bosing.
- keyin test kodiga 18796 ni yuboring.
- keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.
👍45🎉10🔥8🤩7😱3
18796_natijalar.html
67.2 KB
8-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi natijalari.

💡 Test yakunlandi!
🔰 Test kodi: 18796
👨 Test qatnashchilari: 325 ta
📝 Kalitlar: 1-D 2-A 3-C 4-D 5-D 6-B 7-B 8-A 9-C 10-D
👍25🔥7🤩4
Ming yillarkim, bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman.
Abdulla Oripov

👉👉 @PMTESTS
👍33🤩7😱6🔥3🎉1
U, Z, B harflar turli raqamlarni bildiradi. Agar quyidagi tenglik o’rinli bo’lsa, U+Z+B ning qiymatini toping.
UZB × 24 = 1BZU2
Bu yerda uch xonali son 24 ga ko’paytirilganida 5 xonali son hosil bo’lmoqda.
Anonymous Quiz
16%
13
32%
14
35%
15
18%
18
👍73🎉36🔥29😱25🤩242
Forwarded from Xushnudbek.uz
Rasul Hamzatov bir asarida shunday eslaydi:

Avarlar qishlog‘idan bir yigit Fransiyaga o‘qishga ketib, o‘sha yerda qolib ketadi. Boshqa bir hamqishlog‘i Fransiyaga borib kelgach, yigitning onasi o‘g‘li haqida so‘rashga shoshiladi:

- O‘g‘lim bilan ko‘rishdingizmi?
- Ha, ko‘rishdim.
- O‘g‘lim Siz bilan qaysi tilda gaplashdi: avar tilidami yoki fransuz?
- Fransuz tilida.
- Unda u mening o‘g‘lim emas!

Bugun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil to‘ldi.

O‘zligimizning asosiy belgisi bo‘lgan o‘zbek tilining umri boqiy bo‘lsin!


👉 @xushnudbek 👈
👍52🎉8🤩3🔥2
Botir, Mansur, Dilshod va Aziz do'stlar. Ulardan uchtasi futbol, bittasi basketbol to’garagiga qatnashadi. Agar Botir va Mansur qatnashayotgan to’garaklari farqli, Botir va Dilshodning to’garaklari bir xil boʻlsa, kim basketbol to’garagiga qatnashmoqda?
Anonymous Quiz
13%
Botir
44%
Mansur
22%
Dilshod
21%
Aziz
👍75🔥58🎉39🤩29😱27
#tadqiqot_va_izlanish

Ahmadjon ikki xonali songa ikki xonali sonni ustun shaklida qo'shdi. Uning singlisi Fazilatoy ruchkani o'ynab siyohni Ahmadjonning yozuviga to'kib yubordi. Shunda rasmda berilgan holat paydo bo'ldi, ya'ni uchta raqam ko'rinmay qoldi. Ahmadjon dastlabki tenglikni eslash uchun mumkin bo'lgan barcha variantlarni yozib chiqdi. U ko'pi bilan nechta tenglik yozishi mumkin?

Javobni bilish
👍58🎉17🤩10😱8🔥1
“Mantimamo” markali lampochka 24 999 soat ishlaydi. Agar u dushanba kunidan boshlab har kuni to'liq 2 soat davomida ishlatilsa, u haftaning qaysi kunida ishlamay qoladi?
Anonymous Quiz
21%
payshanba
33%
juma
27%
shanba
19%
yakshanba
😱85👍74🎉51🔥29🤩28
#tadqiqot_va_izlanish

O’zining qiymatiga raqamlari yig’indisi qo’shilganda natija 2023 ga teng bo’ladigan nechta son mavjud?

Javobni bilish
👍63😱19🎉10🤩8🔥7
#mantiqsizlik

Uy qurishni tomdan boshlashni tavsiya qilish!

Kishi boshiga yalpi ichki daromadi O’zbekistondan 10 marta yuqori bo’lgan Janubiy Koreyani rivojlanishiga olib kelgan ta’lim (pullik kurslar) O’zbekistonni ham rivojlanishiga olib keladi.

Ma’lumki, rivojlanish bosqichma-bosqich bo’ladigan jarayondir. Qurilishda avval asos, keyin devorlar va oxirida uyning tom qismi qilinadi. Xuddi shunday dunyo mamlakatlari rivojlanishida ham avval ta’limga, ishlab chiqarish va sanoatga e’tibor qaratishgan. Keyinchalik, aholi farovonligini yuqori darajaga yetkazish bo’yicha ishlar amalga oshirilgan.

Yevropada inson huquqlari to’la ta’minlangandan keyin, hayvonlarni himoya qilish jamiyatlari faoliyati rivojlangan. Yaponiya ta’limda dunyoning ilgor mamlakati sifatida o’quvchilarni maktabdagi tozalov ishlariga jalb qiladi. Janubiy Koreyada aholining bandlik darajasi haddan tashqari yuqori bo’lgani uchun “hech narsa qilmaslik” aksiyalari o’tkaziladi. Amerikada sanoat yuqori darajaga yetganidan keyin ishchilar huquqlarini himoya qiluvchi kasaba uyushmalari faoliyati rivojlandi.

O’zbekiston bu kabi rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirmaydi. Iqtisodiyot rivojlanmani uchun 5 mlndan ortiq inson aholining kambag’al qatlamiga kiradi. Daromad manbalari yetishmagani sabab 2 mlnga yaqin inson chetelda ishlashga majbur bo’ladi. Ishsizlar soni 1,5 mlnni tashkil etmoqda. (ochiq ishonchli manbalar asosida hisoblandi).

Bizning holatda mushuklar va kuchuklarni himoya qilish uchun keng qamrovli tadbirlar o’tkazish mantiqsizlik. Hali rivojlanib ulgurmagan maktab ta’limida o’quvchilarga sinf xonasini tozalatish yoki o’qituvchilarni boshqa ishlarga jalb qilish tizimni qoloqlashtiradi xolos. Ko’pchilik ish topishda qiyinchilikka duch kelayotgan yurtimizda “bekorchilik” tadbirini o’tkazish insonlarning ustidan kulish bo’ladi. Yoki hali biznesini yaxshi yo’lga qo’ymagan tadbirkordan ishchilari uchun mukammal sharoit yaratishni talab qilish iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Hozirgi kunda ijobiy islohotlar natijasida xalqimiz farzandlar ta’limiga e’tibor qaratishni, ularni pullik kurslarga berishni boshladi. Ammo, bu ko’rsatkich Janubiy Korea bilan solishtirganda hayratlanarli darajada kichik hisoblanadi. Bir maqolada aytilishicha, 2009-yilda J.Koreyada boshlang’ich sinflarning 87% o’quvchilari pullik kurslarga borishgan. Bu keyinchalik qandaydir mummolarga sabab bo'lgan emish.Mustaqil tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, yurtimizda bu ko'rsatkich 5-6% dan oshmaydi. Bu ko’rsatkich shahar joylarda, 1-4-sinflardan prezident maktablariga tayyorlanayotgan 4-sinflar hisobiga yuqoriroq, qishloq joylarda va 2-3 sinflarda esa ancha pastroqni tashkil qiladi.

Har yuzta koreysdan 87 tasi pullik kurslarda o’qisa, o’zbeklardan 8 tasi ham pullik kurslarda o’qimayapti. Natijada bitta koreysning o’rtacha yillik daromadi $33ming bo’lsa, bitta o’zbek $3 mingdan kam daromad qilmoqda. Demak, biz farovonlikni oshirish uchun pullik kurslarda o’qitish ko’rsatkichini yanada oshirishimiz kerak. Bu o’z navbatida maktab ta’limi sifatini oshirishga xizmat qiladi. O’quv markazlariga boradigan o’quvchilarni o’qitish maktab o’qituvchilari uchun osonroq bo’lishi va ular butun sinfni oldinga tortishini ko’p eshitamiz.

Agar kimdir Koreys jamiyatining o’ziga xosligi tufayli kelib chiqqan muammolarini aytib, pullik kurslar jamiyatga muammo keltiradi desa, bu kulgili. Agar farzandlarni o’qitish tufayli kambag’al qatlam vujudga keldi desa, bu undan ham kulgili.

Biz mustahkam qadriyatlarga ega jamiyatmiz. Ilm-fanda tez yutuqlarga erisha olamiz. Bizning ajdodlarimiz dunyoning ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo’shgan daholardan bo’lgan. Agar bizning ota-onalar koreyslar singari har yuztasidan 80 tasi farzandini pullik kurslarda o’qitganida edi, bugungi kabi biz ish qidirib boshqa yurtlarga borish o’rnida, boshqa xalqlar bizning o’lkalarga ish qidirib kelishgan bo’lar edi. Zero, farzandlarni o'qitishdagi moliyaviy va boshqa qiyinchiliklar vaqtinchadir. Ammo, o'qitmaslik natijasida keladigan muammolar abadiy bo'ladi.

👉👉
@PMTESTS
👍83😱7🎉6🔥5🤩3
Президент Қарши шаҳри Ойдин маҳалласида истиқомат қилаётган ўқитувчи Дилшод Набиев хонадонида меҳмон бўлди

Оиладаги болаларга ноутбуклар совға қилинди.

Kun.uz расмий канали
👍130🤩31😱23🔥8🎉4
To'rt xonali sonning raqamlari yig'indisi va ko'paytmasi bir-biriga teng bo'lsa, o'sha yig'indi yoki ko'paytma nimaga teng?
Anonymous Quiz
18%
6
23%
8
19%
9
26%
12
14%
16
😱94👍79🎉38🔥33🤩263
#pullik_kanallar

Prezident va al-Xorazmiy maktablariga tayyorlov kanali

Prezident maktablariga yaxshiroq va mukammalroq tayyorlanishni xohlovchi o’quvchilar, qo'shimcha materiallar va dasturlar qidirayotgan ustozlar uchun videodarslar kanali.

Kanalga ulanish narxi – 400 ming so’m

Ushbu kanalda Cambridge Assessment imtihonlari talablari bo’yicha tuzilgan dastur asosida video va audio darslar berib boriladi. Har bir mavzudan keyin mavzuni mustahkamlash bo’yicha testlar va ularning javoblari berib boriladi. Umumiy hisobda o'quv yili davomida 80 dan ortiq eng zarur mavzular, 100 dan ortiq videodarslar kanalga tashlanadi.

Kanalning afzalliklari:

Kanaldagi videodarslar prezident maktabiga tayyorlov sohasida bir qancha tajriba to’plagan @pmtests kanali asoschisi A.Jumanazarov tomonidan olib boriladi. Darslar offline guruhdagi darslar bilan parallel tarzda bo’lib, Siz bu sohadagi yangiliklardan doimiy xabardor bo’lib borasiz.

Kanalda matematika, muammoli masalalar va tanqidiy fikrlash bo’yicha mukammal tayyorlanishingiz mumkin.

Darslarda aynan Cambridge Assessment tizimidagi imtihonda tushish ehtimoli yuqori bo’lgan savollar tushuntirib boriladi.


Kanalga ulanish bo’yicha @pmtests_admin ga murojaat qiling.
👍30🔥8🤩5
#tadqiqot_va_izlanish

Rasmda berilgan kubning barcha yoqlarida tub sonlar yozilgan. Kubning qarama-qarshi yoqlaridagi raqamlari yig'indisi teng. Kubning uchta yog'idagi sonlar ko'rinib turibdi. Ko'rinmay turgan uchta yog'idagi sonlar yig'indisi eng kamida nechaga teng bo'lishi mumkin?

Javobni bilish.
👍58😱11🔥8🤩6
⚡️⚡️PMTESTS.UZ saytidagi testlar orqali bilimingizni sinab boring‼️

2022-2023-o'quv yilida Repetitsion testlar kanalida bo'lib o'tgan barcha testlar PMTESTS.UZ saytiga joylangan. O'quvchilar istalgan vaqtda ma'lum to'lov asosida testlarni yechib bilimlarini sinab borishlari mumkin.

PMTESTS.UZ saytida yechishning afzalligi test yakunlanishi bilan "yechimni ko'rish" tugmasi paydo bo'ladi va undan barcha testlar yechimlarini o'rganib olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:
@PMTESTS_ADMIN
👍31🔥8🤩8
Solih to'g'ri to'rtburchakning uchta tomoni uzunligini qo'shib 80 cm natijani chiqardi. Hidoyatulloh ham o'sha to'rtburchakning uchta tomoni uzunligini qo'shib 88 cm ni chiqardi.

O'sha to'g'ri to'rtburchakning perimetrini toping.
Anonymous Quiz
15%
112 cm
17%
132 cm
25%
96 cm
36%
168 cm
6%
156 cm
👍72🎉39😱37🔥31🤩13
#pullik_tayyorlov_kanallari

Repetitsion testlar kanali

Eng ishonchli va foydali repetitsion testlar to’plami!

Kanalga ulanish narxi – 💳300 000 so’m

Prezident maktabi va al-Xorazmiy maktabi imtihonlariga mo’ljallangan hozirgi kungacha @pmtests kanalida bo’lib o’tayotgan barcha matematika, tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testlarning javoblari, yechimlari tushuntirilgan. Barcha sizni qiziqtirgan murakkab savollarning batafsil yechimlarini ushbu kanaldan topishingiz mumkin.

Kanalning afzalliklari:

🔅Imtihon vaqtigacha eng sara va foydali testlar bilan tanishib borasiz.

🔅 Bilimingizni doimiy ravishda sinab borish imkoniyati.

🔅 Mustaqil ravishda yechimlarni o’rganishingiz mumkin. Yechimlar batafsil berilganligi uchun siz murakkab misollarni o’qituvchi yordamisiz ham tushunishingiz mumkin.

🔅 Testlar aynan prezident maktabi imtihonlariga yo’naltirilgan bo’lib, oldingi yilda o’zining foydali jihatlarini to’la isbotladi. Barcha testlarimizni o’zlashtirgan ko’pchilik o’quvchilar al-Xorazmiy va prezident maktablari imtihonlaridan muvaffaqiyatli o’tishdi.

Kanalga ulanish bo’yicha @pmtests_admin ga murojaat qiling.
👍41😱1
#tadqiqot_va_izlanish

1 dan 6 gacha bo'lgan raqamlar uchburchakning har bir tomonidagi sonlar yig'indisi 10 ga teng bo'ladigan qilib doiralar ichiga joylashtirilgan. Agar ko'rsatilgan doiraga 1 qo'yilgan bo'lsa, qaysi raqam bo'yalgan doira ichida joylashgan bo'ladi?

➡️➡️Javobni bilish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍55🤩17🔥10🎉9😱8
Jamilaning daftarlari Loladan uch barobar ko'p. Agar Jamila o'zining 3 ta daftarini Lolaga bersa, ularning daftarlari soni bir xil bo'ladi. Ularda jami nechta daftar bor?
Anonymous Quiz
20%
18
24%
6
16%
8
34%
12
6%
16
👍112🎉37😱31🔥30🤩18