Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
71.5K subscribers
2.25K photos
1.47K videos
497 files
2.58K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
#tadqiqot_va_izlanish3

Olim ko'rsatilganidek, shakllar to'plamini yasash uchun kichik kublardan foydalanadi. Birinchi shaklda u 1 kubdan foydalangan; ikkinchi shaklda u 6 kubdan foydalangan; uchinchi shaklda u 19 kubdan foydalangan. Olim beshinchi shaklini yasash uchun nechta kubdan foydalanadi?

Javobni bilish
👍64🔥15🤩10😱9🎉6
Katta hajmga ega Samarqand nonlari vazniga 2kg±0,1 kg deb yozib qo'yilgan.

Agar yozuv to’g’ri bo’lsa, quyidagilardan qaysi biri o’sha Samarqand nonining vazni bo’lishi mumkin emas?
Anonymous Quiz
15%
1 kg 950 g
41%
2 kg 100 g
32%
1 kg 850 g
12%
2 kg 50 g
👍89🎉40😱34🔥20🤩13
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza

Ona tilim o'lmaydi. O'zbek tili o'lmaydi!!

Ajoyib she'r, foydali chellenj. Shu o'rinda o'zbek tilini saqlab qolish, rivojlantirish, kerak bo'lsa boshqa millatlarni ham bizni tilni o'rganishga qiziqtirish tilshunos olimlarning qo'lidagi ish emasligini aytish lozim. Bu butun millatning vazifasi.

Til o'lmasligi uchun millat farzandlar ta'limiga e'tibor qaratishi kerak. Qaysi millat ilm-fan va texnologiyada taraqqiy topsa, o'sha millatning tili ham rivojlanadi.

Farzandlari ta'limiga e'tiborsiz holda ona tilida so'zlashadigan o'zbek oilasidan ko'ra, farzandlarini o'qitadigan rus tilida so'zlashuvchi o'zbek oilasi kun kelib til rivojiga ko'proq hissa qo'shadi.

Insonlar doim rivojlangan davlatlar tiliga, urf-odatlariga taqlid qilishadi. Biz ingliz yoki rus tilini ham aynan shu sababdan o'rganamiz. Milliylikni saqlab qolishning yagona yo'li sifatli ta'limdir. Qoloq jamiyatlarda hatto millat vakili ham o'z tili va milliyligidan yuz o'g'iradi. Bunday vaqtlarda milliylik haqidagi chiroyli, balandparvoz gaplar umuman ta'sirga ega bo'lmaydi.

Tilimizni rivojlantirish bu barcha sohada rivojlanish bilan bo'ladi. Barcha soha vakillari agar o'z sohasini rivojlantirayotgan bo'lsa, demak u haqiqiy vatanparvar, u haqiqiy ona tili jonkuyari hisoblanadi.

👉👉 @PMTESTS
👍55🔥5🤩4😱2
Bir muzqaymoq narxi 1 yevroga teng. Ammo chegirma bilan 5 yevroga 6 ta muzqaymoq xarid qilishingiz mumkin. Siz 36 yevroga sotib olishingiz mumkin bo'lgan muzqaymoqlarining eng ko'p miqdori qancha?
Anonymous Quiz
17%
36
19%
30
28%
42
27%
43
9%
45
👍109🎉40😱36🔥29🤩25
#tatqiqot_va_izlanish

Ko’paytirish jadvalida a, b, c va d natural sonlar. Jadvalning ba’zi qiymatlari berilgan bunga ko’ra so'roq o'rnidagi son qiymatini toping.

Javobni bilish
👍55🤩16😱15🎉12🔥5
⚡️⚡️Bugun kanalimizda 8-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi bo'lib o'tadi!!⚡️

Prezident maktabi va boshqa maxsus maktablarga tayyorlanayotgan o’quvchilar hamda matematikaga qiziquvchi barcha uchun Axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi.

Testlarning tuzilish shakli, Cambridge Assessment va boshqa rivojlangan davlatlarning fikrlash va axborotni tahlil qilishni baholash mezonlari asosida tuzilgan. Har bir testda barcha bilishi lozim bo’lgan muhim mavzular bo’yicha ma’lumotlar beriladi. Keyin esa shu ma’lumotlarni tahlil qilish bo’yicha savollar beriladi.

8-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi bugun soat 20:00 da bo’lib o’tadi!!
Testda ishtirok etib bilimingizni sinab ko’ring!!

👉👉 @PMTESTS
👍33🎉2🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Garchi zug’um qilganlarni yoqtirmadim,
She’r yozdimu bo’lak ishni qotirmadim.
Tilim turib o’z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag’ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Onam «erkam» deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo’q deb zirqirardi bir joylarim,
Parovozni hansiratgan bug’doylarim,
Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O’zbekni qon qaqshatganni uzbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimdir mayda millat bo’ldi, kimdir katta,
Katta millat — Afandisi yo’kdir hatto,
Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,
Zulm o’tsa faqat sendan o’tdi zulm,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Sen bo’lmasang nima bizga sillik she’rlar,
Bu dunyoda tili yo’kda dil yo’q derlar,
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to’ridagi so’lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Bir qarasam har shevangda ming jilolar
Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar, Cho’lponlar-u, Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tug’ilgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.

Prezident maktabi o'quvchilari Shaxrizoda va Murodbek xalq shoiri Muhammad Yusufning "Ona tilim" she'rini ifodali o'qishdi.
👍52🤩5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj
#Ona_tilim_faxrim

Buxoro shahridagi Prezident maktabi yosh o'quvchilarining ijro mahoratiga qoyil👍! She'rni ko'rgazmali, teatrlashtirilgan va jonli tarzda sahnalashtirish yanada💯 ta'sirliroq bo'lishini ta'minlabdi.
👍47🤩9🔥8
8-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi👇👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20😱9🔥8
Test kodi: 18796

Javob yuborish uchun
- @best_olimpiad_robot botining Javobni tekshirish tugmasini bosing.
- keyin test kodiga 18796 ni yuboring.
- keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.
👍45🎉10🔥8🤩7😱3
18796_natijalar.html
67.2 KB
8-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi natijalari.

💡 Test yakunlandi!
🔰 Test kodi: 18796
👨 Test qatnashchilari: 325 ta
📝 Kalitlar: 1-D 2-A 3-C 4-D 5-D 6-B 7-B 8-A 9-C 10-D
👍25🔥7🤩4
Ming yillarkim, bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman.
Abdulla Oripov

👉👉 @PMTESTS
👍33🤩7😱6🔥3🎉1
U, Z, B harflar turli raqamlarni bildiradi. Agar quyidagi tenglik o’rinli bo’lsa, U+Z+B ning qiymatini toping.
UZB × 24 = 1BZU2
Bu yerda uch xonali son 24 ga ko’paytirilganida 5 xonali son hosil bo’lmoqda.
Anonymous Quiz
16%
13
32%
14
35%
15
18%
18
👍73🎉36🔥29😱25🤩242
Forwarded from Xushnudbek.uz
Rasul Hamzatov bir asarida shunday eslaydi:

Avarlar qishlog‘idan bir yigit Fransiyaga o‘qishga ketib, o‘sha yerda qolib ketadi. Boshqa bir hamqishlog‘i Fransiyaga borib kelgach, yigitning onasi o‘g‘li haqida so‘rashga shoshiladi:

- O‘g‘lim bilan ko‘rishdingizmi?
- Ha, ko‘rishdim.
- O‘g‘lim Siz bilan qaysi tilda gaplashdi: avar tilidami yoki fransuz?
- Fransuz tilida.
- Unda u mening o‘g‘lim emas!

Bugun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil to‘ldi.

O‘zligimizning asosiy belgisi bo‘lgan o‘zbek tilining umri boqiy bo‘lsin!


👉 @xushnudbek 👈
👍52🎉8🤩3🔥2
Botir, Mansur, Dilshod va Aziz do'stlar. Ulardan uchtasi futbol, bittasi basketbol to’garagiga qatnashadi. Agar Botir va Mansur qatnashayotgan to’garaklari farqli, Botir va Dilshodning to’garaklari bir xil boʻlsa, kim basketbol to’garagiga qatnashmoqda?
Anonymous Quiz
13%
Botir
44%
Mansur
22%
Dilshod
21%
Aziz
👍75🔥58🎉39🤩29😱27
#tadqiqot_va_izlanish

Ahmadjon ikki xonali songa ikki xonali sonni ustun shaklida qo'shdi. Uning singlisi Fazilatoy ruchkani o'ynab siyohni Ahmadjonning yozuviga to'kib yubordi. Shunda rasmda berilgan holat paydo bo'ldi, ya'ni uchta raqam ko'rinmay qoldi. Ahmadjon dastlabki tenglikni eslash uchun mumkin bo'lgan barcha variantlarni yozib chiqdi. U ko'pi bilan nechta tenglik yozishi mumkin?

Javobni bilish
👍58🎉17🤩10😱8🔥1
“Mantimamo” markali lampochka 24 999 soat ishlaydi. Agar u dushanba kunidan boshlab har kuni to'liq 2 soat davomida ishlatilsa, u haftaning qaysi kunida ishlamay qoladi?
Anonymous Quiz
21%
payshanba
33%
juma
27%
shanba
19%
yakshanba
😱85👍74🎉51🔥29🤩28
#tadqiqot_va_izlanish

O’zining qiymatiga raqamlari yig’indisi qo’shilganda natija 2023 ga teng bo’ladigan nechta son mavjud?

Javobni bilish
👍63😱19🎉10🤩8🔥7
#mantiqsizlik

Uy qurishni tomdan boshlashni tavsiya qilish!

Kishi boshiga yalpi ichki daromadi O’zbekistondan 10 marta yuqori bo’lgan Janubiy Koreyani rivojlanishiga olib kelgan ta’lim (pullik kurslar) O’zbekistonni ham rivojlanishiga olib keladi.

Ma’lumki, rivojlanish bosqichma-bosqich bo’ladigan jarayondir. Qurilishda avval asos, keyin devorlar va oxirida uyning tom qismi qilinadi. Xuddi shunday dunyo mamlakatlari rivojlanishida ham avval ta’limga, ishlab chiqarish va sanoatga e’tibor qaratishgan. Keyinchalik, aholi farovonligini yuqori darajaga yetkazish bo’yicha ishlar amalga oshirilgan.

Yevropada inson huquqlari to’la ta’minlangandan keyin, hayvonlarni himoya qilish jamiyatlari faoliyati rivojlangan. Yaponiya ta’limda dunyoning ilgor mamlakati sifatida o’quvchilarni maktabdagi tozalov ishlariga jalb qiladi. Janubiy Koreyada aholining bandlik darajasi haddan tashqari yuqori bo’lgani uchun “hech narsa qilmaslik” aksiyalari o’tkaziladi. Amerikada sanoat yuqori darajaga yetganidan keyin ishchilar huquqlarini himoya qiluvchi kasaba uyushmalari faoliyati rivojlandi.

O’zbekiston bu kabi rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirmaydi. Iqtisodiyot rivojlanmani uchun 5 mlndan ortiq inson aholining kambag’al qatlamiga kiradi. Daromad manbalari yetishmagani sabab 2 mlnga yaqin inson chetelda ishlashga majbur bo’ladi. Ishsizlar soni 1,5 mlnni tashkil etmoqda. (ochiq ishonchli manbalar asosida hisoblandi).

Bizning holatda mushuklar va kuchuklarni himoya qilish uchun keng qamrovli tadbirlar o’tkazish mantiqsizlik. Hali rivojlanib ulgurmagan maktab ta’limida o’quvchilarga sinf xonasini tozalatish yoki o’qituvchilarni boshqa ishlarga jalb qilish tizimni qoloqlashtiradi xolos. Ko’pchilik ish topishda qiyinchilikka duch kelayotgan yurtimizda “bekorchilik” tadbirini o’tkazish insonlarning ustidan kulish bo’ladi. Yoki hali biznesini yaxshi yo’lga qo’ymagan tadbirkordan ishchilari uchun mukammal sharoit yaratishni talab qilish iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Hozirgi kunda ijobiy islohotlar natijasida xalqimiz farzandlar ta’limiga e’tibor qaratishni, ularni pullik kurslarga berishni boshladi. Ammo, bu ko’rsatkich Janubiy Korea bilan solishtirganda hayratlanarli darajada kichik hisoblanadi. Bir maqolada aytilishicha, 2009-yilda J.Koreyada boshlang’ich sinflarning 87% o’quvchilari pullik kurslarga borishgan. Bu keyinchalik qandaydir mummolarga sabab bo'lgan emish.Mustaqil tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, yurtimizda bu ko'rsatkich 5-6% dan oshmaydi. Bu ko’rsatkich shahar joylarda, 1-4-sinflardan prezident maktablariga tayyorlanayotgan 4-sinflar hisobiga yuqoriroq, qishloq joylarda va 2-3 sinflarda esa ancha pastroqni tashkil qiladi.

Har yuzta koreysdan 87 tasi pullik kurslarda o’qisa, o’zbeklardan 8 tasi ham pullik kurslarda o’qimayapti. Natijada bitta koreysning o’rtacha yillik daromadi $33ming bo’lsa, bitta o’zbek $3 mingdan kam daromad qilmoqda. Demak, biz farovonlikni oshirish uchun pullik kurslarda o’qitish ko’rsatkichini yanada oshirishimiz kerak. Bu o’z navbatida maktab ta’limi sifatini oshirishga xizmat qiladi. O’quv markazlariga boradigan o’quvchilarni o’qitish maktab o’qituvchilari uchun osonroq bo’lishi va ular butun sinfni oldinga tortishini ko’p eshitamiz.

Agar kimdir Koreys jamiyatining o’ziga xosligi tufayli kelib chiqqan muammolarini aytib, pullik kurslar jamiyatga muammo keltiradi desa, bu kulgili. Agar farzandlarni o’qitish tufayli kambag’al qatlam vujudga keldi desa, bu undan ham kulgili.

Biz mustahkam qadriyatlarga ega jamiyatmiz. Ilm-fanda tez yutuqlarga erisha olamiz. Bizning ajdodlarimiz dunyoning ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo’shgan daholardan bo’lgan. Agar bizning ota-onalar koreyslar singari har yuztasidan 80 tasi farzandini pullik kurslarda o’qitganida edi, bugungi kabi biz ish qidirib boshqa yurtlarga borish o’rnida, boshqa xalqlar bizning o’lkalarga ish qidirib kelishgan bo’lar edi. Zero, farzandlarni o'qitishdagi moliyaviy va boshqa qiyinchiliklar vaqtinchadir. Ammo, o'qitmaslik natijasida keladigan muammolar abadiy bo'ladi.

👉👉
@PMTESTS
👍83😱7🎉6🔥5🤩3
Президент Қарши шаҳри Ойдин маҳалласида истиқомат қилаётган ўқитувчи Дилшод Набиев хонадонида меҳмон бўлди

Оиладаги болаларга ноутбуклар совға қилинди.

Kun.uz расмий канали
👍130🤩31😱23🔥8🎉4