Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
71.6K subscribers
2.26K photos
1.47K videos
498 files
2.59K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
#tadqiqot_va_izlanish

Oilaning 5 nafar a’zolari yoshlari yig‘indisi 84 ga teng. 5 yil avval jami oila a'zolarining yoshlari yig'indisi 61 ga teng bo‘lgan. Oilaning eng kichik a’zosi necha yoshda?

👉Javobni bilish👈
👍94🤩19😱15🔥14🎉10
#olimpiada_savoli: Quyida uch xonali sonlar qo'shilishi natijasi ko’rsatilgan: 3XY+YX3=1X1X. Tenglikdagi X va Y harflari turli raqamlarni ifodalaydi. Y-X ning qiymatini toping.
Y − X ning qiymatini toping.
Anonymous Quiz
19%
3
34%
5
36%
7
11%
2
👍115🎉61😱39🔥29🤩162
Agar hayot rejangiz bir yilga bo'lsa, unda sholi eking.

Rejangiz o'n yilni ko'zlasa, daraxt o'tkazing.

Agar mo'ljalingiz yuz yil bo'lsa, farzandlaringizni o'qiting.
(Konfutsiy)

Dunyoda ilm-fan va texnologiya jihatdan taraqqiy etgan ba'zi mamlakatlarning kuchsiz davlatlarga xohlagancha zulm qilishi, bostirib kirishi, begunoh insonlarni o'ldirish holatlari kuzatilmoqda. Ilm fanda qoloq bo'lgan kuchsiz jamiyatning xavfsizligi, huquqlari va erkinligini hech kim kafolatlamaydi. Farzandlarimiz ta'limiga har qachongidan ham ko'proq e'tibor qaratish Vatan oldidagi ASOSIY vazifaga aylanib qolmoqda.

Hozirgi holatimiz qanday?

Hozir dunyoda kishi boshida o'rtacha daromad 12ming dollar bo'lsa, yurtimizda bu atigi $3 ming ni tashkil etadi. Ya'ni biz hatto dunyodagi o'rtacha daromadga ega davlatdan ham 4 marta kambag'almiz.

Bittagina SpaceX kompaniyasi 3500 ta sun'iy yo'ldoshni fazoga uchirib 60 dan ortiq mamlakatni internet bilan ta'minlayotgan bir vaqtda, O'zbekiston birorta aloqa sun'iy yo'ldoshini samoga uchira olmadi.

Farzandlarimizga yaxshi ta'lim bersak, ular boy va farovon hayot kechirishadi. Ular O'zbekistonning minglab sun'iy yo'ldoshlarini fazoga uchirishadi. Eng ilgor texnologiyalar bilan oy yoki marsda tadqiqotlar o'tkazishadi. Mamlakatimizga hech kim tahdid sola olmaydi.

👉👉 @PMTESTS
👍61🔥3🤩2
Toshkent shahri aholisi 3 mln.dan ortdi. 2023-yil 1-oktabr holatiga ko’ra Toshkent shahrida doimiy yashovchilar soni 3 020 500 taga yetdi. Bulardan erkaklar soni 1 481 900 ta.

Toshkent shahrida yashovchi ayollar soni erkaklar sonidan qanchaga ko’proq?
Anonymous Quiz
36%
1 538 600
26%
769 300
23%
57 600
15%
56 700
👍105😱55🔥28🎉28🤩23
📢 Prezident maktablariga tayyorlanayotgan o'quvchilar uchun navbatdagi MATEMATIKA sinov testi.

Bugun 12-oktabr soat 20:00da 13-online Matematika testi @PMTESTS Kanalimizda ochiq o'tkaziladi.

⭕️⭕️⭕️ Prezident maktabi🔰 imtihonlari namunasidagi eng sara matematika testlari, tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testlari berib boriluvchi @PMTESTS kanalida imtihonlarning namunaviy testlari bo'yicha to'liq tasavvurga ega bo'ling! Kanalimiz obunachilari hozirgacha: 💠
😄 12 ta matematika fanidan saralash imtihoni testlari
😄 7 ta tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testlari bilan (500 ga yaqin savol) bilimlarini oshirib bormoqdalar.

⭕️⭕️⭕️Jiddiy tayyorlanib Prezident maktabi o'quvchisiga aylangan bola oila budjetiga qancha foyda keltiradi

Buni Bilish uchun 👉Shu yerga bosing.

🧠SIZning bilimingizni oshirib beruvchi quyidagi kanallarga obuna bo'ling⬇️

🌐 Prezident maktabi testlari Asosiy kanal.
🌐 Prezident maktabi ingliz tili testlari.
🌐 Matematikadan testlar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🔥11🤩9
⚡️⚡️Bugun kanalimizda 7-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi bo'lib o'tadi!!⚡️

Prezident maktabi va boshqa maxsus maktablarga tayyorlanayotgan o’quvchilar hamda matematikaga qiziquvchi barcha uchun Axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi.

Testlarning tuzilish shakli, Cambridge Assessment va boshqa rivojlangan davlatlarning fikrlash va axborotni tahlil qilishni baholash mezonlari asosida tuzilgan. Har bir testda barcha bilishi lozim bo’lgan muhim mavzular bo’yicha ma’lumotlar beriladi. Keyin esa shu ma’lumotlarni tahlil qilish bo’yicha savollar beriladi.

7-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi bugun soat 20:00 da bo’lib o’tadi!!
Testda ishtirok etib bilimingizni sinab ko’ring!!

👉👉 @PMTESTS
👍26😱9🔥5🎉2🤩2
Telegram Premium⭐️ obunasini sotib olgan obunachilarimiz uchun!

Telegram kanalimizga "Istoriya" (hikoya) qo'yish imkoniyatini olish uchun quyidagi havola orqali ovoz bering, ilm tarqatish yo'lida o'z hissangizni qo'shing
👇👇👇

T.me/pmtests?boost
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍40🎉6🔥4😱3🤩2
Audio
#premyera

🎧 Nomi: YAXSHILIK QIL
🎙 Ijrochi: Fazliddin BURXONOV
💽 Markaz: Qaqnus-media
🎞
Studio: Asliddin IBROHIMOV

🔖Qaqnusim

Yaxshilik qil, yaxshilik....


👉@Tarixaudiokurs👈
👍33😱7🔥6🤩4🎉2
Maktabda o'tkazilgan yugurish musobaqada yo'lakning birinchi kilometridan so'ng Malika oxiridan ikkinchi o'rinda edi.
Keyingi kilometrda u yetti nafar yuguruvchidan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi.
Uchinchi kilometrda undan ikki yuguruvchi o'tib ketdi. Oxirgi kilometrda u sakkizta yuguruvchidan oldinga o'tib oldi, ammo boshqa to'rtta yuguruvchi undan o'zib ketdi. U marraga to‘qqizinchi o‘rinda yetib keldi.
Poygada jami nechta o'quvchi qatnashgan?

😀Javobni bilish
👍62😱13🔥11🎉7🤩5
7-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi👇👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍36🔥11😱10🎉8🤩4
Test kodi: 18118

Javob yuborish uchun
- @best_olimpiad_robot botining Javobni tekshirish tugmasini bosing.
- keyin test kodiga 18118 ni yuboring.
- keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.
👍38🤩10🔥7🎉7😱5
18118_natijalar.html
67.8 KB
7-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi natijalari.

💡 Test yakunlandi!
🔰 Test kodi: 18118
👍45🔥6🤩3
O’quvchilarga quyidagi sonli rebusni yechish topshirig’i berildi.

H A T E + S I O = N I S T Bu yerda bir xil harflarga bir xil raqamlar, turli harflarga turli raqamlar mos keladi. Rebusni 3 ta o’quvchi to’g’ri, bittasi xato yechdi. Xato javob qaysi?
Anonymous Quiz
22%
1458+607=2065
31%
3815+206=4021
35%
5728+419=6147
13%
7461+935=8396
👍108🎉41😱38🔥31🤩183
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Film ijodkorlariga tashakkur aytaman! Eng dolzarb va kerakli muammo aniq bayon qilingan. Qashshoqlik va yetishmovchiliklarga barham berishning aniq va ishonchli usuli haqida fikr yuritilgan.

Do'stlar bu videoni albatta ko'ring, qayerda xato qilayotganimizni anglab olishimiz kerak.

Do'stlarga ham ulashing!
👍64🔥10🎉10😱4🤩2
Jiddadan mahalliy vaqt bilan 23:45 da uchgan samolyot Toshkentga mahalliy vaqt bilan soat 06:30 da yetib keldi. Agar samolyot 4 soat 45 minut parvoz qilgan bo’lsa, Toshkent va Jidda shahrining mahalliy vaqtlari o’rtasidagi farqni toping.
Anonymous Quiz
27%
Jidda shahridagi vaqt Toshkentdan ikki soat oldinda
39%
Jidda shahridagi vaqt Toshkentdan ikki soat orqada
25%
Toshkent shahridagi vaqt Jidda shahridan 1 h 50 min oldinda
9%
Toshkent shahridagi vaqt Jidda shahridan 1 h 50 min orqada
👍86🎉35😱33🤩22🔥181
Kichik biznes uchun $100ming, katta zavod uchun $4 mln mablag’ kerak. Ikki yilda 14 ming o’zbekistonlik $10000 dan mablag’ sarflab AQSHga kirishga uringan, ammo uddalay olishmagan.
Ushbu havoga uchgan pullarga nechta zavod qurish mumkin edi?
Anonymous Quiz
23%
35 ta
25%
70 ta
31%
140 ta
20%
1400 ta
👍96🎉32😱26🔥20🤩19
#tadqiqot_va_izlanish

Oliy navli maxsus ekin urug'lari 4 ta qog'oz paketchalarga solingan. Jami urug'lar soni 15 ta. Urug'lar yorug'likka juda sezgir bo'lgani uchun paketchalarni ochish mumkin emas.

Ammo, dehqon urug'larni 4 ta paketchaga shunday taqsimlab qo'yganki, hech qanday paketni ochmasdan, xaridorga 1 tadan 15 tagacha bo'lgan urug'larni sotishi mumkin.
Har bir sumkada turli xil miqdordagi urug'lar mavjud.

Dehqon urug'larni 4 ta paketchaga qanday taqsimlagan?

Javobni bilish
👍74🔥6😱6🎉5🤩3
⚡️⚡️PMTESTS.UZ saytidagi testlar orqali bilimingizni sinab boring‼️

2022-2023-o'quv yilida Repetitsion testlar kanalidagi barcha testlar PMTESTS.UZ saytiga joylangan. O'quvchilar istalgan vaqtda testlarni yechib bilimlarini sinab borishlari mumkin.

PMTESTS.UZ saytida yechishning afzalligi test yakunlanishi bilan "yechimni ko'rish" tugmasi paydo bo'ladi va undan barcha testlar yechimlarini o'rganib olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:
@PMTESTS_ADMIN
👍35🎉2🤩1
Dunyoda 6 ta jahon tillari (BMT rasmiy tillari) bor: Ingliz, fransuz, xitoy, rus, arab va ispan. 1946-yilda 4 ta jahon tili bo'lgan. 1973-yilda Ispan va Arab tillari jahon tillariga qo’shilgan.
Ushbu ma’lumotdan quyidagi qaysi fikrni aytish mumkin emas?
Anonymous Quiz
21%
Nemis va italyan tillari jahon tillari emas
33%
BMT tasmiy tillari jahon tillari sifatida e’tirof e’tiladi
26%
Xitoy va Rus tillari jahon tillari hisoblanadi
20%
Ispan tili 1946-yildan beri jahon tili hisoblanadi
👍84🎉32🔥31😱26🤩17