Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
72.2K subscribers
2.26K photos
1.48K videos
499 files
2.59K links
πŸ“š Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar

Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli) / Repetitsion testlar kanaliga obuna uchun: @pmtests_admin, @pmustoz ga yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
4 D qoidasi

Davlat va jamiyatning qudrati va rivojlanishi u joydagi insonlar vaqtini qanday ishlarga sarflayotgani bilan bevosita bog'liqdir. Insonlar quyidagi 4 turdagi ishlarga vaqtini sarflaydilar:

βœ…1 tur: Muhim va shoshilinch ishlar. Farzandlar ta'limi, inson salomatligi va kasbiy rivojlanishga doir ishlar juda muhim va juda shoshilinch hisoblanadi. Bunday ishlarni bir soatga ham kechiktirib bo'lmaydi. Shuning uchun muhim ishlar har qanday vaziyatda ham BAJARILISHI LOZIM!!

βœ…2 tur: Muhim bo'lmagan ammo shoshilinch ishlar. Uy ishlari, kasbga doir bo'lmagan ishlar. Bunday ishlarni odatda sizning o'rningizga boshqa inson ham qilishi mumkin. Muhim ishlardan vaqti oshmayotgan inson bunday ishlarni boshqalarga BAJARTIRISHI LOZIM.

βœ…3 tur: Muhim, ammo shoshilinch bo'lmagan ishlar. Kelajakda shoshilinchga aylanadigan, ammo hozir rejada bo'lgan ishlar. Qaysidir 4-sinf oq'uvchisi programist bo'lmoqchi. U hozirdan dasturlashni o'rganmaydi. Balki, uning uchun zarur bo'lgan matematika va ingliz tili fanlarini chuqur o'zlashtiradi. Maktab o'quvchisi hozirdan uylanish haqida bosh qotirmaydi. Bunday ishlarni bajarishni KECHIKTIRISH LOZIM.

βœ…4 tur: Muhim ham shoshilinch ham bo'lmagan ishlar. Televizorda qandaydir serial tomosha qilish, telefon o'yinlari va befoyda suhbatlar shular jumlasidandir. Bunday befoyda ishlarga qimmatli vaqtini sarflayotgan jamiyat kuchsiz va qoloq bo'lib boradi. Bunday ishlarni DELETE qilish lozim. (Hech qachon qilmaslik kerak)

Bu qoidaga amal qiladigan xalqlar ta'limga e'tiborini qaratadilar. Yaxshi mutaxassis bo'lib, o'zlari 5000$ maosh oladi va mayda ishlarini arzimagan $500 ga boshqalarga bajartiradilar. Muhim ishlar bilan band bo'lgan insonlar juda ko'p vaqt ishlamasalarda, nomuhim ishlarga ko'p vaqtini sarflaydigan insonlardan yaxshi hayot kechiradilar.

Biz ham e'tiborimizni muhim ishlarga qaratishimiz lozim. Ko'p vaqtlar davomida boyliklari talangan, ziyolilar qatag'on qilingan xalqimiz hozirda boshqa xalqlarning muhim bo'lmagan ishlarini qilishga majbur bo'lmoqda. Ammo, yoshlarimiz bilan aslo bunday bo'lmasligi lozim. Ota-onalar farzandlari ta'limini eng muhim ish sifatida ko'rishi lozim.

Tarixda nomuhim ishlar bilan band bo'lgan va ta'limga e'tibor bermagan xalqlar boshqa xalqlarda qul bo'lgan. Buyuk xalqimizdan yana butun dunyoga foyda keltiruvchi buyuk insonlar yetishib chiqishi uchun barchamiz ta'limni eng muhim ish sifatida ko'rishimiz lozim.

πŸ‘‰πŸ‘‰ @PMTESTS
πŸ‘60πŸ”₯6πŸŽ‰5😱4
Audio
O’zbek san’ati katta ustunidan ayrilibdi. Oβ€˜zbekiston xalq artisti Sherali Jo'rayev 77 yoshida vafot etdi.
😱49πŸ‘15πŸ”₯4
Farzandingiz Muhammad Sodiq bo'lishi uchun uning otasi Muhammad Yusuf bo'lishi kerak‼️

Bir inson farzandiga yaqin tarixdagi eng zabardast olim, o'zbeklar faxri Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ismini qo'yadi. U farzandini Shayx Muhammad Sodiq kabi ilmli va yetuk inson bo'lishini juda xohlagan edi. Ammo, uning farzandi ilmga e'tiborsiz, dangasa va salohiyatsiz bo'lib katta bo'ladi.

Kunlarning birida u farzandini Shayx Muhammad Sodiqning huzuriga olib bordi va kichik Muhammadsodiqdan shikoyat qildi: "Hazrat, Sizga havas qilib o'g'limga sizning ismingizni qo'ygan edim. Lekin, nimagadir farzandimning ta'limi ham tarbiyasi ham qoniqarli emas."

Shunda hazrat u insonga: "Farzandingiz Muhammad Sodiq bo'lishi uchun uning otasi Muhammad Yusuf bo'lishi kerak" - degan ekanlar.

Izoh: Olimlarning ota-onalari boshqalardan ko'ra farzandining ilm olishi yo'lida ko'proq mashaqqat chekadilar. Farzandingizning har bir natijasida asosiy omil Sizning mehnatingizdir. Ota-onalar farzandlarni aybdor qilish o'rniga ularning kamoli yo'lida ko'proq mehnat qilishlari lozim.

πŸ‘‰πŸ‘‰ t.me/pmtests
πŸ‘58😱5πŸ”₯4
Forwarded from asrorbek
G'ofurova Nodirabegim, Farg'ona shahridagi Prezident maktabi 1-o'rin. 77,5 ball

‼️Farzandlar ota-onalarning yuzidir. Ularga qanday qadam bosishni o'rgatmang, ular baribir Sizga ergashadilar
‼️

Men doim o'quvchilarimga o'rnak qilib ko'rsatadigan, go'zal tarbiya va odobi bilan boshqalardan ajralib turadigan o'quvchimiz Nodirabegim BIZ bilan online tayyorgarlikni 3-sinfdan akasi bilan parallel tarzda boshladi. O'sha yili kamroq vaqt tayyorgarlik ko'rgan akasi Prezident maktabiga kira olmadi. Ammo, Nodirabegimga vaqt yetarli bo'ldi.

Bu o'quvchimiz ham ota-onasining yordami bilan bir vaqtning o'zida bir nechta tajribali ustozlardan ilm olishni uddaladi. Darslar bir vaqtda bo'lganida Zoom ilovasida onasining darsga qatnashib qiziga o'rgatishi meni juda hayratlantirgan. Qimmatli vaqtini farzandi ta'limi uchun ayamagan, 10 yoshli qizning tayyorlanishi uchun hatto boshqa viloyat Namanganga borib bir muddat yashagan ota-onalar hurmatga loyiqdir.
πŸ‘87🀩12πŸ”₯5πŸŽ‰2😱1
Forwarded from asrorbek
Ota-onasining mashaqqatli mehnati va duolari bilan Nodirabegim 2023-yil Prezident maktabiga 1-o'rinda, 1-son ixtisoslashtirilgan maktabiga 98.4 bal bilan o'tishga muvaffaq bo'ldi. Uning akasi, Abduxoliqjon ham to'xtab qolmadi. U ham 2023-yilda 1-son ixtisoslashtirilgan maktabiga qabul qilindi.

‼️Hurmatli ota-onalar, agar farzandingiz biror imtihondan yiqilgan bo'lsa, kichik farzandingizdagi imkoniyatdan unumli foydalaning. Hozir imtihondan yiqilgan farzandingiz ham kelajakdagi imtihonlarda muvaffaqiyat qozonishi uchun o'qishni to'xtatib qo'ymasin‼️
πŸ‘63πŸ”₯4😱44πŸŽ‰2
Kamol et kasbkim, olam uyidin

Sango farz oβ€˜lmagβ€˜ay gβ€˜amnok chiqmoq.

Jahondin notamom oβ€˜tmak biayni,

Erur hammomdin nopok chiqmoq.
(A.Navoiy)

Bu dunyoda yashab ilmga rag'bat etmagan kishi hammomga kirib, yuvinmay chiqqan nodonga o'xshaydi.

πŸ‘‰πŸ‘‰ @PMTESTS
πŸ‘48πŸ”₯5🀩4😱1
⁉️Pullik kanallar faoliyati qachondan boshlanadi⁉️

πŸ”΅ 2022-2023-o'quv yilida @PMTESTS jamoasining 3 ta pullik kanali Repetitsion testlar, Prezident va al-Xorazmiy maktablariga tayyorlash va Ingliz tilidan repetitsion testlar faoliyat ko'rsatdi. Ushbu kanallarga umumiy hisobda 1200 dan ziyod obunachilar a'zo bo'lishdi.

βœ… Pullik kanallarimizda o'quvchilarga Prezident va al-Xorazmiy maktabiga tayyorlanish uchun zarur bo'lgan barcha mavzular o'rgatiladi. O'tgan o'quv yilida Repetitsion testlar kanalida jami 140 ta online test bo'lib otgan, Preizdent va al-Xorazmiy videodarslar kanalida 73 ta mavzu o'rgatilgan va 50 dan ziyod blok testlar yechimlari tushuntirilgan. Repetitsion testlar ingliz tili kanalida 25 ta kerakli mavzu va 82 ta repetitsion test o'tkazilgan. Kanallarimizga a'zo o'quvchilar natijalari haqida keyinchalik ma'lumotlar berib boriladi.

βœ… Kuchli raqobat muhitida o'quvchilarni yanada puxtaroq tayyorlanishini ta'minlash maqsadida, 2023-2024-o'quv yilida Pullik kanallar faoliyatini ertaroq boshlash rejalashtirilmoqda. 2023-yil 15-sentyabrdan pullik kanallar faoliyati yo'lga qo'yiladi. Kanallarga ulanish bo'yicha ma'lumotlar e'lon qilib boriladi.

πŸ‘‰πŸ‘‰ @PMTESTS
πŸ‘44🀩7😱4πŸ”₯2
⚑️⚑️ Bugun kanalimizda 3-prezident va al-Xorazmiy maktabi matematika testi bo'lib o'tadi‼️

2023-yilda bo'lib o'tgan Prezident maktablari, al-Xorazmiy maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari o'quvchilardan chuqur bilim va ko'nikmalarni talab qildi. Shuningdek, imtihon savollari o'quvchilarning ertaroq va kuchliroq tayyorlanishi zarur ekanligini ko'rsatdi.

DiqqatπŸ“Œ
Bugun πŸ“† 7-sentyabr ⏰soat 20:00 da 2023-2024-o'quv yilidagi 3-prezident va al-Xorazmiy maktabi MATEMATIKA testi bo'lib o'tadi.

Imtihonlarga mukammal tayyorlanish uchun yil boshidan bilimingizni mustahkamlab boring!!

πŸ‘‰πŸ‘‰ t.me/pmtests
πŸ‘23πŸ”₯3😱2πŸŽ‰2🀩2
⚑️⚑️ 2023-yil Prezident maktabi imtihonidagi o'tish ballari 2022-yilga nisbatan o'rtacha 6 ballga tushgan.

βœ… Qoraqalpag'iston va Qashqadaryo viloyatlarida 2023-yildagi o'tish bali 2022-yildagiga nisbatan 10 ballga tushgan. O'tish ballaridagi tushish 13 ta hududda kuzatilgan.

βœ… Faqatgina Sirdaryo viloyatida ballar nisbatan ko'tarilgan. Sirdaryo viloyatida eng yuqori ball 2,5 balga, o'tish bali esa 1 ga ko'tarilgan.

βœ… Respublika bo'yicha eng yuqori ball 2023-yilda 91,5 ball bo'lib, u Toshkent shahrida kuzatilgan. O'tgan yilgi imtihonda eng yuqori ball 96,5 ni namanganlik o'quvchi qo'lga kiritgan edi.

βœ… 2023-yilda o'tgan yilga nisbatan eng yuqori o'rtacha ball 85.1 dan 81.6 ga tushgan, o'rtacha o'tish bali 67.9 dan 61.5 ga tushdi.

O'quvchilar tayyorgarlik darajasi oshayotganini inobatga olsak, 2023-yildagi imtihon savollar 2022-yildagi savollardan ko'ra murakkabroq degan xulosaga kelish mumkin. Demak, bundan keyin o'quvchilar yanada puxtaroq tayyorgarlik ko'rishi lozim bo'ladi.

πŸ‘‰πŸ‘‰
t.me/pmtests
πŸ‘35😱4🀩4πŸ”₯2
⚑️⚑️⚑️⚑️ Diqqat! Tanlov!

πŸ†πŸ†Eng yaxshi tavsiya va tayyorlanish tajribasi
πŸ†πŸ†

Prezident yoki al-Xorazmiy maktabiga qabul qilingan o'quvchilar o'rtasida keyingi tayyorgarlik ko'rayotganlarga tajribalarini o'rtoqlashish maqsadida tanlov o'tkaziladi.

Tanlov g'olibi πŸ’°1 000 000 πŸ’°so'm pul mukofoti bilan taqdirlanadi!

❗️Tanlovda faqat 2023-yilda Prezident yoki al-Xorazmiy maktabiga qabul qilingan o'quvchilar qatnashishi mumkin. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo'lgan o'quvchi @pmtests_admin ga quyidagi ma'lumotlar aks etgan videosini tashlaydi:
πŸ”… Ism, familiya, otasining ismi
πŸ”…2023-yilda qabul qilingan maktablari (Prezident yoki al-Xorazmiy, ixtisoslashtirilgan maktablar qo'shimcha sifatida aytilishi mumkin)
πŸ”…Qancha vaqt, qanday tartibda, qanday adabiyotlardan foydalangan holda tayyorlangani
πŸ”…Kelgusi yil imtihon topshirmoqchi bo'lgan o'quvchilarga tavsiyalari.

Videolar @tayyorlov_markazlari kanaliga tashlab boriladi. Jamoamiz ushbu videolardan ertaroq jo'natilgani, foydali ekanligi va ijodiy yondashilganiga qarab 3 tasini tanlab olamiz. Keyin shu uchta video Asosiy kanalimizga joylanadi va tanlov g'olibi aniqlanadi.

Yaxshi insonlarning asosiy sifati o'ziga berilgan yaxshiliklarni boshqalarga ham ulashishdir. Sizning xolislik bilan bergan maslahatingiz minglab insonlarga foyda keltiradi.

Murojaat_uchun: @pmtests_admin

πŸ‘‰πŸ‘‰ @PMTESTS
πŸ‘32πŸ”₯3πŸŽ‰3🀩3😱2
⚑️⚑️Bugun kanalimizda 2-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi bo'lib o'tadi!!⚑️

Prezident maktabi va boshqa maxsus maktablarga tayyorlanayotgan o’quvchilar hamda matematikaga qiziquvchi barcha uchun Axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi.

Testlarning tuzilish shakli, Cambridge Assessment va boshqa rivojlangan davlatlarning fikrlash va axborotni tahlil qilishni baholash mezonlari asosida tuzilgan. Har bir testda barcha bilishi lozim bo’lgan muhim mavzular bo’yicha ma’lumotlar beriladi. Keyin esa shu ma’lumotlarni tahlil qilish bo’yicha savollar beriladi.

2-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi bugun soat 20:00 da bo’lib o’tadi!!
Testda ishtirok etib bilimingizni sinab ko’ring!!

πŸ‘‰πŸ‘‰ @PMTESTS
πŸ‘35πŸ”₯3🀩2😱1
Bundan 6 yil oldin O’zbekistonda har 1000 ta insondan 280 tasi kambag’al hisoblangan. Bugungi kunga kelib yurtimizdagi kambag’allik darajasi ikki marta qisqardi. Bugungi kunda har 1 000 000 ta insondan nechtasi kambag’al hisoblanadi?
Anonymous Quiz
19%
1 400 ta
17%
2 800 ta
21%
14 000 ta
30%
140 000 ta
13%
280 000 ta
πŸ‘75πŸŽ‰27πŸ”₯18😱17🀩17
Kuchli inson o'zining sharoit va imkoniyatlaridan kelib chiqib maqsad yaratmaydi, balki maqsadlariga qarab sharoit va imkoniyat yaratadi.

😊 Kuchli o'quvchi tayyorgarlik darajasiga qarab kira olishi mumkin bo'lgan maktabni tanlamaydi, balki tanlagan maktabi imtihonidan o'ta oladigan darajada tayyorgarlik ko'radi.

Prezident va al-Xorazmiy maktabiga kirish uchun tayyorgarlikni boshlagan barcha o'quvchilarga muvaffaqiyat!!

πŸ‘‰πŸ‘‰ t.me/pmtests
πŸ‘29🀩8πŸ”₯1
2-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testiπŸ‘‡πŸ‘‡
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘10😱1
Test kodi: 15802

Javob yuborish uchun
- @best_olimpiad_robot botining βœ…Javobni tekshirish tugmasini bosing.
- keyin test kodiga 15802 ni yuboring.
- keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.
πŸ‘33🀩6😱5πŸŽ‰5πŸ”₯2
15802_natijalar.html
21.2 KB
2-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi natijalari.

πŸ’‘ Test yakunlandi!
πŸ”° Test kodi: 15802
πŸ‘15πŸ”₯1
Shukuku va Aqqod

Bir jurnalist misrlik mashhur yozuvchi Abbos Mahmud Aqqoddan so'radi: β€œQaysi biringiz mashhurroqsiz, sizmi yoki Mahmud Shukuku?”

(Shukuku - misrlik mashhur komik, odamlarni kuldirish uchun masxarabozlarcha kiyinadigan inson).

Aqqod hayrat bilan javob berdi: "Shukuku kim o'zi?"

Bu suhbat haqidagi xabar Shukukuga yetib borgach, u jurnalistga shunday dedi: "Do'stingiz Aqqodga ayting, Sahna maydonidagi yo'laklardan birida tursin, men esa qarama-qarshi yo'lakda turaman. Keyin kimning oldiga ko'proq odam yig'ilganini tomosha qilamiz!"

Aqqod esa bunga shunday javob beradi: β€œShukukuga borib ayt, oΚ»sha Sahnaga oΚ»zi borib, yoΚ»laklardan birida tursin va ikkinchi yoΚ»lakda bir raqqosani olib kelsin. Keyin kimning oldiga ko'proq odam yig'ilganini tomosha qilsin!”

Mashhur yozuvchi ajoyib qiyosdan foydalandi. Masxaraboz o'zini raqqosadan qanchalik ustun qo'ysa, yozuvchi ham o'zini undan shunchalik ustun qo'ygan. Ilm tarqatuvchilar kam sonli kuzatuvchilar bilan ham boshqalardan ustundirlar.

πŸ‘‰πŸ‘‰ @PMTESTS
πŸ‘71πŸ”₯7πŸŽ‰6🀩6😱1
⚑️⚑️ Bugun kanalimizda 4-prezident va al-Xorazmiy maktabi matematika testi bo'lib o'tadi‼️

2023-yilda bo'lib o'tgan Prezident maktablari, al-Xorazmiy maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari o'quvchilardan chuqur bilim va ko'nikmalarni talab qildi. Shuningdek, imtihon savollari o'quvchilarning ertaroq va kuchliroq tayyorlanishi zarur ekanligini ko'rsatdi.

DiqqatπŸ“Œ
Bugun πŸ“† 10-sentyabr ⏰soat 20:00 da 2023-2024-o'quv yilidagi 4-prezident va al-Xorazmiy maktabi MATEMATIKA testi bo'lib o'tadi.

Imtihonlarga mukammal tayyorlanish uchun yil boshidan bilimingizni mustahkamlab boring!!

πŸ‘‰πŸ‘‰ t.me/pmtests
πŸ‘28
πŸ“’ Pullik kanallar faoliyati 15-SENTYABRDAN boshlanadi❗

πŸ˜€ 2022-2023-o'quv yilida @PMTESTS jamoasining 3 ta pullik kanali Repetitsion testlar, Prezident va al-Xorazmiy maktablariga tayyorlash va Ingliz tilidan repetitsion testlar faoliyat ko'rsatdi. Ushbu kanallarga umumiy hisobda 1200 dan ziyod obunachilar a'zo bo'lishdi.

βœ… Pullik kanallarimizda o'quvchilarga Prezident va al-Xorazmiy maktabiga tayyorlanish uchun zarur bo'lgan barcha mavzular o'rgatiladi. O'tgan o'quv yilida Repetitsion testlar kanalida jami 140 ta online test bo'lib otgan, Preizdent va al-Xorazmiy videodarslar kanalida 73 ta mavzu o'rgatilgan va 50 dan ziyod blok testlar yechimlari tushuntirilgan. Repetitsion testlar ingliz tili kanalida 25 ta kerakli mavzu va 82 ta repetitsion test o'tkazilgan. Kanallarimizga a'zo o'quvchilar natijalari haqida keyinchalik ma'lumotlar berib boriladi.

βœ… Kuchli raqobat muhitida o'quvchilarni yanada puxtaroq tayyorlanishini ta'minlash maqsadida, 2023-2024-o'quv yilida Pullik kanallar faoliyatini ertaroq boshlash rejalashtirilmoqda. 2023-yil 15-sentyabrdan pullik kanallar faoliyati yo'lga qo'yiladi. Kanallarga ulanish narxlari quyidagicha belgilandi:

πŸ˜€Repetition testlar -πŸ˜€300 000 so'm
πŸ˜€Prezident va al-Xorazmiy maktabiga tayyorlash videodarslar kanali - πŸ’Έ400 000 so'm
πŸ˜€Ingliz tilidan repetitsion testlar kanali - πŸ’Έ200 000 so'm

πŸ””Ushbu to'lovlar FAQAT BIR MAROTABA amalga oshiriladi va kanaldan yil davomida imtihon vaqtigacha foydalanishingiz mumkin bo'ladi.❕

⚑️⚑️ Talablarga binoan xohlovchilar hozirdan 15-sentyabrgacha 50% chegirma asosida kanallarga a'zo bo'lishi mumkin.

πŸ˜€Murojaat uchun: @PMTESTS_ADMIN
βœ…οΈMa'lumot uchun: @pullikkanaltavsifi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘29πŸ”₯3😱2
#tadqiqot_va_izlanish

Mubiyna varoq bo'lagiga 81*9=801 tenglikni yozdi. Mumtoza bu tenglik xato ekanligi aytib, to'g'ri tenglik 81*9=729 ni yozdi. Mubiyna esa o'zining yozgan tengligi 100% to'g'ri ekanligini Mumtozaga isbotlab berdi.

Mubiyna yozgan tenglik qanday qilib to'g'ri bo'lishi mumkin?

πŸ‘‰πŸ‘‰ javobni bilish
πŸ‘84😱17🀩12πŸ”₯9πŸŽ‰5