Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
72.2K subscribers
2.26K photos
1.48K videos
499 files
2.6K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar

Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli) / Repetitsion testlar kanaliga obuna uchun: @pmtests_admin, @pmustoz ga yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Forwarded from asrorbek
Nizomiddinov Jalolbek, Navoiy shahridagi Prezident maktabi 2-o'rin. 74 ball

‼️Imom Buxoriy 1080 ta ustozdan ilm olganidek, farzandlarimiz ko'plab ustozlardan dars olishi lozim.
‼️

Tayyorgarlikni 1-sinfdan boshlagan 10ga yaqin tajribali ustozlardan matematika, ingliz tilini o'rgangan Jalolbek uyida tushunmagan misollarni ota-onasi bilan birorta qoldirmay muhokama qilib borgan. Ilmga chanqoq o'quvchi O'quv markazimizda online ta'lim olish bilan bir qatorda yana o'z ishining ustasi bo'lgan bir necha ustozlardan ta'lim olishni uddalagan va natijalar ham shunga mos bo'lgan.

Jalolbek shu vaqtga qadar Respublika miqyosida offline olimpiadalarda 3 marta, onlinelarda 30 martadan ziyod g'olib bo'lgan: oltin, bronza, kumush medallarni olgan. Navoiy shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabga 83,2 bal bilan o'tishga muvaffaq bo'lgan. Prezident maktabiga kirishidagi asosiy omillardan biri @PMTESTS kanalining O'quv markazlarda o'tkazilayotgan testlarida muntazam qatnashib, savollarni chuqur tahlil qilib borgani bo'lgan.
👍82🤩9😱4🔥2🎉2
‼️Bugun maktab ta'limini boshlagan barcha o'quvchilarga ilm olishda muvaffaqiyat tilaymiz‼️

Buyuk kelajak va farovon hayotga olib boruvchi yagona narsa sifatli ta'limdir. Maktab o'qishiga qaytgan yoki birinchi bor maktabga qadam qo'ygan yoshlarni barchamiz duo qilaylik!

Zora, ular yaxshi ta'lim olib yurtimiz taraqqiyotiga ulkan hissalar qo'shishsa. Barcha ustozlarga ham o'zining sharafli ishlarini mukammal bajarishlarida omad yor bo'lsin!!

👉👉 t.me/pmtests
👍40🔥3
#respect
#EDU_HILOL

⚡️⚡️Bir hududdagi prezident maktabiga 18 ta O'quvchi kiritishni uddalagan (bizga ma'lum) YAGONA O'QUV MARKAZI‼️

Edu Hilol jamoasini bunday ajoyib natijalari bilan tabriklayman. Ushbu o'quv markazida boshqa markazlarga o'rnak bo'ladigan ajoyib sifatlarni ko'rdim:

Ularning asosiy maqsadi o'quvchilarga xolis va fidoiylik bilan bilim berishdir. Ular kabi 'NATIJA' ko'rsatgan o'quv markazlari butun O'zbekistonga "dod-faryod" solib, o'zlarini ko'klarga ko'tarayotgan bir vaqtda, EDU HILOL jamoasi o'zini kamtar tutib kelmoqda. Mana bu haqiqiy fidoiylik, manabu xalq manfaati va yurt ravnaqi yo'lidagi haqiqiy xizmatdir.

Edu Hilol o'quv markaziga foyda olishdan ko'ra, o'z ishini mukammal tarzda bajarish muhimroq. Ular marketing va reklama faoliyatiga qaratadigan e'tiborini ham o'quvchilarga bilim berishga qaratmoqdalar. Ularga ajoyib natijangizni e'lon qilaylik deb taklif bersak, ularning o'quvchilari natija uchun @pmtests jamoasiga minnatdorlik bildirishibdi. Aslida ularning natijasiga Edu Hilolning fidoiy ustozlari mehnati orqali erishilgan.

Edu Hilol jamoasining bundan keyingi faoliyatida ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Yoshlarga bilim berish kabi xayrli ishlarida Yaratgan yor-u madadkor bo'lsin!! (PMTESTS_JAMOASI)
👍63🔥10😱9🤩4🎉2
Uchrashuv

Bobosidan qolgan bog’ga uzoq yillardan so’ng tashrif buyurgan Ismoilni bog’ xizmatchisi Orif ota va uning ayoli kutib oldi. Nariroqda uyalib turgan qizi onasi imosi bilan tahoratga suv keltirib, obdastani “kichik xo’jayin”ga uzatarkan, ibo bilan eshitilar-eshitilmas: “Assalomu alaykum, keling”, deya oldi va zumda ko’zdan g’oyib bo’ldi.

Orif ota xonadonida mehmon bo’lib qolgan Ismoil yolg’iz bog’da sayr etar ekan hayoliga kelgan baytni bog’ oxiridagi eshikka yozib qo’ydi.

Dilkusho el bo’lmasa, zindon erur,
Qayerda el bo’lsa, anda dil kusho.

U odami yo’q bog’ni zindonga qiyos qilgan edi. Ertasi kuni Ismoil kutilmaganda yozuvlarni ustidan chizib ostiga boshqa bayt yozgan bog’bonning qizi Fotimani uchratib qoldi. Fotima juda chiroyli husni xat bilan:

Dilkusho gul bo’lmasa, zindon erur,
Qayerda gul bo’lsa, anda dil kusho.

Husni xatdan mukammal ta’lim olgan Ismoil bu yozuvdan hayratda qoldi va “Xatingiz g’oyat go’zal ekan!” – dedi. Ismoilni kelganini sezmay ayb ustida qo’lga tushganday yuzlari qizarib ketgan Fotimaga yigit: “Haqiqatan gulsiz bog’ chiroqsiz uyday sovuq va fayzsiz tuyuladi. Dilkusho turfa gullari bilan huzurbaxsh. Ammo, gul hajrida fig’on chekuvchi bulbul bo’lmasa, gul erta sarg’ayur ” – dedi.

Qiz zukkolik bilan gap ma’nosini burib: “Ushbu bog’da erta tongdan bulbul fig’oni tinmaydir” – dedi.

Ismoil bo’sh kelmay: “Ming taassufki, bu bo’ston guli bulbulning nolasiga befarqdir, u qancha kuyib-pishmasin, husnini yaproqlar ichra yashirmishdir” – dedi.

Fotima jur’at bilan: “O’sha bulbul azizlik qanoatda ekanligini bilmas. Ikki nomahram suhbatiga shayton aralashgusi, zotan, Yaratganga bu hush kelmas. Agar zerikib qolsalar, men ojizaga o’xshab bog’dagi gullar bilan sirlashmoqni odat qilsinlar” deya ketdi.

Bog’bon qizidan bunday nazokat va fasohatni kutmagan Ismoil o'zi boshlagan so’z o’yinida yutkazganini his qildi. U qiz ortidan hasrat bilan tikilib qoldi. Agar bunday oqila va zukko qiz jufti haloli bo’lsa, tug’ilajak farzandlar ham zukko, xushxulq va solih bo’lishini o’yladi.
________________________________

Hali uylanmasidan farzandlari kamolini o'ylagan Ismoil va qayerda (bog'da yoki dalada) bo'lishidan qat'iy nazar ilm o'rgangan, hayoni hamma narsadan ustun qo'ygan Fotimadan butun o'zbek xalqi uchun faxr bo'lgan buyuk olim Imom Buxoriy dunyoga keldi.

👉👉
@PMTESTS
👍61🔥3😱1
4 D qoidasi

Rossiyada ishlaydigan ba'zi tanishlarimning "Biz ishlayotgan joyning xalqi juda dangasa, hatto uyidagi oddiy ishlarni ham qilishmaydi. Buzilgan chiroqni biz almashtiramiz. Qorni biz kuraymiz. To'kilgan barglarni biz tozalaymiz. Va bu ishlarimiz uchun yaxshigina haq olamiz. Ular esa har zamonda farzandlariga kitob o'qib berishadi. Ko'p vaqt dam olishadi" deyotgani eshitib qolaman. Shunda men tanishlarimga o'sha xalqning vaqtdan unumli foydalanayotgani va 4D qoidasiga amal qilayotganini tushuntirishga harakat qilaman.
👍37🔥3🤩1
4 D qoidasi

Davlat va jamiyatning qudrati va rivojlanishi u joydagi insonlar vaqtini qanday ishlarga sarflayotgani bilan bevosita bog'liqdir. Insonlar quyidagi 4 turdagi ishlarga vaqtini sarflaydilar:

1 tur: Muhim va shoshilinch ishlar. Farzandlar ta'limi, inson salomatligi va kasbiy rivojlanishga doir ishlar juda muhim va juda shoshilinch hisoblanadi. Bunday ishlarni bir soatga ham kechiktirib bo'lmaydi. Shuning uchun muhim ishlar har qanday vaziyatda ham BAJARILISHI LOZIM!!

2 tur: Muhim bo'lmagan ammo shoshilinch ishlar. Uy ishlari, kasbga doir bo'lmagan ishlar. Bunday ishlarni odatda sizning o'rningizga boshqa inson ham qilishi mumkin. Muhim ishlardan vaqti oshmayotgan inson bunday ishlarni boshqalarga BAJARTIRISHI LOZIM.

3 tur: Muhim, ammo shoshilinch bo'lmagan ishlar. Kelajakda shoshilinchga aylanadigan, ammo hozir rejada bo'lgan ishlar. Qaysidir 4-sinf oq'uvchisi programist bo'lmoqchi. U hozirdan dasturlashni o'rganmaydi. Balki, uning uchun zarur bo'lgan matematika va ingliz tili fanlarini chuqur o'zlashtiradi. Maktab o'quvchisi hozirdan uylanish haqida bosh qotirmaydi. Bunday ishlarni bajarishni KECHIKTIRISH LOZIM.

4 tur: Muhim ham shoshilinch ham bo'lmagan ishlar. Televizorda qandaydir serial tomosha qilish, telefon o'yinlari va befoyda suhbatlar shular jumlasidandir. Bunday befoyda ishlarga qimmatli vaqtini sarflayotgan jamiyat kuchsiz va qoloq bo'lib boradi. Bunday ishlarni DELETE qilish lozim. (Hech qachon qilmaslik kerak)

Bu qoidaga amal qiladigan xalqlar ta'limga e'tiborini qaratadilar. Yaxshi mutaxassis bo'lib, o'zlari 5000$ maosh oladi va mayda ishlarini arzimagan $500 ga boshqalarga bajartiradilar. Muhim ishlar bilan band bo'lgan insonlar juda ko'p vaqt ishlamasalarda, nomuhim ishlarga ko'p vaqtini sarflaydigan insonlardan yaxshi hayot kechiradilar.

Biz ham e'tiborimizni muhim ishlarga qaratishimiz lozim. Ko'p vaqtlar davomida boyliklari talangan, ziyolilar qatag'on qilingan xalqimiz hozirda boshqa xalqlarning muhim bo'lmagan ishlarini qilishga majbur bo'lmoqda. Ammo, yoshlarimiz bilan aslo bunday bo'lmasligi lozim. Ota-onalar farzandlari ta'limini eng muhim ish sifatida ko'rishi lozim.

Tarixda nomuhim ishlar bilan band bo'lgan va ta'limga e'tibor bermagan xalqlar boshqa xalqlarda qul bo'lgan. Buyuk xalqimizdan yana butun dunyoga foyda keltiruvchi buyuk insonlar yetishib chiqishi uchun barchamiz ta'limni eng muhim ish sifatida ko'rishimiz lozim.

👉👉 @PMTESTS
👍60🔥6🎉5😱4
Audio
O’zbek san’ati katta ustunidan ayrilibdi. O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo'rayev 77 yoshida vafot etdi.
😱49👍15🔥4
Farzandingiz Muhammad Sodiq bo'lishi uchun uning otasi Muhammad Yusuf bo'lishi kerak‼️

Bir inson farzandiga yaqin tarixdagi eng zabardast olim, o'zbeklar faxri Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ismini qo'yadi. U farzandini Shayx Muhammad Sodiq kabi ilmli va yetuk inson bo'lishini juda xohlagan edi. Ammo, uning farzandi ilmga e'tiborsiz, dangasa va salohiyatsiz bo'lib katta bo'ladi.

Kunlarning birida u farzandini Shayx Muhammad Sodiqning huzuriga olib bordi va kichik Muhammadsodiqdan shikoyat qildi: "Hazrat, Sizga havas qilib o'g'limga sizning ismingizni qo'ygan edim. Lekin, nimagadir farzandimning ta'limi ham tarbiyasi ham qoniqarli emas."

Shunda hazrat u insonga: "Farzandingiz Muhammad Sodiq bo'lishi uchun uning otasi Muhammad Yusuf bo'lishi kerak" - degan ekanlar.

Izoh: Olimlarning ota-onalari boshqalardan ko'ra farzandining ilm olishi yo'lida ko'proq mashaqqat chekadilar. Farzandingizning har bir natijasida asosiy omil Sizning mehnatingizdir. Ota-onalar farzandlarni aybdor qilish o'rniga ularning kamoli yo'lida ko'proq mehnat qilishlari lozim.

👉👉 t.me/pmtests
👍58😱5🔥4
Forwarded from asrorbek
G'ofurova Nodirabegim, Farg'ona shahridagi Prezident maktabi 1-o'rin. 77,5 ball

‼️Farzandlar ota-onalarning yuzidir. Ularga qanday qadam bosishni o'rgatmang, ular baribir Sizga ergashadilar
‼️

Men doim o'quvchilarimga o'rnak qilib ko'rsatadigan, go'zal tarbiya va odobi bilan boshqalardan ajralib turadigan o'quvchimiz Nodirabegim BIZ bilan online tayyorgarlikni 3-sinfdan akasi bilan parallel tarzda boshladi. O'sha yili kamroq vaqt tayyorgarlik ko'rgan akasi Prezident maktabiga kira olmadi. Ammo, Nodirabegimga vaqt yetarli bo'ldi.

Bu o'quvchimiz ham ota-onasining yordami bilan bir vaqtning o'zida bir nechta tajribali ustozlardan ilm olishni uddaladi. Darslar bir vaqtda bo'lganida Zoom ilovasida onasining darsga qatnashib qiziga o'rgatishi meni juda hayratlantirgan. Qimmatli vaqtini farzandi ta'limi uchun ayamagan, 10 yoshli qizning tayyorlanishi uchun hatto boshqa viloyat Namanganga borib bir muddat yashagan ota-onalar hurmatga loyiqdir.
👍87🤩12🔥5🎉2😱1
Forwarded from asrorbek
Ota-onasining mashaqqatli mehnati va duolari bilan Nodirabegim 2023-yil Prezident maktabiga 1-o'rinda, 1-son ixtisoslashtirilgan maktabiga 98.4 bal bilan o'tishga muvaffaq bo'ldi. Uning akasi, Abduxoliqjon ham to'xtab qolmadi. U ham 2023-yilda 1-son ixtisoslashtirilgan maktabiga qabul qilindi.

‼️Hurmatli ota-onalar, agar farzandingiz biror imtihondan yiqilgan bo'lsa, kichik farzandingizdagi imkoniyatdan unumli foydalaning. Hozir imtihondan yiqilgan farzandingiz ham kelajakdagi imtihonlarda muvaffaqiyat qozonishi uchun o'qishni to'xtatib qo'ymasin‼️
👍63🔥4😱44🎉2
Kamol et kasbkim, olam uyidin

Sango farz o‘lmag‘ay g‘amnok chiqmoq.

Jahondin notamom o‘tmak biayni,

Erur hammomdin nopok chiqmoq.
(A.Navoiy)

Bu dunyoda yashab ilmga rag'bat etmagan kishi hammomga kirib, yuvinmay chiqqan nodonga o'xshaydi.

👉👉 @PMTESTS
👍48🔥5🤩4😱1
⁉️Pullik kanallar faoliyati qachondan boshlanadi⁉️

🔵 2022-2023-o'quv yilida @PMTESTS jamoasining 3 ta pullik kanali Repetitsion testlar, Prezident va al-Xorazmiy maktablariga tayyorlash va Ingliz tilidan repetitsion testlar faoliyat ko'rsatdi. Ushbu kanallarga umumiy hisobda 1200 dan ziyod obunachilar a'zo bo'lishdi.

Pullik kanallarimizda o'quvchilarga Prezident va al-Xorazmiy maktabiga tayyorlanish uchun zarur bo'lgan barcha mavzular o'rgatiladi. O'tgan o'quv yilida Repetitsion testlar kanalida jami 140 ta online test bo'lib otgan, Preizdent va al-Xorazmiy videodarslar kanalida 73 ta mavzu o'rgatilgan va 50 dan ziyod blok testlar yechimlari tushuntirilgan. Repetitsion testlar ingliz tili kanalida 25 ta kerakli mavzu va 82 ta repetitsion test o'tkazilgan. Kanallarimizga a'zo o'quvchilar natijalari haqida keyinchalik ma'lumotlar berib boriladi.

Kuchli raqobat muhitida o'quvchilarni yanada puxtaroq tayyorlanishini ta'minlash maqsadida, 2023-2024-o'quv yilida Pullik kanallar faoliyatini ertaroq boshlash rejalashtirilmoqda. 2023-yil 15-sentyabrdan pullik kanallar faoliyati yo'lga qo'yiladi. Kanallarga ulanish bo'yicha ma'lumotlar e'lon qilib boriladi.

👉👉 @PMTESTS
👍44🤩7😱4🔥2
⚡️⚡️ Bugun kanalimizda 3-prezident va al-Xorazmiy maktabi matematika testi bo'lib o'tadi‼️

2023-yilda bo'lib o'tgan Prezident maktablari, al-Xorazmiy maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari o'quvchilardan chuqur bilim va ko'nikmalarni talab qildi. Shuningdek, imtihon savollari o'quvchilarning ertaroq va kuchliroq tayyorlanishi zarur ekanligini ko'rsatdi.

Diqqat📌
Bugun 📆 7-sentyabr soat 20:00 da 2023-2024-o'quv yilidagi 3-prezident va al-Xorazmiy maktabi MATEMATIKA testi bo'lib o'tadi.

Imtihonlarga mukammal tayyorlanish uchun yil boshidan bilimingizni mustahkamlab boring!!

👉👉 t.me/pmtests
👍23🔥3😱2🎉2🤩2
⚡️⚡️ 2023-yil Prezident maktabi imtihonidagi o'tish ballari 2022-yilga nisbatan o'rtacha 6 ballga tushgan.

Qoraqalpag'iston va Qashqadaryo viloyatlarida 2023-yildagi o'tish bali 2022-yildagiga nisbatan 10 ballga tushgan. O'tish ballaridagi tushish 13 ta hududda kuzatilgan.

Faqatgina Sirdaryo viloyatida ballar nisbatan ko'tarilgan. Sirdaryo viloyatida eng yuqori ball 2,5 balga, o'tish bali esa 1 ga ko'tarilgan.

Respublika bo'yicha eng yuqori ball 2023-yilda 91,5 ball bo'lib, u Toshkent shahrida kuzatilgan. O'tgan yilgi imtihonda eng yuqori ball 96,5 ni namanganlik o'quvchi qo'lga kiritgan edi.

2023-yilda o'tgan yilga nisbatan eng yuqori o'rtacha ball 85.1 dan 81.6 ga tushgan, o'rtacha o'tish bali 67.9 dan 61.5 ga tushdi.

O'quvchilar tayyorgarlik darajasi oshayotganini inobatga olsak, 2023-yildagi imtihon savollar 2022-yildagi savollardan ko'ra murakkabroq degan xulosaga kelish mumkin. Demak, bundan keyin o'quvchilar yanada puxtaroq tayyorgarlik ko'rishi lozim bo'ladi.

👉👉
t.me/pmtests
👍35😱4🤩4🔥2
⚡️⚡️⚡️⚡️ Diqqat! Tanlov!

🏆🏆Eng yaxshi tavsiya va tayyorlanish tajribasi
🏆🏆

Prezident yoki al-Xorazmiy maktabiga qabul qilingan o'quvchilar o'rtasida keyingi tayyorgarlik ko'rayotganlarga tajribalarini o'rtoqlashish maqsadida tanlov o'tkaziladi.

Tanlov g'olibi 💰1 000 000 💰so'm pul mukofoti bilan taqdirlanadi!

❗️Tanlovda faqat 2023-yilda Prezident yoki al-Xorazmiy maktabiga qabul qilingan o'quvchilar qatnashishi mumkin. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo'lgan o'quvchi @pmtests_admin ga quyidagi ma'lumotlar aks etgan videosini tashlaydi:
🔅 Ism, familiya, otasining ismi
🔅2023-yilda qabul qilingan maktablari (Prezident yoki al-Xorazmiy, ixtisoslashtirilgan maktablar qo'shimcha sifatida aytilishi mumkin)
🔅Qancha vaqt, qanday tartibda, qanday adabiyotlardan foydalangan holda tayyorlangani
🔅Kelgusi yil imtihon topshirmoqchi bo'lgan o'quvchilarga tavsiyalari.

Videolar @tayyorlov_markazlari kanaliga tashlab boriladi. Jamoamiz ushbu videolardan ertaroq jo'natilgani, foydali ekanligi va ijodiy yondashilganiga qarab 3 tasini tanlab olamiz. Keyin shu uchta video Asosiy kanalimizga joylanadi va tanlov g'olibi aniqlanadi.

Yaxshi insonlarning asosiy sifati o'ziga berilgan yaxshiliklarni boshqalarga ham ulashishdir. Sizning xolislik bilan bergan maslahatingiz minglab insonlarga foyda keltiradi.

Murojaat_uchun: @pmtests_admin

👉👉 @PMTESTS
👍32🔥3🎉3🤩3😱2
⚡️⚡️Bugun kanalimizda 2-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi bo'lib o'tadi!!⚡️

Prezident maktabi va boshqa maxsus maktablarga tayyorlanayotgan o’quvchilar hamda matematikaga qiziquvchi barcha uchun Axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi.

Testlarning tuzilish shakli, Cambridge Assessment va boshqa rivojlangan davlatlarning fikrlash va axborotni tahlil qilishni baholash mezonlari asosida tuzilgan. Har bir testda barcha bilishi lozim bo’lgan muhim mavzular bo’yicha ma’lumotlar beriladi. Keyin esa shu ma’lumotlarni tahlil qilish bo’yicha savollar beriladi.

2-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi bugun soat 20:00 da bo’lib o’tadi!!
Testda ishtirok etib bilimingizni sinab ko’ring!!

👉👉 @PMTESTS
👍35🔥3🤩2😱1
Bundan 6 yil oldin O’zbekistonda har 1000 ta insondan 280 tasi kambag’al hisoblangan. Bugungi kunga kelib yurtimizdagi kambag’allik darajasi ikki marta qisqardi. Bugungi kunda har 1 000 000 ta insondan nechtasi kambag’al hisoblanadi?
Anonymous Quiz
19%
1 400 ta
17%
2 800 ta
21%
14 000 ta
30%
140 000 ta
13%
280 000 ta
👍75🎉27🔥18😱17🤩17
Kuchli inson o'zining sharoit va imkoniyatlaridan kelib chiqib maqsad yaratmaydi, balki maqsadlariga qarab sharoit va imkoniyat yaratadi.

😊 Kuchli o'quvchi tayyorgarlik darajasiga qarab kira olishi mumkin bo'lgan maktabni tanlamaydi, balki tanlagan maktabi imtihonidan o'ta oladigan darajada tayyorgarlik ko'radi.

Prezident va al-Xorazmiy maktabiga kirish uchun tayyorgarlikni boshlagan barcha o'quvchilarga muvaffaqiyat!!

👉👉 t.me/pmtests
👍29🤩8🔥1
2-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi👇👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10😱1
Test kodi: 15802

Javob yuborish uchun
- @best_olimpiad_robot botining Javobni tekshirish tugmasini bosing.
- keyin test kodiga 15802 ni yuboring.
- keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.
👍33🤩6😱5🎉5🔥2