Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
42.4K subscribers
19.4K photos
2.46K videos
71 files
7.09K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.me/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 info@piima.uz
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Muhammad_Yusuf_71_yoshda

🤩 Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludi munosabati bilan “Adiblar xiyoboni”da bo‘ldi.

Tadbir davomida o‘quvchilar shoir she’rlaridan aytishdi, adib hayoti va ijodiy merosi haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Ayniqsa, Muhammad Yusufning yurt, xalq va ona til haqidagi samimiy satrlari o‘quvchilar qalbida chuqur taassurot qoldirdi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tashriflar yosh avlodni Vatanga muhabbat, adabiyotga ehtirom va milliy o‘zlikni anglash ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#Xitoy_safari

🤩 Agentlik delegatsiyasi XXRning Tyanjin shahridagi Nankai universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrifning dastlabki qismida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va Nankai universiteti vitse-prezidenti ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar ikki davlat o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari jadal rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladilar.

Muzokaralar davomida Xitoy tili va madaniyati fakulteti bitiruvchilari hamda magistrlarini O‘zbekistonga xitoy tilini o‘qitish uchun jalb qilish, shuningdek, Nankai universiteti bilan Agentlik tizimidagi universitetlar o‘rtasida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Ma'lumot uchun, 1919-yilda tashkil topgan mazkur universitetda bugungi kunda 11 nafar o‘zbekistonlik talaba ham borligi kishini quvontiradi. Agentlik direktori vatandosh talabalar bilan uchrashib, samimiy suhbatlashdi.

Tashrifning ikkinchi qismida delegatsiya universitetning Xitoy tili va madaniyati fakulteti rahbari bilan uchrashdi va davra suhbati o‘tkazilib, istiqboldagi hamkorlik rejalari muhokama qilindi.

Xitoyga safar doirasida delegatsiya Tyanjin shahrida o‘tkazilayotgan 85-xalqaro ta’lim jihozlari ko‘rgazmasida ham ishtirok etdi.

Mazkur ko‘rgazmada 300 dan ortiq tashkilot maktabgacha va maktab ta’limi uchun zamonaviy uskunalar, laboratoriya jihozlari, robototexnika hamda sun’iy intellekt integratsiya qilingan elektron dasturlarni namoyish etdi.

Shu tariqa delegatsiyaning Xitoyga tashrifi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM